https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
105
ESG-TRANSFORMATSIYA: MAZMUNI, JOZIBADORLIGI VA
ZARURATI
Raxmatova Maxmuda Aliyevna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, “Korporativ Moliya va Qimmatli
Qog’ozlar bozori” kafedrasi magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada ESG (Environmental, Social, and
Governance) tamoyillarining dolzarbligi, mazmuni, mohiyati, va ESG-
transformatsiyaga o’tishning asosiy shartlari va bosqichlari ko’rsatilgan.
Shuningdek, ESGning O’zbekistonda joriy etilishi va rivojlanish istiqbollari
chuqur tahlil qilinadi. Unda atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat va
korporativ boshqaruvga oid global yondashuvlarning milliy kontekstda
qo’llanilishi o’rganilgan. Tadqiqot davomida O’zbekiston korxonalari va
moliyaviy institutlarida ESG mezonlarining hozirgi holati, ularni tatbiq etishdagi
asosiy to’siqlar, shuningdek, huquqiy-me’yoriy asoslar, institutsional mexanizmlar
va investitsiya muhiti yoritilgan.
Muallif
ESG
tamoyillarining
milliy
rivojlanish
strategiyalariga
integratsiyalashuvi, xususan "Yashil iqtisodiyot", barqaror moliya va xalqaro
hamkorlik orqali amalga oshirilishining dolzarbligini asoslab bergan. Xulosa
qismida esa O’zbekistonda ESG tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha aniq taklif
va tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: ESG, O’zbekiston, ekologik boshqaruv, ijtimoiy mas’uliyat,
korporativ boshqaruv, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
106
ESG TRANSFORMATION: ESSENCE, ATTRACTIVENESS, AND
NECESSITY
Rakhmatova Mahmuda Aliyevna
Master’s student at Tashkent State University of Economics,
Department of Corporate Finance and Securities Market
Abstract: This article explores the relevance, essence, and key principles of
ESG (Environmental, Social, and Governance), as well as the main conditions and
stages for transitioning to ESG transformation.
It provides a thorough analysis of the implementation and development
prospects of ESG practices in Uzbekistan. The study examines how global
approaches to environmental protection, social responsibility, and corporate
governance are being applied within the national context. It further investigates
the current state of ESG indicators in Uzbek companies and financial institutions,
the main barriers to their implementation, and the legal, institutional, and
investment frameworks in place.
The author substantiates the importance of integrating ESG principles into
national development strategies, particularly through the concepts of a "green
economy," sustainable finance, and international cooperation. The conclusion
offers concrete recommendations for advancing ESG practices in Uzbekistan.
Keywords:
ESG,
Uzbekistan,
environmental
governance,
social
responsibility, corporate governance, green economy, sustainable development.
ESG ТРАНСФОРМАЦИЯ: СУЩНОСТЬ,
ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТЬ И НЕОБХОДИМОСТЬ
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
107
Рахматова Махмуда Алиевна
Магистрант кафедры «Корпоративные финансы и рынок ценных
бумаг» Ташкентского государственного экономического университета
Аннотация: В данной статье рассматриваются актуальность,
содержание и сущность принципов ESG (экологическое, социальное
управление и корпоративное управление), а также основные условия и этапы
перехода к ESG-трансформации.
Проведен углублённый анализ внедрения и перспектив развития ESG-
практик в Узбекистане. В исследовании изучаются особенности применения
глобальных подходов к охране окружающей среды, социальной
ответственности и корпоративному управлению в национальном
контексте. Также освещается текущее состояние внедрения ESG-
критериев в узбекских компаниях и финансовых институтах, основные
препятствия, правовая и нормативная база, институциональные механизмы
и инвестиционная среда.
Автор обосновывает важность интеграции ESG-принципов в
стратегии национального развития, в частности, через развитие "зелёной
экономики",
устойчивого
финансирования
и
международного
сотрудничества. В заключении приведены конкретные предложения по
дальнейшему развитию ESG-системы в Узбекистане.
Ключевые слова: ESG, Узбекистан, экологическое управление,
социальная ответственность, корпоративное управление, зелёная
экономика, устойчивое развитие.
Kirish
Jadal rivojlanayotgan insoniyat iqtisodiyotning asosiy muammosi resurslar
cheklanganligi va ehtiyojlar cheksizligini turli yo’llar bilan hal qilmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
108
19-asrning boshida jahonda boshlangan sanoat revolyutsiyasi yanada ko’proq
xomashyo va resurslarga bo’lgan talabni oshirdi. Natijada insoniyat yer
sayyorasini har bir qarichini faqat o’z manfaatlari doirasida faqat resurs qazib olish
va sanoat chiqindilari tashlash uchun ishlatib barcha jonzotlar hayoti uchun jiddiy
xavf tug’diradigan global iqlim muammolarini keltirib chiqardi.
