Авторы

  • Telman Boltayev
    "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Kredit qarzdorliklari bilan ishlash bo‘limi bosh yuriskonsulti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.65995

Ключевые слова:

Investisiya xo‘jalik sub’ekt kichik biznes investision jozibadorlik investisiya muhiti investisiya bozori infratuzilmasi IT iqtisodiyot modernizatsiyalash eksport moliya bozor Ilm-fan Tijorat banklar.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni tashil etish, uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolarni yechish usullari ochib berilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

72

KICHIK BIZNES SUB'YEKTLARI FAOLIYATINI KREDITLASH

TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

Boltayev Telman Ibrohimovich

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Kredit

qarzdorliklari bilan ishlash bo‘limi bosh yuriskonsulti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14844462

Annotatsiya

: Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni tashil etish,

uning rivojlanish bosqichlarida investisiyalarning ahamiyati hamda uni tashkil
etishning investision omillari, kichik biznes sub’ektlarining investision
jozibadorligini oshirishda va uni moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish,
investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolarni
yechish usullari ochib berilgan.

Tayanch so‘zlar:

Investisiya, xo‘jalik sub’ekt, kichik biznes, investision

jozibadorlik, investisiya muhiti, investisiya bozori infratuzilmasi, IT, iqtisodiyot,
modernizatsiyalash, eksport, moliya, bozor, Ilm-fan, Tijorat banklar.

Bugungi kunda mamalakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotining eng muhim

yoʻnalishlaridan biri sifatida kichik biznesni rivojlantirish masalalari e‟tirof
etilmoqda. Kichik biznesni jahon andozalariga mos ravishda tashkil etish va
rivojlantirish bevosita investision omillar bilan bogʻliq jarayon hisoblanadi. Shu
ma‟noda kichik biznesni samarali investisiyalash Oʻzbekiston Respublikasining
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini belgilab beruvchi muhim kuchga aylanadi.

Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi ayni shu

mamlakatda tadbirkorlik qay darajada taraqqiy etganligidan dalolat berib
turadi. Sir emaski, iqtisodiyotning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi uning
tarkibidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari ulushining ko„payib
borishi bilan belgilanadi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining kun
sayin koʻpayib borishi esa, oʻz navbatida, mamlakatda yaratilgan ishbilarmonlik
muhitiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi. Bugungi kunda mamlakatimizda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi
53,3 foizni tashkil etmoqda. Xalqaro amaliyotda yirik moliya muassasasi
hisoblangan Jahon banki tomonidan kichik va oʻrta biznes subʼektlarini
kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar koʻlami yildan-yilga
koʻpayib bormoqda. Ushbu ishlar natijasida jahon amaliyotida, kichik va oʻrta
biznes sub‟ektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, kreditlardan
samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlariga aʼlohida eʼtibor qaratilmoqda.
Lekin, shunga qaramasdan banklar tomonidan kichik biznes subʼektlariga
xizmat koʻrsatish madaniyati va bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

73

oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan,
kreditlarni ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan
tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari oʻrtasidagi
javobgarlikning aniq chegaralanishiga toʻsqinlik qilayotganligi, kredit
buyurtmalarini koʻrib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni
tezkor olish imkoniyatini chegaralayotganligi, kichik biznesni kreditlashning
dolzarb muammolari yuzasidan izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani
oʻrganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qoʻllash yuzasidan takliflar
ishlab chiqish muhim omil hisoblanadi.

Bu borada investisiyalarning oʻrni beqiyosdir, xususan, kichik biznes

va xususiy tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy oʻsish va
mahalliy hamda xorijiy investisiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real
sektordagi investision jarayonlarni faollashtiradi. Investision jozibadorlikni
oshirish yoʻli orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shu jumladan,
Prezidentning O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul
qilindi. Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va
biznesinkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish. 2026-

yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning
27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish. Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar
faoliyatini takomillashtirish.
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur
ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish
nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng

yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni
kengaytirish.

Kichik biznes davlatning bozor va xo‘jalik yurituvchi tizimlarining

hayotiy asosi bo‘lib xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan
biri bo‘lgan, talab va taklifdagi manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani o‘z
ichiga oladi. Davlat tomonidan kichik biznes korxonalarining investision
jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko‘rilishi, kichik biznesga
kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes korxonalarining kreditlardan to‘la


