https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
412
ROBOTOTEXNIKA ELEMENTLARINI O`QUVCHILARGA
O`QITISHDA STEAM TA`LIM TEXNOLOGIYASI
Mamasoliyeva Oygul Tohirjon qizi
Farg`ona Davlat Universiteti magistranti Farg`ona, e-mail:
Anotatsiya; Maqolada STEAM ta'lim texnologiyasining ilmiy asoslari tahlil
qilinib, uning o‘quvchilarga robototexnika elementlarini o‘rgatishdagi o‘rni va
ahamiyati tadqiq etiladi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta'lim yondashuvining
samaradorlik omillari va natijalari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: robototexnika, STEAM ta'lim, integratsiyalashgan yondashuv,
innovatsion ta'lim, o‘quv metodikasi.
Kirish
Zamonaviy ta'limda texnologik rivojlanish talablariga mos holda
o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb masalaga
aylangan. Ayniqsa, robototexnika fanining o‘quv dasturlariga kirib kelishi
o‘quvchilarda muhandislik tafakkuri va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Bu jarayonda STEAM ta'lim
yondashuvi asosiy vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaviy jarayonda innovatsion pedagogik va
axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini oshirishga
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda Zamonaviy
texnologiyalar bilan boyitilgan amaliy mashg‘ulotlar o’quvchi yoshlarni mustaqil
izlanishga, ijodiy fikrlashga, intellektual salohiyatini shakllantirishga qaratilgan.
O’qituvchi bu jarayonda bola shaxsi va bolalar jamoasining shakllanishi, bilim
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
413
olishi va tarbiyalanishiga imkoniyat yaratadi, shu bilan bir qatorda,
kuzatuvchanlik, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ushbu
vaziyatda o’quvchi asosiy ijroni amalga oshiradi. Pedagog-olimlaming ta’lim-
tarbiya tizimida “nega o‘rgatamiz?, nimani o‘rgatamiz ?, qanday o‘rgatamiz ?
Savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib faoliyat jarayonida samarali
natijalarga erishish mumkin ? - degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, ta’lim-
tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, ya’ni faoliyatni ishlab chiqarishga
oid aniq kafolatlangan, natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga ehtiyoj
borligini ко‘rsatdi.Bunday ehtiyoj va fikrlaming tug‘ilishi yangi pedagogik
innovatsion texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun-mohiyati.
Har bir predmetning o‘ziga xos yaratish, ishlab chiqish texnologiyasi bor.
O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit
jarayon boiib, u talaba (yoki bola)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir
maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija
berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Shunday ekan,"texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z
texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha
ikki so‘zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan
so‘zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham,
zamonaviy texnologik jarayonni toiiq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon,
har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalaming
ketma-ketlikda bajarilishni ko‘zda tutadi. O ‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida
texnologiya so‘zining ta’rifi quyidagicha berilgan (yunoncha techne - san’at,
mohirlik,o‘quv) - sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda
mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ulami qayta ishlash usullari tartibga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
414
solingan tizim; shu usullami ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan
shug‘ullanadigan fandir.
Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va
o‘zgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyasini ishlab chiqish uchun
texnologik
hujjatlami
ishlab
chiqish,
tizimli
texnologik
jarayonlar,
standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi
bo’lishi lozim. Yana bir ensiklopedik lug‘atda texnologiya so‘ziga shunday ta’rif
beriladi: texnologiya - bu «biror bir material, yarim fabrikat, yoki xomashyoni
qayta ishlash, tayyorlash, uning holatini o‘zgartirish, xususiyatlarini boshqacha
qilishga yo‘naltirilgan metodlar majmuasidir».