Ushbu muammolar natijalarini yumshatish va keying avlodlar to’laqonli
yashashi chiqindilarni qayta ishlash, yangilanadigan energiya resurslaridan
foydalanish, atrof-muhitga zarar qilmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini
joriy etish kabi sayyi-harakatlar jamlanmasi shakllandi. Bu o’z navbatida,
iqtisodiyotda yangi termin ESG yaratilishiga sabab bo’ldi.
Adabiyotlar tahlili:
ESG (Environmental, Social, and Governance) tushunchasi birinchi marta
2004-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kofi Annan tashabbusi
bilan tayyorlangan "Who Cares Wins. Connecting Financial Markets to a Changing
World" nomli hisobotda keltirilgan.
Ushbu hisobot barqaror rivojlanish prinsiplarini moliya sektoriga integratsiya
qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida ishlab chiqilgan. Hisobotni ishlab
chiqishda 20 dan ortiq yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etgan
bo’lib, ular moliya bozori ishtirokchilariga aktivlarni boshqarish, brokerlik va
boshqa moliyaviy xizmatlarni ko’rsatishda atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va
korporativ boshqaruv masalalarini qanday qilib yaxshiroq integratsiya qilish
kerakligi bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqqanlar. [Who cares wins:connecting
financial
markets
to
a
changing
world,
https://documents.worldbank.org/en/publication/documents-
reports/documentdetail/280911488968799581/who-cares-wins-connecting-
financial-markets-to-a-changing-world]
Abuja Universitetining Moliyaviy iqtisodiyot va islom moliyasi kafedrasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
109
katta o’qituvchisi DR. AHMAD B. EL-YAQUBning fikriga ko’ra: «ESG — bu
tashkilotlarning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan
jamoatchilik oldida hisobdorlik va korporativ ijtimoiy mas’uliyatning
funksiyasidir» [Ahmad H. Yaqub, M., Lee,S.H. The rise of Environmental, Social,
and Governance http://ijsoc.goacademica.com/article/download]
Harvard Business School
professori Robert G. Eccles
ESGni korporativ
barqarorlik va uzoq muddatli investor ishonchining asosi deb hisoblaydi. Uning
fikricha, kompaniyalar iqlim o’zgarishi xavfini strategik rejalashtirishga kiritmas
ekan, investorlar uchun jiddiy xatar tug’diradi. [Robert Eccle “Climate Risk and
the Macroeconomy" Princeton University Press (2020)]
Harvard Business Schoolning yana bir olimlaridan biri
George Serafeim
ning
tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, ESG ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan kompaniyalar
nafaqat barqaror rivojlanadi, balki ishchilarni jalb etishda va saqlab qolishda ham
muvaffaqiyatli bo’ladi. U ESGni "yangi biznes tili" deb ataydi. [George Serafeim
(Harvard Business School) "How to Build Enduring ESG Strategies" (Harvard
Business Review, 2020)]
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot jarayonida mavzuga oid statistik ma’lumotlar va nazariyalarni
o’rganishda ilmiy mushohada, mantiqiy fikrlash, tizimli yondashuv, statistic
hamda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Statistik tahlil uchun O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi Yashil Iqtisodiyot platformasi ma’lumotlaridan
foydalanildi.
Kirish
ESG (Environmental, Social and Corporate Governance — Atrof-muhitni
muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) kontseptsiyasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
110
hamda iqtisodiyotning “yashillashuvi” mavzusi butun dunyoda tobora ahamiyat
kasb etmoqda va korporativ muhitda meynstrimga aylanmoqda. International Data
Corporation
tahlilchilari
hisob-kitoblariga
ko’ra,
2025
yilga
borib
kompaniyalarning ushbu yo’nalishdagi jahon bo’yicha xarajatlari yiliga
158 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Ko’plab kompaniyalar ESGni faqat ma’lum bir bo’linmalar doirasida, odatda
yuqori rahbariyat uchun amal qiladigan cheklangan trend deb hisoblashadi. Aslida
esa ushbu kontseptsiya deyarli barcha bo’limlarga tatbiq etilishi mumkin, hatto bir
qarashda ESG bilan bog’liqligi aniq bo’lmagan, masalan, komplayens bo’limiga
ham.
