https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
394
TA’MINOT VA ISHLAB CHIQARISH MANBALARINI GLOBAL
JOYLASHTIRISH STRATEGIYASI
Turdiqulov Muhammaddin Ilhomjon o'g'li
Andijon mashinasozlik instituti, “Transport va logistika” fakulteti
“Transport logistikasi ” yoʻnalishi 4-kurs talabasi.
E-mail:
turdiqulovmuxammaddin@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ta`minot va ishlab chiqarish manbalarini
global joylashtirish strategiyasi to`g`risida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.
Kalit so`zlar: Global logistika, ta`minot, ishlab chiqarish, zaxira, hududiy
logistika.
Global logistika tushunchasi.
Global logistika — bu xalqaro savdoda
materiallar oqimini boshqarishning o‘zaro bog'liq vazifalar majmuyi. Global
logistika davlatlararo qollab-quw atlanadigan shartnoma, kelishuv, umumiy rejalar
shaklida mehnat taqsimoti, sherikchilik va kooperatsiyalashtirish asosida
jahonning turli mamlakatlarining biznes-tuzilrnalarini biriktiradigan turg'un
rnakrologistik tizimini tashkil etish bo'yicha strategiya va taktikani ishlab chiqishni
nazarda tutadi.
«Global logistika» atamasi jahon iqtisodiyotining rivojlanishga moyilligini
aks ettiradi. Unga alohida mamlakat va hududlarda ixtisoslashtirilgan tadbirkorlik
faoliyatidan o‘ta tashkillashtirilgan jahon bozor xo'jaligi tomon harakatlanishi xos.
Global logistikaning asosiy vazifalari — makrohududiy xo'jalik tuzilmalar
darajasida materiallar oqimini shakllantirish, boshqarish va muvofiqlashtirish.
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari.
Logistik menejment
sohasida uni zamonaviy globailashtirishda harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilar:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
395
• yangi bozorlarga chiqish, o'z mamlakatlaridan tashqaridagi arzon xomashyo
manbalari va mehnat resurslari hisobiga o'sishning yangi zaxiralarini izlash;
• global logistik tizimda integratsiyaning asosi bo‘Igan keng xalqaro mehnat
taqsimoti va zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalariga ega ko‘p sonli
kompaniyalar tashkil etilishi ham da rivojlangan global infrastrukturaga ega
xalqaro logistik vositachilarning paydo bo'lishi (transport-ekspeditorlik
kompaniyalari, ekspert operatsiyalarini boshqaruvchi kompaniyalar, tashqi savdo
kompaniyalari);
• savdo va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish yo'lida savdo, bojxona,
transport va moliyaviy to‘siqlarni olib tashlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar.
Bu amallar kapital, tovar va axborotlarning milhy chegaralardan o ‘tishini
yengillashtiradi.
Shu bilan birga global logistikani rivojlantirish yo‘lida sabablari turlicha
bo‘lgan to ‘siqlar ko‘p, shu jumladan siyosiy tizimdagi farq, mamlakatlarning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bir xil boMmagani. Masalan, bunday
to‘siqlar YeS va sharqiy Yevropa mamlakatlari o'rtasida, YeS va Rossiya o ‘rtasida
mavjud. Bunda moliyaviy to‘siqlar ham o ‘rin tutgan. Ular davlatning soliq, boj va
savdo siyosati, kapital kiritilishidagi cheklovlar bilan bog'liq.
Ta’minot va ishlab chiqarish manbalarini global joylashtirish
strategiyasi.
Ko‘p millatli kompaniya xizmat ko‘rsatayotgan har bir aniq bozor
uchun ishlab chiqarish va ta ’m inot manbalarini global joylashtirish strategiyasi
komplektlashga oid mahsulot ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni yig‘ish uchun
joy tanlash bilan bog‘liq.
An’anaga ko‘ra firmalar turii mamlakatlar bozorini sekin-asta o ‘zlashtirishni
moMjallashgan. Ishdan global xabardorligi oshgani sayin milliy chegaralar bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
396
bogliq bo'lmagan holda operatsiyalarni muvofiqlashtirish va integratsiyalash
hisobiga raqobatli afzalliklami qo‘lga kiritishga imkon paydo bo‘ldi.
