Авторы

  • Abduvoxidova Shukuronaxon Qahramon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109646

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar modal fe’llar ingliz tili grammatik kompetensiya muloqot til o‘qitish ehtimollik majburiyat interaktiv metodika kontekstual o‘rganish chet tili ta’limi Key words Modal verbs English language grammatical competence communication language teaching probability obligation interactive methodology contextual learning foreign language education

Аннотация

 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ingliz tili grammatikasini og‘zaki nutq faoliyati orqali o‘rgatishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. An’anaviy o‘qitish metodlari — grammatikani faqat yozma mashqlar asosida o‘rgatish — talabalar tilni real muloqotda qo‘llay olishida yetarli samara bermasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuning uchun maqolada kommunikativ yondashuv asosida grammatikani o‘rgatishning afzalliklari, turli og‘zaki mashqlar (dialoglar, rol o‘ynash, intervyular) orqali grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari keltirilgan. O‘zbek tilida ta’lim oluvchi talabalar uchun grammatikani og‘zaki nutq orqali o‘rgatish til strukturasi farqlari, xatodan qo‘rqish sindromi va passiv o‘rganish muammolarini yengishga xizmat qilishi ta’kidlangan. Maqola natijalariga ko‘ra, grammatikani amaliy nutqiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish talabalar bilimini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.

ANNOTATION This article explores the theoretical and practical foundations of teaching English grammar through spoken communication. Traditional teaching methods — which focus mainly on grammar drills and written exercises — often fall short in helping learners use grammatical structures effectively in real-life communication. Therefore, this study emphasizes the advantages of communicative approaches, highlighting various speaking activities such as dialogues, role plays, and pair interviews that foster grammatical competence in learners. The article particularly addresses the context of Uzbek-speaking students, whose native language structures differ significantly from English. Teaching grammar through oral practice not only helps overcome issues such as fear of making mistakes and passive learning but also increases learners’ motivation and engagement. The findings suggest that integrating grammar instruction with real communicative tasks enhances students’ practical language skills and leads to deeper, more durable learning outcomes.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

87

INGLIZ GRAMMATIKASINI OG‘ZAKI NUTQ ORQALI

O‘RGATISH

Rishton tumani 2-

son politexnikumining ingliz tili fani oʻqituvchisi

Abduvoxidova Shukuronaxon Qahramon qizi

email.

shukronaxonabduvoxidova100@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tili grammatikasini og‘zaki nutq

faoliyati orqali o‘rgatishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. An’anaviy

o‘qitish metodlari —

grammatikani faqat yozma mashqlar asosida o‘rgatish —

talabalar tilni real muloqotda qo‘llay olishida yetarli samara bermasligi ko‘rsatib

o‘tiladi. Shuning uchun maqolada kommunikativ yondashuv asosida grammatikani

o‘rgatishning afzalliklari, turli og‘zaki mashqlar (dialoglar, rol o‘ynash,

intervyular) orqali grammatik ko‘nikmalarni sha

kllantirish metodlari keltirilgan.

O‘zbek tilida ta’lim oluvchi talabalar uchun grammatikani og‘zaki nutq orqali

o‘rgatish til strukturasi farqlari, xatodan qo‘rqish sindromi va passiv o‘rganish

muammolarini yengishga xizmat qilishi ta’kidlangan. Maqola natijalariga ko‘ra,

grammatikani amaliy nutqiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish talabalar bilimini

chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.

Kalit s

o‘

zlar

modal fe’llar, ingliz tili, grammatik kompetensiya, muloqot, til

o‘qitish, ehtimollik, majburiyat, interaktiv metodika, kontekstual o‘rganish, chet

tili ta’limi;

ANNOTATION

This article explores the theoretical and practical

foundations of teaching English grammar through spoken communication.

