Авторы

  • Eldorbek Hamrayev
    Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51362

Ключевые слова:

gimnastika turizm mashqlari yengil atletika mashqning ichki strukturasi jismoniy mashqlar tarixi.

Аннотация

Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiya darslaridagi o’rni va vazifalari, ularning bajarilish tartiblari haqida ma’lumot beriladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

JISMONIY MASHQLAR JISMONIY TARBIYANING ASOSIY VOSITASI

SIFATIDA

Hamrayev Eldorbek Shomurod o‘g‘li

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

o‘qituvchisi hamrayeveldorbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13955265

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiya darslaridagi

o’rni va vazifalari, ularning bajarilish tartiblari haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar

: gimnastika, turizm mashqlari, yengil atletika, mashqning

ichki strukturasi, jismoniy mashqlar tarixi.

ANNOTATION

This article provides information about the role and tasks of physical

exercises in physical education classes, and the procedures for their
implementation.

Key words:

gymnastics, tourism exercises, athletics, internal structure of

exercise, history of physical exercises.

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan

gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya
jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy
tarbiya qonuniyatlari ravishda bajariladigan talablariga javob beruvchi, ongli
ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat
faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan
tizimlashtirildi, usuliyati to’plandi va to‘ldirildi.
Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator darsliklarda ( А.D. Novikov, B.А.
Аshmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi
deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida obʼektiv sabab qilib
ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida subʼektiv sabab sifatida ongning
shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam
o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toldirguncha quvlagan. Bu jismoniy tayyorgarlikka
bilan ovchi organizmi katta muxtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli
bo‘lmagan- larining o‘zlari oviga yem bo‘lgan. Shunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan
ibtidoiy odamlar ovga gala- gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar. Ibtidoiy qurollar:
tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas- chup bilan nomigagina berkitilib
qo‘yilgan chohlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy
ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani toshni
nishinga otish, uni zarbini qariyalari yoshlarga kuchaytirishni mashq qildira


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

boshlagan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari
shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun
yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni
hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri
deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar hozirgi zamonning yengil atletika,
gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari
tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda.
Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mehnat faoliyati ham taʼsir
ko‘rsatdi. Maʼlum- ki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik,
chakkonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining maʼlum darajadagi
tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, asosan,
inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘prok mashq qiladi.
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar,
raqslar, harbiy faoliyatdagi, sanʼatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy
harakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar
I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan.
Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda
biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik
mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya po‘stloq qismining to‘plash xususiyati
bilan bog‘likligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz
reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy
mashqlarning mazmuni va shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash
jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni
bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning to‘plami
jismoniy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning taʼsiridan harakat
faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning
bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish,
depsinish havoda uchish, yerga tushish zvenolari hamda mashqni bajarishda xal
qilinadigan vazifalar, shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir
bo‘ladigan funktsional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat
malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy
mazmunini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichkia tashki
strukturasini muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki strukturasiga shu
faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi,
cho‘zilishi, buralishi va x.k., biomexanik, bioximik bog‘lanishlari energiya
sarflanishi, yurak- tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi
jarayonlar, ularning o‘zaro bog‘likligining, uz ichiga oladi. Biologik, mexanik,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