O’zbekiston ESG kontseptsiyasini faol rivojlantirmoqda — so’nggi yillarda
«yashil» iqtisodiyotga o’tish bo’yicha O’zbekiston strategiyasi kabi bir qator
muhim
normativ
hujjatlar
qabul
qilindi.
Qator
yirik
korxonalar
ESG amaliyotlarini rivojlantirishni boshladi va ilg’or tajribani joriy etish uchun
xalqaro ekspertlarni jalb qilmoqda. Biroq ushbu kontseptsiyani samarali joriy qilish
uchun uning mazmuni bir qarashda tuyulganidan ancha kengroq ekanini tushunish
zarur.
ESG konseptsiyasining maqsadi shundaki, korporatsiyalar nafaqat o’z
daromaddorligi haqida qayg’urishi, balki o’z faoliyatining tabiat va jamiyatga
ta’sirini baholashi va samarali korporativ boshqaruvni yo’lga qo’yishi zarur.
Asosiy qism
Bir qator olimlarning ESGga bergan ta’riflari asosida ESGning quyidagi
umumiy va mukammalroq ma’nolari kelib chiqadi.
ESG(Environmental Social Governance) -
bu biznesning barqaror
rivojlanishiga hissa qo’shadigan qoidalar va yondashuvlar to’plamidir.
Qisqartmani "tabiat, jamiyat, boshqaruv"deb tushunish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
111
E (
Environmental
) - atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish.
Kompaniya ekologik tendentsiyalarga amal qiladi, zararni kamaytirishga intiladi
va resurslarni kam sarflaydi.
Sarmoyadorlar korporativ iqlim siyosatini,
energiyadan foydalanishni, chiqindilarni, ifloslanishni, tabiiy resurslarni saqlash
va hayvonlarni davolashni baholaydilar. Fikrlar to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita
issiqxona gazlari chiqindilari, zaharli chiqindilarni boshqarish va atrof-muhit
qoidalariga rioya qilishni o’z ichiga olishi mumkin.
S (
Social
) — ijtimoiy javobgarlik. Bunga butun jamiyat — mijozlar, mol
yetkazib beruvchilar va xodimlar bilan o’zaro munosabatlar kiradi. Mehnat
me’yorlariga rioya qilish, sifatli xizmat ko’rsatish va xavfsizlik talablariga rioya
etish, shuningdek xayriya tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash kabi tashshabuslarga
rioya etishga undaydi.
Kompaniyaning ichki va tashqi
manfaatdor tomonlar
bilan
munosabatlari baholanadi.
Kompaniya daromadning bir qismini mahalliy
hamjamiyatga xayriya qiladimi yoki xodimlarni ko’ngilli bo’lishga undaydimi?
Ish joyidagi sharoitlar xodimlarning salomatligi va xavfsizligiga yuqori hurmatni
aks ettiradimi?
G (
Governance
) mas’uliyatli korporativ boshqaruvdir. Kompaniyaning
shaffofligi, mijozlar ma’lumotlarining xavfsizligi, adolatli ish haqini to’lash,
xodimlar uchun yaxshi sharoitlar yaratish va korrupsiyaga qarshi kurashni
o’z ichiga oladi.
Kompaniyaning aniq va shaffof buxgalteriya usullaridan foydalanishini
ta’minlaydi, o’z rahbarligini tanlashda yaxlitlik va xilma-xillikka intiladi va
aktsiyadorlar oldida hisobot beradi.ESG sarmoyadorlari kompaniyalarning
boshqaruv a’zolari va yuqori lavozimli rahbarlarni tanlashda
manfaatlar
to’qnashuvidan
qochishlari, imtiyozli imtiyozlarni olish yoki noqonuniy
xatti-harakatlar qilish uchun siyosiy badallardan foydalanmasliklari to’g’risida
kafolat talab qilishlari mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
112
1-rasm.
ESG omillari
[Lopez, C., Contreras, O. and Bendix, j. (2020) ESG Rating:
The Road Ahead milken Institute]
Kompaniyaning ESG tamoyillariga sodiqligi unga davlat subsidiyalari,
maxsus kredit shartlari, mijozlarning sodiqligi, xodimlarning jozibadorligi, kamroq
soliq to’lash qobiliyati kabi ba’zi afzalliklarni beradi.
