Авторы

  • Mo‘min Hoshimxonov
    Konferensiya

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.66017

Ключевые слова:

xojagon naqshbandiya timsol olam tarix ma’rifat gavhar sulton maqbara Ismoil Safaviy Hirot mumtoz Navoiy Foniy devon nazira munojot sunniy shia temuriy xalifa shayx imom musulmon quyosh Masih Alloh rivoyat afsona hikmat Qur’on.

Аннотация

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, turkiy she’riyatning ulkan yalovbardori va dahosi, she’riyat sultoni, naqshbandiya tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lgan Alisher Navoiyning diniy-gumanistik qarashlari tahlil qilingan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

125

ALISHER NAVOIYNING DINIY-GUMANISTIK QARASHLARI

Hoshimxonov Mo‘min

Konferensiya

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862711

Annotatsiya:

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, turkiy

she’riyatning ulkan yalovbardori va dahosi, she’riyat sultoni, naqshbandiya
tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lgan Alisher Navoiyning diniy-gumanistik
qarashlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

xojagon, naqshbandiya, timsol, olam, tarix, ma’rifat, gavhar,

sulton, maqbara, Ismoil Safaviy, Hirot, mumtoz, Navoiy, Foniy, devon, nazira,
munojot, sunniy, shia, temuriy, xalifa, shayx, imom, musulmon, quyosh, Masih,
Alloh, rivoyat, afsona, hikmat, Qur’on.

Inglizcha:

Mazkur ilmiy maqolada Navoiyning salafi, ustoz va piri Abdurahmon Jomiy

va alloma mutafakkir shoir Navoiy haqidagi falsafiy fikrlari tahlili berilgan.

Xoja Bahouddin Naqshband (1318 - 1389) hayoti va faoliyati, xojagon-

naqshbandiya ta’limoti tarixi, g‘oyalari targ‘ibi, bu tariqat vakillari hayoti va
faoliyati bo‘yicha turkiy tilda ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri asarlaridan ko‘ra
boyroq va mukammalroq boshqa biron manba yo‘q. Shuning uchun Naqshband
va Navoiy masalasi faqat adabiyotshunoslikkina emas, amalda dinshunoslik,
tasavvufshunoslik, falsafashunoslik, tarixshunoslik, ma’naviyatshunoslik,
mafkurashunoslik va fanning yana ko‘plab sohalari izchil shug‘ullanishi lozim
bo‘lgan mavzu hisoblanadi. Binobarin, hozirgacha bu borada bir qadar ilmiy
ishlar dunyoga keldi va ilgari yaratilgan ayrim kitoblar ham chop etildi.

Navoiy asarlarida Xoja Bahouddin Naqshband ta’rifi masalasini yoritish

uchun, avvalo, ulug‘ mutafakkir merosida ana shu buyuk avliyoga, umuman,
naqshbandiya tariqatiga munosabat, shuningdek, shoir ijodida bu ta’limot
g‘oyalari targ‘ibining ko‘rinishlari va yo‘nalishlarini aniqlab olish lozim.

Masalaga shu jihatdan yondashsak, quyidagi manzara namoyon bo‘ladi:
1.

Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va faoliyatini yoritish (“Nasoyim

ul-muhabbat min shamoyim al- futuvvat ”).

2.

Xojagon-naqshbandiya tariqati vakillari hayoti va faoliyatini yoritish

(“Nasoyim ul- muhabbat min shamoyim al-futuvvat”, “Xamsat ul-mutahayyirin ”,
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher ”, “Holoti Paxlavon Muhammad ", “ Majolis un-
nafois ”, “Siroj ul-muslimin ”, “Muhokamat ul- lug‘atayn ”, “Tarixi anbiyo va
hukamo ”, “Arba’in ”.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

126

3.

Naqshband va naqshbandiylar badiiy timsollarini yaratish (“Hayrat

ul-abror”, "Lison ut- tayr ”).

4.

Badiiy asarlarda naqshbandiya ta’limoti g‘oyalarini targ‘ib etish

("Xazoyin ul-maoniy ", “Devoni Foniy”, “Hayrat ul-abror", “Farhod va Shirin”,
“Layli va Majnun", “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Lison ut-tayr ”, “Mahbub
ul-qulub “Siroj ul-muslimin ”).