Jahonning har qanday qismidagi bozorlarga xizmat ko‘rsatish uchun
komplektlashga oid m ahsulotlarni va tayyor mahsulot yig'ishni global
joylashtirishda ko‘pgina variantlar mavjud. Shu tariqa m ahsulot ishlab
chiqarishning barcha jarayoni firma tom onidan to ‘liq yoki qisman bajarilishi mum
kin, masalan, firmadan tashqarida bo‘lgan kompaniyalar tomonidan mahsulotni
yig‘ish amallari bajarilishi mumkin. Komplektlashga oid mahsulotlarni ishlab
chiqarish va ularni yig'ish ishlari firma joylashgan mamlakatda; mazkur mahsulot
sotiladigan mamlakatda; rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatda amalga
oshirilishi mumkin. Nihoyat, firma komplektlashga oid mahsulotlarni ishlab
chiqarmasdan sotib olishi mumkin. Ishlab chiqarishni global joylashtirish bosh
kompaniyadan va u bilan bog‘liq bo‘lgan jahonning turii mamlakatlari firmalaridan
yuqori darajadagi faoliyat muvofiqligini talab etadi.
Chet el yetkazib beruvchilarini tanlash.
Komplektlashga oid mahsulotlarni
ishlab chiqarishdan oldin xomashyo yetkazilishining ta’minlanishi kerak. Buning
murakkab bo'lmagan yo'li — ichki ta’minot manbalaridan foydalanish. Bunday
yondoshish kompaniyani til bilish, masofa, bojxona tariflari, transportda jo ‘natish
bilan bog'liq bir qator muammolardan xalos etadi. Biroq ko'pgina firmalar ichki
ta’minot manbalariga yetisholmaydi, yoki ular chet el xom ashyolaridan qim m at
turadi. T a’m inot m anbaiarini tashqarida joylashtirishdan maqsad — ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirish va sifatni oshirish. Ishlab chiqarishning moddiy
ta’minoti bilan bog'liq xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi:
• ta’minot yo'lining ko'lami;
• zaxiralar darajasi oshirib yuborilganligi;
• valyuta kursining tebranishi (o'zgaruvchanligi).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
397
Resurslarni chetdan olish importning strategik va ishlar tartibi jihatlariga ega.
Ishlar tartibi jihatlari, eng awalo, importga nisbatan bojxona qoidalari va
me’yorlariga tegishli. Tegishli muassasalar bilan munosabatda bo'hsh tajribasiga
ega bo'lmay turib va kerakli hujjatlami tayyorlamasdan turib im port
operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yo'q. Importga tegishli hujjatlar bilan
ishlash vazifasi import bo‘yicha
broker
zimmasidadir. Broker davlat organlaridan
tegishli ruxsatnomani oladi hamda kerakli hujjatlami to'ldirishga zamin yaratadi
(bojxonaga boradigan yo'lni tozalaydi).
Import operatsiyalarining strategik jihatlari uzoq kelajakda o'zini namoyon
etadi. Strategik jihatlar chet el yetkazib bemvch ilari xizmati dan foydalanishdagi
afzall i klarni va muammolarni baholash bilan bog'liq.
Chet ellik yetkazib bemvchilami tanlashda hisobga olinishi lozim bo'lgan
to'rtta omillarni ajratish mumkin:
• yetkazib berilayotgan materiallar narxi va sifati;
• yetkazib berish muddatlari va xizmat ко‘rsatish sifati;
• texnik darajasining ancha balandligi;
• kompaniyaning tarkibiy qismi hisoblangan yetkazib beruvchi bilan aloqada
bo'lish.
Logistikada hududiy muammolarning aktualligi.
Makrologistikaning
rivojlanishiga ko‘p jihatdan takror ishlab chiqarishning hududiy xususiyatlari ta’sir
ko'rsatadi. Logistik tizimni shakllantirishning hududiy jihatlarini hisobga olish
ayniqsa Rossiya uchun muhimdir. Har bir hududda ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-
iqlimiy omillarning noyob birligi mahsulotga bo‘lgan talab va taklif. narxlar
siyosati. logistik vositachilar faoliyatining xususiyatlari va boshqa hududiy
xususiyatlarning o ‘zgacha o‘zaro bogianishi bilan belgilanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
398
Hududiy transport kommunikatsiyalar, transportga xizmat ko‘rsatadigan
korxonalar, shuningdek, logistik vositachilarning mavjudligi, hududiy taqsimlash
tizimining infrastrukturasi va ishlab chiqarish-texnik bazasi holati logistik
tuzilmalarning murakkab birikmasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Hududiy logistik tizimlarni shakllantirish omillari.