ESG
yondashuvlarining
integratsiyasi
kompaniyalarga
obro’sini
yaxshilashga, mijozlar, aksiyadorlar va investorlarning ishonchini oshirishga
yordam beradi. ESG reytingi yuqori bo’lgan kompaniyalar odatda uzoq muddatda
ko’proq barqarorlikni namoyish etadilar, moliyalashtirishni osonroq jalb qiladilar
va iqlim, ijtimoiy va bozor sharoitlarining o’zgarishi bilan bog’liq xavflarini
kamaytiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, ESG omillarini e’tiborsiz qoldiradigan
kompaniyalar nafaqat iste’molchilar tomonidan, balki tartibga soluvchi va nazorat
qiluvchi tashkilotlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanishni yo’qotish xavfi ostida
qolmoqdalar.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, ESGga investitsiyalar haqiqatdan ham
qo’shimcha qiymat yaratilishiga: biznes uchun tog’ri moliyaviy foyda olib keladi.
“McKinsey & Company”ga ko’ra [2-rasm] barqaror rivojlanishga qilingan
investitsiyalar 5 xil asosiy usullar bilan kompaniya foydasiga ta’sir ko’rsatadi:
Environmental
•
Iqlim o'zgarishi siyosati,
axborot oshkoraligi
rejalari va tajribasi
•
Havo va suvning
ifloslanishi
•
O'rmon kesilishi
•
Biologik xilma-xillikka
ta'siri
•
Suv tanqisligi
•
Chiqindi va xavfli
materiallar boshqaruvi
•
Yangilanadigan
energiyaning ishlatilishi
Social
•
Mahalliy jamoalar bilan
munosabatlar
•
Inson huquqlari
•
Mehnat sharoitlari
•
Mahsulot xavfsizligi
•
Ma'lumotlar xavfsizligi va
mijozlar maxfiyligi
•
Xilma-xillik va inklyuzivlik
•
Yetkazib beruvchilarni
axloqiy jihatdan qidirish
Governance
•
Boshqaruv tuzilishi
•
Yuqori boshqaruvchilarni
rag'batlantirish
•
Direktorlar Kengashi
tarkibi
•
Biznesning halolligi
•
Oshkoralik
•
Poraxo'rlik va korrupsiya
•
Manfaatlarni ilgari surish
•
Qoidabuzarliklar haqida
xabar berish tizimi
•
Aksiyadorlar bilan
munosabatlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
113
2-rasm.
Barqaror rivojlanishga qilingan investitsiyalarning kompaniya
foydasiga ta’siri
[McKinsey, Five ways that ESG creats value,2019]
Biznes
barqarorligini
oshirish
yo’da
kompanilarning
ESG-transformatsiyaga o’tishi bir qator qat’iyatli va sifatli o’zgarishlarni amalga
oshirishni talab qiladi, jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarini o’zgartirish,
tashkilot boshqaruvi yo’nalishini qayta ko’rib chiqish, hisobotlarni qayta oýlab
chiqish va hokazo.Transformatsiya – bu murakkab va ko’p bosqichli jarayon bolib
kompaniyaning asosiy faoliyat yo’nalishlariga ta’sir qiladi. Yetakchi xorijiy
kompaniyalar va konsalting tashkilotlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda
muvafaqqiyatli
ESG-transformatsiyaning
quyigagi
asosiy
bosqichlari
belgilangan.(3-rasm)
Resurslar iste'moli kamayishi hisobiga harajatlar
qisqarishi;
Xodimlar motivatsiyasi kuchayishi va yangi talantlarni jalb
qilish orqali mehnat unumdorligini oshirish;
Yangi mijozlar jalb qilish (B2B va B2C) yo'li bilan
tushumni o'sishiga yordam berish, shunungdek
davlat(regulyator), mahalliy jamoalar bilan mustahkam
aloqa o'rnatish orqali resurslar vayangi bozorlarga kirish;
Nazorat qiluvchi va huquqiy tashkilotlarning aralashuvi,
jumladan subsidiya va boshqa turdagi davlat yordamini
kamaytirish, shuninfdek deregulyatsiya hisobiga katta
strategik erkinlikka erishish;
Yanada jozibador va foydali investitsiyalar jalb qilish
orqali investitsiyalar va kapital xarajatlarni
optimallashtirish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
114
3-rasm.
ESG-transformatsiyaning asosiy bosqichlari
[Korporativ boshqaruv va
Rossiya kompaniyalarining ESG transformatsiyasi, SKOLKOVO Barqaror
rivojlanish markazi, Moskva, 2022]
ESG endi chekka tushuncha emas, balki kompaniyalar va investorlar uchun
maishiy tashabbusdir. Bugungi kunda ESG ma’lumotlari kompaniyaning aniq ESG
masalalari bo’yicha faoliyatini baholash uchun ishlatiladi.
