https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
246
MAKTAB PSIXOLOGI ISHIDA XULQI OG‘ISHGANLIKNI
DIAGNOSTIKA QILISH VA PSIXOKORREKSIYA QILISH USULLARI
Mamatkarimova Hayotxon Miraliyevna
Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman MMTBga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim
maktabining amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktab psixologi faoliyatida xulqi og‘ishgan
o‘quvchilarni aniqlash, ularning xulq-atvori va emotsional holatini tahlil qilish,
shuningdek, psixokorrektsion ishlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan. Xususan,
diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan psixologik testlar, suhbat va kuzatuv
metodlarining ahamiyati, ularning samaradorlik darajasi hamda individual va
guruhli psixokorrektsiya usullari asoslab berilgan. Tadqiqotda xulq buzilishining
kelib chiqish sabablari, maktab muhitining ta’siri va psixologik yordamning
pedagogik jarayonga integratsiyasi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu
maqola maktab psixologlari, pedagoglar va psixologiya sohasida tahsil olayotgan
talabalarga amaliy ko‘mak beradi.
Kalit so‘zlar: maktab psixologi, xulqi og‘ishganlik, diagnostika,
psixokorrektsiya, psixologik testlar, kuzatuv, emotsional holat, individual
yondashuv, guruhli mashg‘ulotlar, ijtimoiy moslashuv, profilaktika, o‘quvchi
shaxsini rivojlantirish.
Biz uchun muhim bo‘lgan “shaxsning og‘ishgan xulqi” tushunchasini
ta’riflashga o‘tishdan oldin biz psixologik ko‘rinishlarni baholash etalonini
berishimiz lozim. Ko ‘pgina fanlardan ko‘rinishlarni “me’yoriy” va “anomal”ga
bo‘lish qabul qilingan J.Godfruaning haqqoniy e’tirozi bo‘yicha qanday axloqni
me’yoriy deb hisoblash mumkin degan savol uchun inson axloqini, shu jumladan
og‘ishgan xulqni tushuntirish uchun markaziy hisoblanadi. “Normal” va “anomal”
axloq tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
247
chegara esa o‘ta noaniq. Shunga qaramay ilmda, kundalik hayotda ushbu
tushunchalar birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida
qoidadagidek, og‘riqli xafagarchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu bilan birgalikda
ko‘pchilik odamlar bilan xarakterli bo‘lgan me’yoriy ma’qullangan axloq
tushuniladi. Shunga o‘xshash, nome’yoriy axloqni quyidagicha bo‘lish mumkin:
me’yoriy –ma’qullanmagan patologik, nostandart. “Me’yoriy” deb qat’iy
mazmunda ushbu fanga ayni vaqtda qabul qilingan me’yor etaloniga muvofiq
keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me’yorlarni olish usullarini ko‘pincha mezon
deb ataydilar. Eng ko‘p tarqalgan va umumiy hisoblangan mezonlardan biri
populyasiyada uchraydigan chastotalarni hisoblash yordamida istalgan ko‘rinish
uchun me’yorni aniqlashga imkon beruvchi sttistik mezon hisoblanadi. Matematik
statistika nuqtai nazaridan tez-tez ya’ni 50% dan kam hollarda uchraydigan hamma
narsa me’yoriydir. Me’yoriy taqsimot qonuniga muvofiq ravishda 2-3 foiz odamlar
“me’yoriydan” ikki tomon bo ‘yicha ko ‘pchilik muayyan biir sifat bo ‘yicha
(intelekt) axloqning yaqqol buzilishiga har ikki tomondan 20% esa nisbatan katta
bo‘lmagan og‘ishlarga ega. Shubhasiz axloqning aniq shakli (masalan chekish)
me’yoriy qabul qilinishi mumkin, qachonki u ko ‘pchilik odamlarda uchrasa.