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

74

foydalana olishiga yo‘l ochib beradi.
Kichik biznesda investision jozibadorlikni oshirish borasida olimlar
quyidagi fikrlarni keltirganlar. Xususan, D.A.Ednoviskiy, V.A.Babushkin,
N.A.Baturinalar investision jozibadorlikni investision tavakkalchilik bilan
bog‘laydilar. Ular investision jozibadorlik deganda tashkilotning shunday
holatini tushunadiki, bunda kapital egasida tavakkalchilikka borish, shuningdek,
pul ko‘rinishida va asosiy vositalar shaklidagi investisiyalar oqimini ta’minlash
istagi paydo bo‘ladi. Bu vaziyatda kapital ta’minlovchi va ma’lumot
oluvchilarning ishonchi tashkilotning investision jozibadorlik darajasining
asosiy va juda sezuvchan hosilasi hisoblanadi.
I.A.Blank investision jozibadorlik – bu aniq investor nuqtai nazaridan
alohida yo‘nalish va ob’ektlarni investisiyalashdagi afzalliklarini va
kamchiliklarini umumlashtiruvchi deb ta’rif berib, bunga ko‘ra alohida
ob’ektlarni investisiyalash jozibadorligini baholash ko‘p omillarga bog‘liq va
individual xususiy xarakterga ega deb ta’kidlaydi.
Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirish, kredit va moliya
institutlarini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investisiyalar hajmini ko‘paytirish
hamda davlat dasturlarini ishlab chiqqan holda kichik biznesga mablag‘ ajratish
hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Mamlakatimizda kichik biznesga investisiyalarni keng jalb etish va
ularning jozibadorligini oshirish, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga
oshirish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozorlari
talabi darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yaratmoqda.
Biroq mamlakatimizda investisiya faoliyatini moliyalashtirish usullarini
takomillashtirish, shu bilan bir qatorda, ularni moliyalashtirish manbalarini
optimallashtirish va investisiya bozori infratuzilmasini shakllantirishda hali o‘z
yechimini to‘liq topmagan muammolar mavjud. Tadbirkorlar tomonidan taqdim
etilayotgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larning yaxshi ishlanmaganligi
xorijiy kredit liniyalari o‘zlashtirilishining kechikishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.
Aksariyat hollarda taqdim etilgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larda sotib
olinadigan xomashyolar narhlarining kamaytirilib ko‘rstilishi sotib olinadigan
texnologik uskunalar hamda soltiladigan mahsulotlar narxlarining real
narxlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilishi texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larning
qayta tayyorlashiga va tadbirkorlikning ortiqcha vaqt sarflab ovora bo‘lishiga
sabab bo‘lmoqda.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

75

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun asosiy

muammolardan biri o‘zining ixtiyorida moliyaviy mablag‘lar etishmasligi
hisoblanadi. Ushbu muammoni yechishda kredit asosiy rolni o‘ynaydi. Biz olib
borgan tadqiqotlarimiz natijasida bir usulni taklif sifatida kiritishni lozim deb
topdik. “Yo‘l berish” usuli, ya’ni bunda, dastlab o‘z faoliyatini boshlamoqchi
bo‘lgan shaxsga ishonch bildirib ish boshlashiga bugungi kun talablariga javob
beradigan har tomonlama o‘ylangan biznes loyihaga garovsiz kredit berish
orqali yo‘l berish kerak, ushbu loyiha kelajakda o‘z samarasini berishi orqali
birinchidan, bank bergan kreditlarining vaqtida qaytishi orqali o‘z foydasini
oshirib borsa, ikkinchidan, mijozlari sonini oshirgan bo‘ladi va uchinchidan
mamlakatda yangi ish o‘ni yaratiladi, bozorda tovar va xizmatlar turi
ko‘payishiga yordam beradi, to‘rtinchidan aholining ijtimoiy ahvoli bir muncha
yaxshilanadi, beshinchidan, mamlakatda soliq to‘lovchi ko‘payadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Investisiya
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari ttp://lex.uz/m/acts/4689640
2.

Д.А.Ендиновицкий,

В.А.Бабушкин,

Н.А.Батурина

и

др.Анализ

инвестиционной привлекательности организации: научное издание/
М.:КНОРУС,2010.- 376c.
3. Бланка И.А. “Основi инвестиционного менеджмента” В 2 т. Спб; Ника –
центр, 2001.
4. ССП, БМТТД, Олий Мажлис (600 дан ортиq тадбиркорларнинг сўрови,
2018), лойиhа ишчи гуруhининг таhлили
5. Ibroximovna, M. S. (2024). FACTORS OF DEVELOPING OF INTERCULTURAL
COMMUNICATION COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO CADETS OF
MILITARY UNIVERSITY. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1),
159-163.
6. Musayeva, S. I. (2024, May). DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL
COMMUNICATION COMPETENCE OF CADETS USING INTERACTIVE METHODS.
In Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and
Social Sciences (Vol. 3, No. 5, pp. 276-284).
7. Nazrullaevna, M. G. (2021). Mechanisms for the development and
management of innovative activity in Uzbekistan. SOUTH ASIAN JOURNAL OF
MARKETING & MANAGEMENT RESEARCh, 11(4), 15-20.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari ttp://lex.uz/m/acts/4689640

Д.А.Ендиновицкий, В.А.Бабушкин, Н.А.Батурина и др.Анализ инвестиционной привлекательности организации: научное издание/ М.:КНОРУС,2010.- 376c.

Бланка И.А. “Основi инвестиционного менеджмента” В 2 т. Спб; Ника –центр, 2001.

ССП, БМТТД, Олий Мажлис (600 дан ортиq тадбиркорларнинг сўрови, 2018), лойиhа ишчи гуруhининг таhлили

Ibroximovna, M. S. (2024). FACTORS OF DEVELOPING OF INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO CADETS OF MILITARY UNIVERSITY. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1), 159-163.

Musayeva, S. I. (2024, May). DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE OF CADETS USING INTERACTIVE METHODS. In Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences (Vol. 3, No. 5, pp. 276-284).

Nazrullaevna, M. G. (2021). Mechanisms for the development and management of innovative activity in Uzbekistan. SOUTH ASIAN JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT RESEARCh, 11(4), 15-20.