Авторы

  • Aysachev Abdulfotix Abdulfaizovich
  • Shukurova Durdona Rashid qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109546

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: agrosanoat integratsiyasi agrar munosabatlar agrobiznes modernizatsiya qishloq xo’jalik fermer xo'jalik birja qo‘shilgan qiymat bozor munosabatlari agronom mehnat munosabatlari mulkchilik iqtisodiy faoliyat agroplatforma. Ключевые слова: агропромышленная интеграция аграрные отношения Агробизнес модернизация сельское хозяйство обмен добавленная стоимость рыночные отношения агроном трудовые отношения собственность хозяйственная деятельность агроплатформа. Keywords: agro-industrial integration agricultural relations agribusiness modernization agriculture exchange value added market relations agronomist labor relations property economic activity agro platform.

Аннотация

Mazkur maqolada agrosanoat integratsiyasi va agrobiznes shular qatorida zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tuzilmalari sifatida namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda agrar sohani modernizatsiya qilish, bozor mexanizmlarini joriy etish va agrobiznesni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar agrar munosabatlarning mazmuni va shaklini o‘zgartirib, fermerlar va agrobiznes subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida agrar sohaning rivojlanishi alohida e’tiborga ega.

В этой статье агропромышленная интеграция и агробизнес рассматриваются среди них как основные структуры современной экономики. Сельское хозяйство считается одной из основных отраслей экономики любой страны. В Узбекистане осуществляются масштабные реформы в области модернизации аграрной сферы, внедрения рыночных механизмов и развития агробизнеса. Эти реформы меняют содержание и форму аграрных отношений, открывая новые возможности для фермеров и субъектов агробизнеса. В ходе проводимых в нашей стране реформ развитию аграрной сферы уделяется особое внимание.

In this article, agro-industrial integration and agribusiness are considered among them as the main structures of the modern economy. Agriculture is considered one of the main economic sectors of any country. Uzbekistan is implementing large-scale reforms in the field of modernization of the agricultural sector, the introduction of market mechanisms and the development of agribusiness. These reforms are changing the content and form of agrarian relations, opening up new opportunities for farmers and agribusiness entities. During the ongoing reforms in our country, special attention is paid to the development of the agricultural sector.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

295

AGROSANOAT INTEGRATSIYASI VA AGROBIZNES

Aysachev Abdulfotix Abdulfaizovich

University of economics and pedogogy

NOTM

Iqtisodiyot

kafedrasi dotsenti hamda

Kadrlar malakasini oshirish va

statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi

a.aysachev_89@mail.ru

Shukurova Durdona Rashid qizi

University of economics and pedogogy

NOTM

Buxgalteriya hisobi

” yo‘nalishi

1-kurs talabasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada agrosanoat integratsiyasi va agrobiznes shular qatorida

zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tuzilmalari sifatida namoyon bo‘ladi. Qishloq

xo‘jaligi har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. O‘zbekistonda agrar sohani modernizatsiya qilish, bozor

mexan

izmlarini joriy etish va agrobiznesni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli

islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar agrar munosabatlarning mazmuni

va shaklini o‘zgartirib, fermerlar va agrobiznes subyektlari

uchun yangi

imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar

jarayonida agrar sohaning rivojlanishi alohida e’tiborga ega.

Kalit so‘zlar:

agrosanoat integratsiyasi, agrar munosabatlar, agrobiznes,

modernizatsiya, qishloq xo’jalik,

fermer xo'jalik, birja,

qo‘shilgan qiymat, bozor

munosabatlari, agronom, mehnat munosabatlari, mulkchilik, iqtisodiy faoliyat,

agroplatforma.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

296

АГРОПРОМЫШЛЕННАЯ ИНТЕГРАЦИЯ И АГРОБИЗНЕС

Айсачев Абдулфотих Абдулфаизович

«Университет экономики и педагогики» НВУЗ

доцент кафедры «Экономика»

,

Независимый исследователь института повышения

квалификации и статистических исследований

a.aysachev_89@mail.ru

Шукурова Дурдона Рашидовна

«Университет экономики и педагогики» НВУЗ

Направление

«Бухгалтерский

учет»

студент

1

курса

Аннотация

В этой статье агропромышленная интеграция и агробизнес

рассматриваются среди них как основные структуры современной

экономики. Сельское хозяйство считается одной из основных отраслей

экономики любой страны. В Узбекистане осуществляются масштабные

реформы в области модернизации аграрной сферы, внедрения рыночных

механизмов и развития агробизнеса. Эти реформы меняют содержание и

форму аграрных отношений, открывая новые возможности для фермеров и

субъектов агробизнеса. В ходе проводимых в нашей стране реформ

развитию аграрной сферы уделяется особое внимание.

