https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
63
GLOBALLASHUV JARAYORIDA YOSHLARDA EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNI DOLZARB MUAMMOLARI.
Kenjaev Shavkatjon Xusanovich
GulDU dotsenti +998906807907
shavkatjonkenjayev773@gmail.com
Annotatsiya Globallashuv jarayonida ekologik madaniyatni rivojlantirishda
birinchi bosqichda ѐsh avlodni oiladan boshlab tarbiyalash, so‘ngra uni yanada
yuksaltirish uchun o‘rta ta’lim maktablarida tabiatga nisbatan munosabat, atrof-
muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtitrish va obodonlashtirish ishlarida
qatnashish, o‘simlik va hayvonot dunѐsini asrash kabi maqsadlar sari tarbiyalash
va ta’lim berish.
Kalit so‘zlar: Ekologik madaniyat, ekologik tarbiya, ekologiya, ekologik va
nafosat tarbiyasi, oilada ekologik tarbiya, tabiatga nisbatan munosabat, «inson-
tabiat-jamiyat» tushunchalari, atrof-muhit muhofazasi, yetuk shaxs, ekologik
bilim, ijtimoiy munosabatlar.
ЕCOLOGICAL CULTURE AND ITS FORMATION ABSTRACT
The first step in the development of ecological culture is to educate the
younger generation from the family, and then to raise and educate them in
secondary schools for such purposes as attitude to nature, participation in
environmental protection, landscaping and protection of flora and fauna.
Keywords: Ecological culture, ecological upbringing, ecology, ecological
and delicate upbringing, ecological upbringing in the family, attitude to nature,
concepts of "human-nature-society", environmental protection, mature person,
ecological knowledge, social relations.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
64
KIRISH
Ekologik madaniyat- bu atrof muxit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni
asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar xamda xayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida
qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir. Ana shu
xislatlarni o‘zida aks ettira olgan insonni ekologik tarbiya egasi deb atash mumkin.
Oilada ekologik ta’lim va tarbiya berishdan maqsad – bu insonni tabiatga qadam
qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun haѐti davomida tabiatdan ongli ravishda
foydalanishga, psixologik, axloq – odob yuzasidan xalqimizni asl ѐsh avlodlarining
tabiatga xurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash,
tabiiy boyliklarini ko‘paytirish, bog‘u-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga
undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan iboratdir. Ekologik
tarbiyalash jaraѐnida ѐshlar tabiat boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muxofaza
kilishga o‘rgatila boriladi.
Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi jamiyat yoshlarini ekologik jihatdan
savodxonligini madaniyatini oshirish, shunday ekologik madaniyatli, ta’lim –
tarbiyali kishilarni say’i xarakati bilan tabiatni muxofaza qilish, ozoda – toza
saqlash, hayvonot, qushlar, o‘simliklarga mehr uyg‘otish orqali tabiatni narsalarini
parvarishlashdir. Insonning kamolotga yetishishi ko‘p jihatdan oiladagi tarbiyaga,
ota-onaning mas’uliyatiga bola tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib,
haѐtda ularga qanchalik amal qilishiga ham bog‘liq. Ota-onalar o‘z bolalarining
tarbiyasi uchun jamiyat oldida javobgardirlar. Ota-onalar o‘z bolalarining asosiy
tarbiyachilari hisoblanadilar. Shuning uchun ular farzandlarini o‘z xalqining eng
yaxshi urf-odatlari va oilaviy an’analari ruhida oliyjanob fazilatli, bilimdon,
ekologik madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashlari lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
65
Globallashuv jarayonida bolalar qaerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy
ravishda ijtimoiy, siѐsiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi
o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi. Bolaning rivojlanishi va
o‘sishi uzluksiz davom etadigan jaraѐndir. Bu davrda uning shaxs sifatida
shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashѐ va buyumlar orqali anglab, undan
o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiѐtlari rivojlanishini kuzatamiz.
Haѐtning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiѐjlariga ko‘ra o‘ziga xos
bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan davrni shular
sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o‘sish,
rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu
palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir. Har bir oilada dunѐga
kelgan bola-ѐsh avlod davlat o‘rtaga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda
fidokorlik, mehnatsevarlik bilan xizmat qiladigan shaxs sifatida kamol toptirilishi
lozim.
