THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
179
MOLIYAVIY TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH
TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Boltaev Abror Sayitmuradovich
Alfraganus University “Buxgalteriya hisobi va soliq”
kafedrasi mudiri, PhD, dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874440
Annotatsiya:
Mazkur tezisda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy
tahlilni tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi iqtisodchi olimlarning yondashuvlari
asosida tadqiq qilib o‘rganilgan. Moliyaviy tahlilni o‘tkazish bosqichlari taklif
etilgan va shu asosda xulosa shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy tahlil, ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil,
moliyaviy tahlil rejasi va dasturi, ma’lumotlar bazasi.
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barqaror
faoliyat yuritishi oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi.
Buning uchun sub’ekt rahbariyati ichki va tashqi axborotlardan unumli
foydalanishlari lozim. Bu esa, ulardan xo‘jalik sub’ektining moliya-xo‘jalik
faoliyati natijalarini to‘liq tahlil qilib o‘rganishni va shu asosda kerakli
axborotlarni shakllantirishni talab etadi. Chunki, tahlil natijalari asosida asosiy
xo‘jalik jarayonlarini boshqarish, talab va taklifni o‘rganish, pul muomalasi,
raqobat muhitiga moslashish borasida asosli xulosalarni shakllantirib, mavjud
ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xo‘jalik faoliyati samaradorligini
oshirish borasida tegishli qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Bu esa, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritishi va
rivojlanishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda moliyaviy tahlilni tashkil etish borasida rasmiy tartib-
tamoyillar belgilanmaganligi sababli, uni tashkil etishda an’aniviy
yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.
Moliyaviy tahlil tashkil etish shakli bo‘yicha iqtisodchi olim
M.Yu.Raximovning
1
fikriga ko‘ra ichki moliyaviy tahlil va tashqi moliyaviy
tahlilni tashkil etish bo‘yicha tarkiblanishi maqsadga muvofiq (rasm).
Rasm.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli bo‘yicha tarkiblanishi.
Молиявий таҳлилни ташкил этиш шакли
Ички молиявий таҳлил
Ташқи молиявий таҳлил
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
180
Ichki moliyaviy tahlil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan
o‘tkazilib, o‘rganiladigan masalalar va foydalaniladigan axborot bazasining
ko‘lami kengligi bilan tashqi moliyaviy tahlildan farqlanadi. Chunki, uning
axborot bazasiga tasdiqlangan moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan tashqari
moliyaviy hisobning barcha manbalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga, uning
quyidagi o‘ziga xos jihatlarini keltirish mumkin:
-
ichki moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari ichki talablarga muvofiq
belgilanganligi;
-
oqilono boshqaruv qarorlarini tayyorlash borasida tahlilni o‘tkazish
imkoniyatining kengligi;
-
xo‘jalik sub’ekti rahbariyati talablaridan kelib chiqqan holda analitik
ishni tashkil etish;
-
ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarining yuqoriligi;
-
moliyaviy tahlil natijalari asosida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini
nazorat qilish imkonining mavjudligi.
Ichki moliyaviy tahlildan farqli ravishda tashqi moliyaviy tahlil vakolatli
davlat organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga
oshiriladi. Tashqi moliyaviy tahlil faqat moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatini o‘rganishni harakterlaydi.
Ya’ni, xo‘jalik sub’ektining aktivlari, o‘z mablag‘lari manbalari va
majburiyatlarining o‘zgarishiga, moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va
rentabellik darajasiga, pul mablag‘lari harakati va xususiy kapitalning
o‘zgarishiga, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatini aniqlashga qaratiladi. Uning
ahamiyatli jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-
axborotdan foydalanuvchilar va tahlil o‘tkazish sub’ektlarining ko‘pligi;
-
tahlil qilib o‘rganuvchi sub’ektlar maqsadining turli-tumanligi;
-
tahlil faqat tasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari ma’lumotlariga
asoslanishi sababli, o‘rganiladigan masalalarning chegaralanganligi;
-
axborotdan foydalanuvchilar uchun tahlil natijalaridan foydalanishning
ochiqligi.
