https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
492
INGLIZ VA RUS TILLARI TUZILMASINING QIYOSIY TAHLILI:
SINTAKSIS VA SO‘Z TARTIBIGA E’TIBOR
COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND RUSSIAN
LANGUAGE STRUCTURES: A FOCUS ON SYNTAX AND WORD
ORDER
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СТРУКТУР АНГЛИЙСКОГО И
РУССКОГО ЯЗЫКОВ: АКЦЕНТ НА СИНТАКСИС И ПОРЯДОК
СЛОВ
Fargʻona davlat universiteti,rus tili metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
Xamidova Maxbuba Kaxarovna
Fargʻona davlat universiteti,chet tillari fakulteti, filologiya va tillarni oʻqitish:
ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
Akbaraliyeva Xurshidaxon Foziljon qizi
xurshidaakbaraliyeva2303@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va rus tillarining sintaktik tuzilishlari va
so‘z tartibini qiyosiy
tahlil qiladi. Ingliz tili analitik til bo‘lgani sababli, qat'iy SVO
(subyekt–fe’l–obyekt) so‘z tartibiga ega, bu esa gapning ma'nosini aniqlashda
muhim rol o‘ynaydi va tarjimani osonlashtiradi. Rus tili esa sintetik til bo‘lib, so‘z
tartibida erkin, bu esa gapning urg‘usini yoki mazmun tuzilmasini ifodalashda
qo‘llaniladi. Ushbu maqolada har ikki tilning ham sintaktik xususiyatlari,
inversiya va fokus tushunchalari, hamda, so‘z tartibining qat'iyligi va erkinligi
misollar bilan dalillab o’tiladi. Tadqiqot natijalari til o‘rganish va tarjima
jarayonlarida so‘z tartibining ahamiyatliligini ko’rsatadi ko‘rsatadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
493
Abstract:This article presents a comparative analysis of the syntactic
structures and word order in English and Russian. As an analytic language,
English follows a strict SVO (subject–verb–object) word order, which plays a
crucial role in conveying meaning and facilitates the process of translation.
Russian, on the other hand, is a synthetic language that allows for flexible word
order, which is often used to express emphasis or information structure. The article
examines the syntactic features of both languages, the concepts of inversion and
focus, and supports the discussion with examples illustrating both fixed and free
word order. The findings highlight the importance of word order in language
learning and translation processes.
Аннотация: Данная статья представляет сравнительный анализ
синтаксических структур и порядка слов в английском и русском языках.
Английский язык, будучи аналитическим, характеризуется жёстким
порядком слов SVO (подлежащее – сказуемое – дополнение), который играет
важную роль в определении смысла высказывания и облегчает процесс
перевода. Русский язык, напротив, является синтетическим и допускает
свободный порядок слов, что позволяет выражать акцент и структурное
значение высказывания. В статье рассматриваются синтаксические
особенности обоих языков, понятия инверсии и фокуса, а также приводятся
примеры, иллюстрирующие строгий и свободный порядок слов. Результаты
исследования подчёркивают значимость порядка слов в изучении языков и
процессе перевода.
Kalit so‘zlar: Ingliz tili sintaksisi, rus tili sintaksisi, so‘z tartibi qiyosi,
analitik va sintetik tillar, inversiya va fokus, qiyosiy tilshunoslik, funksional gap
tuzilmasi, til o‘rganish va tarjima.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
494
Keywords: English syntax, Russian syntax, word order comparison,
analytic and synthetic languages, inversion and focus, comparative linguistics,
functional sentence structure, language learning and translation.
Ключевые слова: синтаксис английского языка, синтаксис русского
языка, сравнение порядка слов, аналитические и синтетические языки,
инверсия и фокус, сравнительное языкознание, функциональная структура
предложения, изучение языков и перевод.
