Авторы

  • Sa'dullayeva Aziza
  • Alimardonova Mo'tabar

Биографии авторов

  • Sa'dullayeva Aziza

    Sharisabz davlat pedagogika insitituti boshlang'ich ta'lim yo'nalish

  • Alimardonova Mo'tabar

     Sharisabz davlat pedagogika insitituti o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.87940

Ключевые слова:

KALIT SO'ZLAR:O‘simlik fotosintez atrof-muhit.

Аннотация

ANNOTATSIYA:Tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi hayotining asosi va inson hayoti uchun muhim omil hisoblanadi. O‘simliklar nafaqat kislorod ishlab chiqaruvchi, balki oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa ko‘plab ehtiyojlarni ta’minlovchi manba sifatida ham ahamiyatlidir. O‘simliklarning hayot tarzi ularning tabiatda tutgan o‘rni, yashash muhiti va moslashuv xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi. Ushbu mavzu o‘simliklar dunyosining xilma-xilligini va ularning ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

352

O'SIMLIKLAR DUNYOSI VA O'ZBEKISTONDAGI DORIVOR

O‘SIMLIKLAR

Sharisabz davlat pedagogika insitituti boshlang'ich ta'lim yo'nalish

Sa'dullayeva Aziza

Sharisabz davlat pedagogika insitituti o'qituvchisi

Alimardonova Mo'tabar

sadullayevaaziza35@gmail.com

ANNOTATSIYA:Tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi

hayotining asosi va inson hayoti uchun muhim omil hisoblanadi. O‘simliklar

nafaqat kislorod ishlab chiqaruvchi, balki oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa

ko‘plab ehtiyojlarni ta’minlovchi manba sifatida ham ahamiyatlidir.

O‘simliklarning hayot tarzi ularning tabiatda tutgan o‘rni, yashash muhiti va

moslashuv xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi. Ushbu mavzu o‘simliklar

dunyosining xilma-xilligini va ularning ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga

yordam beradi.

KALIT SO'ZLAR:O‘simlik, fotosintez, atrof-muhit.

O‘simliklarning xilma-xilligi va tasnifi O‘simliklar dunyosi juda xilma-xil

bo‘lib, ularning hayot tarzi yashash muhiti va biologik xususiyatlariga qarab

farqlanadi. Ilmiy jihatdan o‘simliklar quyidagi asosiy bo‘limlarga ajratiladi:

1. Suv o‘simliklari (algalаr): Asosan suv muhitida yashaydi va fotosintez

orqali kislorod ishlab chiqaradi.

2. Mushukuzunlar (moxsimоnlar): Nam joylarda o‘suvchi o‘simliklar bo‘lib,

tuproqni eroziyadan saqlaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

353

3. Paporotniksimоnlar: Asosan soyali va nam sharoitlarda yashaydi, antiqa

barglari bilan ajralib turadi.

4. Urug‘li o‘simliklar:Ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilarga bo‘linadi.

Masalan, qara qaylar va paxta.Bu o‘simliklarning har biri o‘zining maxsus biologik

xususiyatlari bilan boshqa tirik organizmlardan farqlanadi.

O‘simliklarning hayot tarzi

O‘simliklarning hayot tarzi ularning yashash muhiti, oziqlanish usullari va

o‘sish xususiyatlariga bog‘liq. Quyida asosiy jarayonlar yoritilgan:

1. Yashash muhiti:

O‘simliklar suvda, quruqlikda va hattoki cho‘llarda yashashi mumkin.

Masalan, suv o‘simliklari (algalar), qumli hududda o‘suvchi qora saksovul.Tog‘

hududlarida archa va fista daraxtlari uchraydi, ular sovuq iqlimga moslashgan.

2. Fotosintez:

Fotosintez jarayoni o‘simliklar hayotining asosi hisoblanadi. Bu jarayon

orqali o‘simliklar quyosh nuri yordamida kislorod va organik moddalar ishlab

chiqaradi. Fotosintezning ahamiyati:

Atmosferadagi karbonat angidrid gazini kamaytiradi.

Hayvon va insonlar uchun oziq manbai bo‘ladi.

3. O‘sish va rivojlanish:

O‘simliklar urug‘dan unib chiqish, o‘sish va meva tugish bosqichlaridan

o‘tadi. Bu jarayon ularning yashash muhitiga moslashuv darajasini belgilaydi.

. O‘simliklarning ekologik va iqtisodiy ahamiyati

1. Ekotizimdagi roli:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

354

O‘simliklar tabiatning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, ular atmosferadagi

kislorod balansi, hayvonlarning oziq manbai va tuproqni mustahkamlashda muhim

o‘rin tutadi.

2. Inson hayotidagi ahamiyati:

Oziq-ovqat: O‘simliklar bug‘doy, paxta va mevalar shaklida insoniyatni

oziqlantiradi.

Sanoat: Yog‘och sanoati, dorivor o‘simliklardan dori-darmon tayyorlashda

foydalaniladi.

Chiroy: O‘simliklar dekorativ maqsadlarda ishlatiladi (gulzorlar, bog‘lar).

