Авторы

  • Shahnozabonu Soatova
    Guliston davlat universiteti 70230104-Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) yo’nalishi 2-kurs magistranti.Elektron manzil:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51204

Ключевые слова:

’’Asil va Karam’’ dostonining o’rganish masalalari fojiaviylikning dostondagi ahamiyati romantik dostonlarning o’ziga xos xususiyatlari obrazlar parallelizmi.

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm folklorining go’zal namunasi hisoblangan ‘‘Oshiqnoma’’ turkum dostoniga mansub ‘‘Asil va Karam’’ dostonidagi obrazlar talqini va tahlili yoritildi. Maqolada dostonning xivalik shoira va xalfa Xonim suvchi tomonidan kuylangan variant asos qilib olinadi.Maqolaning dolzarbligi,oshiq obrazining xalq eposidagi quvvati, fojiaviylikning xalq dostonlaridagi talqini va doston obrazlarining boshqa eposlarda uchramaydigan o’ziga xos farqli jihatlarini yoritib berishdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

164

XALQ OG’ZAKI IJODIDA OBRAZ YARATISH TAMOYILLARI (ASIL VA

KARAM DOSTONI MISOLIDA)

Soatova Shahnozabonu Farhod qizi

Guliston davlat universiteti

70230104-Adabiyotshunoslik

(o‘zbek adabiyoti) yo’nalishi

2-kurs magistranti.Elektron manzil:

shahnozasoatova7@gmail.com

Tel:+998995362904

https://doi.org/10.5281/zenodo.14038239

Annotatsiya

:Ushbu maqolada Xorazm folklorining go’zal namunasi

hisoblangan ‘‘Oshiqnoma’’ turkum dostoniga mansub ‘‘Asil va Karam’’
dostonidagi obrazlar talqini va tahlili yoritildi. Maqolada dostonning xivalik
shoira va xalfa Xonim suvchi tomonidan kuylangan variant asos qilib
olinadi.Maqolaning dolzarbligi,oshiq obrazining xalq eposidagi quvvati,
fojiaviylikning xalq dostonlaridagi talqini va doston obrazlarining boshqa
eposlarda uchramaydigan o’ziga xos farqli jihatlarini yoritib berishdir.

Kalit so’zlar

:’’ Asil va Karam’’ dostonining o’rganish masalalari,

fojiaviylikning dostondagi ahamiyati,romantik dostonlarning o’ziga xos
xususiyatlari, obrazlar parallelizmi.

Abstract

:This article describes the interpretation and analysis of the

characters in the ‘‘Asil and Karam’’, which is considered a beautiful example of
Khorezm folklore, belonging to the ‘‘Ashiqnama’’ series.The article based on the
version of the epic sung by poetess from Khiva.The revelance of the article is
that the power of the image of the lover in the folk epic is the interpretation of
the tragedy in the folk epics and the unique aspects of the epic characters that
are not found in other epics.

Keywords

: Research issues of ‘‘Asil and Karam’’ epic, the importance of

tragedy in the epic,special features of romantic epics, parallelism of characters.


O‘zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib

o’tgan bo’lib,o’tgan asrda yozib olingan dostonlargina bu janrning ko’p davrlar
osha xalq baxshilari va hofizalarida og’zaki ravishda muayyan o’zgarishlar bilan
bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi.O’zbek baxshilari va hofizalari
orasida keng tarqalgan ko’pchilik turkman va ozarbayjon dostonlari O’zbekiston
hududiga bevosita Xorazm orqali o’tgan. ‘‘Xorazmda tarqalgan dostonlarning
barchasi ham ozarbayjon va turkman folkloriga aloqador emas.Aloqadorlari ham
o’zbek

baxshilarining

kattagina

ijodiy

qayta

ishlashlari

asosida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

165

ommalashgan.Shu bilan birga, Xorazmning o’zida ham ko’plab epik asarlar
yuzaga kelgan va ularning eng yaxshilari o’z navbatida boshqa xalqlar folklori
xazinasidan

mustahkam

o’rin

egallagan.Jumladan,‘‘Oshiq

G’arib

va

Shohsanam’’,’’Asil va Karam’’ dostonlarining Ozarbayjon folkloridan,’’Go’ro’g’li
turkum dostonlari’’ ning esa turkman folkloridan kirib kelganligiga shubha
bildirish qiyin.Ammo,’’Yusuf va Ahmad’’,’’Shahriyor’’,’’Oshiq G’arib va Hilol
pari’’kabi dostonlar Xorazmning o’zida yaratilgan deb aytishga yetarli dalillar
keltirish mumkin’’(Ro’zimboyev.S 1987) vohasida juda keng tarqalgan epik
asarlardan biri ‘‘Asil va Karam’’ dostoni bo’lib, u ko’proq xalfalar repertuarida
ommalashgan. 1930-yil folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan Xivada Xonim
suvchi laqabi bilan mashhur bo’lgan xalfadan yozib olingan.

