Авторы

  • Esanova Gulmira Abduraxmanovna

Биография автора

  • Esanova Gulmira Abduraxmanovna

    Toshkent shahar MMTBga qarashli 265-sonli umumiy orta talim maktabining amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.87961

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: shaxsiy rivojlanish aqliy rivojlanish ijtimoiy rivojlanish yosh davrlari psixologiyasi salbiy og‘ishlar psixik buzilishlar psixologik profilaktika ta’lim va tarbiya yosh xususiyatlari.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarning turli yosh davrlaridagi shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bolaning psixologik shakllanishida har bir yosh davrining oziga xos biologik va ijtimoiy omillarga bogliq xususiyatlari mavjud bolib, ushbu bosqichlarda sodir bolishi mumkin bolgan salbiy ogishlar rivojlanish jarayoniga jiddiy tasir korsatishi mumkin. Tadqiqotda shuningdek, aqliy rivojlanishda uchrashi mumkin bolgan psixologik buzilishlar, ularning sabablari hamda ularni erta aniqlash va oldini olish boyicha psixologik-pedagogik tavsiyalar bayon etiladi. Maqola maktabgacha, boshlangich va orta maktab yoshidagi bolalarning rivojlanish bosqichlariga mos holda ilmiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

222

O’QUVCHILARNING TURLI YOSH DAVRLARIDA SHAXSIY, AQLIY

VA IJTIMOIY RIVOJLANISHI, ULARNING AQLIY RIVOJLANISHIDA

SODIR BO’LISHI MUMKIN SALBIY OG’ISHLAR

Esanova Gulmira Abduraxmanovna

Toshkent shahar MMTBga qarashli 265-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarning turli yosh davrlaridagi

shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil

qilinadi. Bolaning psixologik shakllanishida har bir yosh davrining o‘ziga xos

biologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq xususiyatlari mavjud bo‘lib, ushbu

bosqichlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy og‘ishlar rivojlanish

jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda shuningdek, aqliy

rivojlanishda uchrashi mumkin bo‘lgan psixologik buzilishlar, ularning sabablari

hamda ularni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha psixologik-pedagogik

tavsiyalar bayon etiladi. Maqola maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta maktab

yoshidagi bolalarning rivojlanish bosqichlariga mos holda ilmiy yondashuvni

shakllantirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: shaxsiy rivojlanish, aqliy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, yosh

davrlari psixologiyasi, salbiy og‘ishlar, psixik buzilishlar, psixologik profilaktika,

ta’lim va tarbiya, yosh xususiyatlari.

Insonni shaxs sifatida shakllanishiga asosan 3 xil omil ta’sir ko’rsatadi.Bular

quyidagilar:

1.Irsiyat(biologik,fiziologik)

2.Oila(oiladagi psixologik muxit)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

223

3.Ta’lim Tarbiya (ijtimoiylashuv).

Hozirgi kunda globallashib borayotgan o’ziga xos murakkab vaziyat hamda

jamiyatning taraqqiy topishida o’z o’rnini egallab borayotgan qiyin davrda

o’quvchilarni psixologik va ijtimoiy rivojlanishi tobora qiziqarli va murakkab aks

etmoqda.Bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirb borilmoqda.Bolalar va

o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishi va qonunbuzarliklarning oldini olishda

quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

- xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsida asotsiallik, ruhiy

beqarorlik, o‘zgaruvchanlik, affektga moyillik kabi xususiyatlarning yaqqol

ifodalanganligidan kelib chiqib, ular yashayotgan oila va ijtimoiy muhitni

sog‘lomlashtirish, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash natija beradi;

- voyaga etmaganlar o‘rtasidagi xulq og‘ishining kelib chiqishi asosiy

sabablari sifatida bolalar va o‘smirlar faoliyatini nazorat qilmaslik, oilada bola

tarbiyasiga e’tiborning susayishi kabilar namoyon bo‘lganligidan kelib chiqib,

oilada va oiladan tashqarida bolalar va o‘smirlar faoliyatini, bo‘sh vaqtlarida nima

bilan shug‘ullanayotganligini nazorat qilish va oilada bola tarbiyasiga e’tiborni

kuchaytirish maqsadga muvofiqdir;