Haqiqatan, Sankt-Peterburgda chekishni og‘ishgan xulqqa tegishli deyish o‘rinsiz
bo‘lardi, sababi katta yoshli aholi o‘rtasida chekuvchilar chekmaydiganlarga
qaraganda ehtimol ko‘proqdir. Statistik mezon ifodalanish va hayot uchun xatar
darajasi bo‘yicha axloqning sifat miqdoriy bahosi bilan uyg‘unlashadi. Masalan
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish aqlli chegaralarda me’yoriy ko‘rinish deb
olinadi, biroq uni suiiste’mol qilish og‘ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan
odamning o‘zi yoki atrofdagilar hayoti uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diruvchi
axloq uning chastotasi; ba’zan esa ifodalanganlik darajasidan qat‘i nazar og‘ishgan
sifatida baholanadi. Axloqni og‘ishgan deb klsassifikatsiya qilish uchun u
shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan muvofiqlashuvi lozim. Bunda axloq
nostandart vaziyatlar oqibati, krizisli vaziyat oqibati, yoki o‘z-o‘zini muhofazalash
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
248
oqibati bo‘lmasligi lozim. Og‘ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u tibbiy
me’yorlar chegarasida ko‘rib chiqiladi. U garchi patologik holat bilan
uyg‘unlashsada, psixik kasalliklar yoki patologik holat bilan tenglashtirilmasligi
lozim. Og‘ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy moslashmaganlikning
turlicha ko‘rinishlari bilan birga boradi. Moslashmaganlik sababi holati o‘z
navbatida shaxsning og‘ishgan xulqini mustaqil sababi bo‘lishi mumkin. Og
‘ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning ifodalangan individual va yosh –
jinsiy o‘ziga xosligi bilan ta’kidlash mumkin. Og‘ishgan xulqda dastavval
shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U “ichki” jihatdan turli tuman
bo‘lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil odamlarda turli yoshda
turlicha ko‘zga tashlanadi. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar
haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar
yodamida amalga oshiriladi. Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib,
og‘ishgan (deviant) xulqqa quyidagicha ta’rif berish mumkin- bu shaxsning
birmuncha muhim ijtimoiy me’yorlardan og‘uvchi jamiyat yoki uning o‘ziga real
zarar yetkazuvchi, shuningdek uning ijtimoiy moslashmaganlik holati bilan birga
boruvchi turg‘un axloqi. Maktab psixologi ishida xulqi og‘ishganlikni diagnostika
qilish. Maktab psixologi ishida xulqi og‘ishganlikni diagnostika qilish psixologni
oldiga bir qancha vazifa va tamoyillarni belgilab olishi zarur bo‘ladi.
Kuzatishlardan ma’lum bo ‘lishicha xulqi og‘ishgan bolalar tarbiya jarayonida
pedagogik ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning xulqida biz xohlagandek
tutmaslik holatlari kuzatiladi. O‘smirdagi bunday salbiy holatlarni oldini olish olish
maqsadida maktab amaliyotchi psixologlari tomonida qator tadbirlar amalga
oshiriladi, ya’ni psixodiagnostik va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Avvalo
xulqi og‘ishgan bolalar qaysi sabablarga ko‘ra bunday holatga tushganligi
aniqlanadi.
Sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
249
-O‘qitish saviyasining pastligi;
-O‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi;
-O‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga ob’yektiv baho berilmasligi;
-O‘zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi;
-O‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘ishi;
-Oilaviy muhitning bola psixikasiga ta’siri;
-Muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch
kelishi.
Atrofdagilarni qo ‘llab quvvatlamasligi va beparvoligi uni qonunbuzarlikka
undaydi va turli salbiy holatlarning kelib chiqishi uchun imkon yaratadi. Buning
natijasida kelajak rejalarning poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan
yuz o‘girgan o‘mir o‘z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari
faoliyatiga bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlar” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va
boshqa kishilardan najot izlaydi. Maktab amaliyotchi psixologi o‘smirdagi salbiy
og‘ishlarni aniqlash uchun intervyu metodidan foydalanishi mumkin, ya’ni sinf
rahbari, o‘quvchining o‘zi, fan o‘qituvchilari , do‘stlari, ota-onalari, sinf sardori
bilan suhbat o‘tkazish.
1.Sinf rahbari bilan suhbat.
-Uydagi va maktabdagi intizomi.
-O‘zlashtirishi.
-Shu kungacha o‘qituvchi tomonidan ko‘rilgan choralar.
-Oilaviy sharoiti.
2.Xulqida o‘gish sodir bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
250
-Maktabni tugatgach qanday rejalaring bor?