Masalan, daromad birligiga uglerod chiqindilari korxonalarning atrof-
muhitga ta’sirini baholash uchun, xodimlar aylanmasi stavkalari esa
kompaniyaning mehnat amaliyotini baholash uchun ishlatiladi.
Aktivlar menejerlari bugungi kompaniyalarning ekologik va ijtimoiy ta’sirini
o’lchash uchun bir qator ESG strategiyalari va ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda
davom etmoqdalar. Ba’zi strategiyalar ma’lum ESG mezonlariga javob
bermaydigan sanoat yoki tashkilotlarni istisno qilishga qaratilgan. Boshqalar
kuchli ESG profiliga ega kompaniyalarni faol tanlashga e’tibor berishadi.
Xosh, kompaniyalar ESG prinsiplariga rioya etayotganligini qanday baholash
mumkin? Buning uchun bir qator ESG asoslari va standartlari global miqyosida
joriy etilgan.
Tasavvurning yaratilishi
Barqaror rivojlanish sohasida benchmark-tahlil
otkazish va kompaniya tajribasini diagnostikasi
Maqsadlar qoýish va qilinadigan ishlar rejasini
ishlab chiqish
Masúl 'shaxslarni tayinlash va ularni
rag'batlantirish
Taraqqiyotni baholash, hisobdorlik va rejalarni
sozlash
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
115
ESG asoslari
: ESG ramkalari kompaniyalarga nima haqida hisobot berish va
hisobotni qanday tashkil qilish bo’yicha umumiy ko’rsatmalar beradi.
ESG standartlari:
ESG standartlari aniqroq va nima haqida xabar berish
va energiya, tenglik va boshqalar kabi turli omillarni qanday o’lchash bo’yicha
ko’rsatmalar beradi.
ESG ramkalari va standartlari:
Framework — Task Force on Climate-Related Financial Disclosures
(Iqlim bilan bog’liq moliyaviy tushuntirishlar) bo’yicha ishchi guruh (TCFD):
nomidan
ko’rinib
turibdiki,
ushbu
ramka
investorlar,
kreditorlar
va sug’urtalovchilar uchun iqlim bilan bog’liq xavflarni oshkor qilish uchun ishlab
chiqilgan
. TCFD 2015 yilda G20 va moliyaviy barqarorlik Kengashi (
Financial
Stability Board
, FSB) tomonidan tashkil etilgan. Bu iqlim bilan bog’liq xavflarni
kamaytirish va uni amalga oshirish jarayonlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Shuningdek, u taraqqiyotni o’lchash va kelajak uchun maqsadlarni yaratishni
o’z ichiga oladi.
Climate Disclosure Standards Board (CDSB
)
2007 yilda ham biznes
egalari, ham atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan.
Kompaniyaning ijtimoiy va atrof-muhitga ta’sirini moliyaviy hisobotlarga
kiritishga
e’tibor
qaratildi.
Bu
korxonalar
tomonidan
ekologik
va ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli bo’lishga qaratilgan sa’y-harakatlarni tushunishga
qaratilgan
International Financial Reporting Standards (IFRS
)
Barqarorlikni Oshkor
Qilish Standartlari. IFRS jamg’armasi 2021 yilda barqarorlik to’g’risidagi hisobot
uchun global standartlarni belgilash uchun xalqaro barqarorlik standartlari
Kengashini (
International Sustainability Standards Board
, ISSB) tashkil etdi. ISSB
bir nechta boshqa ESG tizimlari va standartlari, shu jumladan
TCFD (Task Force
1
https://www.fsb-tcfd.org
2
https://www.ifrs.org/groups/international-sustainability-standards-board
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
116
on Climate-Related Financial Disclousers)
, CDSB (
The Climate Disclosure
Standards Board)
, SASB(
The
Sustainability Accounting Standards Board)
va
IRF uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi
. ISSB tomonidan 2023 yilda
chiqarilgan standartlar kompaniyalarga global miqyosda o’zaro bog’liq bo’lgan
barqarorlikni oshkor qilishga yordam beradi va shu bilan investorlar bilan aloqani
yaxshilashga va investorlarga to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
European Financial Reporting Advisory Groups (EFRAG) European
Sustainability Reporting Standards (ESRS):
ESRS Yevropa komissiyasi
tomonidan
korporativ
barqarorlik
hisoboti
direktivasi
(CSRD)
bilan
muvofiqlashtirilgan umumiy hisobot standartlarini o’rnatish uchun qabul qilingan
Bu barqarorlik muammolarini, shu jumladan iqlim o’zgarishi, aylanma iqtisodiyot
va biznes yuritishni hal qilishga yordam beradi. CSRD talablariga bo’ysunadigan
korxonalar 2024 yildan boshlab hisobot berish uchun ESRSdan foydalanishni
boshlashlari kerak.
