https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
130
ERKIN VOHIDOVNING KAMTARLIK SHE'RIDA IJODIY TAFAKKUR:
ADABIYOTDAGI G'URUR VA SADOQAT
Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti,
Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya: Mazkur maqola Erkin Vohidovning "Kamtarlik Haqida"
she’rini tahlil qilishga qaratilgan. She’r orqali shoirning kamtarlik va mag‘rurlik,
insoniy fazilatlar va ularga bo‘lgan yuksak ehtirom haqida fikr yuritishiga urg‘u
berilgan. Shoirning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va uning she’riyatiga qo‘shgan
hissasi tahlil qilinadi. Vohidovning ijodi, shaxsiy hayoti va adabiy merosi yoritilib,
uning o‘zining falsafiy qarashlari va insoniyatga bo‘lgan yuksak hurmatini aks
ettirgan asarlari tahlil qilinadi.
Kalit So‘zlar: Erkin Vohidov, kamtarlik, mag‘rurlik, insoniy fazilatlar, shoir,
adabiyot, ijod, insoniyat, ehtirom, she’r tahlili
.
KIRISH
Adabiyot bu hayotning aksidir, unda har bir so‘z, har bir fikr insonning ichki
olamidan bir iz qoldiradi. Kamtarlik, mag‘rurlik, va insoniy fazilatlar haqida fikr
yuritish, odamni nafaqat o‘zini, balki jamiyatni ham anglashga undaydi.
Adabiyotni bu kabi chuqur ma’nolarni anglashda yordamchi vosita sifatida qarash
mumkin. Erkin Vohidovning she’rlari ham shunday, ularning har biri hayot
haqidagi falsafiy fikrlarni o‘zgacha, o‘ta nozik tarzda bayon etadi. Erkin Vohidov
O‘zbekistonda o‘zining so‘z san’ati bilan mashhur bo‘lgan buyuk shoir, dramaturg
va tarjimon. Shoirning asarlari nafaqat adabiyot ixlosmandlari, balki keng
jamoatchilik orasida ham yuqori baholanadi. U o‘z she’rlarida milliy ruhni,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
131
insoniyat qadriyatlarini va ichki dunyo muammolarini yuqori mahorat bilan
ifodalagan. Vohidov nafaqat she’rlar, balki pyesalar va tarjimalari orqali ham keng
tanilgan.
Erkin Vohidov (1936-yil 28-dekabr, Oltiariq tumani, Farg‘ona viloyati,
O‘zbekiston SSR – 2016-yil 30-may, Toshkent, O‘zbekiston) – O‘zbekistonda
tanilgan shoira, dramaturg, adabiy tarjimon va davlat arbobi. U o‘z she’rlarini
yozish bilan bir qatorda, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe,
Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov va Sergey Yesenin kabi mashhur xorijiy
ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilgan.
Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlarini va Goethening “Faust” asarini tarjima qilgan
asarlari katta e’tiborga loyiqdir. Erkin Vohidov 1983-yilda Hamza nomidagi
O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan, 1987-yilda O‘zbekiston xalq
shoiri unvonini olgan. 1995-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan va 1999-
yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Shoirning she’rlari
o‘zbeklar orasida keng tarqalgan va tez-tez nashr etiladi. Ko‘plab she’rlariga kuy
bastalangan, jumladan, Sherali Jo‘rayev tomonidan. Vohidovning “Inson” she’ri
asosida yaratilgan “Human” ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va
o‘zbek tillarida taqdim etilgan. Erkin Vohidovning hayoti va ijodi o‘zbek
adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Uning ilhomini o‘zining tog‘asi Karimboy
Sohiboyev va ko‘plab adabiyotshunoslardan olgan. Shoir o‘zining yirik ijodiy
faoliyatini 1960-yilning boshlarida boshlagan va bugungi kunda ham uning asarlari
o‘quvchilarni ilhomlantirib kelmoqda. Vohidovning she’riyatga bo‘lgan qiziqishi
yoshligidan boshlangan. 14 yoshida "Mushtum" jurnalida birinchi she’rini chop
ettirgan. Uning birinchi she’riy to‘plami "Tong Nafasi" (1961) bo‘lib, undan so‘ng
"Shoiru, She’ru, Shuur" (1987) kabi ko‘plab asarlar nashr etilgan. Shoir uchta
pyesa ham yozgan: “Oltin devor,” “Istanbul fojiasi,” va “Ikkinchi tumor.” Uning
pyesalari jahon teatrlarida qo‘yilgan. Uning "Kamtarlik Haqida" she’ri o‘quvchiga
juda katta ma’naviy saboq beradi. Bu she’rda nafaqat kamtarlikning o‘zi, balki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
132
mag‘rurlik va manmanlikning zararli oqibatlari haqida gap boradi. Har bir satrida
insonni o‘zining ichki olamiga sayohatga chiqaradigan chuqur ma’no mavjud:
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Bu birinchi misrada Vohidov mag‘rur bo‘lishning befoyda ekanligini
ta'kidlaydi. “Piyolaga egilar choynak” deyish orqali, u o‘zining ichki kuchini va
narsalarning asl ahamiyatini ta'kidlashni maqsad qilgan. Choynak kichik va oddiy
bo‘lsa ham, piyola uchun egilishga majburdir. Bu orqali shoir o‘z-o‘zini pishirish,
bo‘lishni va kichik bo‘lishni tavsiya qiladi. Shunday qilib, manmanlikning hech bir
foydasi yo‘q va u faqat zararli ekanligini shoir ramziy timsollar orqali ifodalab
bergan.
Kamtarin bol, hatto bir qadam
O‘tma gurur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan
.
Bu yerda Vohidov kamtarlikni madh etadi. “Kamtarin bo‘lish” – bu insonning
haqiqiy yuksalishi, boshqalarga hurmat ko‘rsatish va ularga ulkan muhabbat bilan
yondashishdir. Bu she’rda, Piyolani "peshonasidan o‘par" degan tasvirda,
insonning boshqalarni ulug‘lashini ko‘rsatadi. Peshona insonning e'tiborli va
muhim joyi, shuning uchun boshqalarni peshonasidan o‘pishularga hurmat va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
133
ehtirom ko‘rsatishning ramzidir. Bu she’r, shuningdek, g‘ururdan voz kechib,
insoniylikni va o‘zini past tutishni tavsiya qiladi.
Erkin Vohidovning "Kamtarlik Haqida" she'ri o‘zida insonning kamtarlik,
shafqat va o‘z-o‘zini anglash kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etadi. U g‘urur va
manmanlikka qarshi chiqib, o‘zini past tutish, boshqalarni qadrlash va ularga
hurmat ko‘rsatishni talab qiladi. Bu she'r nafaqat adabiyot, balki insonlar o'rtasidagi
munosabatlarni yaxshilash va yaxshilikni tarqatishga qaratilgan bir dasturdir.
XULOSA
Erkin Vohidovning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining yuksak namunasi,
balki uning hayotiy tajribasi, shaxsiy qadriyatlari va insoniyatga bo‘lgan
ehtiromining aksidir. Shoirning she’rlarida adabiyotning yuksak san’at
shakllaridan foydalanilgan bo‘lib, har bir asarida insonning ichki olami, uning
hissiyotlari va dunyoqarashi nafaqat ifodalangan, balki ularga chuqur ma’no
berilgan. "Kamtarlik Haqida" she’ri aynan shu jihatlarni o‘zida mujassam etadi.
Shoir bu asarda mag‘rurlikning zararli oqibatlarini yoritib, kamtarlikning naqadar
yuksak fazilat ekanini namoyon etadi. Erkin Vohidovning ijodi va shaxsiga bo‘lgan
hurmat uning yozgan har bir so‘zida, uning insoniyatga bo‘lgan ehtiromida
ifodalangan.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Vohidov, E. (1961).
Tong nafasi
. Toshkent: O‘zbekiston yozuvchilar
uyushmasi.
2.
Vohidov, E. (1987).
Shoiru, she‘ru, shuur
. Toshkent: O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi.
3.
"Kamtarlik Haqida" (1956). Tafakkur.net.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
134
4.
Rahmon, R. (2009).
Erkin Vohidov va o‘zbek adabiyotining zamonaviy
tahlili
. Toshkent: O‘zbekiston ilmiy nashriyoti.
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Erkin_Vohidov
6.
https://tafakkur.net/sherlar/erkin-vohidov