THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
133
KONTEYNERLI TASHISHDAGI DOLZARB MUAMMOLARINING
ZAMONAVIY TAHLILI, ADABIYOTLAR VA MAQOLALAR SHARHI
Madatov Ilhomjon Mehriddin o‘g‘li
Toshkent davlat transport universiteti magistratura talabasi
To‘lqinov Shavkat Shuhrat o‘g‘li
Toshkent davlat transport universiteti magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14558257
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada logistika nuqtayi nazaridan konteynerli tashish
transporti (KTT) haqida umumiy ma’lumot berilgan. Xususan, quruqlik
transporti orqali konteynerlarni o‘z manziliga yetkazishdagi transportda hamda
konteyner maydonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, tashish zanjiriga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko’rsatuvchi omillar ko‘rib chiqilib, soha doirasidagi
adabiyotlar sharhi olimlarning yechimlari tahlili amalga oshirilgan
Kalit so‘zlar:
Konteynerli tashish transporti, transport logistikasi,
konteyner maydoni, barjali tashish
Temir yo’lda konteyner tashish global logistika tizimining muhim qismi
bo‘lib, yo‘l va suv transportiga nisbatan iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay
alternativ hisoblanadi. Konteyner transporti dunyodagi haqiqiy global ta’minot
zanjiri sifatida qaraladi, chunki bitta yukli konteyner turli transport vositalari
(masalan, kemalar, poezdlar va yuk mashinalari) tomonidan harakatlanishi
mumkin va turli xil uskunalar va obyektlar (masalan, terminallar, kranlar,
treylerlar, vagonlar, liftlar va depolar) orqali tashish operatsiyalarida ishtirok
etadi. Konteyner tashish sohasining ahamiyati dunyo savdosining qiymati
bo‘yicha tahminan 70% dan ortig‘i dengiz orqali tashish rejimi bilan amalga
oshirilishi bilan tasdiqlanadi, Biroq, temir yo’l sektori samaradorlik va
ishonchlilikka ta’sir qiluvchi bir qator muammolarga duch kelmoqda.
Mahalliy transport logistikasi ichki qatnovlarda transport vositalari va
konteyner maydonlari ishini boshqarishga taalluqlidir. U asosan mamlakat
ichkarisidagi transport parklari (asosan yuk mashinalari va poyezdlar) va
konteynerlarni tashish va saqlash uchun obyektlarni (Omborlar va konteyner
maydonlari) rejalashtirish va nazorat qilishga qaratilgan. Mamlakat ichidagi
transport vositalari yuk mashinalari, poyezdlar hisoblanib, poyezdlar ko‘pincha
belgilangan muntazam yo‘nalishlar va jadvallar bilan ishlaydi, yuk mashinalari
esa yo‘nalish va vaqt bo‘yicha moslashuvchan hamda o‘zgruvchan. Mamlakat
ichidagi omborlar intermodal terminallar, konteyner maydonlari va bo‘sh
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
134
omborlar bo‘lib, ular ichki transport vositalariga ishlov berish, konteynerlarni
saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, birlashtirish va qadoqdan chiqarish kabi
logistika xizmatlarini ko‘rsatadi.
1-rasm.
Konteyner transporti zanjiri
.
Biz ko‘rib chiqadigan sektor bu quruqlik transportida konteynerli
tashishlar (1-rasm 2,3,4-shakllarni o‘z ichiga oladi ). Yukli va bo‘sh konteynerlar
turli transport vositalari va uskunalaridan foydalangan holda portlar, depolar va
mijozlar omborlaridan iborat transport tarmog‘ida harakatlanadi, saqlanadi.
KTTda ichki transport logistikasi bilan bog‘liq asosiy rejalashtirish
muammolarini 1-jadvalda umumlashtirish mumkin.
1-Jadvaldagi tashish jarayoni operatsiyalariga bir qator o‘zgartirishlar
kiritish sohani yaxshilash uchun qadam bo‘la oladi. Masalan, avtomobil
transporti orqali konteyner manziliga yetkazilgach yuklangan konteynerni xuddi
shu transport vositasi orqali bo‘sh konteynerlarni yuklash manzilidagi chiqarish
uchun ishlatish yoki aksincha. Ushbu algortimni temir yo‘l transportiga ham
qo‘llash imkoni mavjud.
1-jadval
. Quruqlik transporti bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar.
Logistik
sektorlar
Tashish jarayonidagi faoliyat va operatsiyalar
Avtomobil
transporti
Yuk avtomobillari parkini boshqarish; Avtotransport vositalarini
texnik holatini nazorat qilish; Avtotransport vositalarini bronlash
tizimi; Bo‘sh transport vositasini yoki bo‘sh konteynerni qaytadan
yuklanuvchi xududga yetkazib borish; Yuk avtomobillarini
yo‘naltirish va rejalashtirish; Favqulodda sodir bo’luvchi kutilmas
holatlarda chora-tadbirlar rejalarini tuzish.