Traditional teaching methods

which focus mainly on grammar drills and written

exercises

often fall short in helping learners use grammatical structures

effectively in real-life communication. Therefore, this study emphasizes the

advantages of communicative approaches, highlighting various speaking activities

such as dialogues, role plays, and pair interviews that foster grammatical


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

88

competence in learners. The article particularly addresses the context of Uzbek-

speaking students, whose native language structures differ significantly from

English. Teaching grammar through oral practice not only helps overcome issues

such as fear of mak

ing mistakes and passive learning but also increases learners’

motivation and engagement. The findings suggest that integrating grammar

instruction with real communicative tasks enhances students’ practical language

skills and leads to deeper, more durable learning outcomes.

Key words

Modal verbs, English language, grammatical competence,

communication, language teaching, probability, obligation, interactive

methodology, contextual learning, foreign language education

KIRISH

Ingliz tili bugungi globallashuv davrida xalqaro aloqa, fan,

texnologiya, savdo, va ta’lim sohalarida yetakchi vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Deyarli barcha sohalarda, ayniqsa texnik va kasb-

hunar ta’lim muassasalarida

ingliz tilini bilish muhim ko‘nikma

bo‘lib, talabalarning raqobatbardosh kadrlar

bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, ingliz tilini samarali o‘rgatish,

ayniqsa, grammatik bilimlarni amaliy qo‘llay olishni rivojlantirish zamonaviy

ta’lim jarayonida dolzarb masalaga aylangan.

An’anaviy dars jarayonlarida grammatika ko‘proq nazariy qoidalar, yozma

mashqlar va testlar orqali o‘rgatiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

89

Bu esa talabalar orasida grammatikani faqat “qoidalarni yodlash” sifatida

qabul qilinishiga olib keladi. Bunday yondashuv natijasida talabalarda grammatik

bilimlar mavjud bo‘lsa

-da, ularni real muloqot jarayonida ishlata olish malakasi

shakllanmaydi. Ingliz tili kommunikativ vosita ekanligini inobatga olgan holda,

grammatikani og‘zaki nutq orqali o‘rgatish hozirgi kunda o‘z dolzarbligini tobora

oshirmoqda.

Xalqaro tadqiqotlar, jumladan Harmer (2007), Thornbury (1999) va Celce-

Murcia (2001) tomonidan ilgari surilgan kommunikativ yondashuvlar

(Communicative Language Teaching -

CLT) grammatikani kontekstda, ya’ni

haqiqiy hayotiy vaziyatlarda qo‘llash orqali o‘rgatish muhimligini ta’kidlaydi.

Ushbu metodikalar talabalarning faolligini oshiradi, muloqotga kirishishga

undaydi va xatodan qo‘rqmaslik muhitini yaratadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

90

CLT uslubida grammatik qoidalar bevosita muloqot davomida, turli ijtimoiy

rollar, vazifalar va nutqiy holatlar orqali o‘rganiladi.

O‘zbekistonda ingliz tilini

o‘qitish tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada modernizatsiya qilinayotgan

bo‘lsa

-

da, ko‘plab ta’lim muassasalarida hanuzgacha grammatikani o‘rgatishning

an’anaviy uslublari ustunlik qiladi. Bu holat o‘quvchilarning nutqiy

kompetensiyasini rivojlantirishda cheklovlar tug‘diradi. Ayniqsa, politexnikum va

kasb-hunar kollejlari kabi amali

y ta’lim muassasalarida ingliz tili grammatikasini

nutq orqali o‘rgatish —

talabalarni kelajakdagi kasbiy muhitga tayyorlash uchun

muhim qadam hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada ingliz grammatikasini og‘zaki nutq

vositasida o‘rgatishning nazariy asoslari, amaliy metodlari va ularning o‘zbek tilida

ta’lim oluvchi guruhlarga tatbiq etish usullari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek,

kommunikativ

mashg‘ulotlar

yordamida

grammatik

ko‘nikmalarni

mustahkamlash, talaba faolligini oshirish va amaliy nutqiy bilimlarni rivojlantirish

masalalariga e’tibor qaratiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

.