Hududiy logistik tizim
lar juda murakkab tizimdir, Ko‘p sonli logistik vositachilar mavjudligi, hududiy m
ateriallar oqim ining ko‘p sohaliligi (assortimentning ko‘piigi), logistik boshqaruv
shakllanishini qiyinlashtiradigan to‘liq ma’lumotlaming mavjud emasligi kabi
omillarning integral o ‘zaro bog‘lanishida ulaming inurakkabligi namoyon bo'ladi.
Ko`rsatib o'tilgan omillar hududiy logistik tizimlarni tahlil etish va sintez
qilish uchun tizimli yondoshish kerakligini belgilab berdi. Mazkur yondoshishning
asosiy qoidalari quyida koisatib o ‘tilgan:
1. Har bir hudud tadqiqot obyekti sifatida noyob hamda aksariyati ehtimoliy
yoki sifatli bo‘lgan omillar, munosabatlar va jarayonlar tizimining m aium
xususiyatlariga ega.
2. Hududiy logistik tizim — bu materiallar, axborotlar va moliyalar oqimi
hamda jarayonlari sinergiyasidir, ular logistik boshqaruvning obyekt va
subyektlarini o‘z ichiga olgan adaptiv tizimni tashkil etadi.
3. Hududiy logistik tizimning muhim tizimiy jihatlari — bu tashqi muhitning
noaniqligi sharoitida lizim muvozanatini saqlashga qaratilgan ishonchliligi,
barqarorligi va adaptivligi.
4. Hududiy logistik tizim boshqaruvi rasmiyatchilikdan to ‘la ravishda xoli
bo‘la olmaydi, shu sababli rasmiylashtirilgan va rasmiylashtirilmagan tartib va
tushunchalar majmuyini tuzishga zarurat tug‘iladi.
5. Axborot-kompyuter yordami hududiy logistik tizimining iloji boricha
salmoqli boshqaruv jarayonlarini va obyektlarini qamrab olishi kerak.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
399
Foydalanilgan adabiyotlar
[1]
Qudbiyev, N. T., Qudbiyeva, G. A. Q., & Abduraximov, B. U. O. (2022).
LOGISTIKADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA
ULARDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI. Scientific progress, 3(1),
133-142.
[2]
Tohirovich, Q. N. (2021). XALQARO MOLIYAVIY HISOB
STANDARTLARIGA O ‘TISH DOLZARBLIGI. Nazariy va amaliy tadqiqotlar
xalqaro jurnali, 1(2), 56-64.
[3]
OʻGʻLi, R. U. R., Tohirovich, Q. N., & OʻGʻLi, Q. N. A. (2021).
BILVOSITA SOLIQLARNING SOLIQ TIZIMIDAGI TUTGAN OʻRNI VA
AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1(10), 719-723.
[4]
Shaxrinoz Avazxonovna Kurbonova (2021). MAHSULOT TANNARXI
HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI. Scientific progress, 2 (8), 603-607.
[5]
Ugli, A. B. U., Tohirovich, Q. N., Khatamovna, R. S., & Nigoraxon, M.
(2021). Current Assets and Their Role in Company Activity. Journal of Marketing
and Emerging Economics, 1(7), 25-30.
[6]
Тошназаровна, Э. M., & Барноева, М. А. (2021, November). Метафора
«Собака-Человек» В Произведениях Дж. Лондона «The Call Of The Wild» И
«White Fang» И Их Переводах На Русский Язык. In " ONLINE-
CONFERENCES" PLATFORM (pp. 126-130).
[7]
Toshnazarovna, E. M. (2021). USING THE FEEDBACK TEMPLATE
IN TEACHING SPEAKING AND WRITING. Web of Scientist: International
Scientific Research Journal, 2(11), 20-28. [8] Elmanova, M. (2017).
PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF RW EMERSON'S" NATURE" AND" SELF-
RELIANCE. Интернаука, 7(11 Часть 3), 9. [9] Mastura, E. (2017). DEPICTION
OF THE NATURALISM PRESENTED IN THE CALL OF THE WILD.
Интернаука, (7-3), 6-9.