Bir yilgacha olam ahliga umuman va Xuroson va Hirot ahliga xususan

motam erdi. Yil bo‘lg‘ondin so‘ngra Hazrati sultoni sohibqiron alarning yil oshin
base e’zoz va ehtirom bilan podshohona berib, muxlislaridin ba’zi ul hazratning
mutahhar marqadi boshida oliy imorat solib, xuffoz va imom va muqri va
xuddom ta’yin qildi. (Bu ishlarni Navoiyning o‘zi qil- gan) Va nazm ahli ko‘p
tarixlar aytib o‘qudilar. Ul jumladin, xuruf roqimi bu marsif bila tarixni aytib, yil
oshi tortarda sultoni sohibqiron oliy majlislarida o‘tkardi va hukm bo‘ldikim,
mavlono Husayn voiz minbar ustida uqudi:

Gavhari koni haqiqat, durri bahri ma’rifat,
Ku baxaq vosil shudu dar dil nabudash mosivox-
Koshifi sirri ilohiy bud beshak z-on sabab,
Gasht tarixi vafotash «kashfi asrori Iloh».
(Haqiqat konidin gavhar, ma’rifat dengizidin dur, Haqiqat birla tinch erdi,

dili ham bir haqiqatgoh- Ul Iloh sirrin ochuvchi erdi, beshak shul sabab, bo‘ldi
tarix vafoti «kashfi» asrori Iloh».)

Jomiy vafoti haqida yana bir ta’rix juda keng tarqalgan, unda: «Dud az

Xuroson bar omad!» ya’ni «Xurosondan tutun chiqib ketdi!» deyiladi. Jomiy
o‘limiga Xuroson xalqlarining qayg‘usini ifoda etgan bu jumladagi Xuroson (ya’ni
abjad hisobi bilan 912)dan tutun (ya’ni 14) chiqarib yuborilsa (912—14-898),
Jomiy vafot etgan yil kelib chiqadi.

Shunday qilib, xalqning sevimli shoiri, sultonlar nasihatgo‘yi, ilm, san’at

ahlining maslahatchisi, ma’rifat homiysi Abduraxmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda
olamdan ko‘z yumdi.

Butun Hirot uning motamida bo‘lib, bir yilgacha aza tutdi. Bir yildan so‘ng

uning sadoqatli do‘sti Alisher Navoiy yil oshi qilib berdi.

Jomiyiing mozori Hirotda, unda maqbara ham qurilgan, ammo bu

maqbarada ulug‘ shoirning jasadi bor-yo‘qligi noma’lum. Buning tarixi
quyidagicha:

1510 yilda shoh Ismoil Safaviy Hirotni bosib oladi. O‘taketgan mustabid

shia ulamolari Jomiyni o‘zlarining ashaddiy dushmanlari hisoblar edilar. Jomiy
maqbarasini buzib, shoir tanasini undan chiqarib tashlashga buyruq bo‘ladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

127

Ammo Jomiyning o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf bu falokatning oldini olib, otasining
muborak jasadini yashirincha boshqa yerga ko‘chirgan edi. Vahshiylar
mozordan shoir jasadini topolmadilar.

Rivoyatlarga ko‘ra, Jomiy jasadi keyinchalik qaytadan o‘z mozoriga

qo‘yilgan, ammo buning qanchalik haqiqatga to‘g‘ri ekanligini aytish qiyin.

Bu ulug‘ insonning Hirotdagi hozirgi maqbarasi XX asr boshlarida qaytadan

tiklangan maqbaradir.

Ma’lumki, adabiyotimizning asoschisi Alisher Navoiyning fors-tojik

adabiyoti tarixida ham tutgan o‘rni juda muhim. U o‘z ustozi va do‘sti
Abdurahmon Jomiy bilan birgalikda XV asr Hirot adabiy maktabining boshida
turdi, juda ko‘p shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, adabiyotshunoslar,
musiqashunoslar, rassomlar, me’morlar va boshqa san’atkorlarga homiylik qildi.
O‘zining

«Majolisun-nafois»,

«Mufradot»,

«Xamsatul-mutahay-

yirin»,

«Muhokamatul-lug‘atayn» kabi chuqur ilmiy asarlarida ham, boshqa badiiy
asarlarida ham fors-tojik adabiyoti va klassik tojik tili — forsiy haqida qimmatli
mulohazalar, nodir ilmiy umumlashmalar qol- dirdi. Buyuk shoir Foniy taxallusi
bilan yozgan forsiy she’rlarida esa fors-tojik klassik adabiyotining mohir
ustozlari qatorida tura oladigan asarlar yaratdi, o‘z davrigacha besh yuz yillik
taraqqiyot davrini bosib o‘tgan tojik adabiyotini ma’lum darajada yangiladi.