Grammatikani o‘rgatishda

kommunikativ yondashuvning o‘rni

.

Ingliz tili grammatikasi tilning asosiy

tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, to‘g‘ri jumla tuzish, fikrni aniq ifodalash va

og‘zaki muloqotda ishtirok etishda muhim ahamiyatga ega. An’anaviy

yondashuvda grammatikani izohlash va yozma mashqlar orqali o‘rgatish

ustuvor

bo‘lib, bu talabalarni grammatikani nazariy bilishga, ammo uni nutqda qo‘llashga

qiynalishga olib keladi.

Kommunikativ yondashuv (Communicative Language Teaching

CLT)

o‘quvchilarni grammatikani muloqot davomida, amaliy nutq faoliyati orqali

o‘zlashtirishga undaydi.

Ushbu yondashuvda o‘quvchilarga real hayotga yaqin

vaziyatlar, rol o‘ynash, juftlik va guruh mashqlari orqali til strukturasi bevosita

qo‘llaniladi.

Misol:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

91

Talabalarga "Yesterday evening" mavzusida kichik hikoya aytish topshirig‘i

beriladi. Ushbu topshiriq orqali ular Past Simple va Past Continuous zamonlarini

kontekstda ishlatishni o‘rganadilar.

“I was doing my homework when the lights went out.”

bu jumla yordamida talabalar grammatik strukturani og‘zaki shaklda

o‘zlashtiradi.

Og‘zaki nutq asosidagi grammatik mashqlar turlari

.

a) Rol o‘ynash

(Role-play)

Rol o‘ynash mashqlari real hayotdagi muloqot shakllarini taqlid qiladi. Bu

turdagi mashqlar orqali o‘quvchilar grammatik qoidalarni kontekstda

mustahkamlab boradilar.

Masalan: "Customer

Shop assistant" ssenariysi orqali talabalar modal fe’llar

(can/could/would) dan foydalanishni o‘rganadi.

“Could you show me a smaller

size?”

:

“Sure, you can try this one.”

b) Dialog tuzish

Talabalar berilgan vaziyat asosida dialog yaratadilar va uni juftlikda yoki

guruhda ijro etadilar. Ushbu usul orqali ular so‘roq shakllari, zamonlar, va

predloglar kabi grammatik birliklarni faol ishlatishga o‘rganadilar.

c) Juftlik intervyulari (Pair interviews)

Har bir talabaga savollar ro‘yxati beriladi. Ular juftlikda bir

-biriga savollar

beradi va javob qaytaradi.

Masalan:

“Have you ever been abroad?”

“When did you last go to the cinema?”

Ushbu savollar orqali Present Perfect va

Past Simple zamonlari og‘zaki

ravishda mustahkamlanadi. Nutqiy topshiriqlar (Task-based grammar practice)

Suratlar asosida hikoya tuzish, Qadam-

baqadam ko‘rsatma berish (imperatives)

,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

92

Shaxsiy fikr bildirish (opinion sharing), Bu topshiriqlar orqali grammatik birliklar

ma’lum vazifa doirasida tabiiy shaklda ishlatiladi.

Grammatikani og‘zaki yo‘l bilan o‘rgatishning afzalliklari

Afzalliklar

Tavsif

Realistik qo‘llash

Talabalar grammatika qoidalarini real vaziyatda

ishlatishni o‘rganadilar

Faollikni oshiradi

Talaba dars jarayonida faol bo‘ladi, passiv emas

Nutqiy muhit yaratadi

Ingliz tilida gapirishga psixologik tayyorgarlik

kuchayadi

Xotirada uzoq saqlanadi

Nutq orqali o‘rganilgan grammatika tezroq yodda

qoladi

Xatolardan

o‘rganish

Talabalar grammatik xatoni nutqda sezadi va

tuzatishga o‘rganadi

O‘zbek auditoriyasida qo‘llanish xususiyatlari

.