3. Muhofaza qilishning dolzarbligi:

O‘simliklarning qirilib ketishi ekologik muvozanatni buzadi. O‘simliklarni

muhofaza qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

O‘rmonlarni tiklash dasturlari.

O‘simliklarni qayta ekish va noyob turlarni himoya qilish.

Ekologik qonunchilikni kuchaytirish.

O‘simliklar — tabiatning ajralmas qismi, hayotning asosi hisoblanadi. Ular

kislorod ishlab chiqarish, oziq-ovqat va dori-darmon manbai sifatida inson va

hayvonlar hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Tabiatda o‘simliklar biosferaning

muvozanatini ta'minlaydi, tuproqni mustahkamlaydi, iqlimga ta’sir ko‘rsatadi va

hayotning uzviy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning xilma-xilligi, yashash muhiti va

moslashuv xususiyatlarini o‘rganish orqali inson ekologik muvozanatni yaxshiroq

anglaydi va muhofaza qilish zarurligini tushunadi.

Aholi salomatligini saqlash va daromadlarini oshirishda dorivor o‘simliklar

yetishtirishning yutuqlari va istiqbollari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

355

Bugungi kunda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda,

butun dunyo pandemiyasida insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik

sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar

immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy

vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga

investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan

talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi.

Jumladan, 2020-yilda dunyo mamlakatlarida dorivor o‘simliklar asosidagi

vositalar aylanmasi 100,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yillik o‘sish 7,2 % dan

iborat bo‘lgan. O‘zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‘simliklarga boy

hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak

o‘simliklarning 1200 ga yaqini dorivorlik xususiyatiga ega.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni

rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga

katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivori o‘simliklarni muxofaza

qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona

foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan

rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni

amalga oshirish natijasida dorivor o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda

terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni

tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli

darajada ortib bormoqda.

O‘tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtirish klasterlari tashkil

etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono‘t, qalampir yalpiz, qizilmiya,

zaʼfaron va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

356

natijasida o‘tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi

dorivor o‘simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi.

Bugun sohaga eʼtiborning ortishi hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona

foydalanish natijasida respublikada 100 dan ortiq turdagi dorivor o‘simliklarga

rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ushbu dorivor

o‘simliklarning asosiy qismi tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. Ushbu

tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning xomashyo zahirasi chegaralangan

bo‘lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, xomashyo

zahirasidan to‘g‘ri foydalanish va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan usullarini

ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun, O‘zbekistonda

farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan

taʼminlash, mahalliy florani yangi introdutsent o‘simlik turlari bilan boyitish va

ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xususan,

2020-yil boshida respublikaning barcha hududlarida jami 11,5 ming ga yer

maydonida 27 turdagi dorivor o‘simliklar plantatsiyalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa,

2021-yil davomida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari 162 ta subyektlar tomonidan

15,8 ming ga yetkazilib, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan 45 turdagi

dorivor va ziravor o‘simliklarning 17,3 ming tonna xomashyosi yetishtirildi.

Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab

chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati

kuchaytirilmoqda. 2020-yil yakunida 29 ta xorijiy davlatga 16,0 ming tonnadan

ortiq 50,0 mln AQSH dollari qiymatidagi dorivor o‘simliklar xomashyosi va qayta

ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bilan bu

ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilib, dunyoning 37 ta davlatlariga 55 mln dollar

qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport geografiyasining

AQSH va Yevropa davlatlari hisobiga ortib borishi sohaning imkoniyati katta

ekanligidan dalolatdir. Shunigdek, faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

357

madaniy plantatsiyalarini yaratish uchun birlamchi urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish va

onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish sohaning tub ildizi bo‘lib, bugungi kunda 16 ta

subyektlar tomonidan 22 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlari

yetishtirilmoqda.

Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarida aholining tabiiy dori

vositalariga qiziqishi va isteʼmoli ko‘payib, xabardorligi ortib bormoqda. Bu

boradagi ishlarni yana-da kuchaytirib, aholining nafaqat isteʼmol madaniyatini

oshirish, balki o‘z tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etish, “bir

mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar

hamkorligida dorivor o‘simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab, ichki va tashqi

bozorlarga yo‘naltirish orqali o‘z-o‘zini band qilish, aholi daromadini ko‘paytirish

lozim.