Oilada ekologik madaniyatni shakllantirish uchun bolalarga iste’moldan
ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini
ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar joylarni ozoda
saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, xayvonlarga
g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiѐbonlarni gulzorga
aylantirish kabi xarakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng
oddiy ko‘rinishlari hisoblangan tushunchalarni singdirib borish zarur. O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyadagi ma’ruzasida
quyidagilar belgilangan: «Biz iqtisodiy loyihalarni, birinchi galda, mintaqaning
boy tabiiy zaxiralaridan, energetika va suv manbalaridan foydalanish, transport
kommunikatsiyalari, gaz va neft tarmoqlarini barpo etish, ekologik muammolarni
hal qilish kabi sohalarga tegishli aniq loyihalarni yaratish va amalga oshirish
borasida kuch va imkoniyatlarimizni birlashtirishimiz lozim».[1] Shuningdek,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
66
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi «2013–
2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha
harakatlar dasturi to‘g‘risida»gi 142-sonli qarori qabul qilingan. Istiqlol yillarida
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilaѐtgan
islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga
bo‘lgan ehtiѐjni qondirish, umumta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunar
kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olish, oliy ta’lim
muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda o‘quv
jaraѐni sifatini oshirish bilan bog‘liq amalga oshirilaѐtgan tadbirlar ta’lim tizimida
olib borilaѐtgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Darhaqiqat,
ta’lim tizimidagi izchil islohotlar o‘qitish sifati va mazmunini yuksaltiribgina
qolmay, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Ekologik me’ѐrlarni bilish ѐsh avlod uchun muhim ahamiyat kasb etadi.[2] Har
qaysi tarixiy davrlarda ham insonlarning tabiatga bo‘lgan munosabatlari mavjud
bo‘lgan.
Sharq mutafakkirlari asarlarida halollik, poklik, atrof- muhitning tozaligi va
tabiatni sevish xislatlariga ahamiyat berilgan. Vatandoshimiz Ibn Sino «Tabiatda
g‘ubor bo‘lmaganda insonlar umri yanada uzayishi» haqidagi nazariyani ilgari
surgan. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jaraѐnining mohiyatini
ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiat
qonuniyatiga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslagan.[5] XVIII asrda fransuz olimi
Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar
asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Uning fikricha, ta’lim
jaraѐnining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.[7] Ekologik va
nafosat tarbiyasining vositalari o‘quvchilarni go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash
maqsadida turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini
tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jaraѐnda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.
Tabiat, mehnat, insoniy munosabatlar ekologik tarbiya vositasidir. Tabiat ekologik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
67
tarbiyaning muhim manbaidir. K.D.Ushinskiy tabiatni ѐsh avlod estetik
tuyg‘ularining rivojlanishiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan ajoyib tarbiyachidir,
degan edi. Saѐhat, sayr, tabiatga bag‘ishlangan san’at asarlarini o‘rganish mazkur
yo‘nalishdagi an’anaviy faoliyatlardir. Biroq tabiat ichida bo‘lishning o‘zi yetarli
emas. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, his etish lozim. Bunday qobiliyat asta-
sekin rivojlanib boradi. Sayr, ekskursiya hamda maktab tajribaviy yer
maydonchasida ishlash paytida o‘qituvchilar e’tiborni tabiat boyliklariga, uning
shaklidagi mukammalliklarga qaratish nafosat, tabiatni sevish ehtiѐjigina bo‘lmay,
shuningdek, uni ehtiѐtlashdan ham iboratligini o‘quvchilarga tushuntirib borishlari
lozim.[6] Hozirda qonun fuqarolarning ekologik madaniyatini tartibga soluvchi
birdan-bir ijtimoiy vosita emas, ayni mahalda har bir fuqaroning ekologik
tarbiyasiga ѐrdam beradigan rasmiy ma’naviy kuchdir, deb tushunamiz. Fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga, shuningdek, atrof-muhitga
ehtiѐtkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Talabalarda eko- logik tarbiyani
shakllantirish jaraѐnida faqat qonunlarni o‘qitishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bunda
ekologik madaniyatni tadqiqot va targ‘ibot qilish asosidagi mavzularga
bag‘ishlangan tadbirlar ham ularda ekologik madaniyatning shakllanishiga
yaqindan ѐrdam beradi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda ѐsh avlod tarbiyasi muay yan maqsad asosida
tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiѐti, uning rivojlanish
yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilaѐtgan tarbiyaning asosiy maqsadi
komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Tarbiyaning natijasi yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni
tarbiyalashdir. Bu jaraѐn ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik,
shuningdek, talabalarning o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu
jaraѐnda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
68
U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo‘lida
amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor bo‘ladi, tarbiyaning shakl,