Til-insoniyatning eng muhim ijtimoiy hodisalaridan biri, u orqali insonlar
oʻzaro muloqot qiladi, bilim va tajriba almashadi hamda madaniyatni avloddan
avlodga oʻtkazadi. Har bir til o’zining ichki tuzilishi, gramatikasi hamda
leksikasiga ega bo’lib, bu jihati bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Gapdagi so‘zlar
tartibi har qanday til sintaksisining asosiy xususiyatlaridan biridir. So’z tartibi gap
bo‘laklari qay holatda tashkil etilishini ko’rsatadi va gapning ma’nosi va
ifodaviyligiga katta ta’sir qiladi. Til tuzilishiga ko’ra, so‘zlar tartibi o‘zgarib turadi,
bu esa fikrni ifodalashning turli xil usullarini, muhim elementlarga urg‘u berishni
hamda uslubiyatni ko’rsatadi. Rus va ingliz tillari — gapdagi so‘zlar tartibidagi har
xil yondashuvlar bilan ajralib turadigan tillarga aniq misoldir. Ingliz tili qat’iy so‘z
tartibi bilan ajralib turadi, rus tilida esa bu yerda erkinlik mavjud, bu kabi uslub
matnning hissiy va uslubiy ifodasi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ingliz tilida so’z tartibi eng ahamiyatli jabhalaridan biridir, bu boradi ingliz
tili qat’iy tuzilma va qolipga ega bo’lib, asosan SVO (Subject+verb+object)
ko’rinishida ifodalanadi. Bunda gap boshida subyekt, fe’l hamda obyekt bilan
gapni yakunlaydi. Gapda subyekt harakatni kim tomonidan bajarilgani, harakat
egasi kim ekaninini aniqlab ega vazifasida keladi, fe’l ushbu harakatni o’zini, ya’ni
nima harakat bajarilganini aniqlab keladi, obyekt esa gapga qo’shimcha ma’no
berishga xizmat qiladi. Oddiy gaplarda so’z tartibi qat’iy saqlanadi. Masalan, “She
smells flowers” ushbu gapda “She” (U)-harakatning bajaruvchisini, “smells”
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
495
(hidlamoq) harakatni, “flowers” (gullarni) esa harakat yo’nalgan obyektni ko’rsatib
kelmoqda. Bu kabi gap tuzilmasi asosan flektiv hamda agglyutinativ tillarga xos
bo’lib, gapning mantiqiy va tushunarli qiladi, hamda tarjimani osonlashtiradi.
So‘roq shakli esa so‘z tartibini o‘zgartirishni talab qiladi. So‘roq so‘zi yoki
yordamchi fe’l gapning boshiga suriladi. Masalan, "Does you she smell flowers?"
(u gullarni hidlaydimi?) gapida yordamchi fe’l “does” subyekt “she”dan oldin
keladi. Agar gap so‘roq so‘zi bilan boshlangan bo‘lsa, masalan, "What does she
smell?" (U nimani hidaydi?), so‘roq so‘zi ham birinchi o‘rinda bo‘ladi, bu esa
gapni yanada ma’lumotli va interaktiv qiladi. Inkor gaplarda, “doesn’t,” “don’t”
yoki “didn’t” yordamchi fe’llari “not” qo‘shimchasi bilan ishlatiladi va ular fe’ldan
keyin keladi. Masalan, “She does not smell flowers” (U gullarni hidlamaydi)
gapida so‘zlar tartibi saqlanadi, lekin “not” qo‘shimchasi qo‘shilishi gapning inkor
mazmunini bildiradi. Ushbu qoida inkor tuzilmalarni oson yaratish imkonini
beradi, shu bilan birga ifodaning aniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Ba’zan ingliz tilida so‘zlar tartibini o‘zgartirish orqali urg‘u yoki uslubiy ta’sir
yaratadi. Masalan, “Never have I seen such kind of nature” (Hech qachon bunday
tabiatni ko‘rmaganman) gapida inversiya (so‘zlar tartibini o‘zgartirish) bilam
gapning hissiyligini kuchaytirimoqda. Bunday tuzilmalar asosan adabiyot va
she’riyatda tez-tez uchrab turadi, bu yerda faqat ma’lumot emas, balki uning
qanday yetkazilishi ham muhim.
Ingliz tilidagi frazeologizm va iboralar gapda turli joylarga joylashishi
mumkin. Ular erkin oldin yoki gap oxirida bkelish xususiyatiga ega. Masalan, “She
quickly cries” (U tezda yig’laydi) gapida “quickly” (tezda) predikatdan oldin kelib,
harakat tezligini ta’kidlaydi. Boshqa bir variantda, “She eats bananas quickly” (U
bananlarni tezda yeydi) frazeologizm gap oxirida keladi va harakatni ta’kidlaydi.
Bu turli variantlar yanada ifodali gaplar yaratishga imkon beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
496
Ingliz tilidagi so‘zlar tartibi gaplarnitarjima qilishda va ma’no chiqarishda
muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi istisnolar va o‘zgarishlar bo‘lsa-da, SVO tuzilmasining
aniqligi tilni to‘g‘ri ishlatishda asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu qoidalarga rioya
qilish nafaqat xatolarni oldini olishga yordam beradi, balki nutqni yanada ifodali
beradi. So‘zlar tartibini tushunish samarali muloqotning asosi bo‘lib, bu ayniqsa
bugungi ko‘p tilli dunyoda juda muhimdir.