Navoiy-Foniyning fors tilida yozgan g‘azallari, qit’alari, ruboiylari va boshqa

asarlaridan tashkil topgan «Devoni Foniy» kitobi olti ming baytdan ortiq she’rni
o‘z ichiga oladi.

Navoiyning o‘zi bu kitobni «Maydonul-balog‘at» deb - ham atagan edi.

Bunda ulug‘ Navoiy fors-tojik adabiyoti suxan maydonining ajoyib chavandozlari
Sa’diy Sheroziy, Xisrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy, Jomiy va boshqalar bilan
bellashib ko‘rishni, bu sohada balog‘at va fasohat ko‘rsatishni, so‘ng esa o‘z ona
tili — qadimgi o‘zbek tilida lirik va epik asarlar yaratib, o‘z xalqini yakqalam
qilish, o‘zbek she’riyatini ham yuksak badiiyyat ko‘kiga ko‘tarish maqsadini
oldiga qo‘ygan. Garchand Navoiyning o‘zi kamtarinlik bilan:

Foniy naziralar yozar ekan bil:
Bu na dov, na o‘zni bozorga solish.
Suxan arboblari saxiyligidan —
Murodi — tilanib bir nima olish ,—
desa ham, ammo Navoiyning forscha she’rlari fors-tojik adabiyoti uchun

o‘tkinchi asarlar bo‘lmadi. Mana, besh asrdirki, ular boy an’anali tojik
adabiyotining baland cho‘qqilaridan biri bo‘lib porlab kelmoqda.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

128

“Hayrat ul-abror”da bu munojotlardan so‘ng besh na’t, Muhammad

payg‘ambar maqtovi keladi. Asarda na’tlarning ko‘pligi hozirgi turkiy adabiyot
muxlislarini hayratlantiradi. Ammo Alisher Navoiy va Bobur zamonida bu
mafkuraviy masala juda dolzarb, ahamiyatli edi. Eronda va Xurosonda sulton
Husayn zamonida ham sunniylar va shialar o‘rtasida bahs, munozara jiddiy
nizolarni, hatto qurolli to‘qnashuvlarni keltirib chiqa- rar edi. Alisher Navoiy,
so‘ng sulton Husayn vafotidan so‘ng Eron shohi Ismoil Safaviy va temuriylar
davlatini egallab olgan Muhammad Shayboniyxon o‘rtasida qirg‘in urushlarda
ham sunniylar va shialar ziddiyati bosh masala bo‘lib turgan edi.

Gap shundaki, sunniylar Muhammad payg‘ambarga va uning ilk xalifalari,

chahoryorlar (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali)ga izzat- hurmat ko‘rsatib
maqtaydilar. Shialar esa, o‘z ibodatlarida Muhammad payg‘ambardan so‘ng faqat
Ali xalifa bo‘lishga munosib edi deb, Abu Bakr, Umar va Usmonni la’natlaydilar.
Zayniddin Vosifiy “Badoe’ ul-vaqoe’”da yozishicha, sulton Husayn vafotidan
so‘ng shayboniylarni yengib, Hirotni bosib olgan shialar (qizilboshlar) hirotlik
din arboblarini avvalgi uch xalifani la’natlab, xutba o‘qishga majbur qilishgan.
Sunniy shayxlar buni rad etganida, shialar amirlari bu shayxlarni soqolidan
tortib, boshini kesib, shahid qilganlar. Shu sababli, Alisher Navoiyning bu
na’tlari siyosat falsafasi sohasida ham juda dolzarb ahamiyatli edi. Navoiy
avvalgi na’tda Tangri taolo ilohiy nurini Odam Safiyullohdan Abdullohga
o‘tkizgani, Abdullohdan bu nur Muhammadga o‘tgani, bu so‘nggi payg‘ambarga
(hotam an-nabiyga) butun insoniyatni qorong‘ulikdan yorug‘likka chiqarish
vazifasi yuklanganini aytadi.

