Авторы

  • Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi

Биография автора

  • Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi

    O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100085

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg she’riyat tarjima o‘zbek adabiyoti rus adabiyoti falsafiy she’r badiiy tahlil adabiy meros.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada taniqli shoir va tarjimon Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy qarashlari, she’riyatining asosiy yo‘nalishlari hamda tarjima san’atidagi hissasi ochib beriladi. Ayniqsa, uning “Bu tovushni angla” she’ri misolida inson ruhiyati, tabiat va hayot falsafasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola davomida shoir ijodining o‘ziga xos jihatlari, badiiy obrazlari va uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

126

ALEKSANDR FAYNBERG IJODI VA FALSAFIY TAHLILI

Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi

alidjanovnaaa999@email.com

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada taniqli shoir va tarjimon Aleksandr

Faynbergning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy qarashlari,

she’riyatining asosiy yo‘nalishlari hamda tarjima san’atidagi hissasi ochib

beriladi. Ayniqsa, uning “Bu tovushni angla” she’ri misolida inson ruhiyati, tabiat

va hayot falsafasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola davomida shoir

ijodining o‘ziga xos jihatlari, badiiy obrazlari va uning o‘zbek adabiyotiga

qo‘shgan hissasi yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg, she’riyat, tarjima, o‘zbek adabiyoti, rus

adabiyoti, falsafiy she’r, badiiy tahlil, adabiy meros.

Agar adabiyotni ulkan dengiz deb tasavvur qilsak, undagi har bir ijodkor bu

dengizning betakror to‘lqinlaridir. Har bir to‘lqin o‘ziga xos bo‘lib, inson qalbiga

ilhom baxsh etadi, uning ruhiyatiga singib boradi. Adabiyot ana shunday kuchli va

ulkan dengiz bo‘lib, unda yozuvchi, shoir, dramaturg va tarjimonlarning asarlari

inson tafakkurini yuksaltiradi va jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga

ulkan hissa qo‘shadi. Ushbu adabiy dengizning qudratli to‘lqinlaridan biri bo‘lmish

Aleksandr Faynberg o‘zining betakror she’rlari, teran falsafiy qarashlari va inson

ruhiyatini chuqur aks ettirish mahorati bilan ajralib turadi. Rus tilida ijod qilgan

bo‘lsa-da, qalbi o‘zbek bo‘lgan ushbu shoirning she’rlari adabiyotimizni yanada

boyitib, o‘quvchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishlamoqda.

Aleksandr Arkadyevich Faynberg 1939-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahrida

tavallud topgan. Uning ota-onasi Novosibirskdan Toshkentga ko‘chib kelgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

127

bo‘lib, shoirning bolaligi Ikkinchi Jahon urushining og‘ir yillariga to‘g‘ri kelgan.

Yoshligida adabiyotga qiziqib, she’riyat bilan shug‘ullangan. U Toshkent

topografiya texnikumida tahsil olgan, so‘ngra harbiy xizmatni o‘tash uchun

Tojikistonga yo‘l olgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, u Toshkent davlat

universitetining sirtqi filologiya fakultetida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olib, o‘z

ijodini yanada rivojlantirdi. Uning ilk she’rlari nashr etilishi bilan adabiyot

muhitida e’tirof etila boshladi. Uning o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari Toshkent,

Moskva va Sankt-Peterburgda nashr etilgan. Shoir qalamiga mansub yettita badiiy

filmlar stsenariysi o‘ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Yigirmadan

ziyod multfilmlar, nasriy asarlar muallifi. Bu asarlarga o‘zbek o‘quvchilarining

qiziqishi ham tobora ortib bormoqda. Aleksandr Faynberg katta tarjimon. U

rusiyzabon kitobxonlarga ko‘plab o‘zbek shoirlarining ijodini ochib berdi.

Moskvada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" poemasi,

Toshkentda "Oqqushlar galasi" nomli o‘zbek shoirlari ijodidan qilingan tarjimalar

jamlanmasi nashr etildi. Taniqli shoirning o‘zbek tiliga o‘girilgan she’rlari

"Chig‘ir" kitobida o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi. O‘zbekiston xalq shoiri,

Kinematografiya uyushmasi a’zosi Aleksandr Faynberg Rossiya Prezidenti

Farmoni bilan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarga munosib

hissa qo‘shganligi uchun Pushkin medali bilan taqdirlangan (2009). Shoir 2009

yilda Toshkent shahrida vafot etdi.

