THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
20
ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI
RIVOJLANTIRISH.
Qurbonnazarova Ziyoda Abdukarim qizi
Termiz davlat pedagogika instituti boshlangich
ta’lim mutaxasisligi 1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15516385
Annotatsiya
: Davlat va jamiyat hayotida har bir sohaning o'z o 'rni va
ahamiyati bor. Har bir mamlakat o 'z fuqarolari uchun munosib turmush
sharoitlarini yaratish maqsadida islohotlar va yangilanishlarni amalga oshiradi.
Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy soha va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan
ijtimoiy siyosat ham asosiy o'rin egallaydi. Mazkur maqolada bugungi kunda
Yangi O'zbekistonimiz rivoji va istiqbolida muhim hisoblangan ijtimoiy siyosat,
uni adolatli va oqilona yuritish hamda ushbu siyosatning mamlakatimiz
taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar va xulosalar keltirilgan.
Kalit soʻzlar
rivojlangan mamlakatlar, ijtimoiy siyosat, kategoriya, ijtimoiy
makon, inson kapitali, pedagog, reabilitatsiya, mexanizm.
Dunyodagi har bir davlat yuksak taraqqiyotga erishish, jahonning
rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish, fuqarolari uchun munosib turmush
shart-sharoitlarini yaratib berishni xohlaydi. Buning uchun keng miqyosli
islohot va bunyodkorlik ishlarini amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda
ham ushbu maqsad ustuvor mavqe kasb etib, davlatimizda amalga
oshirilayotgan har bir islohot shunga qaratilgan. Bugun oldimizga katta
maqsadlar qo'yib, shunga tomon harakatlanayotgan ekanmiz, bunda jamiyatda
mavjud bo'lgan barcha sohaga e'tibor qaratishimiz lozim. Mamlakat
taraqqiyotida muhim rol o'ynovchi sohalardan biri bu ijtimoiy soha va u bilan
bog'liq ijtimoiy siyosatdir. Ijtimoiy soha ijtimoiy hayotning bare ha muhim
qismlarini o'z ichiga olgani bois davlat siyosatida unga katta e'tibor qaratiladi.
Muhtaram yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarining
"Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" nomli qismida quyidagi fikr
keltirilgan: "Yangi O'zbekistonni o'z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga,
har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo'nalishdagi
islohotlarimizning asosiy maqsadidir"1 . Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun bugun qamrovi keng yangiliklar
qilinmoqda. Ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini oshirishga
qaratilgan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy siyosatning tor
ma'nodagi ta'rifi davlatning ma'lum sababga ko'ra ijtimoiy jihatdan nochor
bo'lgan va o'zining moddiy holatini o'z kuchlari orqali yaxshilay olmaydigan
aholi guruhlari yoki qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar, mehnat
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
21
nogironlari hamda kam ish haqi oluvchi ishlovchilar kategoriyalari)ni qo'llab-
quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. Ijtimoiy siyosatning
keng ma'nodagi ta'rifi jamiyatning barcha a'zolarining ijtimoiy rivojlanishi
uchun normal yashash va qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-
tadbirlari yig'indisidir. Adolatli ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini
oshirishga qaratilgan har bir islohotga adolat nuqtayi nazaridan yondashish,
jamiyat qatlamlarining hech qaysisini e'tibordan chetda qoldirmaslik, ularga bir
xilda va teng imkoniyat hamda sharoitlarni yaratib berish, jamiyatda o'z o'rnini
topishiga ko'maklashish va boshqalardan iboratdir.
Muhokama va natijalar
Yurtimizni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan ko'pgina dasturlarda
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish bo'yicha rejalar va vazifalar kiritilgan. Masalan,
2022-2026-yillarga
mo'ljallangan
Yangi
O'zbekistonning
Taraqqiyot
strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va
inson kapitalini rivojlantirish" deb nomlangan. Mazkur yo'nalishning asosiy
maqsadlari quyidagilardan iborat:
Inson qadri – davlat siyosatining asosiy mezoni Prezident Shavkat
Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili –
O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu
yondashuvda har bir fuqaro o‘z huquq va imkoniyatlariga ega bo‘lgan teng
subyekt sifatida qaralmoqda. Bunga misol sifatida: Ijtimoiy adolat va teng
imkoniyatlar
Ijtimoiy adolat — bu jamiyatda barcha uchun teng sharoitlar yaratish
demakdir. Bu borada:
Soliq tizimining adolatli bo‘lishi;
Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikka qarshi kurash;
Ayollar va yoshlar siyosati doirasida tenglik prinsipining joriy etilishi
muhimdir.
Kreativ yondashuv: Masalan, "Sifatli hayot uchun fuqarolik texnologiyalari"
(civic tech)ni joriy qilish orqali odamlar bevosita davlat xizmatlarining
nazoratida ishtirok etishi mumkin. Bu – ishonchni kuchaytiradi.
3. Inson kapitalini rivojlantirish – uzoq muddatli sarmoyaZamonaviy
rivojlanish modeli inson kapitaliga asoslanadi. Taʼlim, sog‘liqni saqlash,
psixologik farovonlik – bularning barchasi milliy taraqqiyot darajasini belgilaydi.
