ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANI KONSEPTI TAHLILI

Annotasiya

Mazkur maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanining konseptual asoslari tahlil qilingan. Asarda inson hayoti, oilaviy qadriyatlar, ota obrazi va jamiyatdagi axloqiy-ruhiy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik badiiy jihatdan koʻrib chiqilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
185-187
52

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Imamberdiyeva , M. . (2025). ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANI KONSEPTI TAHLILI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(1), 185–187. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/63277
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanining konseptual asoslari tahlil qilingan. Asarda inson hayoti, oilaviy qadriyatlar, ota obrazi va jamiyatdagi axloqiy-ruhiy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik badiiy jihatdan koʻrib chiqilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

185

ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANI KONSEPTI TAHLILI

Imamberdiyeva Moxigul Xasanovna

Toshkent kimyo xalqaro universiteti talabasi

E-mail: imomberdiyevamohigul@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14710991

Annotasiya:

Mazkur maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanining

konseptual asoslari tahlil qilingan. Asarda inson hayoti, oilaviy qadriyatlar, ota
obrazi va jamiyatdagi axloqiy-ruhiy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik badiiy
jihatdan koʻrib chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

ota arxepti, psixologik realizm, ramziy va falsafiy obrazlar,

narrativ struktura, adabiy tafakkur.

Konsept - lotincha “conceptus” - (qabul qilish, gʻoya) degan maʼnoni

anglatadi. U muayyan mavzularni yagona tizimga birlashtirishga yordam beradi.

“Ota” romanida asosiy gʻoya oilaning jamiyatdagi ahamiyatini koʻrsatishdir.

Muallif oila orqali millat va jamiyatning barqarorligini, avlodlar oʻrtasidagi
uzviylikni yoritib beradi. Bunda muallif zamonaviy davrda inson oʻzligini
yoʻqotmasligi kerakligini urgʻulaydi. Xususan, Ulugʻbek Hamdam oʻziga xos
adabiy tili, ruhiy holatlarni aniq tasvirlash mahorati va hayotiy voqealarni oʻziga
xos badiiy boʻyoqlar bilan tasvirlay olish qobiliyati bilan ajralib turadi. U
hayotning oddiy jihatlaridan katta xulosalar chiqaradi va oʻquvchini fikrlashga
undaydi. “Ota” bu shunday asarki, kitobni ochgan zahoti Oʻtkir Hoshimov koʻz
oʻngimizda bevosita gavdalanadi. Chunki asarning ikki sahifasi “Barcha otalarga
bagʻishlanadi” degan izhor bilan boshlanadi. Oʻtkir Hoshimov dunyoning barcha
onalariga atab yozgan qissa kabi sevikli. Oʻz navbatida, oʻzbek adabiyotida yangi
davr ijodining yorqin namunalaridan biri boʻlib, unda inson hayoti, qadriyatlar
va milliy anʼanalar zamonaviy talqini aks ettirilgan. Romanning markazida oila,
ota-ona va farzandlar munosabati insoniy burch va milliy qadriyatlar yotadi.
Muallif bu asar orqali shaxsning oilaviy munosabatlaridagi oʻrni va masʼuliyatini
falsafiy darajada tahlil qiladi. Ota obrazi orqali nafaqat oilaning boshligʻi, balki
bir butun jamiyatning tayanch nuqtasi sifatida namoyon boʻladi. Shuningdek, bu
roman realistik va falsafiy yoʻnalishda yozilgan. Asar oʻzbek xalqining hayoti va
uning murakkab qadriyatlarini zamonaviy nuqtayi nazardan yoritadi. Ustuvor
qismi milliy mentalitet va universal qadriyatlarning uygʻunligiga asoslangan. Shu
asnoda, yozuvchining uslubi oddiy voqealarni chuqur tahlil qilib, oʻquvchini
oʻzini va atrofini anglashga undaydi. Romanda voqealar tasviri falsafiy va
psixologik tahlillar bilan boyitilgan. Asosiy obrazlar ota, farzandlar va jamiyat.
Ota-markaziy qahramon. Bu jamiyat va oiladagi masʼuliyat timsoli hisoblanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