Alisher Navoiyning asosiy ijtimoiy-falsafiy qarashlari “Hayrat ul-abror”

dostonining 20 maqolatida ifodasini topgan. Shoir 1-maqolatda iymon falsafasi
haqida fikrlaydi. Shoir fikricha, iymon insonlikning asosiy javharidir. Iymonsiz
odam inson emasdur.

Kimki jahon ahlida inson erur,
Balki nishoni anga iymon erur.
Ammo iymonli bo‘lgan insonlar ham bir-biridan farqlidir. Ba’zi insonlar

noqis (qusurli), ba’zilari komil, ba’zilari olim, ba’zilari johil va xokazo. Ammo
iymonli insonni uch xislatidan bilish mumkin: “Bas, ani inson atagil beriyokim,
ishidur sabr ila shukru hayo”. Sabr - nisfi iymon, ya’ni sabr - iymonning yarmidir
(Hadisi sharifdan).

Shayx ul-islom musulmonlar peshvosidin iboratdur va islom muqdadosida

ishoratdur. Mundok, kishi olime kerak islompanoh va orife kerak muqarrabi
dargoh, xiradmandi shariatshior va faqrga xursand va tariqotosor. Yaxshi-yamon


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

129

shafqati fayzi om va ulug‘-kichikka irshodi naf’i molokalom. Komi bo‘lg‘ay shar’
qonunig‘a rosix va barcha mubtade’lar bid’atiga nosix. Angakim, bu nav’ bo‘lg‘ay
oyini islom Shayx ul-islom desa bo‘lur vassalom.

Bayt:
Mundin o‘ldi muqarrabi Boriy,
Shayx ul-islom piri Ansoriy.
Mumtoz adabiyotda “o‘likni tiriltirish” ifodasi hazrati Iyso alayhissalom

mo‘jizalariga asoslanadi. “Lab”, “nafas”, “anfos”, “tirguzmok” so‘zlari Iyso Masih
zikri bilan yonma-yon keladi. “Jon va jonon” g‘azali matla’ida bu nom uchramasa
ham, satr zamirida mavjud. Iyso Masih ul zotning Qur’oni Karimda ta’kidlangan
nomi. Bu ululazm payg‘ambar o‘z nafasi bilan o‘liklarni tiriltirgani bois
she’riyatda ma- jozan sevgili labi jonbaxshlik jihatidan Iyso Masih va ul zotning
nafasiga qiyos qilinadi. “Masihonafas”, “Masihoanfos", “Masihodam”,
“Masihvash”, “Iysiyi jon” tavsiflarining qo‘llanishi shundan. Masalan, Navoiy
yozadi:

Sarig‘ libos aro ul nushlabki, xandondur,
Erur Masihki, xurshid ichinda pinhondur...
“Capiq libos ichida ul shirinlab xandon turgan chog‘ida xuddi quyosh ichra

yashirin Iyso Masih kabi o‘likka jon bag‘ishlaydi”. “Quyosh ichida yashiringanlik”
esa Iyso alayhissalom aslo o‘ldirilmasdan, aslo chormix qilinmasdan, yuksakka
ko‘tarilganiga ishora. Bu - ilohiy haqiqat. Chunonchi, Qur’oni Karimda Olloh
taolo, “Aniqki, uni o‘ldirmadilar. Balki, Ollox uni o‘z huzuriga ko‘tardi” (Niso
surasi, 157-158-oyatlar) deb marhamat qiladi. Faqih Abulays Samarqandiy bu
oyatni sharhlab: “Ollox taolo Iyso alayhissalomni o‘zidan boshqasining hukmi
joriy bo‘lmaydigan bir maqomga yuksaltirdi. Hukm va hikmat egasi tanho Udir”,
deydi. “Xurshid ichinda pinhon” deganda Navoiy ana shu yuksak maqomga
ishora qiladi.

Yana bir misol:
Ul Masih anfosi jonbaxshu labi - hayvon suyi,
Olloh-Olloh, necha jonim notavon bo‘lg‘usidir!..
“Ul Masihning nafasi jon bag‘ishlovchi, labi esa hayot suvidir, Olloh-Olloh,

yana mening jonim nechun bunchalik notavon bo‘ladi?..”

