https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
236
ANDIJONNING QADIMGI VA O‘RTA ASR DAVRI TARIXI
MATBUOT SAXIFALARIDA
Davronova Rashidaxon Qahramon qizi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani MMTBga qarashli 29- maktabning Tarix
fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola Andijonning qadimiy va o‘rta asr
davrlaridagi tarixi, shu davrda shahar hayoti, madaniyati va iqtisodiy
rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada Andijonning tarixiy manbalar va arxeologik
tadqiqotlar asosida shakllangan rivojlanish jarayoni, shuningdek, shaharni tashkil
etgan muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar tahlil qilinadi. Andijon, o‘zining
strategik joylashuvi tufayli, qadimdan Sog‘d, Xorazm va boshqa o‘rta asr
sivilizatsiyalarining madaniy va savdo markazi sifatida e’tiborga sazovor bo‘lgan.
Maqolada, shuningdek, Andijonning o‘rta asr davrlarida savdo yo‘llari,
hunarmandchilik va shaharning ma’muriy tizimi hamda markaziy hokimiyatga
bo‘lgan aloqalari o‘rganiladi. Tarixiy manbalar va arxeologik qazishmalar
natijalari, shahar tarixining rivojlanishidagi muhim bosqichlarni yoritadi va
Andijonning o‘rta asr tarixida tutgan o‘rnini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: Andijon, qadimiy tarix, o‘rta asr, shahar madaniyati, iqtisodiy
rivojlanish, arxeologik tadqiqotlar, savdo yo‘llari, hunarmandchilik, tarixiy
manbalar, Sog‘d, Xorazm, ma’muriy tizim.
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o’zgarishlarni amalga oshirish
jarayonida, jamiyat a’zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g’oya ruhida
tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda.
“Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-
odat va an’analarini, hayotiy qadiryatlaridan ayri holda tasavvur etib
bo’lmaydi”[1;30-b.].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
237
Sovet hokimyati va kommunistik partiyaning hukumronligi yillarida
ma’naviy -siyosiy, mafkuraviy yakkahokimlik tufayli tarixchi olimlarning
haqiqatni yoritish imkoniyati yo’q edi. Milliy istiqlol yillarida vatanimiz tarixini
haqqoniy, ilmiy asosda o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek, “o’z
tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga elituvchi yo’lini topa olmaydi. Tarix
bepisand xalqning kelajagi yo’q. Ko’p asrlik tarixi mobaynida O’zbekiston
qancha bosqichlarni ko’rmadi. Markaziy Osiyo mintaqasi qanday bo’ronlar
ichida qolmadi, kimlar bizni tobe va qaram qilishga intilmadi. Ana shu tarixdan
saboq chiqarmasdan, ertaga kechagi kun ko’rgiliklari qaytadan boshimizga tushib
qolishi hech gap emas. Boshqacha aytganda, kechagi kundan to’g’ri xulosa
chiqarib ish tutgan jamiyat kelajakka ishonch bilan qadam qo’yadi”[2; 219-b.].
O’zbekiston mustqillikka erishganidan so’ng, o’zbek xalqi keng ma’nodagi
teng huquqlilikka ega bo’ldilar, jamiyatdagi barcha sohalarda ijtimoiy adolat,
tenglik, barqarorlik to’g’risidagi fikr – o’ylarini amalga oshirish, jamiyatdagi
barcha sohalarni rivojlantish uchun sharoit yaratildi, va asta –sekinlik bilan
rivojlanishni boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida yangi
tarixiy tafakkur ruhida, yangicha yondashuv va metodologiya asosida tarix fani va
ijtimoiy fanlarning iqtisodiy, falsafa va huquq singari deyarli barcha sohalarida
Andijon viloyati tarixini o’rganishga e’tibor qaratilib, viloyatimizning ko’plab
masalalarini o’rganish imkoniyati yaratildi. Jumladan ko’plab o’rganilmagan
jihatlarini o’rganish imkonini yaratdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ustoz Sayfiddin Jalilovning hizmatlari
katta bo’ldi chunki bu inson Andijon tarixini o’rganib ko’plab ochilmagan va
o’rganilmagan ma’lumotlarni o’rganish natijasida viloyatimizning tarixiy
shaxslari, ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlari haqida ko’plab maqolalar va risolalar
chop etildi. Andijonning ijtimoi - iqtisodiy masalasini tarixshunosligiga oid ilmiy
monografiyasi va bir qator ilmiy maqolalari, viloyatimizga nisbatan siyosatining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
238
mustamlakachilik mohiyatini ochib berishda dastlabki qadam bo’ldi deya
olamiz.
Tarixchi olimning viloyatimiz bilan bog’liq an’anaviy qarashlar hamda
tarixiy haqiqat talqiniga oid maqolasida mazkur mavzudagi turli ijtimoiy
qarashlar hamda ularning tarixiy ildizlari ilk bor ilmiy asosda yoritilib beriladi.