Ключевые слова:

агропромышленная интеграция

,

аграрные

отношения, Агробизнес, модернизация, сельское хозяйство, сельское

хозяйство, обмен, добавленная стоимость, рыночные отношения, агроном,

трудовые отношения, собственность, хозяйственная

деятельность,

агроплатформа

.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

297

AGRO-INDUSTRIAL INTEGRATION AND AGRIBUSINESS

Aysachev Abdulfotikh Abdulfaizovich

U

niversity of economics and pedagogy”

NGHEO

Associate Professor of the Department of Economics

Independent researcher at the institute

for advanced training and statistical research

a.aysachev_89@mail.ru

Shukurova Durdona Rashidovna

U

niversity of economics and pedagogy”

NGHEO

The direction of “Accounting” is a 1st year student

Abstract

In this article, agro-industrial integration and agribusiness are considered

among them as the main structures of the modern economy. Agriculture is

considered one of the main economic sectors of any country. Uzbekistan is

implementing large-scale reforms in the field of modernization of the agricultural

sector, the introduction of market mechanisms and the development of

agribusiness. These reforms are changing the content and form of agrarian

relations, opening up new opportunities for farmers and agribusiness entities.

During the ongoing reforms in our country, special attention is paid to the

development of the agricultural sector.

Keywords:

agro-industrial integration, agricultural relations, agribusiness,

modernization, agriculture, agriculture, exchange, value added, market relations,

agronomist, labor relations, property, economic activity, agro platform.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

298

Kirish

Bugungi kunda agrosanoat kompleksining integratsiyalashuvi mamlakat

oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojini qondirish,

zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar

ishlab chiqarish kabi muhim

yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi

va sanoat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ishlab chiqarish zanjirlarini barqaror va

samarali qilish imkonini beradi. Bu integratsiya orqali eksport salohiyati oshadi,

ish o‘rinlari yaratiladi va mahalliy xomashyodan to‘laqonli foydalanish

ta

minlanadi.

Zamonamizda qishloq xo‘jaligi va sanoat sektorlarining uzviy bog‘liqligi va

hamkorligini ta’minlash uchun agrosanoat integratsiyasi muhim ahamiyatga ega

bo‘lib, bu soha rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Agrosanoat integratsiyasi

bu yer maydonlaridan boshlab, qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash va bozorga chiqarishga

qadar bo‘lgan zanjirni uzviy bog‘lab, ularning samaradorligini oshirish, qiymatni

ko‘paytirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’m

inlashga qaratilgan kompleks

yondashuvdir. Bu jarayon nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyasini,

balki ularning texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham bir-biriga

muvofiqlashuvini taqozo etadi.

Agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi tarixan 20-asrning boshlaridan

boshlab, sanoatlashuv va texnologik yuksalish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib

kelmoqda. Bu jarayonning asosiy maqsadi

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining

bozor talablariga mos keladigan sifatli va raqobatbardosh mahsulotga aylantirilishi,

shuningdek, post-

harvest jarayonlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirishdir. Hozirgi

vaqtda agrosanoat kompleksining tarkibi va strukturasini chuqur o‘rganish, uning

rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va yangi texnologiyalarni joriy etish muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, mahalliy resurslarni samarali


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

299

foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va bozorlar bilan chambarchas

bog‘langan iqtisodiy modelni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi

.[1]

Asosiy qism

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri

qishloq xo

jaligidir. U

insonlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta

minlash, xom ashyo yetishtirish va

mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta

minlashda katta ahamiyatga ega. Agrar

munosabatlar va agrobiznes shular qatorida zamonaviy iqtisodiyotning asosiy

tuzilmalari sifatida namoyon bo

ladi.

Qishloq xo‘jaligi har qanday mamlakat

iqtisodiyotining asosiy

tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda agrar sohani

modernizatsiya qilish, bozor mexanizmlarini joriy etish va agrobiznesni

rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar

agrar munosabatlarning mazmuni va shaklin

i o‘zgartirib, fermerlar va agrobiznes

subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.[2]

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida agrar sohaning

rivojlanishi alohida e’tiborga ega. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng muhim

tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini oziq

-

ovqat bilan ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish

va eksport salo

hiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda

O‘zbekiston Respublikasi agrar sektorini isloh qilish, yyer munosabatlarini

liberallashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish borasida keng

ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Mazkur

maqolada agrar munosabatlarning

iqtisodiy mazmuni, agrobiznes tizimining shakllanishi va rivojlanish

tendensiyalari, hamda ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari

tahlil qilinadi.