-Qaysi kasbni egallamoqchisan?
-Qaysi fanlar senga ko‘proq yoqadi?
-Do‘stlaring kimlar, ular haqida qanday fikrdasan?
-O‘zingning xulqing va o‘qishingdan qoniqasanmi?
-Hayotingdagi eng zarur va qiziqarli narsa bormi? U nima?
-Oilangda ota-onangga munosabating qanday?
-O‘qiyuvchilaringga munosabating qanday?
-Kattalarga qanday munosabatdasan?
-Senga nimalar yoqmaydi?
3.Fan o‘qituvchilari bilan suhbat.
4.Do‘stlar bilan suhbat.
5.Ota-onalar bilan suhbat.
6.Sinf sardori bilan suhbat.
O‘quvchining o‘zi bilan shug‘ullanayotganda vaziyatga qarab savolllar
beriladi. Bolaning har bir javablari e’tibrozsiz eshitiladi. Ortiqcha muhokama
qilinmaydai. Maktab psixologi yuqoridagi suhbatlar natijasini umumlashtirib, o‘z
xulosasini beradi va o‘smirga tavsifnoma yozadi, psixokorreksion chora-tadbirlar
rejasi belgilanadi. Yuqorida oilaviy sharoitning salbiy ta’sirini ham sabablar
qatoriga kiritdik. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar emasligi sababli,
bola noxush holatlar bilan yolg‘iz kurash olib borish kechinmalari bilan yashaydi.
O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan noroziligi kundan-kun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
251
avj olib boradi va natijada bolaning ichki qo‘zg‘oloniga, norozilikka, oilaviy
sharoitidan qoniqmaslik holatlariga olib keladi. Har bir o‘quvchini o‘z
farzandimizdek ko‘rish, uning shaxsini individual psixologik xususiyatlarini har
tomonlama mukammal tahlil qilish ularga ta’lim berish va tarbiyalash
samaradorligining muhim shartlaridan biridir. Tarbiyaning salbiy omillar va
sharoitlari eng yoqimsiz tarzda o‘sib kelayotgan shaxsning, avvalo uning axloqiy-
irodaviy xususiyatlarining shakllanishiga ta‘sir etadi. O‘quvchining axloqiy
rivojlanishi asosan uning tevarak atrogdagi kishilarga va atrofdagilarning unga
bo‘lgan o‘zaro munosabati va o ‘zaro ta’sir xususiyati bilan bog‘liq,
o‘qituvchilardan pedagogik jihatdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan tarbiyasi qiyin va
giyohvandlikka moyilligi bor o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning o‘ziga xos
psixologik xususiyatlarini bilishlari amaliyotchi psixologlardan esa mavjud
holatlarning oldini olish va bartaraf etish samarali foydalanishlari talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Axmedova, N. N. (2021).
Psixologiya asoslari
. Toshkent: Yangi asr avlodi.
2.
Tadjibaeva, N. A. (2022).
Maktab psixologi faoliyatining zamonaviy
yo‘nalishlari
. Toshkent: Fan va texnologiya.
3.
Karimova, Z. (2020).
Yoshlar psixologiyasi va xulq buzilishlari
. Samarqand:
Zarafshon nashriyoti.
4.
Xolmatova, M. M. (2021). “Xulq buzilishi bo‘lgan o‘quvchilar bilan
ishlashning psixokorrektsion yo‘llari.”
Pedagogik mahorat
jurnali, №3, 52–
56.
5.
Zokirov, S. (2019).
Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi
. Toshkent:
O‘qituvchi.
6.
Mahkamova, S. (2022). “Diagnostika metodlari orqali o‘quvchilarda xulq
og‘ishishini aniqlash.”
Psixologiya va ta’lim
jurnali, №2, 30–34.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
252
7.
Tadjibaeva, N. (2020). “Maktab psixologik xizmatida innovatsion
yondashuvlar.”
Yosh psixolog
jurnali, №4, 18–21.
8.
Блонский, П. П. (1998).
Психология детского возраста
. Москва:
Академия.
9.
Выготский, Л. С. (2021).
Психология и педагогика
. Москва:
Просвещение.
10.
Карвасарский, Б. Д. (2001).
Клиническая психология
. Санкт-Петербург:
Питер.