MIRZO KENJABEK SHE’RIYATIDA IYMON, E’TIQOD KONSEPTLARINING VOQELANISH USULLARI
Mazkur maqola Mirzo Kenjabek she’riyatida iymon va e’tiqod konseptlarining ifodalanish usullarini keng tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda diniy leksika va frazeologik birliklar vositasida iymon va e’tiqod tushunchalarining badiiy shakllanishi, ular orqali milliy madaniyat va urf-odatlarning ifodalanishi chuqur tahlil qilingan. Maqolada “iymon” va “e’tiqod” konseptlarining lingvistik va madaniy jihatlari o‘rganilib, bu tushunchalarning sinonimik, antonimik, ramziy va poetik vositalar orqali boyitilishi tahlil etiladi. Mirzo Kenjabek she’rlari misolida diniy va ma’naviy qadriyatlarning estetik talqini, ular orqali jamiyatning ijtimoiy va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda iymon va e’tiqod konseptlarining poetik strukturasini tashkil qiluvchi metaforalar, epitetlar, simvolik obrazlar va lingvistik parallelizm kabi badiiy vositalarning ahamiyati ochib berilgan. Mirzo Kenjabek she’rlari tahlili orqali iymon va e’tiqod tushunchalarining madaniyat, urf-odat, ma’naviy qadriyatlar va xalq ongidagi ma’nolar qatlami ko‘rsatilib, badiiy adabiyotda bu tushunchalarning universal va milliy xususiyatlari yoritilgan. Ushbu maqola iymon va e’tiqod konseptlarining badiiy ijod va tilshunoslikdagi o‘rni, ularning madaniyat va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beruvchi muhim ilmiy manba hisoblanadi.