O‘zbek tilida so‘zlashuvchi

talabalarning ingliz tilidagi grammatik qoidalarni o‘zlashtirishida quyidagi omillar

muhim:Tillar orasidagi strukturaviy farqlar: Masalan, ingliz tilidagi artikllar

(a/an/the) o‘zbek tilida yo‘q, bu esa tushunishni murakkablashtiradi.

Zamonlar

tizimidagi tafovutlar: Ingliz tilidagi Present Perfect yoki Past Perfect zamonlariga

o‘zbek tilida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri moslik yo‘qligi sababli, bu zamonlarni og‘zaki

mashqlar orqali kontekstda tushuntirish kerak. Talabalar orasida grammatikadan

qo‘rqish hissi: Xatolik qilishdan cho‘chish odatda og‘zaki faoliyatni cheklaydi.

Kommunikativ metod bunday to‘siql

arni yumshatadi. Har bir grammatik

mavzudan keyin og‘zaki mashq kiritilishi zarur.

Talabalarga “gaplashishga ruxsat

beruvchi muhit” yaratish lozim.

Xatoni to‘g‘rilashda muloyim va konstruktiv

yondashuv qo‘llanishi kerak (e.g. recasting).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

93

Talabalarga o‘zlari tuzgan gaplarni aytish, tuzatish va qayta ishlash

imkoniyati berilishi zarur.

Mashg‘ulotlarda video/suhbat yozuvlari orqali

kontekstual grammatika o‘rgatish foydali bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ingliz tilini samarali o‘rgatish bugungi zamon

talabi bo‘lib, bunda grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi.

Ammo grammatikani faqat nazariy qoidalar asosida o‘rgatish —

ayniqsa, ona tili

o‘zbek bo‘lgan talabalar uchun —

tilni faol muloqot vositasi sifatida egallashga

to‘liq imkon yaratmaydi. Ushbu maqolada keltirilgan ilmiy va metodik tahlillar

asosida shuni xulosa qilish mumkinki,

grammatika bilimlarini og‘zaki nutq

orqali o‘rgatish

ta’lim samaradorligini oshiradi, talabalarni faol fikrlashga

undaydi va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiradi.

Og‘zaki mashqlar

orqali o‘rgatish talabaga grammatik strukturani real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash

imkonini beradi. Bu jarayon davomida o‘quvchi grammatika qoidalarini quruq

yodlash emas, balki muloqot vositasi sifatida idrok qiladi. Shu orqali nafaqat

grammatik bilim, balki mustahkam nutqiy malaka ham shakllanadi. Bundan

tashqari, og‘zaki mashqlar talabalarni darsda faol ishtirok etishga

, mustaqil

fikrlashga va o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi.

Tajriba

va kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy yozma metodlar bilan solishtirganda,

kommunikativ yondashuv orqali o‘rgatilgan grammatika o‘quvchilarda uzoqroq

esda qoladi va real vaziyatlarda tez-

tez qo‘llaniladi. Masalan, Past Simple yoki

Present Per

fect kabi zamonlarni grammatik jadval orqali o‘rgatgandan ko‘ra,

talabalarni ushbu zamonlar bilan bog‘liq voqealarni og‘zaki hikoya qilishga undash

ularning grammatikani

amalda qo‘llashiga zamin yaratadi.

Bundan tashqari, o‘zbek

guruhlarining o‘ziga xos til xususiyatlarini hisobga olgan holda, grammatikani

og‘zaki nutq orqali o‘rgatish yanada muvofiq bo‘ladi. O‘zbek tilida artikllar,

murakkab zamonlar yoki Perfect shakllar bo‘lmagani sababli, bu birliklarni

faqat

yozma mashqlar orqali emas, balki og‘zaki muloqot kontekstida tushuntirish

o‘quvchilarning tushunishini osonlashtiradi. Shuningdek, bu yondashuv ularning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

94

psixologik tayyorgarligini kuchaytiradi

ya’ni ular grammatik xatodan qo‘rqmay

gapirishga urinadi, bu esa til o‘rganishda katta yutuq hisoblanadi.