Shunday o‘simliklardan biri ham dorivor, ham ziravor bo‘lgan oziq-ovqat,

farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan

“ziravorlar sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘simlik – zaʼfaron bugungi kunda

dunyodagi eng qimmat o‘simlik hisoblanadi. Zaʼfaron O‘rta yer dengizi, Yaqin

Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida, jumladan Eron, Hindiston,

Turkiya, Gretsiya, Italiya, Pokiston, AQSH, Ozarbayjon, Rossiya, shuningdek,

bugungi kunda O‘zbekiston hududlarida ham katta plantatsiyalarda

yetishtirilmoqda. Ushbu o‘simlik balandligi 10-30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t

o‘simlik bo‘lib, ildizi 2-3 sm, barglari tik, bigizsimon ko‘rinishda, gullari zich

to‘plamda joylashadi. O‘simlikda to‘p barglar gullash davridan 10-15 kun oldin

paydo bo‘ladi. Zaʼfaronning gullari yirik, pushti rangda bo‘lib, oktyabr oyining

oxiri va noyabr oyining birinchi yarmida gullaydi. Gul barglarining ichida

changchilar – qizil, urug‘chilar – to‘q sariq rangda bo‘ladi. Urug‘ hosil qilmasligi

sababli vegetativ usul bilan (piyozboshchalar orqali) ko‘paytiriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

358

Zaʼfaron o‘simligi ekilgandan birinchi yili gektaridan 2 kg, ikkinchi yilda 4

kg, uchinchi yildan boshlab 6-8 kg gacha zaʼfaron guli xomashyosi terib olish

mumkin. Bir kilogramm quritilgan zaʼfaron guli xomashyosini tayyorlash uchun

150 mingdan ortiq gullari terib olinishi kerak. 1 dona zaʼfaron gulidan o‘rtacha 7

mg quritilgan ziravor olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi

bilan zaʼfaron o‘simligining respublikada keng maydonlarda joriy etish, o‘simlik

plantatsiyalarini ko‘paytirish, yetishtirish, sohaga chet el investitsiyasini jalb etish

va eksport salohiyatini oshirish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash

maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiya davlati bilan hamkorlikda

“BMB Opera Zafferano” MCHJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Yevropa davlatlariga zaʼfaron xom ashyosidan tayyor mahsulotni eksportga

chiqarish maqsadida Italiya davlatidan 21 mln donadan ortiq piyoz tuganaklari olib

kelinib, bugungi kunda Baxmal tumanida jami 205 gektar maydonda zaʼfaron

plantatsiyasi barpo etildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2021-yilda 773

ming AQSH dollari miqdoridagi zaʼfaron mahsulotlari Italiya davlatiga eksporti

amalga oshirildi.

Zaʼfaron o‘simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto

kasallikning oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va

ularning hujayralari o‘sishini to‘xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va

tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha

hujayralarini oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya

to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig‘ qiladi, bosh og‘rig‘i

va uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi,

organizmni quvvatlaydi, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni

davolaydi, butun organizmni yoshartiradi.

Ushbu birgina o‘simlikning keng ommalashishi, pandemiya davrida aholi

salomatligi uchun shifobaxsh mahsulotlar turlariga talabning ortishi, suv taqchilligi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

359

davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun yuqori daromad manbai

ekanligidan ko‘rinib turibdiki, dorivor o‘simliklar sohasi respublikada endi

rivojlanayotgan, misli ko‘rinmas katta tabiiy zahiraga ega istiqbolli sohalardan biri

bo‘lib, ushbu sohani yana-da rivojlantirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish

integratsiyasini taʼminlash, sohaning yagona bir tizimga birlashishi zamon talabi

hisoblanadi.

Bugungi kunda tabiiy dori vositalarini ishlatish, dorivor o‘simliklarni

madaniylashtirish va xom ashyosini ko‘paytirishga katta eʼtibor berilmoqda.

Dorivor o‘simliklar (lat. Plantae medicinalis) – bu xalq tabobatida, tibbiyotda yoki

veterinariya amaliyotida, profilaktika va davolash maqsadida ishlatiladigan

o‘simliklarga aytiladi. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi (IUCN) maʼlumotiga

ko‘ra, tibbiyotda 21 mingga yaqin dorivor o‘simliklar ishlatiladi. Dorivor

o‘simliklarning yillik aylanmasi 3,26 mlrd. dollarni tashkil etadi. Xitoy, Hindiston,

Germaniya davlatlari dorivor o‘simliklar eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlar

qatoriga kiradi.

Xulosa

O‘simliklar faqatgina yashil fond yoki manzara emas, balki tiriklikning, hayot

aylanishining asosi hisoblanadi. Ularni o‘rganish, qadrlash va asrash – har bir

insonning burchidir. Tabiiy muhitni asrab qolish uchun o‘simliklar dunyosiga

ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. "Yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg'ulotlar"

Muallif: I. Tog'ayev.

2. "O'simliklar va hayvonlar bioxilma-xilligi"

Mualliflar: D.S. Toshpo'latova va X.B. Ahmadjonova.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

360

3. "O'simliklarning tabiat va inson hayotidagi o'rni"

Muallif: Abdimajidov Temurbek.

4. "Dorivor o'simliklar ularning tabiatda va inson hayotidagi roli"

Mualliflar: F.B. Jovliyev, O.J. Meliqulov, S.S. Saydaxmadov.

5. "O'simlik, hayvonot dunyosi va ularni muhofaza qilish"

6. "O'simliklar olamiga inson faoliyatining salbiy ta'siri, hamda uni oldini

olish chora tadbirlari" Mualliflar: Shoxistaxon Xalmatova, Madina Gaybullayeva,

Adhamjon Akramov.