THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
56
FITRAT – ARUZSHUNOS
To'xtamishova Gulnora Mels qizi
Buxoro davlat universiteti, 1-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14842227
Annotatsiya:
Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.
Kalit so'zlar:
Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf
Fitrat
dramaturg,
filolog,
tarjimon,
professori,
milliy,
adabiyoti,
ma'rifatparvarlik.
Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki
ta’limni Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida oldi. U arab, fors, turk
tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi
o‘zlashtirdi.
Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha
Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida
bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning
g‘azallaridan xabardor bo‘ldi.
Faoliyati
Fitrat 1909-yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913-yilgacha Istambul dorilfununida
tahsil ko‘rdi. Turkiyada tashkil topgan “Buxoro ta’limi maorifi” uyushmasida
faollik ko‘rsatdi. Uning ilk to‘plami 1911-yilda
“Sayha” (“Chorlov”)
nomi bilan
chop etildi.
“Sayyohi hindi”, “Munozara”
kabi asarlari ham shu yillarda
Turkiyada nashr etildi.
Fitrat 1917-yili fevral inqilobidan keyin
“Hurriyat” gazetasi
ni tashkil etdi, unda
xalqni istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’r va maqolalarini e’lon qildi.
Uning “Hurriyat” gazetasida bosilgan
“Yurt qayg‘usi”
nomli she’r va
sochmalarida Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik
qaxramonning
“Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun
o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!”
degan da’vati baralla eshitiladi.
Uning
“Qon”, “Begijon”, “Temur sag‘anasi”, “O‘g‘izg‘on”, “Abo Muslim”, “Hind
ixtilochilari”, “Chin sevish”
kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash
mavzuyi tabiiy ifodasini topdi.
1922 yili nashr etilgan “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamida Cho‘lpon, Elbek
she’rlari bilan birga Fitratning she’riy asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga
havola etildi. U mazkur to‘plamga kirgan
“Mirrix yulduziga”, “Behbudiyning
sag‘anasini izlab”, “Sharq”, “Shoir”
kabi she’rlarida millatparvar va
vatanparvarlik pozitsiyasiga qat’iy turganini yana bir bor namoyish etadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
57
...Bilasanmi, shoir ishqning eng nozli,
Erka, injiq yovdusidir, turolmas –
Ma’shuqidan ko‘rmagancha kulushli,
Marhamatli, chin sezguli bir ko‘mak,
Mana shudir uning uchun bor tilak.
Shoir
Tabiatdan sirli, teran ma’nolar,
Tiriklik-chun ochiq, to‘g‘ri, chin yo‘llar
Izlar, topar, o‘zi uchun saqlamas
Unlarni,
Yoz gulining yaprog‘idan to‘qulg‘on
So‘zlar bilan o‘rab bizga topshurar.
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratdi.
Jumladan,
“Adabiyot qoidalari”, “Eski o‘zbek adabiyoti namunalari”, “Aruz
haqida”
kabi ilmiy kuzatuvlari o‘zbek adabiyotshunoslik fanining shakllanishida
muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil
haqidagi tadqiqotlari adabiyot tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat
etdi.
U Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot
vakillari haqida ham maqolalar yozdi.
Fitrat ayni paytda tashkilotchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 1921-1923
yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923-
1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir Moskvadagi
Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullandi.
Fitrat 1921-yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etgan. Maktabga mumtoz
musiqa bilimdonlari bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham
taklif etgan. Shuningdek, u "Shashmaqom" kuylarini to‘plash va notaga yozib
olish ishlariga ham rahbarlik qildi. Uning tashabbusi bilan Buxoro Shashmaqomi
Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Internet manbaalaridan.
2.
Gazeta va jurnallardan.