- kriminogen xulqli oilalarni aniqlash, ularda tarbiyalanayotgan bolalar va

o‘smirlar ahvolidan xabardor bo‘lib turish;

- moddiy maishiy sharoitning etarli emasligi voyaga etmaganlarda xulq

og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir etishligini hisobga olib, bunday oilalarga

mahalliy hokimiyat, ijtimoiy ta’minot va xayriya jamg‘armalari tomonidan moddiy

yordamlar berib turishni tashkil etish;

- ota-onalar, katta yoshdagi kishilar va o‘qituvchilar tomonidan bolalar va

o‘smirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan qattiqqo‘l, qo‘pol va adolatsiz

munosabatlarga barham berish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

224

- voyaga etmaganlarda xulq og‘ishi ko‘pincha ota-onalar, o‘qituvchilarning

bolalar va o‘smirlar psixologiyasini bilmasdan turib munosabatda bo‘lishliklari

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishi va qonunbuzarliklarning oldini olishda

quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

- xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsida asotsiallik, ruhiy

beqarorlik, o‘zgaruvchanlik, affektga moyillik kabi xususiyatlarning yaqqol

ifodalanganligidan kelib chiqib, ular yashayotgan oila va ijtimoiy muhitni

sog‘lomlashtirish, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash natija beradi;

- voyaga etmaganlar o‘rtasidagi xulq og‘ishining kelib chiqishi asosiy

sabablari sifatida bolalar va o‘smirlar faoliyatini nazorat qilmaslik, oilada bola

tarbiyasiga e’tiborning susayishi kabilar namoyon bo‘lganligidan kelib chiqib,

oilada va oiladan tashqarida bolalar va o‘smirlar faoliyatini, bo‘sh vaqtlarida nima

bilan shug‘ullanayotganligini nazorat qilish va oilada bola tarbiyasiga e’tiborni

kuchaytirish maqsadga muvofiqdir;

- kriminogen xulqli oilalarni aniqlash, ularda tarbiyalanayotgan bolalar va

o‘smirlar ahvolidan xabardor bo‘lib turish;

- moddiy maishiy sharoitning etarli emasligi voyaga etmaganlarda xulq

og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir etishligini hisobga olib, bunday oilalarga

mahalliy hokimiyat, ijtimoiy ta’minot va xayriya jamg‘armalari tomonidan moddiy

yordamlar berib turishni tashkil etish;

- ota-onalar, katta yoshdagi kishilar va o‘qituvchilar tomonidan bolalar va

o‘smirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan qattiqqo‘l, qo‘pol va adolatsiz

munosabatlarga barham berish;

- voyaga etmaganlarda xulq og‘ishi ko‘pincha ota-onalar, o‘qituvchilarning

bolalar va o‘smirlar psixologiyasini bilmasdan turib munosabatda bo‘lishliklari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

225

natijasida kelib chiqayotganligini hisobga olib ota-onalar va o‘qituvchilarning

psixologik bilimlarni oshirish tadbirlarini belgilash;

- voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining oldini olishda bolalar va

o‘smirlarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish. Demak-

ki, o‘quvchi shaxsini individual psixologik xususiyatlarini har tomonlama

mukammal tahlil qilish ularni o‘qitish va tarbiyalash samaradorligining muhim

shartlaridan biridir.

Tarbiyaning salbiy omillar va sharoitlari eng yoqimsiz tarzda, umuman o‘sib

kelayotgan shaxsning, avvalo, uning butun ahloqiy-irodaviy xususiyatlarining

shakllanishiga ta’sir etadi. O‘quvchining ahloqiy rivojlanishi asosan uning tevarak-

atrofdagi kishilarga va atrofdagilarning unga bo‘lgan o‘zaro munosabati va o‘zaro

ta’sir xususiyatlari bilan bog‘liq ekan, o‘qituvchilardan pedagogik jihatdan o‘z

holiga tashlab qo‘yilgan va tarbiyasi qiyin, huquqbuzarlik va giyohvandlikka

moyilligi bor, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik

xususiyatlarini bilishlari, amaliyotchi psixologlardan esa mavjud holatlarning

oldini olish va barataraf etish usullaridan samarali foydalanishlari talab etiladi.

