SHAXSLAR ARO MUNOSABATLARDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Abstract

Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muloqot insonning jamiyatda yashash ehtiyojini qondirish bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Shaxsning muloqotdagi muvaffaqiyati uning xushmuomalalik, kamtarlik, to‘g‘ri so‘zlilik kabi fazilatlariga bog‘liq ekani ta’kidlangan. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik va motivatsion to‘siqlar, tinglash qobiliyatining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilingan. Muloqot inson dunyoqarashini kengaytiradi va ijtimoiylashuvga yordam beradi, shu bois muloqot madaniyatini egallash har bir inson uchun zarurdir.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
105-107
108

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jumamardonova , U. ., & Mamajonova , N. . (2024). SHAXSLAR ARO MUNOSABATLARDA MULOQOTNING AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(19), 105–107. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51450
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muloqot insonning jamiyatda yashash ehtiyojini qondirish bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Shaxsning muloqotdagi muvaffaqiyati uning xushmuomalalik, kamtarlik, to‘g‘ri so‘zlilik kabi fazilatlariga bog‘liq ekani ta’kidlangan. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik va motivatsion to‘siqlar, tinglash qobiliyatining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilingan. Muloqot inson dunyoqarashini kengaytiradi va ijtimoiylashuvga yordam beradi, shu bois muloqot madaniyatini egallash har bir inson uchun zarurdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

105

SHAXSLAR ARO MUNOSABATLARDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Jumamardonova Umida Murodboevna

Ilmiy rahbar:

“TIQXMMI” MTU “Professional ta’lim”

kafedrasi assistenti

umidamurodbayevna.@gmail.com. 33-717-58-29

Mamajonova Nozima Husnidin qizi

“TIQXMMI” MTU Professional ta’lim(yer kadastri va yer tuzish)

yo‘nalishi 215- guruh talabas

nozimamamajonova1275@.mail.com 93-702-12-75

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015858

Annotatsiya:

Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni

va ahamiyati yoritilgan. Muloqot insonning jamiyatda yashash ehtiyojini
qondirish bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy omil sifatida
ko‘rsatilgan. Shaxsning muloqotdagi muvaffaqiyati uning xushmuomalalik,
kamtarlik, to‘g‘ri so‘zlilik kabi fazilatlariga bog‘liq ekani ta’kidlangan.
Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik va motivatsion
to‘siqlar, tinglash qobiliyatining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilingan.
Muloqot inson dunyoqarashini kengaytiradi va ijtimoiylashuvga yordam beradi,
shu bois muloqot madaniyatini egallash har bir inson uchun zarurdir.

Kalit so'zlar:

Muloqot, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy psixologiya,

o'zaro ta'sir, muloqot madaniyati, ijtimoiylashuv, fazilatlar, muloqot
ko'nikmalari, suhbat to'siqlari, shaxsning shakllanishi.

Annotation:

The article covers the role and significance of communication

in interpersonal relationships. Communication is shown as the main factor that
shapes a person as a person, while satisfying the need to live in society. It has
been argued that a person's success in communication depends on his qualities
such as politeness, humility, truthfulness. Factors such as psychological and
motivational impediments to the communication process, and lack of listening
skills have also been analyzed. Communication expands the human worldview
and contributes to socialization, therefore, the acquisition of a culture of
communication is necessary for every person.

Key words:

communication, interpersonal relationships, social

psychology, interaction, communication culture, socialization, qualities,
communication skills, conversation barriers, personality formation.

Аннотатция:

В статье освещается роль и значение общения в

межличностных отношениях. Коммуникация показана как ключевой
фактор, формирующий человека как личность, удовлетворяя при этом его


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

106

потребность жить в обществе. Отмечено, что успех личности в общении
зависит от таких ее качеств, как вежливость, скромность, правильная
лексика. Также были проанализированы такие факторы, как
психологические и мотивационные барьеры, возникающие в процессе
общения, а также отсутствие навыков слушания. Общение расширяет
кругозор человека и способствует социализации, поэтому овладение
культурой общения необходимо каждому человеку.

Ключевые слова:

общение, межличностные отношения, социальная

психология, взаимодействие, культура общения, социализация, качества,
коммуникативные навыки, разговорные барьеры, формирование
личности.

Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni

egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni-jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb
hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir
inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faoliyatlari mobaynida bir-birlari bilan
o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda
bajaradigan faoliyati (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro
munosabat va o'zaro ta'sirni o'z ichiga oladi. Muloqotni muvaffaqiyatli bo'lishida
shaxsning shakllangan sifatlari fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan,
shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik,
insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi
o'tadi.
Bolalar yoshlikdan avvalo oilada, so'ngra ta'lim maskanlarida muloqotga
o'rgatib boriladi. Muloqotga o'rgatishning usullaridan biri muloqot ko'nikmasini
mashg'ulotlar tarzida shakllantirishdir. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shuki,
u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Shaxsning
har tomonlama shakllanishida muloqotni ahamiyati katta. Oddiy narsalarni
o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun
qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Induvid bilan shaxs
orasida juda katta farq farq ko'rish mumkin.
Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelushi mumkin bo'lgan
to'siqlarning quyidagilarini farqlaydilar: psixologik, vaziyatli, mazmuniy va
motivatsion to'siqlardir.
Bulardan tashqari, muloqotga to'siq bo'lib, suhbatdoshlarni psixologik
ma’daniyatlilik nuqsonlaridan biri, ya'ni ularning na eshitishi va na tinglashni
bilmasligi, "teskari aloqaning" yo'qligi xizmat qilishi mumkin. Odamlar


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

107

o'rtasidagi suhbat ko'pincha ularda aqlning yetishmasligi tufayli emas, balki
ularning xudbinligi tufayli: har biri o'zi haqida yoki o'zini qiziqtiradigan
maslahatlar haqida intilishi tufayli kutilganidek amalga oshmay qolishi mumkin.
Oqibatda bitta "aqilli" dialog o'rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog
amalga oshadi. Shuning uchun ham muloqotga, suhbatlashish san'atiga
o'rganish, ijtimoiy-psixologik madaniyatni egallash, o'zi, o'z kayfiyati va
hissiyotlarini boshqara olish, bilim va malakalarini ishlab chiqish, o'z gapi bilan
suhbatdoshini qiziqtira olish qobilyatini rivojlantirishga erishish kerak. Biroq,
buning uchun birinchi navbatda har qanday muloqotning umumiy qoidasi:
boshqa odamlarning, o'z suhbatdoshlarining ehtiyojlari, xohishlarini qondira
oladigan odamgina hurmatga erisha olishligini yodda tutishi lozim. Har bir ziyoli
inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san'atiga ega bo'lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o'rgatishni har qachongidan
ham dolzarb qilib qo'yadi. To'g'ri muloqotga kirishish ijtimoiylashuv jarayonida
barcha sifatlardan oldinroq shakillanadigan qobilyatlardan, u tabiiy va hayotiy
narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay atrofdagilar bilan aktiv muloqotga
kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar
o'tgan sari ongli, aqilli odam har bir gapini o'ylab gapiradigan, har bir qadamini
o'ylab bosadigan bo'lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqeyini belgilardigan
vositadir.
Xulosa qilib aytganda, muloqot shaxslararo munosabatlarning asosi bo'lib,
insonlarning bir-birlari bilan o'zaro aloqalari va jamiyatda faoliyat yuritishlarida
hal qiluvchi rol o'ynaydi. Muvaffaqiyatli muloqot uchun insonning
xushmuomalalik, to'g'ri so'zlilik va kamtarlik kabi fazilatlari muhimdir. Muloqot
nafaqat axborot almashish vositasi, balki insonning dunyoqarashi va psixikasini
rivojlantiradigan jarayondir. Ammo bu jarayonda turli to'siqlar, jumladan,
psixologik va motivatsion omillar mavjud bo'lib, ularni yengish uchun inson
muloqot madaniyati va san'atini egallashi lozim. Shunday ekan, jamiyatda
muvaffaqiyatli muloqotga erishish, insonning ijtimoiylashuvi va uning shaxs
sifatida shakllanishida muhim omil hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Aslanov, Ijtimoiy faoliyat va muomala psixalogiyasi metodik qo‘llanma,
Toshtent 2019.
2. M. Mahsudova “Muloqot psixalogiyasi” Toshkent: “Turon-iqbol” 2006
3. M. Umarov, Pisxalogiya, Toshkent: “Voris” 2012
4. G‘.B.SHomurodov, I. O. Haydarov, N.A.So‘inov, “Oila psixalogiyasi”,
Toshkent: ”sharq” 2014.

References

Aslanov, Ijtimoiy faoliyat va muomala psixalogiyasi metodik qo‘llanma, Toshtent 2019.

M. Mahsudova “Muloqot psixalogiyasi” Toshkent: “Turon-iqbol” 2006

M. Umarov, Pisxalogiya, Toshkent: “Voris” 2012

G‘.B.SHomurodov, I. O. Haydarov, N.A.So‘inov, “Oila psixalogiyasi”, Toshkent: ”sharq” 2014.