Shunday qilib, grammatika va og‘zaki nutqni integratsiyalash —

zamonaviy

til o‘qitishning muhim talabi bo‘lib, bu yondashuvni o‘zbek auditoriyalarida

qo‘llash, ayniqsa politexnikum va kasb

-

hunar kollejlari kabi amaliy yo‘nalishdagi

muassasalarda juda muhim

dir. Darslarda kommunikativ metodlar, og‘zaki

topshiriqlar, rol o‘ynash va interaktiv mashqlardan keng foydalanish orqali

o‘quvchilarda grammatika bilimini nutqiy kompetensiya bilan birgalikda

shakllantirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1

Azar, B. (2007).

Understanding English Grammar

. Pearson Education.

2.

Biber, D., Conrad, S., & Leech, G. (2002).

Longman Grammar of

Spoken and Written English

. Longman.

3.

Collins, L. (2015).

English Articles: A Comprehensive Guide to Using

"A," "An," and "The" in English

. Oxford University Press.

4.

Cook, V. (2003).

The English Language: A Linguistic Introduction

.

Wiley-Blackwell.

5.

Eastwood, J. (1994).

Oxford Guide to English Grammar

. Oxford

University Press.

6. Faxriddin B., N

o‘

monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN

M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNING TORMOZ SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific

researchers (IJSR) INDEXING.

2024.

Т

. 4.

№.

1.

С

. 333-337.

7.Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of

Science and Technology.

2024.

Т

. 4.

№.

8.

С

. 45-50.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

95

8.Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN

AVTOMOBILNI TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY

TEBRANISHLARINI TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL

QILISH //

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

.

2024.

Т

. 47.

№.

4.

С

. 81-87.

9. Xusinovich T. J., R

o‘

zibayevich M. N. M1 TOIFALI

AVTOMOBILLARNI TURLI MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL

QILISH VA PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

10. Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLA

НГАН

M1

TOIFALI AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI

//Academic research in educational sciences.

2024.

Т

. 5.

№.

5.

С. 787

-791.

11

.Каршиев

Фахридин

Умарович,

Н.Абдуқаҳоров

ИЗУЧЕНИЕ

МИКРОСТРУКТУРЫ

СТАЛИ

В

МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//

https://www.iupr.ru/6-121-2024

https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_15c4798c874a4ddab326a52bd3af34ea.pdf

?index=true

12. Xusinovich T. J., R

o‘

zibayevich M. N. M1 TOIFALI

AVTOMOBILLARNI TURLI MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL

QILISH VA PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

13. Farxadjonovna, Bekimbetova Elmira, and Abduqahorov N

o‘

monbek.

"STARTING ENGINES AT LOW TEMPERATURES." Multidisciplinary Journal

of Science and Technology 5.2 (2025): 83-87.

14. Xusinovich, Turdialiyev Jonibek, and M

o‘

minov Nurali R

o‘

zibayevich.

"M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNI

TURLI

MUHITLARDA

TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA PARAMETRLARINI O

‘RGANISH."

15

. В. Я. Бочкарев. Новые технологии и средства измерений, методы

организации водоучета на оросительных системах. Новочеркасск, 2012,227 с


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

96

16

.В.А.Втюрин.Автоматизированные

системы

управления

технологичес

-

кими процессами .Основы АСУТП. Санкт

-

Петербург 2006,154

с.

17

.Рачков М.Ю. Технические средства автоматизатсии.

-

Москва: МГИУ,

2006,-

347 с. 9.Vohidov А.Х. Abdullaeva D.A. Avtomatikanmg texnik vositalari.

T..TIMI, 2011.180 b.