Temir
yo‘l Konteyner poyezdi marshrutini tuzish; Xizmat ko‘rsatish jadvalini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
135
transporti
tuzish; stansiyalarda vagon bo‘sh fitinglar bilan bajariladigan
operatsiyalar va ularni konteyner yuklovchi manzillarga jo‘natish
Vagonlarni manyovr qilish; Temir yo‘l vagonlari parkini
boshqarish; Konteynerlarni yuklash va tushirish; Tashish turini
tanlash; Logistik expeditorlik kompaniyalarini tanlash.
Konteyner
maydonlari
Maydon joylashuvi; Ichki konteyner transporti tarmog‘ini
loyihalash;
Ombor
sxemasi;
konteynerlarni
saqlash;
konteynerlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
Konteynerlarni almashtirish; muddatidan ortiq konteynerlarni
ushlab turganlik uchun jarimalar ; Yuklash va tushirish; Qadoqlash
va qadoqlarni yechish.
KTT eksport va import hisobiga muhim rol o‘ynagani va marshrutlardagi
tirbandliklar, transportdan chiquvchi zararli gazlar va ifloslanish hamda harakat
xavfsizligi bo‘yicha ortib borayotgan xavflar tufayli ko‘plab olimlar e’tiborini
o‘ziga jalb qilmoqda Xususan, Notteboom va Rodrigue [1] dengiz portlarini
mintaqaviylashtirish kontseptsiyasini taqdim etdi, bu dengiz portlari va
konteyner maydonlari o‘rtasidagi aloqalarni poezdlar va barjalar orqali
mustahkamlashga qaratilgan. (1-rasm 1-shakl) Xizmatning muntazamligi va
poyezdlar va barjalarning ommaviy tashish qobiliyati shuni anglatadiki,
mintaqaviylashtirish dengiz portlarining imkoniyatlarini sezilarli darajada
kengaytiradi va shuning uchun dengiz portlari yaqinidagi tirbandlikni
kamaytiradi. Ichki konteyner depolarining joylashuvi va raqamlari ko‘pincha
logistika tarmog‘i nuqtai nazaridan konteynerlarni yo‘naltirishga nisbatan qayta
ishlab chiqiladi. Lam va Gu [3] dengiz-quruqlik intermodal transportini ham,
quruqlikdagi intermodal transportni ham o‘z ichiga olgan portning ichki
kontreyner transportini optimallashtirish modellarini ko‘rib chiqdilar.
Metodologik jihatdan chiziqli dasturlash, butun sonli dasturlash, aralash
butun sonli dasturlash, nochiziqli modellar va imitatsion modellar ichki
konteyner tashish muammolarini hal qilish uchun adabiyotlarda keng
qo‘llaniladi. Bouchery et al. [4] konteyner tashish tizimlari bo‘yicha
adabiyotlarni ko‘rib chiqdi. Tarmoqni loyihalash darajasida ular konteynerlarni
maydon bo‘ylab harakatlanishini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Operatsion darajada ular intermodal tashish va avtomobillar orqali tashish
o‘rtasidagi farqga ta’sir qiluvchi muhim omillarni aniqladilar.
Konteynerlarni tashish muammosi an’anaviy transport vositalarini
marshrutlashtirish muammosiga o‘xshaydi. Biroq, konteynerlar import/eksport
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
136
yo‘nalishi va yuklangan/bo‘sh holatga ko‘ra turli xil turlarga bo‘linadi [5].
Bundan tashqari, konteynerlarni nafaqat avtotransportda, balki poezdda ham
tashish mumkin va konteynerlar uchun grafikda alohida vaqt oynalari
(Konteyner poyezdi uchun sutkaning ma’lum bir qismini pyezdlar harakati
grafikdan ajratib berish) va poyezd xizmatlari uchun jadvallar bo‘lishi yoki
barjali tashishlarga ham shunga o ‘xshash tizimni qo‘llash orqali temir yo’l
singari daryo kanallarda oknolar olishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Undan tashqari
muddatida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq vaqt mobaynida konteynerni
maydonlarda ushlab turishganlik uchun jarima (Detention) hisobini amalga
oshirish va nazorati qilish ichki KTT muammosini yanada murakkablashtirishini
kamaytirish maqsadida avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlarini qo’llash tavsiya
etiladi[6].
Konteynerlar yetkazib berilgandan so‘ng,transport vositasida bo‘sh yurish
bo‘lishi mumkin. Bu ichki tashuvchilar boshqaruvida bo‘lgan bo‘sh transport
vositasini (yoki temir yo‘l vagonini) qayta taqsimlash muammosiga olib keladi.