186

Ota obrazida inson burchi, mehr va qattiqqoʻllik uygʻun holda tasvirlangan.
Farzandlar obrazlari ota-ona va yangi avlod oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatib
beradi. Jamiyat roman davomida jamiyatning oiladagi boʻlgan taʼsiri, milliy
anʼana va modernizm oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ushbu romanning asosiy
konsepti ota obrazida oila, insoniylik, milliy qadriyatlar va jamiyat oʻrtasidagi
bogʻliqlikni falsafiy va badiiy jihatdan tahlil qilishdir. Shu qatorda, arxept sifatida
ota faqat biologik ota emas, balki jamiyatning asosiy tayanchi, qadriyatlar va
avlodlar oʻrtasidagi koʻprik, masʼuliyat va mehr timsoli. Masalan: “Ota oʻz
qizining qoni bilan yana oʻsha oʻz qizining sharmanda qilinishidan tushgan
dogʻni yuvdi. Ota oʻz qizini oʻldirib, har ikkisining, yoʻq-yoʻq, butun urugʻ-
aymogʻining, kerak boʻlsa, odamzotning qutlugʻ nomini saqlab qoldi”. [1] Oʻz
navbatida, bu arxept oʻzlikni anglash yoʻlidagi murakkab jarayonlarni aks
ettiradi.

Asosiy narrativ xususiyatlari:

Ichki monologlar va refleksiya, yaʼni

qahramonlar oʻzlarining ichki kurashlari va ichki dunyosini oʻquvchi bilan
baham koʻradi. Qismlar oʻrtasidagi uzviylik va hayotiy voqealar va mushohadalar
orqali bir-birini toʻldiradi. Masalan: “Meni kutgil va men qaytarman, faqat kutgil
juda intizor, kutgil yomgʻir zeriktirganda, meni kutgil yoqqanida qor”[2]. Real va
metaforik voqealar uygʻunligida, hayotiy voqealar orqali falsafiy xulosalar
chiqariladi. Roman milliy tafakkur va zamonaviy adabiy yondashuvning
uygʻunligidir. Adabiy tafakkurda oʻtmish va hozirgi zamon oʻrtasidagi ziddiyat
koʻrinadi, bu esa oʻquvchini avlodlar oʻrtasidagi aloqalar haqida oʻylashga
undaydi. Masalan: “Har kim oʻz xulosalariga oʻz yoʻlidan yuribgina kelishi
mumkin ekan. Har birining yoʻli bu - har kishining peshonasiga bitilgan bitigi
ekan” [3]. Individual onglilik zamondagi har bir qahramonning oʻz hayotiga
boʻlgan shaxsiy yondashuvi orqali namoyon boʻladi. Masalan: “Shularni qayta-
qayta oʻylarkan - Poʻlat otaning yuragi qonga toʻlib ketdi, bu dunyoda hech narsa,
hech qanday sabab hayotga, odamlarga, ulardan keladigan yaxshiliklarga qaytib
ishontirolmas”[4]. Ulugʻbek Hamdamning til uslubi va xususiyatlari sheʼr va
proza uygʻunligi, metaforalar va ramziy ifodalar va psixologik tasvir orqali
kitobxonni asar dunyosiga yaqinlashtiradi. Masalan: “Shundoq kelbati bilan
butun hovlining havosini qochirdi-yu, yana koʻrpachaga choʻzildi”[5]. Roman
estetik jihatdan haqiqiy va badiiy uygʻunlikni oʻzida mujassamlashtiradi. Estetika
oʻquvchini jamiyatdagi insonning oʻrni, qadriyatlarning zamonaviy dunyodagi
oʻzgarishi kabi muhim savollar ustida oʻylashga undaydi. Asarda “Endi ota uchun
ichki dunyo ham bir edi! Yaxshi maʼnodagi birlik Poʻlat ota endi kechagidek
oʻlimga oshiqmaydi, chunki uyda nabirasi - Yodgori bor”[6]. Estetikani keng


