Авторы

  • A.Z. Gʻaniyeva
    Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro boʻlim boshligʻi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51200

Ключевые слова:

Kompetentsiya innovatsiya novatsiya ijodiy halokat konsultativ va raqamli iqtisodiyot.

Аннотация

Mazkur maqolada taʻlim tizimidagi innovatsiyalar va yangicha innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarning tahlili hamda hukumatimiz tomonidan innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qonun va qarorlar keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

168

TAʻLIM TIZIMIDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH

XUSUSIYATLARI

A.Z.Gʻaniyeva

Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro boʻlim boshligʻi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14038259

Annotatsiya.

Mazkur maqolada taʻlim tizimidagi innovatsiyalar va yangicha

innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
tadqiqotlarning tahlili hamda hukumatimiz tomonidan innovatsion ta’lim
texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qonun va qarorlar keltirilgan.

Аннотация.

В данной статье представлен анализ исследований,

направленных на повышение качества образования на основе инноваций
в образовательной системе и новых инновационных подходов, а также
законов и постановлений, направленных на внедрение инновационных
образовательных технологий нашим правительством.

Annotation.

This article presents an analysis of research aimed at

improving the quality of education based on innovations in the educational
system and new innovative approaches, as well as laws and regulations aimed at
introducing innovative educational technologies by our government.

Kalit soʻzlar.

Kompetentsiya,

innovatsiya, novatsiya, ijodiy halokat,

konsultativ

va

raqamli iqtisodiyot.

Ключевые слова.

Компетенция, инновации, новация, креативное

разрушение, консультативная и цифровая экономика

Key words.

Competence, innovation, novation, creative destruction,

consultative and digital economy.

Bugungi kunda yurtimizda taʻlim sohalarida olib borilayotgan tub islohotlar

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning qator Qaror va
Farmonlari talablari asosida mavjud taʻlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish,
uzluksiz taʻlim tizimini shakllantirish orqali taʻlim muassasalari rivojini
taʻminlovchi yangi konsepsiyaning yaratilishi uchun zamin boʻldi. Mazkur
taʻlimga oid meʻyoriy-huquqiy hujjatlar barkamol shaxsni tarbiyalash, uni yetuk
mutaxassis sifatida innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashni nazarda
tutadi.

Innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash muammosini tadqiq qilishning

ustuvor metodologik asoslari boʻlib, shu muammoni keng koʻlamdagi tadqiqotlar
konteksti doirasida har tomonlama tahlil qilish imkonini beruvchi tamoyillar
xizmat qiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

169

Hozirgi davrda insoniyat yangi axborot asriga kirdi. Bu shuni anglatadiki,

mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning fikriga koʻra (J.Delor, N. D. Nikandrov, A. I.
Subetto va boshqalar.), jamiyat shakllanmoqda, uning asosiy ustuvor
yoʻnalishlari axborot, bilim, taʻlimdir. Ushbu fikirni tasdiqlashda tadqiqotchilar,
mutafakkirlar, davlat arboblari va ommaviy xalqaro tashkilotlar kelajakning
kaliti butun aholining taʻlimida va ularning taʻlim darajasini doimiy ravishda
yaxshilashda yotadi, deb hisoblashadi. Yuneskoning taʻlim boʻyicha Jahon
hisobotida “biz keyingi asrni shaxslar va dunyo boʻylab davlat organlari koʻrib
chiqadi nafaqat bilimlarni chuqurlashtirishning davomi maqsadga yerishish
demakdir, balki oʻz-oʻzidan tugaydi. Har bir insonning hayoti davomida bilim
olishga qaratilgan saʻy-harakatlari ragʻbatlantiriladi va unga shunday imkoniyat
beriladi" [2].

Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi

jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib
berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy
munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilgʻor
yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur yondashuvlarning
mohiyati soʻnggi yillarda umumiy tarzda “innovatsiya” tushunchasi yordamida
ifodalanib kelinmoqda. Xoʻsh, “innovatsiya” tushunchasi lugʻaviy jihatdan
qanday maʻnoni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat tavsiflanadi?

Innovatsiya – inson ehtiyojlarini qondirish uchun yangi amaliy vosita,

tushuncha, usul-yangilik yaratish, tarqatish, joriy etish va undan foydalanishning
murakkab jarayonidir.