Yaxshi taʼlim olgan, sog‘lom, intiluvchan insonlar – iqtisodiyotning yangi
lokomotividir. Innovatsion misol: “Bir oila – bir startap” modeli orqali aholining
har bir qatlamiga o‘z biznesini yaratishga yordam berish mumkin. Bu faqat
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
22
iqtisodiy o‘sishga emas, balki insonlarning o‘zini qadrlash tuyg‘usini ham
oshiradi. Ijtimoiy siyosatda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar roli
Bugungi kunda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda sunʼiy
intellekt (AI) ham yordamga kela oladi. Misol uchun:
ehtiyojmand aholini avtomatik aniqlash;ijtimoiy xizmatlarning sifatini
monitoring qilish;davlat byudjeti orqali adolatli taqsimotga erishish imkoniyati
yaratiladi.
- Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini
yaratish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali
sarflanishini ta'minlash;
- Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000
AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish;
- Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va
malakasini xalqaro darajaga olib chiqish;
- Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini
oshirish;
- 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE
xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash;
- Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, ehtiyojmand
qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
- Aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet
mablag'laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va
aholini tibbiy sug'urtalash amaliyotini joriy qilish; Nogironligi bo'lgan shaxslarni
qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va
darajasini oshirish va boshqalar. Yuqoridagi maqsadlarda ham ta'lim, ham
sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqalarga asosiy e'tibor qaratilgan.
Chunki mazkur sohalar ijtimoiy hayotning eng muhim elementlari hisoblanadi.
O'z-o'zidan ta'lim har bir davlat taraqqiyoti va kelajagining poydevoridir.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo'lsak, ta'lim sohasiga katta
ahamiyat berilganiga guvoh bo'lamiz. Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Finlandiya kabi dunyoning yetakchi va rivojlangan mamlakatlarining shu
darajada rivojlanishida ta'lim tizimini katta ahamiyat kasb etgan. Mustaqil
diyorimizda 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan "Pedagogning maqomi
to'g'risida"gi qonun jamiyatimiz hayotida muhim voqea sifatida qayd etildi.
Chunki bu ilgari mavjud bo'lmagan va uzoq kutilgan normativ hujjat hisoblanadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
23
Ushbu qonunning kuchga kirishi adolatli ijtimoiy siyosat sohasida amalga
oshirilgan ulkan jarayon bo'ldi. Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha qabul
qilingan muhim dasturlardan yana biri bo'lgan "O'zbekiston - 2030"
strategiyasida ham ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va kambag'allikni qisqartirish
bo'yicha islohotlar mavjud bo'lib, bular ham yurtimiz rivojiga katta hissa
qo'shishda muhimdir. Jumladan, mazkur strategiyada quyidagi vazifalar belgilab
qo'yilgan:
- Professional ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish tizimini tubdan
takomillashtirish: bunda ijtimoiy himoyaga muhtojlarning barchasi to'liq
qamrab olinishi ko'zda tutilgan. Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-
quvvatlash bo'yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul
muhitni yaratish: bunda nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari
bilan to'liq qamrab olish ko'zda tutilgan.
- Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish. Bolalarni
himoya qilish - kelajakni himoya qilish demakdir.
- Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va
qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va
gender tenglikni ta'minlash.
- Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash. Bu mustaqillikdan buyon
amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.
- Mamlakatda kambag'allik darajasini qisqartirish: bunda 2026-yilga qadar
kambag'allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin
qisqartirish ko'zda tutilgan. Bu ham ijtimoiy siyosatda muhim islohot
hisoblanadi.
Chunki yurtimizning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolar va aholi turmush
farovonligini oshirishdan iborat.
- Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug'urta tizimini
takomillashtirish.
- Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o'qitish, ularning zamonaviy
texnika va texnologiyalardan foydalanish bo'yicha kasbiy ko'nikma va
malakalarini rivojlantirish.
Xulosa,
davlatimizda amalga oshirilayotgan adolatli ijtimoiy siyosatning
asosiy vazifalari quyidagilar: har bir shaxsning mehnat qilishi, bilim olishi
huquqlarini amalga oshirishni iqtisodiy va huquqiy jihatdan kafolatlash;
aholining barcha qatlamlarini, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarining ijtimoiy himoya mexanizmini ishlab chiqish; ishsizlikning oldini
olish; ijtimoiy sug'urta tizimini yaratish; aholi turmush darajasining keskin
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
24
pasayishiga yo'l qo'ymaslik; aholi farovonligini ta'minlashning chora-tadbirlarini
yaratish va boshqalar. Bu vazifalarning amalga oshirilishi kelgusi taraqqiyotning
yuksak rivojlanishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar (references):
1. Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston.
2021.
2. Vaxabov A.V., Zaxidova Sh.Sh., Xajibakiyev Sh.X., Raxmanov Sh.I., Odinayev
D.Sh., Fayzullayev J.N., Baxtiyorov B.B., Abdulxakimov S.N.. Ijtimoiy siyosat.
O'quv qo'llanma. - Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019.
3. Abduraxmanova G.Q., Abduramanov X.X. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti.
- Toshkent, 2018.
4. To'ychiyeva S., Norbekov A. Ijtimoiy siyosat. - Toshkent, 2010.
5. Shayusupova N.T., Arabov N.U., Nasimov D.A. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy
himoya. - Toshkent. "Iqtisodiyot". 2014.
6. "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni,
28.01.2022-yildagi PF-60-son. www.lex.uz.
7. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.
11.09.2023. www.lex.uz.
8. "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi Qonun. O'RQ-901-son 01.02.2024.
www.lex.uz.