Sof ishqiy-romantik doston bo’lmish ‘‘Asil va Karam’’ dostoni boshqa

dostonlardan o’zining mavzu ko’lami va mohiyati, voqealar rivoji va yakunidagi
fojiaviylik bilan ajralib turadi.Doston markazida diniy tafovutlarni rad etish,
bosh qahramonning yorini izlash yo’lidagi turli qiyinchiliklarga duch kelishi va
chekinmasligi, tilsimli to’n va Karamning yonib kul bo’lishi, sabr-matonatli ayol
obrazi turadi.Dostonda tilga olingan Asil va Karam obrazlari boshqa romantik
ruhda yozilgan doston qahramonlaridan o’zining tavsifi jihatidan farq
qiladi.Ya’ni asarda Muhammadjonning (Karam) ham, Nargisjonning ( Asilxon)
ham jismoniy kuchi, go’zalligi yoki aqliy zakovatiga to’xtalib o’tilmaydi. Asar
qahramonlari kuch-quvvatda tengsiz bahodir yoinki go’zalligi bilan jahonga
mashhur

ma’shuqa

sifatida

emas,

balki

oddiy

inson

sifatida

tasvirlanadi.Qahramonlarning maqsaddan qaytmasligi va ishq yo’lida har
qanday sinovni yengib o’tishlari doston syujetida birma bir yoritilib
boriladi.Ayniqsa, Asilxon obrazi boshqa dostonlardagi ayollar (xususan, Xolbeka
va Barchinoy ) singari o’z qat’iyati va so’zidan qaytmasligi bilan ajralib turadi. Bu
holat dostondagi quyidagi holatlar orqali juda o’rinli yoritib beriladi:

Yigit

: Qarshim olib turg’an yoqa dugmali

Yubar kelsin tarlonimni Asil yor,
Yo san musulmon bo’l, yo man armani
Yubar kelsin tarlonimni Asil yor.

Qiz

: Uzoq yo’ldin kelgan ola ko’z Karam

Karamjonim tarloningni kelib ol,
Agar san kelmasang qoning to’karman
Karam o’g’lon tarloningni kelib ol.

Ko’plab folklor asarlarida 14 yosh balog’at yoshi deb qaraladi. Bu yoshda

doston qahramonlari o’z yorini tanlab yoki uni izlab safarga otlanadi. Ammo,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

166

‘‘Asil va Karam’’ dostonida qahramonlar 7 yoshida kamolga yetib, bir-birlari
bilan uchrashadilar.Ikki qahramon boshqa-boshqa din vakili ekanligi va
Asilxonning otasi bo’lmish Qoramalik Armani tomonidan bildirilgan qarshilik
doston qahramonlarimimg yo’lidagi asosiy g’ov bo’lib xizmat qiladi.

Ishqiy-romantik dostonlarning asosiy motivi ma’shuqa go’zalligi, oshiq

iztiroblarini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’lib bunda oshiq va ma’shuqa
maqsadlariga erishish yo’lida teng ravishda harakat qilishadi. Ushbu dostonda
esa oshiqlarning bir maqsad yo’lida amalga oshirgan harakatlari parallel
ravishda emas, balki ketma-ket ochib beriladi.Asar bosh qahramoni Karamning
yorini izlab 7 yil chekkan azoblari va har qanday sinovga bardosh berishi bilan
bog’liq voqealar asardagi asosiy syujetni tashkil etgan bo’lib, bundan tashqari
qahramonning o’limni tik qabul qilishi va shu maqsadda payg’ambarni tilga
olishi kabi sahnalari bilan alohida ajralib turadi:

Murodimg’a yetib munda
Sevdig’im so’ngra o’lsaydim
Ota-onamning diydorin
Ko’ribam so’ngra o’lsaydim
Yorim ko’rmadim vafoni
Surmadim zavq-u safoni
Ul Muhammad Mustafoni
Ko’ribam so’ngra o’lsaydim

.

Asar syujeti davomida bosh qahramon Karamning ruhiy iztiroblari, jonivorlar
bilan so’zlashuvi,tog’larni zabt etishi bosh planga olib chiqilsada yakunda
qahramon yonib kul bo’lgach Asilxonning chin iztiroblari: bir gumbaz ostida
umrining oxirigacha toki ko’zlari ojiz bo’lgunicha toat-ibodat qilishi va hazrati
Ali bilan yuzlashgach ham undan Karamning visolini tilashi mahurat bilan ochib
berilgan:

Falakning ishina yo’qdur e’tibor

Man g’aribman bu o’lkada kimim bor
Sig’indim man siza yaratgan jabbor
Pirim sizdin Karamjonni tilarman

Xulosa qilib aytganda, Karam butun doston davomida aql-farosat, chidamlilik, va
o’z muhabbati uchun kurashdan tolmaydigan qahramon sifatida namoyon
bo’lgan. Asilxon obrazi esa, romantik eposlardagi ayollar singari tengsiz go’zallik
timsoli yoki pari sifatida emas, oddiy ayol sifatida reallikka asos bo’la oladigan
holda namoyon bo’ladi. Asilxon timsoli qalban sevimli yordan chin sabr
timsoligacha bo’lgan mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan ayol bo’lib gavdalanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

167

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.‘‘Oshiqnoma”, 8-kitob, Urganch, ‘‘Xorazm’’, 2019
2.Ro’zimboyev.S. Xorazm dostonlari. -T.: ‘‘Fan’’, 1985
3.Ro’zimboyev.S. ‘‘Oshiq’’ turkum dostonlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.-
Toshkent,1987.
4.Eshonqul.J. Folklor.Obraz va talqin.Qarshi. ‘‘Nasaf’’nashriyoti.1999.
5.Eshchonova.G. ‘‘Asil va Karam’’ dostonining kompozitsiyasi.// Xorazm folklori,
VI tom. Urganch, ‘‘Universitet’’.2004.

Библиографические ссылки

‘‘Oshiqnoma”, 8-kitob, Urganch, ‘‘Xorazm’’, 2019

Ro’zimboyev.S. Xorazm dostonlari. -T.: ‘‘Fan’’, 1985

Ro’zimboyev.S. ‘‘Oshiq’’ turkum dostonlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.-Toshkent,1987.

Eshonqul.J. Folklor.Obraz va talqin.Qarshi. ‘‘Nasaf’’nashriyoti.1999.

Eshchonova.G. ‘‘Asil va Karam’’ dostonining kompozitsiyasi.// Xorazm folklori, VI tom. Urganch, ‘‘Universitet’’.2004.