Авторы

  • Qurambayeva Rayhona Kamoladdin qizi

Биография автора

  • Qurambayeva Rayhona Kamoladdin qizi

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

     “Yurisprudensiyayo‘nalishi I-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100166

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Konstitutsiya parlament hukumat gender tengligi mudofaa vazirligi bojxona qo‘mitasi ichki ishlar ayollar harbiy xizmat.

Аннотация

Annotatsiya: Vatanni himoya qilishda erkak yo ayol tushunchasining o‘zi bo‘lmaydi. Ayniqsa, ayollarning sadoqati va ju’rati ko‘p joylarda namuna bo‘lishi kerak. Ushbu maqolamda shu sadoqatli ayollarimiz harbiy xizmatga borishi kerakmi yoki yo‘qmi, qizlar uchun harbiy xizmat mavjud yoki mavjud emasligi tahlil qilingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

3

O‘ZBEKISTON REPSUBLIKASIDA QIZLAR UCHUN HARBIY

XIZMATNING HORIJIY TAJRIBASI

Qurambayeva Rayhona Kamoladdin qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

“Yurisprudensiya” yo‘nalishi

I-kurs talabasi

Annotatsiya: Vatanni himoya qilishda erkak yo ayol tushunchasining o‘zi

bo‘lmaydi. Ayniqsa, ayollarning sadoqati va ju’rati ko‘p joylarda namuna bo‘lishi

kerak. Ushbu maqolamda shu sadoqatli ayollarimiz harbiy xizmatga borishi

kerakmi yoki yo‘qmi, qizlar uchun harbiy xizmat mavjud yoki mavjud emasligi

tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, parlament, hukumat, gender tengligi, mudofaa

vazirligi, bojxona qo‘mitasi, ichki ishlar, ayollar, harbiy xizmat.

“Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir.

Ularning jangovar qudrati hamda bosqinchilarni qurolli mojarolar va urush boshlab

yuborishdan tiyib turish vazifalarini bajarishga tayyor darajasida hamda mamlakat

hududiga bosqinchilik qilingan taqdirda qurol-yaroqlarning barcha turlaridan

unumli foydalangan holda bosqinchilarni tor-mor qilishdan iboratdir”

Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlari Oliy Bosh

Qo‘mondoni.

Respublikamizda harbiy xizmatni o‘tash yurtimizning mard va jasur

o‘g‘lonlari tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy hizmat har bir mamlakatda asosan

erkaklar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin o‘nga yaqin davlatda ayollarni ham

harbiy xizmatlari joriy qilingan. Bunga misol qilib Niderlandiya hukumati 17


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

4

yoshga to‘lgan xotin-qizlarni harbiy xizmatga chaqiruvi boshlanishini ma’lum

qilgan. Mazkur qaror gender tenglik doirasida qabul qilingan bo‘lib, jamiyatda

ayollar va erkaklar teng huquqlarga egaligi ayollarning majburiyatlari sifatida

qaralgangan.

Jumladan, Isroilda ayollarning harbiy xizmatga qat'iy jalb qilinishi 1948-yilda

tashkil etilgan. Isroilning harbiy xizmat tizimi o‘ta murakkab bo‘lib, unda ayollar

erkaklar bilan bir qatorda xizmat qiladi. Ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish

mamlakatning foydasiga yordam beradi va tengligini ta’minlashda o‘zining muhim

rolini o‘ynaydi. AQShda ayollar harbiy xizmatga 1948-yilda jalb qilingan, ammo

faqat 2013-yilda ular jangovar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar. AQSh harbiy

tizimida ayollarga keng qo‘llab-quvvatlanadi, ularga yordam beradi, balki jangovar

yordamda ham faol ishtirok etadi. AQShdagi ayollar uchun harbiy xizmatdagi

tajriba, yuridik xavfsizlik choralari va harbiy tizimda faol rol o‘ynashini

ta’minlashga erishilgan. Niderlandiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga

ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilishi kutilayotgan 100 ming bo‘lajak xizmatchilar

orasida mamlakat qirolining qizi, malika va taxt vorisi Ameliya ham bo‘lishini

ta’kidlab o‘tilgan.

Daniya hukumati ham ayollarimizni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qilgan

ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Daniya hukumati ayollar uchun han harbiy

xizmatni joriy qilish orqali “jinslar o‘rtasidagi to‘liq tenglikka” erishmoqchi.

Daniya hukumati har ikkala jins vakillari uchun ham majburiy hizmat muddatini

to‘rt oydan o‘n bir oyga uzaytirmoqchi. Hozirgi vaqtda Daniyada ayollar uchun

hizmat ixtiyoriy hisoblanadi.