Gap tuzilmasi va ma’no yetkazilishida so‘z tartibi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu
maqolada biz rus tilidagi so‘z tartibining asosiy jihatlari va uning muloqotga
ta’sirini ko‘rib chiqamiz. An’anaviy ravishda rus tilida ham subyekt + predikat +
obyekt (SVO) so‘z tartibi qo‘llaniladi. Bu tuzilma harakatni kim bajarayotganini,
nima sodir bo‘layotganini va bu harakat nimaga qaratilganini aniq ko‘rsatish
imkonini beradi. Masalan, “Кошка ловит мышь” (Mushuk sichqonni tutyapti)
gapida “Кошка” — harakatni bajarayotgan subyektni, “ловит” — harakatni o‘zini,
va “мышь” — ushbu harakat yo‘naltirilgan obyektni bildiradi.
So‘roq gaplar odatdagi tartibda bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha so‘zlar
tartibi o‘zgaradi va bu savol ifodasi uchun xizmat qiladi. Masalan, “Кто ловит
мышь?” (Kim sichqonni tutyapti?) gapida tuzilma o‘zgarmaydi, lekin urg‘u
subyektga beriladi. Shuningdek, so‘z tartibini o‘zgartirib savolni boshqacha urg‘u
bilan ifodalash mumkin: “Что ловит кошка?” (Mushuk nimani tutyapti?) bu yerda
esa urg‘u harakat obyektiga beriladi, bu esa intonatsiya va ma’noni o‘zgartirishi
mumkin.
Rus tilidagi inkor gaplar “не” qo’shimchasi yordamida tuziladi. Bu odatda
fe’lning yoki rad etilayotgan so‘zning oldida joylashadi. Masalan, “Кошка не
ловит мышь” (Mushuk sichqonni tutmayapti) gapida “не” qo’shimchasi
harakatning rad etilayotganini ochiq bildiradi. Bu qoidalar orqali mantiqiy va aniq
ifoda saqlangan holda inkor gaplar osongina tuziladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
497
Rus tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu — gapdagi so‘z tartibini erkin
o‘zgartirish imkoniyatidir. Bu esa gapda muayyan komponentni ajratib
ko‘rsatishga yordam beradi. Masalan, “Мышь ловит кошка” (Sichqonni mushuk
tutyapti) gapida urg‘u aynan mushukka beriladi — ya’ni bu ishni boshqa emas,
aynan mushuk bajarayotgani ta’kidlanadi. Bunday erkinlik rus tilini ifodali qiladi
va ma’no nozikliklarini yetkazishga imkon beradi.
Rus tilidagi ravishlar ham gapda turli joylarda bo‘lishi mumkin: ular fe’l
oldida yoki gap oxirida kelishi mumkin. Masalan: “Кошка быстро ловит мышь”
(Mushuk sichqonni tez tutyapti) va “Кошка ловит мышь быстро” (Mushuk
sichqonni tez tutyapti). Har ikkisi ham grammatik jihatdan to‘g‘ri, ammo biri
harakat tezligiga, ikkinchisi tutish jarayonining o‘ziga urg‘u beradi.
Xulosa:
Ingliz va rus tillarining sintaktik tuzilmalari va so‘z tartibi o‘rtasidagi
farqlarni tahlil qilish, tilshunoslikda muhim mavzulardan biridir. Ingliz tili analitik
til bo‘lib, qat'iy SVO (subyekt–fe’l–obyekt) so‘z tartibiga ega. Bu qat'iylik,
ayniqsa, gapning ma'nosini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, rus
tili sintetik til bo‘lib, so‘z tartibida erkinlik mavjud. Bu erkinlik, ayniqsa, gapning
urg‘usini yoki axborot tuzilmasini ifodalashda qo‘llaniladi. Bu turli tartiblar
gapning ma'nosini o‘zgartirmasdan, urg‘u yoki axborotning yangi yoki
ma'lumligini ifodalashda qo‘llaniladi.Ushbu maqola ingliz va rus tillarining
sintaktik tuzilmalari va so‘z tartibini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Society.
https://www.linguisticsconference.com/proceedings2020 2. Ivanov, P. V.
(2021). Word order in Russian and English: A comparative analysis.
LinguisticPress
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
498
2.
Wikipedia. (n.d.).
Subject–verb–object word order
.from
https://en.wikipedia.org/wiki/Subject%E2%80%93verb%E2%80%93object
3.
Mykhalevych, N. (n.d.).
Russian Sentence Structure: A
Complete Guide
.
4.
Talkpal. (n.d.).
Word Order in Russian Grammar
.
5.
Rochester Institute of Technology. (n.d.).
Word Order | SEA -
Supporting English Acquisition
.
6.
Karamatova Janar Anuarbekovna. Word order in a sentence:
comparative analysis of the syntactic structures of the Russian and englis
languages. Yangi O’zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali.