Odatda innovatsiya jarayonida mashinalar, dastgohlar, ishlab chiqarish

qurollari hamda texnologik jarayonlariga yangiliklar kiritiladi. Biroq, ilm-fan,
texnika, ishlab chiqarish va texnologiyalarning rivoji tufayli jamiyat ham
rivojlanishning muayyan bosqichidan yanada takomillashgan bosqichga oʻtadi.
Falsafiy talqinda ifoda etganda miqdor oʻzgarishlari tub sifat oʻzgarishlariga
aylanadi.

Ijtimoiy innovatsiya

(social innovation)

jamiyatning ijtimoiy tizimdan

ochiq fuqarolik jamiyatiga aylanishini anglatadi. Ushbu turdagi innovatsiya
negizida jamiyatning ijtimoiy qatlamlarida umumiy yoki xususiy xarakterdagi
yangilanishlar sodir boʻladi. Jumladan, taʻlim sohadagi yangilanishlar ham shular
jumlasidandir.

Taʻlim tizimining innovatsiyasi – jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy

ehtiyojlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli taʻlim olish boʻlgan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

170

talabini qondirish, taʻlim tizimini barqaror rivojlanishini taʻminlash maqsadida
mavjud mexanizmlarning qayta ishlab chiqilishi yoki yangilanishi.

Mazkur innovatsiya shaxsni oʻqitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi

anʻanalarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb etib,
taʻlim tizimining barcha sohalarini toʻla qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan
malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga xizmat
qiladi. Taʻlim tizimining yangilashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:

- har bir shaxsning toʻlaqonli taʻlim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi

va taʻlim olishning ochiqligini taʻminlash;

- maktabgacha taʻlim tizimida yangi sifat koʻrsatkichlariga erishish;
- yangi xorijiy taʻlim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish

asosida taʻlim tizimida samarali meʻyoriy-huquqiy va tashkiliy- iqtisodiy
mexanizmlarni shakllantirish;

- davlat va jamiyatning qoʻllab-quvvatlashi negizida taʻlim tizimi

xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;

- taʻlim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik

tamoyiliga muvofiq taʻlim jarayoni ishtirokchilari – raxbarlar, pedagoglar, ota-
onalar va taʻlim muassasalarining rolini oshirish.

Barcha davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekiston sharoitida ham taʻlim tizimini

modernizatsiyalashda davlat, jamiyat, mahalliy va ijtimoiy tashkilotlar, yuqori
hamda quyi boshqaruv organlarining oʻrni va roli, ular oʻrtasidagi oʻzaro birlik,
hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoitda taʻlim tizimini
modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilar sanaladi:

- elektron axborot-taʻlim resurslarini yaratish;
- taʻlim menejmentining mavjud va yangi texnologik shakllarini oʻzaro

muvofiqlashtirish;

-oʻquv hamda mutaxassislik fanlari asoslarining talabalar tomonidan

mustaqillik oʻzlashtirilishi uchun qulay pedagogik va texnologik shart-
sharoitlarni vujudga keltirish.

Iqtisodiy nuqtayi nazardan zamonaviy globallashuv, raqamli iqtisodiyot

hamda yangi Oʻzbekiston qurish sharoitida rivojlangan mamlakatlar tajribasida
innovatsion faoliyatni tashkil qilish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro
tajribani oʻrganish masalasi nafaqat korxona darajasida balki maktabgacha
taʻlim tashkilotlarida ham boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga ham xizmat
qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida

mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

171

rivojlanish bosqichiga kirganligini eʻtirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak
degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion gʻoyalar
asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot
yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan
hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan
davlat yutadi.” [1]

“Innovatsiya” tushunchasi oʻzining yangi hayotini “innovatsion

kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi
oʻzgarishlar

natijasida

XX-asrning

boshida

Avstriyalik

iqtisodchi

Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda
ushbu terminni ilmiy qoʻllashga kiritgan dastlabki olimlardan hisoblanadi.
Oʻzining “ijodiy halokat” nazariyasi asosida innovatsion jarayonlarni oʻrganib
chiqdi va tadbirkorlarning faoliyatini yangi mahsulot va xizmatlarni yaratishda
mavjud narsalardan foydalanishni boshqa zamonaviy usullar sifatida koʻrib
chiqishni taklif qildi [3].