ESG
ESG Certifications:
ESG sertifikatlari kompaniyalarga barqarorlik,
ijtimoiy mas’uliyat va etakchilikdagi kuchli ko’rsatkichlarini tan olish uchun
beriladi. ESG sertifikatlari investorlar, mijozlar va manfaatdor tomonlarning
ishonchini yaxshilaydi. Ba’zi misollarga B Corp sertifikati (
B Corp certification)
LEED sertifikati (yashil binolar uchun)
, adolatli savdo sertifikati (
Fair Trade
certification)
va ISO 14001 sertifikati (atrof-muhitni boshqarish tizimlari uchun)
kiradi
. Kompaniyalar ushbu sertifikatlarni olish uchun ba’zi talablarni
qondirishlari kerak.
ESG standartlari va ramkalari kompaniyalarga barqarorlik, etika
va yetakchilikdagi ko’rsatkichlarini o’lchashga yordam beradi. ESG sertifikati eng
yaxshi kompaniyalarni aniqlashga yordam beradi.
3
https://www.ifrs.org
4
https://www.efrag.org
5
https://bcorporation.net
6
https://www.usgbc.org/leed
7
https://www.iso.org/iso-14001-environmental-management.html
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
117
2021-2024 yillarda O’zbekiston barqaror rivojlanish mavzusiga ko’proq
e’tibor qaratib, "yashil" iqtisodiyotga o’tishga pul tikmoqda. "O’zbekiston-2030"
strategiyasiga ko’ra, qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy
iste’moldagi ulushi 40% yoki 25 GVt gacha o’sishi, shuningdek, issiqxona gazlari
chiqindilarini 2010 yil darajasiga nisbatan 30% ga kamaytirishi rejalashtirilgan
Jahon bankining ta’kidlashicha, biznesni rejalashtirishda o’zbekistonlik
kompaniyalarning atigi 10 foizi ekologik muammolarni hisobga oladi, 8 foizi esa
ularni hal qilishda o’z rolini aniq belgilab beradi. Yechim sifatida biznesni
rag’batlantirish uchun davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish taklif qilindi
2023 yil oktyabr oyida O’zbekiston birinchi marta "yashil" moliyalashtirish
maqsadida xalqaro suveren obligatsiyalarni chiqardi. Fond birjasi raisi Georgiy
Paresishvili yiliga 16,25 foiz stavka bo’yicha uch yil muddatga 4,25 trln so’mni
jalb qilishni "juda muvaffaqiyatli joylashtirish"deb atadi
O’zbekistonda ESG standartlarini joriy etish ehtiyojining ahamiyati quyidagi
sabablarga ko’ra muhim hisoblanadi:
Bir tomondan, bu milliy tartibga solish kuchaytirilayotgani bilan bog’liq,
chunki O’zbekiston global tashabbuslarga faol qo’shilmoqda va 2060 yilga kelib
uglerod neytralligiga erishishga intilmoqda. O’z maqsadiga erishish uchun davlat
mahalliy bozordagi eng yirik o’yinchilarga majburiyat yuklaydi. Albatta,
bu iqtisodiyotning eng uglerodni ko’p talab qiladigan sohalariga, shu jumladan neft
va gaz, metallurgiya, transport va qurilish sohalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari,
moliya sektori dekarbonizatsiya uchun juda muhim omilga aylanadi.
O’zbekiston moliya sektorida muhim ahamiyat kasb etadigan bit qator
tashkilotlar allaqachon barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga erishdi.