metod, vositalarini to‘g‘ri tanlay oladi va tarbiya jaraѐniga tadbiq etadi. Tarbiya
jaraѐnining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama ѐndashish bilan muvaffaqiyatli
tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan
ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning ko‘pdan-ko‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan
emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jaraѐnida bolaning shaxsiyati
ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi. Bola o‘sib va rivojlanib
borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-
siѐsiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy
tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi,
shuningdek, tarbiya jaraѐnini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy
shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga
keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jaraѐni talabalarning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish,
uning atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari
doirasini vujudga keltirish va kengayishiga qaratilgan. Oliy ta’limda talabalar
ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur
bo‘lsa, ularning ma’naviyati shunchalik boy bo‘ladi. Ma’lumki, ekologik
madaniyatni shakllantirishga bo‘lgan munosabat tarixiy xususiyatga ega. Qadimgi
tarixiy yodgorliklardan sanalgan muqaddas zardushtiylik dini asosida yaratilgan
«Avesto» asarida tabiatga bo‘lgan munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Unda
insonlarni rostgo‘ylikka, adolatparvarlikka undovchi; shahar va qishloqlarni
obodonlashtirish, yaylovlarni kengaytirish g‘oyalari; insonlarni madaniy turmush
tarzini yaxshilashga undovchi g‘oyalarning mavjudligi ahamiyatlidir. Ushbu
g‘oyalar hozirgi jamiyatimizdagi yetakchi g‘oyalarga mos keladi. Yildan yilga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
69
shahar-qishloqlarimiz
obod
bo‘lib, chiroy ochmoqda. Bu natijalar
fuqarolarimizning ekologik madaniyati yuksalganligidan dalolat beradi.
O‘z tabiatiga ko‘ra, tarbiya jaraѐni ko‘p omilli xarakterga ega. Ya’ni,
talabalarda ekologik madaniyatning qaror topishi oila, ta’lim muassasasi,
jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlarning xilma-xilligi, bevosita va
bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir
muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani ekologik
madaniyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Talabalarda ekologik madaniyatni
shakllantirish axloqiy qiѐfa, ijobiy xulq-atvor me’ѐrlarini tarkib toptirish, ularning
ijodiy qobiliyatlarining taraqqiy etishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uzluksiz ta’lim
tizimida tabiatshunoslik, biologiya, geografiya kabi fanlarning o‘qitilishi ekologik
tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish vositasi hisoblanadi. Ekologik tarbiyani olib
borish chog‘ida o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va
tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda EKO-
tizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiѐtidagi muhim o‘rni va mohiyati
borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiѐtkorona va
mas’uliyat bilan muno sabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish
tuyg‘ularini qaror topti rish, ekologik madaniyatni shakllantirish zarurdir.
«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis olimi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» – turar joy, makon, «logos» – fan)
o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini
boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jaraѐndir.[8] O‘zbekiston
Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida axamiyat
berilgan. Ijtimoiy- ekologik harakat g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142- sonli qarori bilan tasdiqlangan «2013–
2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
70
harakatlar dasturi»da o‘z ifodasini topgan. Mazkur dasturning maqsadi va
vazifalari qatorida ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilishga, shuningdek, ekologik
madaniyatni oshirishga ѐrdam beradigan shart-sharoitlarni yaratish belgilangan.
Ushbu dasturni bajarishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar tarkibida: atrof-tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan
foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’lim sohasida
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va me’ѐriy-uslubiy bazani rivojlantirish;
barqaror rivojlanish maqsadlari uchun ta’lim bo‘yicha va Ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi hamda ekologik xizmat
ko‘rsatuvchi me’ѐriy-texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar xodimlarining
kasbiy malakalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazlar tashkil etish
ko‘rsatilgan.[3] O‘quvchilarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror
toptirish, mehr- muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik
muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta’lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy
jaraѐndir. Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong), atrof-muhit va tabiat
muhofazasi yo‘lida olib borilaѐtgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni
shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud
holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u
murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoѐn bo‘ladi.
Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyatidir. Ekologik faoliyat ekologik
bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrofmuhit muhofazasini ta’minlash borasida
amalga oshirilaѐtgan jaraѐndir. Oliy ta’lim muassasalarida, oila va jamiyatda
ekologik mavzulardagi suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy
tanlovlar,
uchrashuv,
ijtimoiy-foydali
mehnat
(shanbalik,
hashar,
ko‘kalamzorlashtirish) kabilar ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi. Ta’lim
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
71
jaraѐnida ishtirok etaѐtgan sub’ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari,
badiiy adabiѐtlar, ommaviy axborot vositalari (jumladan, internet) materiallarining
g‘oyalari talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari
sanaladi. Ta’lim jaraѐnida ѐsh avlodning ekologik ongini shakllantirish uchun
quyidagi asosiy masalalar hal etilishi zarur:
Bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muhitni yaratish. Har bir shaxsda O‘zbekistonga,
uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun
javobgarlik ruhini shakllantirish. Ekologik madaniyatni targ‘ib etish markazi
maktab bo‘lishiga erishish. Ijtimoiy foydali mehnat ѐsh avlodni jamiyat haѐtini
tashkil etish jaraѐnida faol ishtirok etishga tayѐrlaydi. Talabalarda ekologik
madaniyatni tarkib toptirishda oilaning o‘rni muhimdir. Oilaning moddiy ta’minoti
va farovonligi, madaniy turmush darajasi, sog‘lom muhitning barqarorligi, oila
a’zolarining psixologik munosabati, o‘zaro hamkorlikning mavjudligi shaxsning
jamiyatga ijtimoiylashuviga xizmat qiladi.
Oilada tashkil etilgan mehnat bolalarni farosatli bo‘lish, ishni rejali olib
borish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkor bo‘lish, shuningdek, o‘zgalar
mehnati, inson mehnatining mahsuli bo‘lgan ne’matlarni asrab-avaylashga
o‘rgatadi. Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi (ekologiyasi)ga oid
tarbiyaviy ishlar ham tashkil etiladiki, bu jaraѐnda bolalarda «insontabiat-jamiyat»
tushunchalari o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘zaro muvofiqlik borasidagi g‘oyalarning
qaror topishiga zamin hozirlanadi. Oila muhitida tashkil etilaѐtgan hovli sathini
supuribsidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko‘chatlarni o‘tkazish va ularni parvarish
qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiѐtkorona munosabatda
bo‘lish bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg‘usini shakllantiradi.
O‘zbekistonning ѐsh avlod ta’lim-tarbiyasi borasida to‘plagan tajribasi har
tomonlama andaza olishga arzigulik ekanini e’tirof etgan holda, mamlakatimizning
o‘ziga xos taraqqiѐt yo‘li, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilaѐtgan islohotlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
72
naqadar to‘g‘riligiga yana bir ishonch hosil qilamiz. Ta’lim tizimi haqida so‘z borar
ekan, eng avvalo, ta’lim tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joizdir. Ta’lim – bu davlat
tomonidan qat’iy o‘rnatilgan me’ѐrlar asosida tabiat va jamiyat unsurlarini
o‘rganish bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida, aniq maqsadga
qaratilgan jaraѐn hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ekologik tarbiyaning samarali, izchil tizimini
yaratish, ekologik madaniyatini shakllantirish muammolarini ijobiy hal etish
jamiyat ijtimoiy haѐtida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, pedagogik ta’lim-
tarbiya, ijtimoiy turmush jaraѐnining barcha sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa,
u o‘zining komil inson tarbiyasidagi katta imkoniyatlariga ega bo‘lgan asosiy
ijtimoiy fan mavqeini egallab olmagan bo‘lardi. Ekologik bilimga ega bo‘lish,
ekologik madaniyat, ma’rifat va madaniyat sohibi bo‘lish, qonunlarni muqaddas
hisoblab, ularga shak keltirmasdan faoliyat ko‘rsatishga odatlantirish har bir
shaxsning insoniy fazilatiga aylanmog‘i kerak.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ekologik madaniyatni shakllantirish
davr talabidir. Zero, o‘z Vatani farovonligi, shahrining obodligi uchun kurashish
kelajakda xalqimizning iqtisodiy-madaniy turmushini yanada yaxshilashga xizmat
qiladi.[4] XULOSA Hozirgi kunda dunѐ bo‘yicha havo haroratining keskin
ko‘tarilishi isib ketishi jaraѐnlari kuzatilmoqda. Bu esa davlatimizning asosiy
ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Ekologik muammolarni bartaraf etish,
uning oldini olish uchun aholining ekologik madaniyatini va ongini oshirish,
ularning tabiatga bo‘lgan munosabatlarini yuksaltirish talab etiladi. Shuningdek
ekolologik madaniyatni oshirish maqsadida ѐshlarimizni maktabdagi ta’lim
jaraѐnida ekologiya to‘g‘risida va ekologiyaga bog‘liq bo‘lgan fanlarni ko‘proq
uqtirish lozim.
Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan
nutqida bugungi kunda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari nafaqat
O‘zbekistonda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham sezilayotganini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
73
ta’kidladi.“Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, qazib
olinadigan yoqilg‘idan nazoratsiz foydalanish global isish, tabiiy ofatlarning
ko‘payishi, atrof-muhit va aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda”, — dedi
prezident.Ushbu muammolarga javoban O‘zbekiston uch yil avval “Yashil makon”
umummilliy tashabbusini ilgari surdi, shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan
birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishdi. Bundan
tashqari, Toshkentda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni o‘rganishga ixtisoslashgan
Markaziy Osiyo universiteti tashkil etildi.Xalqaro maydonda tashabbuslarni ilgari
surishga alohida e’tibor qaratilmoqda: O‘zbekiston BMTning ekologik sohada
ikkita asosiy rezolyutsiyasini taklif qildi. Shu bilan birga, "yashil" energiya
allaqachon
mamlakat
iqtisodiy
o‘sishining
muhim
omiliga
aylanmoqda.Prezidentimiz fuqarolarning fikr va takliflarini inobatga olib, 2025-
yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” deb
e’lon qilish orqali bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taklif etdi.
Yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar. Hukumat joriy yil uchun
ustuvor vazifa sifatida belgilangan eng muhim vazifalarni amalga oshirishga
qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqishi kerak. Bu dasturda “yashil”
texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, yashil maydonlarni keskin ko‘paytirish,
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal etish, eng
muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi
lozim.
REFERENCES
1.
Bobir o‘g‘li, A. T. (2025, April). MILLIY INTELLEKTUAL
SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHDA TAFAKKUR USLUBINING
AHAMIYATI. In
Uz Conferences
(Vol. 1, No. 9).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-5_ Май-2025
74
2.
Abdullayev, T. B. O. G. L. (2023). INSON BORLIG ‘IDA ONG VA
TAFAKKUR USLUBI MUTANOSIBLIGI.
Academic research in
educational sciences
,
5
(NUU Conference 2), 97-101.
3.
Абдуллаев, Т. Б. У. (2018). Духовно-нравственный облик молодежи в
условиях глобализации.
Academy
,
2
(6 (33)), 67-69.
4.
Abdullayev,
T.
B.
O.
G.
L.
(2022).
BILISH
FALSAFASI
TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O ‘RNI.
Academic research in
educational sciences
, (3), 222-224.
5.
Abdullaev, T. (2023). TIL VA TAFAKKUR DIALEKTIKASINING
BILISH JARAYONIDAGI ROLI.
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг
долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных
наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences.
,
3
(7), 138–143.
https://doi.org/10.47390/SCP1342V3I7Y2023N18
6.
Kenjayev SH.X.Uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlar ma’naviy-axloqiy
tarbiyasi , Monografiya,T,-Toshkent. Metodist nashriyoti-2024.
7.
Kenjayev Sh Yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda
badiiy adabiyotning o’rni. Monografiya. T., - 2022 Innovatsion – Ziyo.
8.
Kendjaev, S. (2022). IMPROVING THE MORAL EDUCATION
SYSTEM OF FUTURE TEACHERS.
CURRENT RESEARCH JOURNAL
OF PEDAGOGICS
,
3
(03), 48-51.