Umuman xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish
tartib va qoidalari iqtisodchi olimlar N.A.Solovyeva
2
, K.A.Pugina
3
, N.V.Klimova
4
,
M.Q.Pardayev
5
, E.A.Akramov
6
, R.D.Dusmuratov
7
, M.Yu.Raximov
8
, A.S.Boltayev
9
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
181
va boshqalarning asarlarida keltirib o‘tilgan. Jumladan, iqtisodchi olim
M.Q.Pardaev
10
tomonidan moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari
quyidagicha tarkiblanadi:
-
tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo‘llarini belgilash bosqichi;
-
tahlil uchun taqdim qilinadigan axborotlar sifatiga baho berish;
-
tahlil usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini
rasmiylashtirish bosqichi.
Mazkur moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari iqtisodchi olim
tomonidan umumlashtirilgan holda tarkiblanib ifoda etilgan.
Iqtisodchi olim E.A.Akromov
11
tomonidan esa moliyaviy tahlilni tayyorlash
va o‘tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat deb belgilangan:
-
moliyaviy tahlilni o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda
tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi;
-
tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning
ro‘yxatini tuzish;
-
tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash;
-
moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash;
-
moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini aniqlash;
-
tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni
umumlashtirish;
-
tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish;
-
moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari
bo‘yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini
ko‘tarishga bag‘ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish;
-
moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig‘ilishda muhokama qilish;
-
tahlil yakunlari bo‘yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib,
korxonaning moliyaviy holatini ko‘tarish maqsadida boshqaruv tizimini
takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona
rahbariyatining maxsus qarorida ifodalash.
Ushbu tarkiblashda moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari kichik birlik
bosqichlariga bo‘lib ko‘rsatilgan. Biroq, ayrim ko‘rsatilgan bosqichlarni o‘zaro
umumlashtirish lozim. Masalan,
“tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash,
ya’ni tahlil qiluvchilarning ro‘yxatini tuzish”
bosqichini
“moliyaviy tahlilni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
182
o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish”
bosqichiga kiritish zarur. Chunki, ishchi
dasturda bu bosqichda amalga oshiriladigan ishlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazishni
iqtisodchi olim M.Yu.Raximov
12
maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:
1.
Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;
2.
Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash;
3.
Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi;
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;
5.
Qaror tayyorlash bosqichi;
6.
Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.
Yuqorida iqtisodchi olimlarning moliyaviy tahlilni tashkil etish tartibi
bo‘yicha yondashuvlari turlicha bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq ularning
yondashuvlari bitta maqsadga ya’ni moliyaviy tahlilni tayyorlash va sifatli
o‘tkazishga qaratilganligini e’tirof etish kerak.
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy
tahlilni sifatli tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazish quyidagi tartibda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq (jadval).
Jadval
Moliyaviy tahlilni tashkil etish va oʻtkazish bosqichlari
№ Moliyaviy
tahlil bosqichi
Amalga oshiriladigan ishlar
1 Moliyaviy
tahlilni tashkil
etish
va
o‘tkazishning
rejasi
va
dasturini tuzish
bosqichi
Moliyaviy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish rejasi
va dasturini tuzib olish. Unda quyidagilar aniq
belgilangan va ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: tahlining
maqsadi va vazifalari aniqlash; tahlil ob’ektini aniqlash;
tahlil mazmunini izohlash; tahlil o‘tkazuvchilar tarkibi
va ularning vazifalarini belgilash; tahlil o‘tkazish vaqti
va muddatini belgilab olish; tahlil manbalari aniqlab
olish; tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibini
belgilash.
2 Moliyaviy
tahlil yuzasidan
ma’lumotlar
bazasini to‘plash
va qayta ishlash
bosqichi
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-
tahlil uchun axborot manbalarini to‘plash;
-
tahlil uchun foydalaniladigan qo‘shimcha
zarur ma’lumotlarni to‘plash;
-
to‘plangan ma’lumotlarni tahlilga mos
holda soddalashtirish;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
183
-
tahlil uchun zarur jadval, sxemalar va
diagrammalar maketlarini tuzish;
-
tahlil usullarini aniqlab olish.