Yana bir misol:
La’lidin tirguzmak etsam orzu, ayb etmangiz,
Kim, kishi ulturmoq etmaydur Masihodin tama!..
Ma’shuqaning la’li labidan meni tiriltirishini orzu kilsam, ayb qilmangiz.

Axir, Iyso Masihdan o‘ldirish kutilmaydi-da!”


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

130

Mumtoz she’riyatdagi irfoniy istilohlarning mantiqiy quvvati shundaki, Iyso

alayhissalomning o‘z nafaslari bilan o‘likni tiriltirish mo‘jizasi aslo rivoyat yoki
afsona emas, balki ilohiy Kalom bilan sobit tarixiy haqiqatdir. Chunonchi,
Qur’oni karimda Iyso alayhissalomning Bani Isroilga aytgan so‘zlari quyidagicha
bayon etiladi: “Men sizlarga (o‘zimning Hak payg‘ambar ekanim haqida)
Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim. Men loydan qush timsolini yasab, unga
puflasam, u Ollohning izn-irodasi bilan hakikiy qush bo‘ladi. Va yana ko‘r, pes
kasallarini tuzata olaman va Ollohning izni bilan o‘liklarni tiriltiraman va
uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib berishga qodirman. Agar mo‘min
bo‘lsalaringiz, albatta bu ishlarda sizlar uchun aniqoyat-dalillar bordir” (Oli
Imron surasi, 48-49-oyatlar).

Yana Olloh taolo Qur’oni Karimda bunday deydi: “Eslang, Olloh aytgan edi:

“Ey Iyso ibn Maryam! Senga va onangga bergan ne’matimni yodingga ol, qaysiki,
seni Ruhul-Qudus (Jabroil farishta) bilan quvvatladim, odamlarga beshikda va
voyaga yetganingda gapirding. Senga yozuvni, hikmatni, Tavrot va Injilni ta’lim
berdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini yasading. So‘ngra unga dam
urganingda, u Mening iznim bilan (chinakam tirik) qushga aylandi. Mening iznim
bilan ko‘r va pesni tuzatding. Mening iznim bilan o‘liklarni (qabrlaridan tirik
holda) chiqarding...” (Moida surasi, 110-oyat).

Binobarin, tasavvufiy adabiyotning suyangan tog‘i - Qur’oni Karim. o‘likni

tiriltirish haqidagi majozning haqiqati ham «(Qur’oni Karimdadir. Zabur, Tavrot,
Injilning asl nusxalari va Qur’oni Karim aslo inson tafakkuri mahsuli emas, balki
haqiqiy ilohiy kalom, Ollohning muqaddas so‘zidir.

Olloh barcha payg‘ambarlarni o‘z davriga xos mo‘jizalar bilan

quvvatlantirgan, xususan, Iyso alayhissalomni ham. Diqqat qilsak, misol
keltirilgan oyatlarning avvalgisida “Ollohning izni bilan” degan ibora va
keyingisida “Mening iznim bilan” degan ilohiy so‘z ta’kidlanmoqda. Bedavo
kasallarni tuzatish va o‘likni tiriltirish amalini zohirda Iyso alayhissalom bajardi,
lekin mohiyatda bu faqatgina Ollohning izn-irodasi bilan voqe bo‘ldi.

Bu - Ollohning qudrati, Ollohning tajalliyotidir. O‘likni tiriltiruvchi nafas Iso

alayhissalomniki, ammo bu nafasni ato etgan zot Ollohdir. Binobarin, mumtoz
she’riyatdan, ayniqsa, Navoiydek muvahhid zot majozlaridan e’tiqodiy nuqson
izlash insofdan emas.

Alisher Navoiyning islomga munosabati in’ikosi (zuhur etishi) masalasida

xulosa chiqarilganda, mutafakkir shoirning she’riyati tasavvufona, islomiy
she’riyat ekanligiga iqror bo‘lamiz. “Sirojiul – muslimin” (Musulmonlar chirog‘i)
“Arbain” (Qirq hadis) asarlarini bitgan, 770 ta so‘fiylar hayot – faoyaliyatini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

131

yorituvchi “Nasoyimul – muhabbat” asarlari bilan shoir islom dini ravnaqiga
hissa qo‘sha olganligini e’tirof etamiz.