Agrar munosabatlar

bu qishloq xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va

huquqiy munosabatlar majmuasidir. Ular yerga mulkchilik, mehnat munosabatlari,

mahsulot taqsimoti va bozor munosabatlarini qamrab oladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

300

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda agrar sohada quyidagi yangiliklar kuzatildi

:

Fermerlar erkinligi: Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 9

noyabrdagi bayonotiga ko‘ra, fermerlar viloyat ichida xohlagan klaster bilan

shartnoma tuzish va ortiqcha hosilini birja orqali sotish huquqiga ega bo‘ldi. Bu

fermerlar faoliyatida bozor mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yerdan samarali foydalanish: 2023 yildan boshlab 70 mingdan ziyod

fermerlarning 60 ming gektar bo‘sh dala chetlarida uzum, qovoq, qovun, tarvuz va

sabzavot ekish bo‘yicha dastur qabul qilindi. Bu qo‘shimcha mahsulot yetishtirish

va aholi bandligini oshirishga qaratilgan. Agrobiznes tushunchasi va

Agrobiznesning iqtisodiyotdagi

o‘

rni, ahamiyati.

Agrobiznes

bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash,

saqlash, tashish va sotish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatlar majmuasidir

.

O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish maqsadida quyidagi chora

-

tadbirlar amalga oshirilmoqda:

Agrosubsidiyalar: 2023 yilda Vazirlar Mahkamasining 331-son qarori bilan

agrar va oziq-

ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu

tadbirkorlarni qo‘llab

-

quvvatlash va sohadagi faoliyatni rag‘batlantirishga

qaratilgan.[3]

Qo‘shilgan qiymat zanjiri: 2023 yilda agrar sohada yuqori qo‘shilgan qiymat

zanjirini yaratish loyihalariga 1 milliard dollar ajratilishi belgilandi. Bu qayta

ishlash, saqlash va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik: Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda agrar

sohani rivojlantirishga 130 million dollar yo‘naltirishini ma’lum qildi. Bu

mablag‘lar qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish va oziq

-

ovqat tizimining barqarorligin

i ta’minlashga qaratilgan. Agrobiznes —

bu qishloq


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

301

xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish bilan

bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar majmuasidir. U iqtisodiyotning turli sohalarini

o‘z ichiga oladi: qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va moliya xizmatlari

.

Agrobiznes tuzilmasi:

Birinchi bosqich

resurs yetkazib beruvchilar (o‘g‘itlar, urug‘lar, texnika va

boshqalar)

Ikkinchi bosqich

qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar

(fermerlar, agrofirmalar)

Uchinchi bosqich

qayta ishlovchi korxonalar

To‘rtinchi bosqich –

tayyor mahsulotni bozorga chiqaruvchi savdo

tashkilotlari. Agrar soxada davlat siyosatlari va qonunchilik yangiliklari

Agrar sohani rivojlantirishda davlatning roli muhim ahamiyatga ega.

So‘nggi yillarda quyidagi qonunchilik yangiliklari qabul qilindi

:

Qishloq xo‘jaligi texnikalari: 2023 yil 29 martda qabul qilingan Prezident

qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari

xaridini davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlashning yagona tartibi joriy qilindi.

Shuningdek, xorijdan olib kelinadigan texnikalar 2025 yil 1 yanvarga qadar

bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi

.

Raqamli qishloq xo‘jaligi: 2023 yil 1 sentabrdan boshlab “

Raqamli qishloq

xo‘jaligi”

yagona integratsion platformasi tarkibida

Agroplatforma

axborot

tizimi joriy etildi. Bu tizim mahsulot yetishtiruvchilarning yagona reyestrini

shakllantirish va ularga identifikatsion raqam berishni nazarda tutadi.

Mavsumiy agronomlar: 2023 yildan boshlab har bir tumanga 4 nafargacha,

jami 672 nafar mavsumiy agronomlar biriktirilib, oylik ish haqi bilan ta’minlanadi.

Bu dehqonlarni dala chetlaridan samarali foydalanish va agrotexnik tadbirlarni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

302

to‘g‘ri amalga oshirishga yordam beradi. O‘zbekistanda Agrar sektordagi

isloxotlar va Argobisnesni rivojlantirishdagi muammolar.

Agrobiznes har qanday mamlakat iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston misolida qaraydigan bo‘lsak, aholining qariyb yarmi bevosita yoki

bilvosita qishloq xo‘jaligi sohasida band. Agrobiznes orqali

:

- Oziq-

ovqat xavfsizligi ta’minlanadi;

-

Yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

-

Eksport hajmi ortadi va valyuta tushumlari ko‘payadi;

-

Hududiy rivojlanish rag‘batlantiriladi;

- Ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanadi.

Shuningdek, agrobiznes innovatsiyalarni jalb qilish, ekologik barqarorlikni

ta’minlash va raqamli texnologiyalarni jadal joriy etishda ham faol ishtirok etadi

.