Bo‘sh konteynerlarni qayta yuk jo‘natuvchilarga va bo‘sh transport vositalarini
taqsimlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish dolzarbligiga yaqqol misol bo‘la
oladi.
Ichki tashuvchilarning integratsiyasi muhim soha hisoblanadi.
Tashishlarni ayirboshlash (Drop and hook) yoki transport vositalarini bog‘lash
orqali, transport vositalarining bo‘sh yurishlari yoki kutib qolish vaqtini
qisqartirish mumkin, shunda foydani yaxshilash holatiga erishish mumkin.
Ehtimol, integratsiyaga erishish uchun mamlakatdagi mahalliy yuklarni ichki
yuk tashuvchilarga liniyalar sifatida tender sifatida bo‘lib berishni
tashkillashtirish ham mumkin
Hukumat va mahalliy kengashlar CO2 gazi chiqarganlik uchun soliq yoki
ekologik toza transport vositalaridan foydalanishni subsidiyalash kabi yanada
qat’iy ekologik qoidalarni chiqarishi mumkin. Bu transport vositalari parkiga,
infratuzilmani kengaytirishga, konteyner oqimlariga va ichki transport
tarmog‘idagi narx strategiyalariga ta’sir qilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda
stoxastik-dinamik dasturlash bilan birlashtirilgan ko‘p davrli sxema va modellari
qo‘llanilishi mumkin.
Xulosa
Ushbu maqolada logistika nuqtai nazaridan olib qaralganda, biz konteyner
tashish ta’minot zanjiri (KTT) haqida umumiy ma’lumot berdik, u asosan
logistika segmentlaridan quruqlik transportini qamrab oladi, jumladan
Avtomobil transporti, temir yo‘l transportida konteynerlarni tashish va ularni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
137
konteyner maydonlarida saqlashdagi yuk operatsiyalari tahlil qilindi va kichik
doirada ularni yaxshilash yechimlari taqdim etildi. Har bir logistik segmentda
rejalashtirishning asosiy muammolari va tadqiqot imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
va muhokama qilindi. Bundan tashqari transport harajatlarni kamaytirish
maqsadida bo’sh konteynerlar hamda bo’sh avtomobillar oqimini qayta ko‘rib
chiqish, transport vositalarining bo‘sh yurishini minimallashtirish masalasi tahlil
qilindi. Hukumat qarorlari orqali transportdan chiquvchi karbonat oksidi
miqdorini kamaytirish choralari ya’ni qati’y CO2 gazi solig‘ini tashkil etish yoki
ekologik toza transport vositalari uchun subsidiyalar ajratish ham tavsiya etildi.
Konteyner tashish global savdo va logistika tizimining ajralmas qismi bo’lsa-da,
u bir qator kamchiliklarga ega. Ushbu muammolarni hal qilish uchun
infratuzilmaga investitsiyalar, ekologik barqarorlikni ta’minlash, xavfsizlik
choralarini kuchaytirish va logistika jarayonlarini optimallashtirish zarur. Ushbu
yondashuvlar konteyner tashishning samaradorligini oshirish va uning global
savdoda muhim rol o’ynashini ta’minlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Notteboom, T.; Rodrigue, J.P. Port regionalization: Towards a new phase in
port development. Marit. Policy Manag. 2005,32, 297–313.
2. Mwemezi, J.J.; Huang, Y. Inland container depot integration into logistics
networks based on network flow model: The Tanzanian perspective. Afr. J. Bus.
Manag. 2012, 6, 7149–7157.
3. Lam, J.S.L.; Gu, Y. Port hinterland intermodal container flow optimisation with
green concerns: A literature review and research agenda. Int. J. Shipp. Transp.
Logist. 2013, 5, 257.
4. Bouchery, Y.; Fazi, S.; Fransoo, J.C. Hinterland Transportation in Container
Supply Chains. In Handbook of Ocean Container Transportation Logistics; Lee,
C.Y., Meng, Q., Eds.; Springer: New York, NY, USA, 2015; pp. 497–520.
5. Wang, W.F.; Yun, W.Y. Scheduling for inland container truck and train
transportation. Int. J. Prod. Econ. 2013, 143, 349–356.
6. Fazi, S.; Roodbergen, K.J. Effects of demurrage and detention regimes on dry-
port-based inland container transport. Transp. Res. Part C Emerg. Technol. 2018,
89, 1–18.
7. Tao, X.; Wu, Q. Energy consumption and CO2 emissions in hinterland
container transport. J. Clean. Prod. 2021, 279, 123394.
8. Braekers, K.; Janssens, G.K.; Caris, A. Challenges in Managing Empty Container
Movements at Multiple Planning Levels.Transp. Rev. 2011, 31, 681–708.