https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
3
BADIIY ADABIYOTDA METAFORIK IFODALARNING
QO
‘
LLANILISHI
(SHOIRA ZULFIYANING “
BAHOR KELDI SENI SO
‘ROQLAB..”
SHE
’
RI ASOSIDA)
Qobuljonova Robiya
O
‘
zMU Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo
‘
nalishi
1-bosqich talabasi
Robiyy79@gmail.com
Annotatsiya
. Ushbu maqolada metafora tushunchasi, turlari, badiiy asarlarda
metaforalarning ishlatilishi, uning asarda qanday vazifani bajarishi haqida
o
‘
rganildi. Shoira Zulfiyaning ijodiga mansub she
’
rda ishlatilgan metaforik
ifodalar tahlil qilindi, b
oshqa adabiyotlarda qo‘llanilgan metaforalar haqida
ma’
lumotlar berildi.
Kalit so‘
zlar
: metafora,
badiiy adabiyot, obrazlilik, ta’
sirchanli
k, she’r,
iste’dod, o‘
xshatish.
Badiiy adabiyotda metaforalarning ahamiyati katta hisoblanadi. Sababi, ular
nutqni o
‘quvchiga ta’
sirchan, obrazli va aniq yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Metaforalarni asarda qo‘llash orqali muallif oddiy so‘zlar bilan aytib bo‘lmaydigan
chuqur g‘
oyalarni ham ifoda eta oladi. "Metafora-
bu stilistik figura bo‘
lib, u tilning
badiiy estetik imkoniyatlarini kengaytiradi va adabiy matnning obrazliligi va
ekspressivligini oshiradi[1]".
Metafora ikki narsaning bir-biriga o
‘xshashligi asosida bir so‘
z bilan
ikki
nchisini atash hisoblanib, u so‘z ma’
nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda
narsa o
‘
z xususiyati, shakl, harakat, rang, hid, hajm va shu kabi biron belgisiga
ko‘
ra b
oshqa shu xususiyatlarga ega bo‘
lgan narsaning nomini oladi[2]. Metafora
hosil qiling
anda predmetlar uchun umumiy bo‘
lgan belgi tushuncha saqlanib
qoladi. Masalan, "suvning
boshi" metaforasi inson tana a’
zolariga nisbatan
shakllangan. Bunda "bosh" so’
zi -inson tanasining eng yuqori qismi- suvning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
4
bos
hlanish nuqtasiga qiyoslanib ko‘
chirilgan. "Achchiq gap[3]" metaforasi esa turli
taassurotlar o‘xshashligiga ko‘
ra tash
kil topgan. "Achchiq" so‘zi yoqimsiz, og’ir,
g’amli kabi ma‘
no
larni berib, aytilgan gapning g’amliliga o‘
xshatilib, tuzilgan.
Badiiy asarlarda metaforalar o‘quvchida kuchli hissiyot uyg‘otadi, bu esa
ta’sir
chanlikni oshirishga xizmat qiladi. Misol uchun, "Hope is the thing with
feathers that perches in the soul, And sings the tune without the words, And never
stops at all [4]"(umid bir patli jonzodd
ir, qalblarda in quradi va so‘
zsiz kuylay oladi,
hech qachon to‘xtamaydi) gapida "umid" qushga o‘x
shatilmoqda
, go‘yoki u so‘
zsiz
tasalli
beradi va hech qachon butkul yo‘
qolib ketmaydi. Bu orqali shoir umidning
inson hayotidagi barqarorligi, quvvat beruvchi tabiati va ichki quvvat manbai
ekanini ko‘
rsatadi.
O‘
zbek
adabiyotiga nazar soladigan bo‘lsak, juda ko‘
plab shoir va
yozuvchilar o‘
z asarlarida metaforalardan mohirona foydalanganining guvohi
bo‘
lamiz. Shu
sababdan ularning asarlarini o‘quvchi o‘qigan sari yana o‘
qishni
xohlaydi. Shunday shoiralardan biri sifatida Zulfiyaxonimni ham keltirish mumkin.
Uning ko‘
pl
ab she’r
lari,
ayniqsa, "Bahor keldi , seni so‘roqlab.." she’ri
ta’
si
rchanligi, obrazliligi bilan ko‘plab o‘
quvchilarning qalbida qolgandir.
"Salqin saharlarda, bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor.."
Ushbu satrlarda ishlatilgan "binafsha labi" , "bodom guli" metaforalari ham
yuqorida aytib o‘tilganidek she’r
ni yanada obrazli hamda jozibador qilishga xizmat
qilmoqda. Tahlilga kelsak, "binafsha labi" metaforasi orqali shoira bahor faslining
nafisligi ohangrabolig
ini, "bodom guli" orqali esa go‘
zallik , yangilanish,
noziklikni ifodalamoqda. Bodom daraxtining gullashi bahor faslining ilk
belgilaridan biri sifati
da tilga olinmoqda. "...Har uyg’o
ngan kurtak hayot bergan
kabi,
Ko'zlaringga surtib o‘parding uni.." misralarida qo‘llanilgan "uyg’
ongan
kurtak" metaforasi kurtaklarnimg bahorda ochilishiga ishora qilmoqda. Bu timsol
yangilanish, tiriklik kabi tushunchalarni ifodalaydi. "Qishning yoqasidan tutib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
5
so‘radi seni, Ul ham yosh to‘
kdi-yu, chekindi nari.." - bu misralarda qish ham xuddi
tirikdek tasvirlanmoqda
, go‘
yoki bahor kelib s
hoir sevgilisi haqida qishni so‘
roqqa
tutadi. Bundan kelib chiqadiki, sovuq va qahraton (qish), hayot , iliqlik va sevgi
(bahor/se
vgili) tushunchalari orqali she’
rning obrazliligi oshirilgan.
"Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘l
diyu, jarliklarga olib ketdi boshini , Farhod
tog’
laridan darag
ing izlab, Soylarga qulatdi tog’
ning toshini" - bahorning yor
sevgilisini topa olmay boshini jarliklarga o
lib ketishi, alamdan Farhod tog’
laridan
toshlarni qula
tishi kabi misralardan shoira o’
quvchining tasavvurida har bir
manzarani chizib berish uchun metaforik ifodalardan mohirlik bilan foydalanganini
ko‘
rishimiz mumkin.
U
mumiy qilib aytganda, ushbu she’
rning har bir misrasida metaforik ifodalar
qo‘llanganini, ular esa she‘rni yanada jozibador bo‘
lishi
ni ta’minlayotganini
o‘quvchi bir o‘q
ishdayoq payqay oladi.
Metaforik ifodalardan nafaqat o‘
zbek adabiyoti, balki ingliz adabiyotida ham
foydalanilgani ko'plab shoir ba
yozuvchilarning asarlaridan ma’l
umdir. Misol
uchun, William Shekspirning" Shall I compare thee to a summer's day?
Thou art more lovely and more temperate:
Rough winds to shake the darling buds of May,
And summer's lease hath all too short a date[5]" kabi metaforalarni ishlatilib
yozgan asari ham ko‘plab o‘quvc
hilarning qalbidan joy olgan. Bu gaplarda
"compare thee to a sum
mer’s day"
-
sevikli yorning go‘
zalligini iliq va yorqin yoz
kuniga taqqoslash, lekin yorni undan ham chiroyqliroq deb aytish ifodalangan.
"Rough winds do shake the darling buds of May" - bahor gullarining nozikligi ,
ularn
ing qiyinchiliklarga duchor bo‘lishi ta’kidlangan. Bundan esa, o‘z navbatida,
hayotning o‘tkinchligi va go‘
zallikning vaqtinchaligi ifoda etilmoqda.
"Summer's lease hath all too short t
o a date" qismida yozning tez o‘
tib ketishi
vaqtinchalik ekani bildirilyapti, bu esa umrning shirin damlari doim ham uzoqqa
cho‘
zilmasligidan xabar beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
6
Xulosa qiladigan bo‘
lsak, metafora
—
bu badiiy adabiyotning eng kuchli va
obrazli ifoda vositalarid
an biridir. U oddiy fikrni turli ma‘
nolar bilan boyitadi,
muallifga mavhum tuyg‘ular, chuqur hissiyotlar yoki falsafiy fikrlarni jonli, esda
qolarli obrazlar orqali yetkazish imkonini beradi.
Metaforalar o‘quvchini faqat axborot bilan emas, balki tasavvur, his, anglash
o‘ziga jalb qiladi. Uning yordami bilan muallif so‘z ortida butun bir olamni
yashiradi, o‘quvchini o‘ylantiradi va ichki kechinmalarga sherik qiladi.
Metafora
—
badiiy tafakkurning estetik ko‘zgusi bo‘lib, u tilni poetik qiladi,
adabiy asarga estetik, emotsional va g‘oyaviy chuqurlik olib kiradi. Shuning uchun
u har qanday badiiy asarda mazmun, obraz, tuyg‘u va estetik go‘zallikni
uyg‘unlashtiruvchi vos
ita sifatida alohida ahamiyatga ega.
“The greatest thing by far is to be a master of metaphor. It is the one thing that
cannot be learned from others; and it is also a sign of genius, since a good metaphor
implies an intuitive perception of the similarity in dissimilars.[6]”
"Eng buyuk fazilat
—
bu metafora ustasi bo‘lishdir. Buni boshqalardan
o‘rganib bo‘lmaydi; bu iste’dod belgisi, chunki yaxshi metafora —
bir-biriga
o‘xshamaydigan narsalar orasidagi o‘xshashlikni sezish qobiliyatini bildiradi.”
Aristotelning fikricha, metaforani ishlatish -
bu o‘ziga xos iste’
dod belgisidir,
metafora esa tafakkur va ijodning eng yuksak ko'rinishi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Aldus Manutius, “Aristotelis Poetae Graeci veteris opera omnia”(Qadimiy
yunon shoiri Aristotelning barcha asarlari). Venetsiya, 1508.
2. Irisqulov M.T., "Tilshunoslikka kirish". "Yoshlar matbuoti", Toshkent,
2009.
3.Irisqulov M.T., "Tilshunoslikka kirish". "Yoshlar matbuoti", Toshkent,
2009.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
7
4. Emily Dickinson, " The Poems of Emily Dickinson". Harvard University
Press, 1955.
5. William Shakespeare, " Shakespeare's Sonnets". "T.Thorpe", 1609.
6. Aristotel "Poetics" . Oxford University Press, 1909 ( translated by Ingram
Bywater).
7. Zulfiyaxonim "Bahor keldi seni so'roqlab". "Yangi asr avlodi", Toshkent,
2016.
‘