psixologik va boshqa jarayonlarning mashq bajarishda birini biri bilan alokasi,
O‘zaro kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, yaʼni ichki
struktura turlicha bo‘ladi.
Mashqning tashqi shakli, tashki strukturasi esa o‘sha mashqning tashqi
ko‘rinishi, harakatni bajarish paytiga ketgan vaqt yoki kuch sarflash meʼyori va
harakat intensivligini ko‘rinishi bilan xarakterlanadi. Jismoniy mashqlar shakli
va mazmuni o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir- birini taqazo etadi. Mazmunning o‘zgarishi
shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi.
Masalan, xar- xil masofada tezlik sifatining namoyon bo‘lishi yugurish
texnikasining ham turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi (qadamning kattaligi,
chastotasi, tananing holati va x.k.). Shakl mazmunga taʼsir ko‘rsatadi. Аniq
maʼlum bir harakat uchun namoyon bo‘layotgan jismoniy sifatlar shu jismoniy
mashqni bajarishdagi malakaga taʼsir qiladi. Shuning uchun suzuvchi kuchi bilan
gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi biri- biridan farqlanadi. Jismoniy mashqni
shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy tarbiya
nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman
harakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek jismoniy sifatlariga ham
taʼluqlidir. Jismoniy mashq texnikasi har qanday harakat akti harakat faoliyati
tarkibidan ikki narsani:
a) bajarilayotgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad;
b) harakat vazifasini hal qilishning usulini farqlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha bir
xil harakat turli usuliyatlarda bajariladi, masalan, balandlikka sakrashda
plankaga to‘g‘ridan, chap, o‘ng tomonlardan yugurib kelib va plankaga yaqin
yoki undan uzoqdagi oyoqbilan depsinish mumkin. Аslida esa shu mashqni
yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq, oson, belgilangan harakatni
(vazifani) samarali hal etish usuliyati oz energiya sarflab, mavjud. Harakat
vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyat) ni
jismoniy mashq texnikasi deb atash qabulqilingan. Texnika grekcha so‘z bo‘lib
«bajara olish sanʼati» degan maʼnoni bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim
o‘zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashgan harakat texnikasi yuqori
natija ko‘rsatish garovi bo‘lib unga sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali
erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi
tuzilishi (anatomiyasi), boshqacha aytganda jismoniy rivojlanganlikni
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning turli- tumanligi (son suyagini kaltali yoki
uzunligi, yelka suyagi o‘lchamining turli xilligi va x.k.) sport turi jismoniy
mashqlar bajarish texnikasini asosini uning zvenolari yoki detallarini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Texnika uning asosi, zvenolari
va detallari deb qismlarga bo‘lingan
Texnikaning asosi deganda harakat orqali qo‘yilgan vazifasini bajarish uchun
kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan
usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat aktining ketma-
ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlari ( kuch, tezkorlik, chaqqonlik,
muskullar egaluvchanligi va bo‘g‘inlar harakatchanligi)ning keraklicha namoyon
qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanishi
mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy- amaliyligini saqlab qoladi. Masalan,
balandlikka sakrashning «Fosberi- flop» usuli samarali bo‘lsa ham, hozirgacha
ko‘pchilik

sportchilar

«perekidnoy»

usulidan

foydalanadilar.

Yangi

o‘rganuvchilar uchun esa hozirgi kungacha «qadamlab sakrab o‘tish» usulidan
foydalanilish sakrash texnikasini o‘zlashtirishda kerakli samara beradi,
Texnikani zvenosi deyilganda, bajarilayotgan harakatning asosiy mexanizmi —
sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun
yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik
jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning
negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini
o‘rganish demakdir. Texnikaning detali bu, harakat tarkibiga kirgan, lekin uning
asosiga, zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu
harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibi
bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir
tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik
bilan boshlaydi; qisqa masofaga yuguruvchi – ham tusiklar osha, ham tusiklarsiz
yugurish yulkasida tez harkatlana oladi. Start uchun start kolodkasini o‘rnatish
esa ikkala masofada turlicha, ular kaysidir detali bilan biri- biridan farq qiladi,
lekin bu detal mashq texnikasini asos yoki zvenosiga ziyon yetkazmaydi.
Ratsional sport texnikasi. Ratsional sport texnikasining asosiy qoidasi shundan
iboratki faoliyatni bajarishda aktiv va passiv harakatlantiruvchi kuchlardan
to‘laqonli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanib, shu vaqtning o‘zida uni
tormozlovchi (susaytiruvchi,

samaradorlikni

pasaytiruvchi)

kuchlarni

kamaytirish tushuniladi. Nyutonning uchta qonuni mexanik harakatlarga
bag‘ishlangan. Lekin inson harakatlari haqida gap ketganda jismoniy
mashqlarning ratsional texnikasi haqida xulosaga kelish uchun mexanikaning bu
qoidalariga tayanib bo‘lmaydi. Nimaga? Masalan, fizika qonuniga ko‘ra, imkoni
boricha balandga sakrash uchun nazariy jihatdan, sakrashni oyoqga rosa chuqur
o‘tirish bilan bajarish lozim. Аmmo tajriba ko‘rsatmoqdaki, insonning sakrash


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

30

imkoniyati chegarasi aytarli yuqori, agar u iloji boricha katta bo‘lmagan yarim
o‘tirish bilan depsinish (depsinish oyog‘ining tizza bo‘g‘inidan qisqagina bukish)
sakrash samaradorligiga ham ijobiy, ham salbiy foyda berishi mumkin. Xulosa
qilsak ratsional texnikani egallashda faqat mexanika qonunlariga tayanish bilan
cheklanmay, harakatni materiyaning eng yuqori shakllariga, ulardan biri
bo‘lmish biologik qonuniyatlariga ham tayanishga to‘g‘ri keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sarkizov-Sirazini I.N. “Tansihatlik-tuman boylik”, T., “Meditsina”

2.

Karimov. I.A. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” T., O’zbekiston, 1999.

3.

Kerimov. F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. T. “Zar qalam”

4.

Internet saytlari

Библиографические ссылки

Sarkizov-Sirazini I.N. “Tansihatlik-tuman boylik”, T., “Meditsina”

Karimov. I.A. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” T., O’zbekiston, 1999.

Kerimov. F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. T. “Zar qalam”

Internet saytlari