O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos tomonlar, ular

o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar doirasida umumta’lim

maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator tadbirlar, ya’ni psixotrening

va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda bolalarga nisbatan ba’zan

“tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Asosan tarbiyasi qiyin bolalar deganda

ko‘p holatlarda voyaga etmaganlar bilan ishlash nazoratchilari ro‘yxatida hisobga

olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlik ichishga, bezorilik va o‘g‘rilikka moyil

o‘quvchilar nazarda tutiladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin

bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning

hulqida o‘zini biz hohlaganday tutmaslik holatlari kuzatiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

226

Tarbiyasi qiyin bolalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda

o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘lishidir. Odatda bunday

munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Jumladan o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli nisbiy

bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust

rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda xukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka

duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob’ektiv baho berilmasligi,

o‘qituvchi tomonidan bolaning individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga

etarlicha e’tibor berilmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz

o‘tilishi, o‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi va boshqalar.

O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z o‘rnini

borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a’zolari bunday o‘quvchining

qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi mumkin.

O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi yoki

beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning

kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak rejalarining

poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan o‘smir o‘z

kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga bog‘lashdan ko‘ra,

yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa kishilardan najot

izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar to‘dasiga tushib qoladi

va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, oilaviy

sharoitning salbiy ta’siri ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab

bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi sababli

bola nohush holat bilan yolg‘iz kurash olib borish kechinmalari bilan yashaydi.

O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan

kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga aylanib boradi. Bundan tashqari, ota-ona

o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, ba’zi ota-onalarning spirtli

ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

227

Ko‘pincha, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi va ta’lim tizimidagi

pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi..

Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi:

1.Past. Hatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha baho

berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.

2.O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va mehnatga

qiziqmaslik, nizolar egoistik yo‘nalishga asoslanishi. Pedagogik ta’sir choralari

to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik.

3.Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovuzkor

bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “ahloq normalari”ni oqlashga urinadilar.

Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib etmaydilar.

4.Kriminal. Voyaga etmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq-atvorini

boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga qarshilik

ko‘rsatadilar. Hatti-harakatlarida tajovvuzkorlik ko‘proq uchraydi. Ular o‘zlarining

huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “ahloqiy me’yorlar” bilan

o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar.

Amaliyotchi psixolog avvalo bolalarning oilaviy ahvolini o‘rganish, maktab

bilan ota-ona o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatish, fan o‘qituvchilari bilan aloqani

mustahkamlash, o‘quvchining darsga qatnashini kuzatish, darsdan tashqari

faoliyatini nazorat qilish, turli savol-javoblar o‘tkazish orqali tarbiyasi og‘ir bolalar

bilan ishlash dasturi va rejalarini belgilab olishi lozim. Agar bola sog‘lom

rivojlangan bo‘lsa-yu, maktab va oila tarbiyasiga bo‘ysunmasa, bunday

vaziyatlarda psixolog yordamga kelishi va avvalo bola bilan suhbatlashib, nima

uchun uning hulqida bunday o‘zgarishning yuzaga kelganligi, ko‘cha ta’siriga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

228

berilishi, salbiy norasmiy guruhlarga a’zo bo‘lib qolishi, darsni sababsiz qoldirishi,

past o‘zlashirishi, jamoat ishlarida qatnashmaslik sabablarini aniqlaydi.

O‘smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o‘ziga xos xususiyati

mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

emotsional yetuk emaslik;

kattalar avtoritetiga bo‘ysunish;

ishonuvchanlik;

jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy tajribasining

yetarli darajada emasligi;

boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta olish va

murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to‘liq baholay olmaslik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ғозиев Э.Ғ. Психология методологияси: ўқув қўлланма. ‒ Т.: Noshir,

2013.

2. Ғозиев Э.Ғ.Психология (Ёш даврлари психологияси). ‒Т.: “Ўқитувчи”,

1994.