R.Shamsutdinov va Muzrobjon Abdullayev o’zlarining maqolasini Fan va
turmush jurnali sonida Andijon taqdiriga befarq bo’lmagan holda ko’plab arxiv
materiallarga tayangan holda maqolalar chop etdilar. Mana shunday maqolalardan
biri “Ukrainadagi O’zbek quloqlari” nomli maqolasida Andijon hududidan surgun
qilingan insonlar taqdiri haqida eng asosiysi mutloqa o’rganilmagan, Ukrainaga
surgun qilingan vatandoshlarimizning o’g’ir qismatiga bag’ishlangan turkum
maqolalari chop etila boshladi”[3; 5-b.]. Bu maqola orqali viloyatimizdan surgun
qilingan insonlar taqdiri va o’sha joydagi ahvoli qancha qiyinchilik kunlarini
boshidan o’tkazganligini o’qish imkonini berdilar. Bu orqali biz yoshlar o’zimiz
uchun hulosa chiqara olsak maqsadga muoviq bo’ladi.
Shaharning nomi tarixiy manbalarda “Andijon”, “Andigon” shaklida ham
uchratishimiz mumkin. Akademik Ya. G’ulomovning ilmiy tahliliga ko’ra biron
qadimiy joy yoki ma’lum kasbdagi kishilar guruhining nomi bo’lishi ham
mumkin deya yozadilar. Mashhur tilshunos olim S.Ibrohimovning fikricha esa,
shaharning nomi aslida “Andijon” atalib, X asrga kelib esa arablar uni
“Andukon”shaklida qabul qilingan bo’lishlari mumkin. XV asrga kelib esa
“Andijon” deb atala boshladi. Buyuk tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy o’zining
mashhur asari “Matlai - sadayn va majmai - bahrayn” da avval “Andugon” deb
yozadi. Shuningdek XVII asrda yozilgan “ Torixi Qoshg’ar” nomli qo’lyozma
manbada ham “Andijon” deb tilga olingan. “Davr o’tishi bilan shahar obod va
ko’rkamlashib boradi.Go’zal shahar” ni ta’riflash ma’nosida “Andijon” deb
erkalatish shakli ham uchraydi. Buyuk Zahriddin Muhammad Bobur o’zining
kindik qoni tomgan shaharni alohida bir ehtiros bilan ataydi:”[4; 7-b.].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
239
“Buyuk ipak yo’lida joylashgan Andijon shahri O’zbekistonning gavhari deb
atalgan Farg’ona vodiysining sharqiy darvozasi xisoblanadi. Shahar dengiz
sathidan 450 metr balandlikda geografik jihatdan qulay hudduda joylashgan bo’lib,
uni janubiy sharqdan qulay hududda joylashgan bo’lib, uni janubiy sharqdan
Otchopar, Xakan adirlari va tepaliklari o’rab turadi. G’arbdan esa u vodiyning
markazigacha cho’zilgan past - tekisliklar, unumdor ekin maydonlari, bog’ -
rog’lar, katta - kichik qishloqlar bilan tutashib ketgan. Shaharning shimoliy-
sharqidan Qoradaryo va Andijonsoy oqib o’tadi”
. Geografik jihatdan olib
qaraganda Andijonning aynan shu hudduda, Qoradaryoning o’rta oqimida
joylashganligi bu yerda ham ilk shahar madaniyatining paydo bo’lishiga olib
kelganligini ko’rishimiz mumkin.
Andijonning Andijon deb nomlanishi xuddi shahar tarixi singari moziyning
eng olis qatlamiga borib taqaladi. Uning nima uchun bunday deb atalishi barchani
birdek qiziqtirishi tabiiy, albatta. Chunki men ko’lab o’qigan ma’lumotlarda
turlicha talqin qilingan edi shu bois bitta to’htamga kelishimda qiyinchiliklar
tug’ildi. Keling, dastlab Andijon nomining kelib chiqishini asrlar osha tildan -tilga
o’tib kelgan afsona va rivoyatlar asosida ko’rib chiqsak, bu esa ko’lab
ma’lumotlarni solishtirish imkonini beradi, so’ng yozma manbalarga, tarixi
olimlarimizning ilmiy xulosalariga e’tiborini qaratsak maqsadga to’g’ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Islom karimov Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.T: Ma’naviyat, 2008 B
30
2.Karimov I.A Inson , uning huquq va erkinliklari oliy qadiryati – oliy
qadiryat 14- jild –T . O’zbekiston2006 . B. 219.
3. Fan va Turmush 5-6 /1999 yil
4. Sobirjon Shokarimov ANDIJON shaharnoma G’afur G’ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti Toshkent- 2000 7- bet.
Sayfiddin Jalilov . Bobur va Andijon. T.O’zbekiston 1993, 101 bet.
1