8
https://www.spot.uz/ru/2024/03/13/esg-uzbekistan/
9
https://www.spot.uz/ru/2024/03/13/esg-uzbekistan/
10
Годовой отчёт о привлекаемых зелёных инвестициях в Республику Узбекистан по итогам 2024года,
Ташкент 2024
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
118
Yirik banklardan biri hisoblangan O’zsanoatqurilishbank ESG va barqaror
rivojlanish siyosatini o’z faoliyati davomida rioya etiladigan muhim qoidalar
qatoriga kiritdi. Bankning ESG va barqaror rivojlanish faoliyatidagi asosiy
yo’nalishlarni belgilab oldi. Bank doimiy ravishda ekologik va ijtimoiy xavflarni
boshqarish bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, ekologik
vaziyatni yaxshilashga yordam beruvchi loyihalarni moliyalashtiradi va ishlab
chiqishni rag’batlantiradi, jumladan:
•
energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya
manbalarini rivojlantirish;
•
sanoat va boshqa tarmoqlarda atrof-muhitni muhofaza qilishning
zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadigan va ishlab chiqarish jarayonida
xomashyo va tegishli materiallarni chuqur qayta ishlash orqali salbiy ta’sirlarni
kamaytiradigan investitsiya loyihalari;
•
maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash bo’yicha investitsiya
loyihalari;
•
xalqaro standartlar va hisobot tizimlari bo’yicha majburiyatlarga amal
qilish, tegishli sanoat va hukumat siyosati tashabbuslarida ishtirok etish past
uglerodli iqtisodiyotga o’tishni ta’minlaydi
2022-2023 yillar ichida bank tomonidan 567 million AQSh dollari miqdorida
"yashil" kreditlar ajratildi va 6,7 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi, bu
uning bu boradagi sa’y-harakatlarining amaliy aksidir. Bundan tashqari, "yashil"
loyihalarni amalga oshirish natijasida 47 000 MVt/soat muqobil energiya ishlab
chiqariladi,
shu
bilan
239
000
MVt/soat
elektr
energiyasi
va
23 000 kub metr suv tejaladi
Bankning ESG va barqaror rivojlanish sohadidagi ishlar halqaro moliya
institutlati va reyting agentliklari e’tiboridan chetda qolmadi. Xususan, 2025 yil
11
https://sqb.uz/esg/
12
https://sqb.uz/esg/
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
119
boshida "Sustainable Fitch" xalqaro reyting agentligi tomonidan bank 3-darajali
ESG reytingini oldi (umumiy ball 59). YETTB bankning "yashil" savdoni
moliyalashtirishdagi faoliyatini bir necha bor tan oldi. BMTning iqlim o’zgarishi
bo’yicha cop29 konferentsiyasida ishtirok etish orqali iqlim o’zgarishiga qarshi
kurash bo’yicha xalqaro hamkorlik mustahkamlandi.
World bankning yillik hisobotiga ko’ra O’zbekistondagi yirik kompaniyalar
ESG kun tartibiga jalb qilingan, ammo bu faoliyat milliy regulyator talablarni
bajarishdan ko’ra ko’proq qo’shimcha investitsiyalarlarni jalb qilishga qiziqish
bilan belgilanadi.
O’zbekistonning eng yirik neft-gaz kompaniyasi "O’zbekneftgaz" AJ ESG
"Korxona ichki mas’uliyat markazi"
(ESG markazi) tashkil etdi. Uning asosiy
vazifalari ESG aspektlari bo’yicha tizimlashtirish va ma’lumotlarni oshkor
qilishdir . Kompaniya qiyosiy yirik sanoat kompaniyalarining uglerod izini
kamaytirish amaliyoti monitoringni boshladi va ESG ishlarini muvofiqlashtirish
uchun xorijiy neft va gaz kompaniyalarida tajribaga ega bo’lgan maslahatchini jalb
qilishni rejalashtirmoqdа
. Shuningdek, "O’zbekneftgaz " AJda xalqaro reyting
agentliklarining barqaror rivojlanish reytingini olish uchun strategiya ishlab
chiqish ishlari boshlandi.
"UZBAT-O’zbekiston", O’zbekistondagi eng yirik tamaki mahsulotlari ishlab
chiqaruvchisi, ESG sohasida bir qator loyihalarni amalga oshiradi, shu jumladan
elektr energiyasi ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish , uskunalarning energiya
sarfini yaxshilash, tomchilab sug’orish va kanalizatsiya tozalash inshootlari va
boshqa texnologiyalar. Faqat so’nggi ikki yil ichida kompaniya 180 kVt / soat
quvvatga ega quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o’rnatish uchun 180 ming
dollardan (UZS 2 mlrd) ortiq sarmoya kiritdi
. Tashkilot energiya iste’moli,
karbonat angidrid chiqindilari, suv iste’moli va chiqindilarni qayta ishlash
13
https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/07/esg/
14
https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/07/esg/
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
120
masalalarida asosiy ko’rsatkichlarga erishish uchun besh yillik strategiyani ishlab
chiqgan.