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

187

miqyosda yoritib, mazmunan kitobxonga dalda bergan. Shu bilan birga, Ulugʻbek
Hamdamning “Ota” romani adabiyotshunoslar va yozuvchilar tomonidan keng
muhokama qilinib, asardagi ota obrazi qahramonlar ruhiyati va milliy
qadriyatlarning ifodasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Masalan, Miraziz Komilov
oʻz maqolasida romandagi ota obrazining ruhiyati, uning oiladagi roli va milliy
mentalitetdagi oʻrnini tahlil qilgan[1]. Shuningdek, Dilshod Moʻminov va Nigora
Kiryigitova asarda Poʻlat va Yogʻdu obrazlarning ruhiy tahlilini oʻrganib,
yozuvchining inson ichki kechinmalarini tasvirlash mahoratini yuksak
baholaganlar[2]. Bundan tashqari, Sarvinoz Olimjonova romandagi ona (ayol)
obrazini tahlil qilib, ayollarning oiladagi oʻrni va jamiyatdagi mavqeini yoritgan
[3]. Umuman olganda, “Ota” romani qahramonning psixologik tahlili, milliylik va
oilaviy munosabatlarni chuqur yoritgani uchun adabiyotshunoslar tomonidan
yuqori baholanmoqda. Demak, asar milliy anʼanalarning zamonaviy dunyo bilan
qanday uygʻunlashishini yoki ziddiyatga kirishishi masalasini ochib beradi.
Romanda oʻzlikni anglash jarayoni faqat shaxsiy masala emas, balki ijtimoiy va
tarixiy konteksga ega. Bu asar insonning oʻzligini izlash va oʻtmish bilan kelajak
oʻrtadagi bogʻliqlikni falsafiy nuqtayi nazardan yoritadi. Ramziy maʼnolar esa
imkoniyatning unversallik gʻoyasiga yaqinlashish yoʻlini koʻrsatadi. Bu oʻzbek
adabiyotida falsafiy-ramziy yozuv uslubining yorqin namunasidir. Xususan,
tarixiy xotira va milliy oʻzlik mavzulari oʻzbek xalqining jamiyat rivojlanishidagi
oʻrni va kelajagini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. "Ota" romani nafaqat adabiy, balki
sotsiologik tadqiqot uchun ham muhim manbadir. Yozuvchining ramziy va
badiiy uslubi oʻzbek adabiyotida yangi paradigmalarni yaratdi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.Ulugʻbek Hamdam, “Ota” Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2022-yil.
2. Barthes, R. Narrative Theory anda Structure.
3. Tursunov, D. (2019). “Oʻzbek adabiyotida oilaviy munosabatlar masalasi:
Ulugʻbek Hamdamning yondashuvi”, Adabiyot va Sanʼat Tadqiqotlari, 5(1), 12-
30.
4. Ismatova, 9. (2022). "Sharq falsafasi va zamonaviy nasrda ota obrazining
talqini", Ziyonet Tadqiqot Jurnali, 4(3), 18-35.
5. Ziyonet (www.ziyonet.uz) - Oʻzbek adabiyoti va Ulugʻbek Hamdam haqida
ilmiy maqolalar.
6. Xayitmetov, A. (2015). Oʻzbek adabiyoti: An'analar va zamonaviylik. Toshkent:
Sharq nashriyoti.

Bibliografik manbalar

Ulugʻbek Hamdam, “Ota” Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2022-yil.

Barthes, R. Narrative Theory anda Structure.

Tursunov, D. (2019). “Oʻzbek adabiyotida oilaviy munosabatlar masalasi: Ulugʻbek Hamdamning yondashuvi”, Adabiyot va Sanʼat Tadqiqotlari, 5(1), 12-30.

Ismatova, 9. (2022). "Sharq falsafasi va zamonaviy nasrda ota obrazining talqini", Ziyonet Tadqiqot Jurnali, 4(3), 18-35.

Ziyonet (www.ziyonet.uz) - Oʻzbek adabiyoti va Ulugʻbek Hamdam haqida ilmiy maqolalar.

Xayitmetov, A. (2015). Oʻzbek adabiyoti: An'analar va zamonaviylik. Toshkent: Sharq nashriyoti.