3 Moliyaviy
tahlilni o‘tkazish
bosqichi
Bu asosiy bosqich bo‘lib, unda quyidagi ishlar
amalga oshiriladi:
-
mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
-
ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish va
naijalarni baholash;
-
natijaning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan
omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir darajalarini
hisoblash;
-
natijaga ta’sir ko‘rsatgan har bir omilning
kelib chiqish sabablarini o‘rgangan holda baho berish;
-
natijalarni umumlashtirish va xulosa
tashyorlash.
4 Moliyaviy
tahlil natijalarini
rasmiylashtirish
va
chora-
tadbirlarni
belgilash
bosqichi
Bunda moliyaviy tahlil yakunlanadi va tahlil
natijalari baholangan holda kerakli chora-tadbirlar
belgilanadi. Ya’ni:
-
tahlil
natijalari
hisobot
shaklida
rasmiylashtiriladi;
-
tahlil natijalarini muhokama qilish;
-
tahlil natijalariga asoslangan holda yo‘l
quyilagan kamchiliklarni bartaraf etish chora-
tadbirlari belgilanadi;
-
xo‘jalik
yurituvchi
sub’ekt
ichki
imkoniyatlari
o‘rganilgan
holda
faoliyat
samaradorligini oshirish yo‘llari belgilanadi.
5 Moliyaviy
tahlil natijalarini
amaliyotga
tadbiq
etish
bosqichi
Bu bosqichda tahlil natijalari asosida belgilangan
chora-tadbirlar va aniqlangan imkoniyatlar xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyatiga qo‘llash yo‘llari
ko‘rsatiladi. Ya’ni:
-
foydalanilmagan
ichki
imkoniyatlarni
sub’ekt faoliyatiga qo‘llash tartibi ko‘rsatiladi;
-
faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha
berilgan tavsiyalar joriy etiladi;
-
aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni
amaliyotda
qo‘llash
shart-sharoitlari
ko‘rsatib
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
184
beriladi;
-
belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi
va ularning natijalari nazorat qilish tartibi belgilanadi.
Albatta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va
o‘tkazishni sub’ekt rahbari amalga oshiradi va u yuqoridagi moliyaviy tahlil
bosqichlari talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
Moliyaviy tahlil natijalari hisobot shaklida rasmiylashtirilib, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning navbatdagi kengashi kun tartibiga muhokama uchun
quyiladi va tegishli qaror qabul qilish orqali tasdiqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy tahlilni tashkil etish taklif etilgan tartibda
amalga oshirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini
yaxshilash va samaradorligini oshirish, moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanish, moliyaviy holatini yaxshilash borasida oqilona
boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyat ega hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Соловева Н.А., Медведева Е.А. Анализ основных средств и
эффективности их исползования. Учебное пособие. –Красноярск, 2006. -54
с.
2.
Пугина К.А. Методика проведения анализа основных средств. //
К.А.Пугина, С.Н.Хуаде, В.А.Сухенко. // Новая наука: от идеи к резултату.
2015. Но 6-1. С. 123-125.
3.
Климова Н.В. Направления совершенствования методики анализа
состояния
и
эффективности
исползования
основных
средств.
Экономический анализ: теория и практика. 6 (111), 2008. 22-30 стр.
4.
Akramov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. –
T., 2007. -18 bet.
5.
Boltaev A. S. IMPROVEMENT OF METHODOLOGICAL ASPECTS OF
RECOGNITION AND ASSESSMENT OF BIOLOGICAL ASSETS //Frontline
Marketing, Management and Economics Journal. – 2023. – T. 3. – №. 12. – S. 30-
44.
6.
Boltaev A. S. Sotish rentabelligi tahlili: milliy va xalqaro tajriba
//Ekonomika i finansы (Uzbekistan). – 2014. – №. 2. – S. 52-57.
7.
Dusmuratov R.D., Boltayev A.S. Moliyaviy tahlil. “Iqtisod-Moliya”, 2020.
162-180 betlar.
8.
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T,
2017. -336 b.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
185
9.
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.:
“IQTISOD-MOLIYa”, 2013. – 65 b.
10.
Sayitmuradovich B. A. BASIC TOOLS AND SOME ISSUES OF THEIR
ANALYSIS //E Conference Zone. – 2024. – S. 8-11.