O‘zbekiston agrar sektorida islohotlar va ularning natijalari

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda agrar sohada keng ko‘lamli islohotlar

amalga oshirildi. Jumladan:

- Yer munosabatlari isloh qilindi va yyerlarni ijaraga berish tizimi joriy

etildi;

-

Fermer xo‘jaliklari tashkil qilindi va ularning huquqlari mustahkamlandi;

- Agrosanoat klasterlari shakllantirildi va vertikal integratsiya kuchaydi;

-

Subsidiyalar, kreditlar va grantlar ajratish tizimi yoʻlga qo‘yildi;

-

Qishloq infratuzilmasi (yoʻllar, elektr, suv, internet) rivojlantirildi

.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

303

Bu islohotlar natijasida agrar sohada ishlab chiqarish hajmi ortdi, eksport

geografiyasi kengaydi, mahsulot sifati yaxshilandi. Ammo hali ham yyechimini

kutayotgan masalalar mavjud.

Agrobiznesni rivojlantirishdagi muammolar va ularni hal qilish yoʻllari

Hozirgi kunda agrobiznesni rivojlantirishda quyidagi muammolar mavjud:

- Moliyaviy resurslarning yyetishmasligi;

-

Qishloq xo‘jaligi texnikasining eskirganligi;

- Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarning amaliyotga sust tatbiq qilinishi;

- Logistika va infratuzilmaning rivojlanmaganligi;

- Mehnat resurslarining migratsiyasi.

Bu muammolarni hal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

- Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;

-

Kredit va subsidiyalarni oshirish, sug‘urtani rivojlantirish;

- Ilmiy-innovatsion markazlarni yaratish;

- Agrobiznes sohasida kadrlar tayyorlashni kuchaytirish;

- Tashqi investitsiyalarni jalb qilish.

Xulosa

qilib aytganda, agrobiznes va agrar munosabatlar bozor

iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida

tashkil etish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiradi. Mamlakatda olib

borilayotgan islohotlar natijasida bu yoʻnalish

ancha rivojlandi, biroq uni yanada

kuchaytirish zarur.

Takliflar:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

304

1. Agrobiznes subyyektlari uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish;

2. Innovatsion texnologiyalarni joriy etishda davlat ko‘magini kuchaytirish;

3. Raqamli xizmatlarni (agroplatformalar, onlayn savdo tizimi)

rivojlantirish;

4. Qishloq joylarda yashash sharoitlarini yaxshilash va yoshlarga imtiyozlar

yaratish.

O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat

siyosatlari agrar munosabatlar va agrobiznesni rivojlantirishga qaratilgan.

Fermerlar va agrobiznes subyektlari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar,

subsidiyalar, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorliklar sohaning

samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu islohotlar mamlakatning oziq-

ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga

ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.

Iskandarov, A. B. (2020). Agrosanoat kompleksida integratsiya

jarayonlarini rivojlantirish yo‘nalishlari. O‘zbekiston iqtisodiyotida inno

vatsiyalar

va rivojlanish.

2.

Sultonov, S. M. va Hamidov, M. T. (2019). Agrosanoat integratsiya va

uning iqtisodiy ta’siri. Agricul

ture and Economics Journal.

3.

Vazirlar Maxkamasining 331 sonli qarori. 2023-yil.

4.

Qodirov, D. D. (2021). Agrosanoat kompleksining rivojlanishi va

integratsiya muammolari

. O‘zbekiston agrar tarmoqlari

.

5.

Yusufjonov, S. X. va Azizov, J. J. (2018). Agrosanoat integratsiyasini

boshqarish va innovatsiyalar. Toshkent: O‘zbekiston davlat universiteti nashriyoti.

6.

Abdullayev, M. M. (2022). Agrosanoat komplekslarining rivojlanishi va

strategik istiqbollari. O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqaruvi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

305

7.

Ibroximov, M. (2019). "Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini

oshirish."

Toshkent: O‘zbekiston iqtisodiyoti va badiiy adabiyoti nashriyoti.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. (2020). "Qishloq xo‘jaligi

va fermer xo‘jaliklari statistikasi."

Toshkent.

9.

Mamatov, A. (2020). "Qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalar."

Toshkent: Davlat iqtisodiyoti nashriyoti.

10.

Nurmatov, S. (2022). "Ekologik xavfsizlik va fermer xo‘jaliklarida

yangi texnologiyalar." Toshkent: Ekologiya va rivojlanish institutining nashriyoti.

11.

Yuldashev, F. (2021). "Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish: Davlat

siyosati va iqtisodiy yordam."

Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

12.

Айсачев, А. (2021). Статистический анализ экономического развития

сельского хозяйства на региональном уровне.

Экономика и инновационные

технологии

,

(4),

197

–208.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/11938

13.

AA Aysachev, M Xonboboyeva.

Qishloq xo’jaligi maxsulotlari

raqobatbardoshligini oshirishda iqtisodiy samaradorlikka erishishning ba’zi

masalalari. (2024).

International Conference on Modern Science and Scientific

Studies

, 72-77.

https://econfseries.com/index.php/5/article/view/77