Shuningdek, Norvegiya parlamenti ham 2014 yil 14-iyun kuni qurolli

xizmatlarda gender tengligi tarafdori bo‘lgan navbatdagi qadamda, 2016 yil

o‘rtalaridan boshlab ayollarga majburiy harbiy hizmatning vaqtini uzaytirish

to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘pchilik ijobiy ovoz bergan. Norvegiya har ikki

jins vakillari uchun harbiy hizmatni majburiy qilib qo‘ygan birinchi davlatlardan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

5

biri hisoblanadi. Bu qonun 1997 yildan boshlab tug‘ilgan 19 yoshdan 44 yoshgacha

bo‘lgan sog‘lom Norvegiya fuqarolariga ta’aluqlidir.

2017-yil holatiga koʻra,

Norvegiya harbiy kuchlaridagi 11596 nafar harbiy xizmatchidan 1341 nafari

ayollar (12 %) edi. Oʻsha yili chaqirilgan barcha askarlar orasida ayollar ulushi

23 % ni tashkil etdi. 2017-yil 26-yanvarda general-mayor Tonje Skinnarland

Norvegiya Qirollik havo kuchlari boshligʻi etib tayinlangan birinchi ayol boʻldi.

Italiyada ham ayollar armiyasi mavjud bo‘lib Italiya armiyasida ayollar o‘quv

markazi “Piceno”deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda ayollar Italiya qurolli

kuchlarining barcha bo‘linmalarida, jumladan, politsiyada, va boshqa harbiy

qatlamlarda hizmat qilishadi.

Shvetsiyada 2018-yildan boshlab umumiy harbiy majburiyat, xususan, qizlar

uchun ham qayta joriy etildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Peter Xultkvist

ma’lum qildi va u buni shunday izohlaydi “ Biz shaxsiy tarkibni to‘ldirishning

yanada barqaror, ishonchli va funksional usuliga yo‘l topa olishimizga umid

qilamiz”. Har yili 4 mingga yaqin o‘g‘il va qiz Shvetsiya armiyasiga chaqirilishi

kutilmoqda.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham xotin-qizlar va

erkaklar teng huquqlidirlar deb aytilgan.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston respublikasining

qonunida “Davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va

madaniy

huquqlarni

amalga

oshirish

chog‘ida

teng

huquqlilikni

kafolatlaydi.Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini

boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan,

madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat

hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini

kafolatlaydi”- deb ta’kidlangan.

O‘zbekistonda qizlarning harbiy xizmatga

ishtiroki so‘nggi yillarda ko‘p e'tibor qaratilgan mavzulardan biri bo‘lib, u

jamiyatda yangi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni aks ettiradi. Harbiy xizmatga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

6

qizlarning ishtiroki masalasi, odatda, erkaklar bilan bog‘liq deb hisoblanadi, ammo

bugungi kunda ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston, gender tengligini

ta’minlash yo‘lida bir qator yirik qadamlar tashlamoqda. Respublikamizda 2021-

yildan boshlab, qizlarning harbiy xizmatga jalb qilinishi haqida yangiliklar paydo

bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi

nutqlaridan birida harbiy xizmatni yangilash va modernizatsiya qilish, shuningdek,

harbiy xizmatga ayollarning ham jalb etilishini ko‘zda tutgan dasturlar ishlab

chiqish haqida gapirilgan edi. Bundan oldin, faqat erkaklar harbiy xizmatni

bajarishga majbur bo‘lib kelgan, lekin so‘nggi yillarda qizlarning harbiy xizmatga

jalb qilinishi masalasi ijtimoiy hayotda ko‘proq muhokama qilinmoqda. 2022-yilda

O‘zbekistonda ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish haqidagi qonunlar o‘zgartirildi.

Bu o‘zgarishlar gender tengligi va ayollarni ijtimoiy faoliyatga kengroq jalb qilish

bo‘yicha kengroq siyosatning bir qismi sifatida qaraladi. Ayollarning harbiy

xizmatga kirishishi, bir tomondan, jamiyatdagi o‘zgarishlarga va gender tengligiga

bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatadi, boshqa tomondan, ayollarga yangi ijtimoiy

imkoniyatlar va kasbiy rivojlanish yo‘llarini ochib beradi. Harbiy xizmatda ayollar,

erkaklar bilan teng ravishda, turli lavozimlarda ishlashlari mumkin, jumladan,

tibbiyot, aloqalar, logistika, harbiy tayyorgarlik kabi sohalarda. Ayollarni harbiy

xizmatga jalb qilishda, ular uchun maxsus tayyorgarlik dasturlari va o‘qitish

tizimlari ishlab chiqilishi zarur. O‘zbekistonda o‘qitish va tayyorgarlikning sifatini

yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu ayollarning harbiy

xizmatdagi samaradorligini oshirishga yordam beradi.O‘zbekistonda ayollarni

harbiy xizmatga jalb qilish masalasi, ba'zi qismlar tomonidan ijtimoiy

qarshiliklarga duch kelmoqda. Traditsion qarashlar va gender rollariga asoslangan

stereotiplar ko‘pchilikning ayollarni harbiy xizmatda ko‘rishga nisbatan salbiy

munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Biroq, jamiyatda ayollar va erkaklar

o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashga bo‘lgan talablar kuchaymoqda, bu esa bunday

stereotiplarni kamaytirishga yordam beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