Shoirning ijodi sermahsul va keng ko‘lamli. Uning she’rlarida rang-baranglik,

falsafiylik, teranlik, tuyg‘ular tiniqligi yarqirab turadi. Shoir so‘zni chuqur his

etadi, bu hisga o‘quvchini ham hamroh qiladi. U O‘zbekistonda yashadi va ijod

qildi. Bu yurtning havosi, osmoni, tuprog‘i, eli, bir so‘z bilan aytganda, butun

borlig‘i shoirga she’r qadar, qalb qadar aziz. Bu shoir satrlarining, asarlarining

haroratida bor bo‘yi bilan ko‘rinadi, bo‘ylari nafasimizga uriladi. Faynbergning

“Bu tovushni angla” she’ri inson va tabiat uyg‘unligi, hayotning o‘tkinchiligi va

vaqtning cheksiz oqimiga bag‘ishlangan falsafiy she’rlardan biridir. Shoir ushbu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

128

she’rda tovush obrazidan foydalanib, inson yuragidagi ehtiros va iztiroblarni

ifodalagan:

Bu tovushni angla – qanotlar sozi,

Yerostidan to‘lqinlanib bo‘ylaydi.

Sargardon qushlarning tungi parvozi,

Oy nuriga bo‘zlarini iylaydi.

She’r boshidanoq shoir qushlarning tungi parvozi va tovushning yer ostidan

to‘lqinlanib kelishini tasvirlab, hayotning davomiyligi hamda inson

hissiyotlarining tabiat bilan uyg‘unligini eslatadi. Shoirning bunday yondashuvi

inson qalbida vaqtning cheksiz oqimi va tabiatning abadiyligini his qilishga

undaydi.

Erib bitmasidan ovozni ilg‘a,

Bu – biz yer tubiga sochgan baxtu g‘am.

Quchib o‘tayotir ko‘zlaring ilg‘ab,

Enayotir kuzning vidosiga ham.

Bu misralarda inson hayotining orzu va armonlari aks ettirilgan. Shoir inson

tomonidan yerga sochilgan baxt va g‘amlarni tabiat bilan bog‘lab, hayotning

o‘tkinchiligi va inson taqdirining mavhumligini ta’kidlaydi.

Hali anglab yetmay bir – birimizni

Qish kelar, qor bosar bor sirimizni.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

129

She’rning yakuniy qismi insonlar orasidagi tushunmovchiliklar va vaqtning

shafqatsizligini aks ettiradi. Qor timsoli bu yerda hayotning muqarrar ravishda o‘tib

ketishini anglatadi. Shoir insonlarning bir-birini tushunishga ulgura olmasligidan

afsuslanadi.

Aleksandr Faynberg ijodi o‘zining teran mazmuni, inson ruhiyatini nozik

ifodalashi va falsafiy mushohadalari bilan adabiyot ixlosmandlarini maftun etadi.

Uning she’rlari, tarjimalari va ssenariylari nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda

ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Shoir ijodining asosi hayot haqiqatlarini o‘ziga

xos badiiy uslubda aks ettirish va o‘quvchini mushohadaga chorlashdir. Faynberg

she’riyatida inson qalbi, tabiat va hayot o‘rtasidagi uyg‘unlik ustuvor mavzu

sifatida namoyon bo‘ladi. Uning ijodi o‘zbek va rus adabiyoti o‘rtasidagi

mustahkam ko‘prik bo‘lib, madaniy merosimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb

etadi. Faynberg ijodini o‘rganish faqat uning she’rlarini o‘qish emas, balki inson

ruhiy olamini, hayot falsafasini anglash demakdir. Shoirga bo‘lgan hurmatimiz

cheksiz, uning she’rlari esa bizni doimiy ravishda ilhomlantirib kelaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Uzbek Cinematography Union Archives (2015). “

Contributions of

Alexander Feinberg”.

Tashkent: National Archives Press.

2.

O‘ralov, U. (2022). “Pedagog respublika ilmiy jurnali”. O‘zbek

xalqining chin do‘sti, tarjimon, shoir- Aleksandr Faynberg, 4, 745-746.

3.

Faynberg, A. (2007). “

Chigir”.

Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

4.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-she-

riyati/aleksandr-faynberg-1939-2009

5.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg