Авторы

  • Axtamova Zarnigor Avazovna.

Биография автора

  • Axtamova Zarnigor Avazovna.

    Chirchiq Shahar Politexnikumi Maxsus fan o’qtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100186

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: pen plotter inkjet plotter electronic plotter.v

Аннотация

Annotatsiya: Bu qurilma faqat ma’lum sohalarda, ya’ni chizmalar, sxemalar, tasvirlar, diagrammalarda qo‘llaniladi. Plotterlar dastur ishi natijalarining bir qismi sifatida konstruktor yoki texnologik hujjatlar bo‘lgan, 5.10-rasm. Yorug‘lik diodli printer. 90 avtomatik loyihalashtirish tizimlari dasturlari bilan birgalikda juda keng qo‘llaniladi. Arxitekturali loyihalarda ham plotterlarning tutgan o‘rni beqiyosdir 


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

326

MAVZU: . GRAFIK QURUVCHILAR (PLOTTERLAR)

Chirchiq Shahar Politexnikumi Maxsus fan o’qtuvchisi

Axtamova Zarnigor Avazovna.

Annotatsiya: Bu qurilma faqat ma’lum sohalarda, ya’ni chizmalar, sxemalar,

tasvirlar, diagrammalarda qo‘llaniladi. Plotterlar dastur ishi natijalarining bir

qismi sifatida konstruktor yoki texnologik hujjatlar bo‘lgan, 5.10-rasm. Yorug‘lik

diodli printer. 90 avtomatik loyihalashtirish tizimlari dasturlari bilan birgalikda

juda keng qo‘llaniladi. Arxitekturali loyihalarda ham plotterlarning tutgan o‘rni

beqiyosdir

Kalit so’zlar: pen plotter, inkjet plotter, electronic plotter.

Asosiy qism

.

Peroli plotterlar (pen plotter). Bu – vektorli tipdagi elektromexanik qurilmalar

bo‘lib, peroli qurilmalarga, odatda, grafik tasvirlarni AutoCAD kabi vektorli

dasturiy tizimlar chiqaradi. Peroli plotterlar tasvirni yozuvchi elementlar, umumiy

qilib aytganda perolar yordamida yaratadi, vaholangki, bunday elementlarning

suyuq bo‘yoq turi bilan bir-biridan ajralib turadigan bir necha turi mavjud.

Yozuvchi elementlar bir marta va ko‘p marta (qayta to‘ldirib ishlatilishi mumkin

bo‘lgan) ishlatiladigan bo‘ladi. Pero yozish bog‘lamasining harakatlanish

erkinligining bitta yoki ikkita darajasiga ega bo‘lgan ushlagichiga mahkamlanadi.

Peroli plotterlarning ikki turi mavjud: 1) planshetli, bunda qog‘oz siljimaydi, pero

esa tasvirning butun yuzasi bo‘yicha erkin harakatlanadi; 2) barabanli (yoki

o‘ramli) – bularda pero koordinataning bitta o‘qi bo‘ylab harakatlanadi, qog‘oz esa

transportli valning qamrovi hisobiga (odatda friksionli) boshqa o‘qi bo‘ylab

harakatlanadi. Harakatlanish katta shovqin yaratuvchi qadamli (ko‘pchilik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

327

plotterlarda) yoki chiziqli elektr dvigatel yordamida amalga oshiriladi. Vaholangki

barabanli plotterlarda axborotni chiqarish aniqliligi planshetli plotterlarga nisbatan

pastroq, u ko‘pchilik vazifalarning talablarini qondiradi. Bu plotterlar ancha

ixcham va o‘ramdan kerakli o‘lchamdagi varaqni avtomatik tarzda kesib oladi, bu

esa ularning bozordagi o‘rnini anchagina ko‘tarib yubordi (A3 formatdagi

plotterlar, odatda, planshetli). Peroli plotterlarning farqlanuvchi hususiyatlaridan

biri ularning olinayotgan tasvir sifatining yuqoriligi va rangli yozish elementlaridan

foydalanib, yaxshi rang uzatishdir. Afsuski, chizish jarayonini optimallashtirishga

urinishlar va tezkor mexanikaga qaramay, ularda axborot chiqarish tezligi uncha

katta emas; axborot tashuvchi – siyoh juftligini tanlash muammosi ham mavjud.

Qalam – peroli plotterlar (pen/pencil). Qalam – peroli plotterlar peroli

plotterlarning turlariga kiradi. Ular oddiy qalam grifillarini qo‘llash uchun

ixtisoslashtirilgan maxsus mexanizmli yozuv 91 bog‘lamalarini o‘rnatish

imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadi. Bu mexanizmlar grifilni qog‘ozga doim

bosib turishni va uni ma’lum vaqtida avtouzatishni ta’minlaydi. Natijada, bo‘yoqlar

oqib chiqish kanalining to‘lib-tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan peroli plotterlarini

ishlatish jarayonidagi singari, axborotni kiritish jarayonini kuzatish talab etilmaydi.

Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o‘z hususiyatlariga ko‘ra ko‘rib chiqilgan

plotterlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi. Oqimli plotterlar (inkjet plotter).

Tasvirlarni yaratishning oqimli texnologiyasi 70-yillardan ma’lum, biroq uning

bozordagi ilk ko‘tarilishi Canon firmasi tomonidan siyohlarni bir marttalik

bosmaga chiqarish moslamasining yuzlab mayda forsunkalari yordamida qog‘ozga

sochishga yo‘naltirilgan reaktiv pufakchalar (Bubblejet) texnologiyasini yaratishi

tufayli sodir bo‘ldi. Har bir forsunkaga o‘zining mikroskopik isituvchi elementi

(elektr impuls ta’sirida juda tez 7–10 μs qizuvchi – termoqarshilik) mos keladi.

Siyohlar qaynaydi va natijada bug‘lar hosil qilgan pufakchalar forsunkadan siyoh

tomchilarini itarib chiqaradi. Impuls to‘xtashi bilan termoqarshilik xuddi shunday

tez soviydi, pufakchalar esa g‘oyib bo‘ladi. Bosmaga chiqarish moslamalari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

328

«rangli» bo‘lishi va bir nechta forsunkalar guruhiga ega bo‘lishi mumkin (5.11-

rasm). To‘liq rangli tasvir yaratish uchun poligrafiya uchun standart bo‘lgan

CMYK ranglar sxemasi qo‘llaniladi. Bu sxema to‘rtta rangdan foydalanadi: Cyan

– ko‘k, Magenta – to‘q qizil, Yellow – sariq va Black – qora. Murakkab ranglarga

asosiy to‘rtta rang aralashmasi natijasida erishiladi. Ranglarning boshqa turlari,

rangdagi nozik farqlarga esa tasvir fragmentidagi tegishli rang nuqtalarini

suyuqlashtirish yoki siyraklashtirish yo‘li bilan erishiladi (shunga o‘xshash usul

monoxrom tasvirlarni chiqarishda «kulrang»ning turli xil nozik farqini olishda ham

qo‘llanadi). 5.11-rasm. HP Design Jet 130nr (S7791D) oqimli plotter ko‘rinishi. 92

Oqimli texnologiya bir qator afzalliklarga ega. Bunga, uning oson amalga

oshirilishi, aniqligining yuqoriligi, kam quvvat is’temol qilishi va nisbatan bosma

tezligining yuqoriligini kiritsak bo‘ladi. Oqimli printerlar ma’qul narx, yuqori sifat

va keng imkoniyatlari bilan peroli qurilmalarga jiddiy raqobatchidir. Stol usti

nashriyot tizimlari bilan ishlovchilar va A0 formatda murakkab chizmalar

chiqaruvchi, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari foydalanuvchilari tomonidan

oqimli plotterlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ammo, grafik axborotni

chiqarish

tezligining katta emasligi va maxsus chora ko‘rilmasdan

(laminatsiyalanmasa yoki maxsus «o‘zi laminatsiyalanuvchi» qog‘oz qo‘llanmasa)

vaqt o‘tishi bilan olingan rangli tasvir rangining o‘chib ketishi, ularning

qo‘llanilishini cheklamoqda. Elektr plotterlar (electronic plotter). Elektrostatik

texnologiya axborot tashuvchining, maxsus elektrostatik qog‘oz yuzasida yashirin

elektr tasvir (potensialli relefni) yaratishga asoslangan, uning ishchi yuzasi

dielektrik yupqa qatlam bilan qoplangan, asosi esa talab etilgan namlik va elektr

o‘tkazuvchanlikni ta’minlash uchun gidrofil qatlamlari bilan to‘ydirilgan.

Potensialli relyef – kuchlanishning yuqori voltli impulslari tomonidan yozish

moslamasining ingichka elektrodlarining uyg‘onishida hosil bo‘ladigan erkin

zaryadlar dielektr yuzasiga o‘tirganida shakllanadi. Qog‘oz suyuq magnitlangan

quyuq siyohli namoyon qiluvchi bog‘lamadan o‘tayotganida, quyuq siyoh zarralari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

329

qog‘ozning zaryadlangan qismlariga yopishadi. To‘liq rangli gamma, yashirin

tasvir yaratilishining to‘rt davrida olinadi va axborot tashuvchi to‘rtta tegishli

quyuq siyohli namoyon qiluvchi bog‘lamalar orqali o‘tishi bilan hosil bo‘ladi. Agar

elektrostatik plotterlar joylashgan xonada harorat va namlikning barqarorligini

saqlab turish, sinchkovlik bilan xizmat ko‘rsatish zarurati va narxi yuqori

bo‘lmaganda, ularni ideal qurilma deb hisoblash mumkin edi. Maksimal

samaradorlikka erishish uchun bunday plotterlar, odatda, tarmoq qurilmasi sifatida

ishlaydi, shuning uchun ular tarmoq interfeylari bilan jihozlangan bo‘ladilar.

Tasvirning ultrabinafsha nurlarga barqarorligi va elektrostatik qog‘ozning narxi

qimmat emasligi (yuqori sifatli nashriyot narxi darajasida) ham ahamiyatga egadir.

Elektrostatik plotterlar geoaxborot tizimlarda 93 va nufuzli korxonalarda

loyihalashtirish

ishlari

yuqori

darajada

avtomatlashtirilgan

sharoitlarda

qo‘llaniladi. Tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmaga chiqaruvchi plotterlar (Direct

Imaging Plotter). Ularda tasvir maxsus termoqog‘ozlarda (issiqlikka o‘ta sezgir

modda bilan to‘ydirilgan qog‘oz) uzun (plotterning kengligi bo‘yicha)

«taroqsimon» ixcham isitgichlar yordamida yaratiladi. Odatda, o‘ramdan

uzatiladigan termoqog‘oz «taroq» bo‘ylab harakatlanadi va qizdirilgan joylarida

rangini o‘zgartiradi. Yuqori sifatli (800 dpi gacha) tasvir olinadi, biroq afsuski,

faqat monoxrom holda bo‘ladi. Ularning yuqori darajada ishonchliligini,

unumdorligini (kuniga 50 ta A4 formatdagi varaqgacha) va qo‘llashdagi past

narxlarni hisobga olganda, tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmaga chiqaruvchi

plotterlarni yirik, loyihalashtirish tashkilotlarida tekshiriluvchi nusxalarni

chiqarish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ularning standart konfiguratsiyalariga

tarmoq adapterlari ham kiritilgan. Bunday plotterlarning texnik tavsiflari

muhandisli loyihalashtirish, arxitektura, qurilish, shahar loyihalashtirish va

elektrosxemotexnikaning amaliy masalalarining talablariga mos keladi. Lazerli

plotterlar (laser plotter). Bu plotterlar tarkibida selen mavjud bo‘lgan yorug‘lik

sezuvchi yarimo‘tkazgichlar qatlamida ichki fotoeffektning fizik jarayoniga va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

330

elektrostatik maydonning kuchli ta’siriga asoslangan elektrografik texnologiyaga

tayanadi. Qorong‘ida tasvirni oraliq tashuvchi (aylanuvchi selenli baraban) yuz

voltgacha potensial bilan zaryad olishi mumkin. Yorug‘lik nuri keyinchalik

mexanik yo‘l bilan qog‘ozga ko‘chiriladigan, magnitlangan mayda dispersli

tonerni o‘ziga tortuvchi yashirin elektrostatik tasvir yaratib, bu zaryadni olib

tashlaydi. So‘ngra toner yurgizilgan qog‘oz isitgich orqali o‘tadi. Natijada

tonerning zarralari qizib, qog‘ozda tasvirni shakllantiradi.

Xulosa

: Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar singari,

printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-, lazerli, LED, oqimli)

texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi kunda oqimli qurilmalar keng

tarqalmoqda. Masalan, plotterlar DesignJet oilasining Hewlett-Packard plotterlari

A0 va A1 formatda, peroli plotterlarga nisbatan 4–5 barobar tezroq ishlaydi. Bunda

ikkita oqimli siyohli kartridjdan foydalanib, oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan

past ishlamaydi va ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora) ish

tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga qisqartiradi.

Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050 va IBM ProPrinter XL24E kabi mashhur

printerlari kabi ishlay oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

2

Reddy, Martin

.

API Design for C++

. Elsevier Science, 2011 — 1-

bet.

ISBN 9780123850041

.

2.

© «Voris-nashriyot», 2012.

3.

© «VNESHINVESTPROM», 2013.