7

Bundan tashqari, ayollarning harbiy xizmatga jalb qilinishi O‘zbekistonning

xalqaro maydonda imidjini mustahkamlashga yordam beradi. O‘zbekiston xalqaro

xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashda faol ishtirok etayotgani bilan tanilgan, va

ayollarning harbiy xizmatga jalb qilinishi bu jarayonda ijobiy rol o‘ynaydi.

Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning

burchidir deb aytiladi. 2024 yil parlament saylovlarida “Milliy tiklanish” partiyasi

rasi Alisher Qodirov qizlarni o‘z hohishiga ko‘ra harbiy hizmatga jo‘natish taklifini

ilgari suradi. Bu taklif juda ko‘plab muhokamalraga sabab bo‘ladi. U bu taklifini

shunday izohlaydi:“Vatanni himoya qilishda erkak yo ayol degan tushunchaning

o‘zi bo‘lmaydi. Ayniqsa ayollarimizning sadoqati va ju’rati ko‘p joylarda namuna

bo‘lishi kerak.

Armiyaga borish bu vatanda tug‘ilib-o‘sgan har bir insonning

burchi. O‘g‘ilmi yoki qiz vatanga foydasi tegadigan bo‘lishi kerak. Chunki tinchlik

hammamiz uchun qadrli. Ayol jazm etsa, har ishga qodir, deganlaridek har qanday

insonning o‘zida vatanga kuchli mehr-muhabbat bo‘lsa va eng avvalo kasbini

sevsa, albatta o‘z o‘rnini topadi

.

Bu bizning qadiriyatlarimizga juda ham uyg‘un”

deydi. Uning bu taklifiga Mudofa vazirligi shunday javob bergan: “Qizlarimiz

muddatli harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. Bu qonunchilikda belgilangan. Ammo

shartnoma asosida ma’lumotiga qarab ishga olinishi mumkin. Mening shaxsiy

fikrim ham mana shu qonunchilik bilan bog‘liq”.Shuningdek hozirgi paytda

mudofa vazirligi qo‘shinlarida, bojxona qo‘mitasida, ichki ishlar va shu kabi

boshqa harbiy sohalarda ayollar hizmat ko‘rsatib kelishmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak har bir fuqaro hoh ayol bo‘lsin , hoh erkak har

doim vatanini himoya qilishga vatanni har bir tuprog‘ini asrab avaylashga doimo

tayyor turishi lozim.

O‘zbekistonda qizlarning harbiy xizmatga ishtiroki — bu

nafaqat gender tengligini ta’minlash, balki jamiyatdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi

ijtimoiy jarayon bo‘lib ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish, ularning kasbiy

rivojlanishiga hissa qo‘shadi va yangi imkoniyatlar yaratadi. Biroq, bu yo‘lda

qarshiliklar va stereotiplar mavjud bo‘lib, ular jamiyatda yanada kengroq tushunish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

8

va madaniy o‘zgarishlarni talab etadi. O‘zbekistonda ayollarni harbiy xizmatga jalb

qilishda horijiy tajriba muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda ayollarning harbiy

xizmatga ishtiroki kelajakda yanada kengayishi mumkin, bu esa nafaqat ayollar

uchun, balki jamiyatning umumiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega

bo‘ladi. O‘zbekistonning ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish masalalari ijtimoiy,

madaniy jihatdam muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u jamiyatdagi gender tengligini

ta’minlashga xizmat qiladi. Kelajakda ayollarning harbiy xizmatdagi ishtiroki

kengayib, bu jarayon davlatning harbiy xizmatni ta’minlashga yordam berishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”.Toshkent “Yuridik adabiyotlar

publish” 2023.

2.”Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston

Respublikasi qonuni. Toshkent. 2002. https://lex.uz/

3.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va

harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash tizimining samaradorligini

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2023-yil 3-oktabr.

https://lex.uz/acts/-78717

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Umumiy_harbiy_majburiyat_va_harbiy_xiz

mat

https://kun.uz/uz/news/2023/11/02/harbiy-xizmatchilar-maqomi-togrisidagi-

qonun-loyihasi