ESG-transformatsiyaning murakkabligi va davomiyligi bu jarayonga
erishishda bir qator to’siqlarga duch kelmoqda.
Quyidagi
omillar
kompaniyalarning
barqaror
rivojlanishini
sekinlashtirmoqda:
1.Barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun mablag’ning yetarli
emasligi;
2. Barqaror rivijlanish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning haqiqiy
ta’sirini korporativ darajada tushunishning mavjud emasligi;
3. Xodimlarda talab qilingan malakaning yo’qligi.
Xulosa
Birinchidan,
O’zbekistonda ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Korporativ
boshqaruv) tamoyillarini joriy etish jarayoni bosqichma-bosqich rivojlanib
bormoqda. Davlatning barqaror rivojlanish va "yashil" iqtisodiyotga o’tishga
qaratilgan strategik qarorlari, xususan “O’zbekiston-2030” dasturi, mamlakatda
qayta tiklanadigan energiya va uglerod neytralligi masalalarini ustuvor yo’nalishga
aylantirmoqda.
Ikkinchidan,
moliyaviy sektor, xususan O’zsanoatqurilishbank, Ipotekabank
OTP, Hamkorbank, Agrobank kabi yirik banklar, “yashil” kreditlash, ekologik
xavflarni baholash va xalqaro ESG reytinglarini olish orqali ushbu yo’nalishda
yetakchilik qilmoqda.
Biroq, barqaror rivojlanish loyihalarining moliyalashtirilishi, kadrlar malakasi
va loyihalarning ta’sirini to’g’ri baholashda mavjud muammolar ESG
transformatsiyasi oldidagi asosiy to’siqlardir. ESG standartlariga moslashish
nafaqat milliy regulyatorlar talabi, balki xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham
muhim omilga aylanmoqda. Bu esa O’zbekiston kompaniyalari uchun xalqaro
bozorda raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
121
Adabiyotlar ro’yxati:
UN Principles for Responsible Investment (PRI) "ESG
Integration in Corporate Finance"
2.Who cares wins:connecting financial markets to a changing world, https:
https://documents.worldbank.org/en/publication/documents-
reports/documentdetail/280911488968799581/who-cares-wins-connecting-
financial-markets-to-a-changing-world
3.Robert Eccle “Climate Risk and the Macroeconomy" Princeton University
Press (2020)
4.George Serafeim (Harvard Business School) "How to Build Enduring ESG
Strategies" (Harvard Business Review, 2020)
5.Colin Mayer "Prosperity: Better Business Makes the Greater Good" Oxford
University Press (Oxford University, 2018)
6. Ahmad H. Yaqub, M., Lee,S.H. The rise of Environmental, Social, and
http://ijsoc.goacademica.com/article/download
7. Lopez, C., Contreras, O. and Bendix, j. (2020) ESG Rating: The Road
Ahead milken Institute
8.
OECD (2022) "ESG Investing and Climate Transition"
9.McKinsey.
The
role
of
ESG
and
Purpose,
2022/www.mckinsey.com/business-functions/strategy-and-corporate-finance/our-
insights/the-role-of-esg-and-purpose
10.KPMG «Открывая новые горизонты: ESG-повестка в Азиатско-
Тихоокеанском регионе», 2022
11.McKinsey,
Five
ways
that
ESG
creates
value,
2019
www.mckinsey.com/business-functions/strategy-and-corporate-finance/our-
insights/five-ways-that-esg-creates-value
12.Центр
устойчивого
развития
СКОЛКОВО
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
122
13. Корпоративное управление и ESG-трансформация Российских
компаний, Центр устойчивого развития СКОЛКОВО, 2022
14. Годовой отчёт о привлекаемых зелёных инвестициях в Республику
Узбекистан по итогам 2024года, Ташкент 2024
15. https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/07/esg/
16. https://sqb.uz/esg/
https://www.spot.uz/ru/2024/03/13/esg-uzbekistan/
18.
https://uz.kursiv.media/2024-06-25/ot-ekologii-do-soczialnoj-
otvetstvennosti-kak-v-uzbekistane-razvivayut-esg-povestku/
19. https://www.fsb-tcfd.org
20. https://www.ifrs.org/groups/international-sustainability-standards-board
21.https://www.efrag.org
22. https://bcorporation.net
23. https://www.usgbc.org/leed
24. https://www.iso.org/iso-14001-environmental-management.html