Ingliz professori V.R. Spenser “Innovatsiya – bu aniq vaziyatda mutlaqo

yangi narsa, biz buni anglaganimizda foydalanishimiz mumkin” [4] deb taʻrif
beradi. Rossiyalik olimlar A.Kulagin “Innovatsiya – bu innovatsion, ishlab
chiqarish, institutsional moliyaviy, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi
yangilikdir” [5] deb taʻrif beradilar. D.Forining “innovatsion imkoniyatlar - bu
muntazam ravishda kombinatsiyalashgan bilimlarni kashf qilish, ulardan
foydalanish demakdir. Bunda kombinatsiyalashgan jarayonlarda asosiy eʻtibor
beriladigan jihat – bu bilimdir” [6] deb taʻkidlaydi. I.Balabanov “Innovatsiya-
kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
mehnat, xizmat koʻrsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan,
yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga
kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir” [7] deb taʻriflagan

J.Yoʻldoshev “innovatsiya (ingliz tilidan olingan “Innovation” yangilik

kiritish) - tizim ichki tuzilishni oʻzgartirish amaliyot va nazariyaning asosiy
qismi”, innovatsion faoliyat esa, “yangi ijtimoiy talablar bilan aʻnanaviy
meʻyorlarnning mos kelmasligi. Amaliyotning yangilanayotgan meʻyorlarni
mavjud meʻyorlar bilan toʻqnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali
muommalarni yechishiga qaratilgan faoliyat” [8] deb taʻkidlaydi. Tadqiqotchi
E.Gʻaffarov “Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib koʻrsatish va
uni muvaffaqiyatini taʻminlovchi yangilikdir” [9] deb taʻrif bergan. Innovason
faoliyat bu avvalo faoliyatdir. Bu faoliyat bir paytda ham iqtisodiy ham ijtimoiy
faoliyatdir. Iqtisodiy faoliyat asosan korxonalarning ishlab chiqarishini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

172

modernizatsiyasi bilan bogʻliq boʻlsa, ijtimoiy faoliyat bu ijtimoiy sohaga
yangiliklarni kirib kelishi va joriy etilishi bilan xarakterlidir. Shuningdek, bu
faoliyat innovatsiyalarni yaratish yoki amalga oshirish ilmiy tadqiqotlar va ijod
bilan bogʻliq hamdir.

Shuni alohida takidlash lozimki, Respublikada innovatsion jarayonlarni

shiddat bilan rivojlanishi natijasida innovatsion infratuzilmaga ehtiyoj sezildi.
Innovatsion infratuzilma — innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy,
tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan taʻminlaydigan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilikning istalgan shaklidagi ular
birlashmalarining majmuidir. Ayni paytda, Respublikada barcha sohalar kabi
taʻlim sohasida ham innovatsion infratuzilma shakllantirildi. Mazkur
infratuzilmani shakllanganligini bevosita taʻlim turlaridagi oʻzgarishlarda
koʻrishimiz mumkin.

Jamiyatda “innovatsiya” va “innovatsion faoliyat” tushunchalarini mazmun

va mohiyatini anglashi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar bilan
qurollantirish koʻlamini kengaytirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni.

OʻRQ-630-son.
2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi

Qonuni. OʻRQ-576-son.
3.

Шумпетер Й. Теория экономического развития. М., Директ-Медиа,

2007. 4.
4.

Инноватсии: теория, механизм, государственное регулирование:

Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковса. – М.: РАГС, 2000.
5.

Кулагин А. Осенка и самоотсенка научной организатсии.

Инновационная экономика. 2011 г. Ст. 54-55.
6.

Инноватсии: теория, механизм, государственное регулирование:

Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковса. – М.: РАГС, 2000.
7.

Балабанов И. Инновационный менежмент. Питер, 2001.

8.

Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. A. Pedagogik texnologiya asoslari: Qoʻllanma.–

T.:Oʻqituvchi, 2004. – 104 b.
9.

Gʻaffarov E. Innovatsiya, ijtimoiy innovatsiya va innovatsion faoliyat: ilmiy-

nazariy yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2019-yil, 10-son. 153-157
betlar.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni. OʻRQ-630-son.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni. OʻRQ-576-son.

Шумпетер Й. Теория экономического развития. М., Директ-Медиа, 2007. 4.

Инноватсии: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковса. – М.: РАГС, 2000.

Кулагин А. Осенка и самоотсенка научной организатсии. Инновационная экономика. 2011 г. Ст. 54-55.

Инноватсии: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковса. – М.: РАГС, 2000.

Балабанов И. Инновационный менежмент. Питер, 2001.

Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. A. Pedagogik texnologiya asoslari: Qoʻllanma.–T.:Oʻqituvchi, 2004. – 104 b.

Gʻaffarov E. Innovatsiya, ijtimoiy innovatsiya va innovatsion faoliyat: ilmiy-nazariy yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2019-yil, 10-son. 153-157 betlar.