Maktab va Maktabgacha ta’lim tizimiga STEAM ta’lim texnologiyasini
joriy etish bugungi kun talabi ekan, texnologiya tushunchasi bilan birgalikda
integratsiya terminining mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tish juda
muhimdir.Integratsiya - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi
integratio - “tiklash, to‘ldirish, bir butun” so‘zlari ma’nosini anglatadi. Integratsiya
atamasini ikki xil ma’noda tushunish mumkin:
1. Sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro
bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan
tushuncha;
2. Fanlaming yaqinlashuvi va o‘zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan
birga kechadi;
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahonda integratsiya g‘oyalari ilgari
surila boshlandi.1980 yillaming 2-yarmidan boshlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham
integrativ yondashuvlar yetakchilik qila bordi. Integratsiyalashgan ta’limda
birlashtirilgan yondashuvga asoslanib, olimlar V.V. Krevskiy, N. Talisina
pedagogikadagi integratsiya jarayonini boshqa fanlar bilan birlashtirish haqidagi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
415
ilg‘or fikrlarini tatbiq etdilar. Shunday ekan, integratsiya, integratsion faoliyat,
integratsiyalashgan ta’lim jarayonida o‘zaro bir necha fan va sohalar, yo‘nalishlar
birlashib, yaxlit mazmun kasb etadi, yuqori samaradorlikni ko‘rsatadi.Bunga misol
tariqasida zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan biri bo‘lgan STEAM ta’lim
texnologiyasini amaliyotga joriy etish zarur.
S - science
T - texnology
E - engineering А - art
М - mathematics
STEAM bu - S - science, T - texnology, E - engineering, A - art va
mathematics - Ingliz tilida bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya,
muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng
mashhur bo’lib kelayotganini unutmasligimiz kerak. Shuning uchun bugungi
kunda STEAM ta’lim tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qoilash, shuningdek, barcha
beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAM yondashuvi o‘quv samaradorligiga qanday ta’sir qiladi? Uning
asosiy g‘oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir.
O‘rganish paytida biz nafaqat aqlimiz bilan, balki qoiimiz bilan ham bir vaqtda
ishlashimiz kerak. Faqat guruh devorlarida o ‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo
bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli
xil mavzulami muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ham miyani, ham qoilarini
ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari “uqib oladilar”.
STEAM ta’limi nafaqat o‘qitish usuli, balki fikrlash tarzidir. STEAM ta’lim
muhitida bolalar bilimga ega boiadilar va darhol undan foydalanishni o‘rganadilar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
416
Shuning uchun, ular o‘sib-ulg‘ayganlarida va hayotiy muammolarga duch
kelganda, atrof-muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o‘zgarishi boiadimi,
bunday murakkab masalalami faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va
birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu yerda faqat bitta
mavzu bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emas.
Bundan ko‘rinadiki, STEAM ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi
bolalar amalda bajargan faoliyatlarini ijodiy fikrlash orqali tushuntirib berishga
harakat qiladilar.
STEAM ta’lim texnologiyasini tarixiga nazar tashlaganda, uning asoschisi
kim ekanligiga qiziqish tabiiy. Jorjetta Yakman - ya’ni amerikalik o’qituvchi
Jorjetta Yakman STEAM ta’lim texnologiyasi asoschisi hisoblanadi. Jorjetta
Yakman 2006 yilda o‘zining dizayn yo‘nalishidagi maktabida STEAM ta’lim
texnologiyasini ishlab chiqdi va 2007 yilda muhandislik va texnologiya
o‘qituvchisi sifatida uni joriy eta boshladi. Shu asosda 2008 yilda “Integratsion
ta’lim modeli” ni yaratdilar.
Robototexnika ta’lim moduli:
- mantiq va algoritmik flkrlashni rivojlantirish;
- dasturlash asoslarini shakllantirish;
- rejalashtirish, modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish;
- axborotni qayta ishlash;
- ajralmaslik va naqshlami topish qobiliyatini rivojlantirish;
- amaliy muammolarni tezda hal qilish qobiliyati; ta’kidlash, chizmachilik,
yozish qobiliyatini o‘zlashtirish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
417
- universal ramziy tizimlardan (ramzlar) foydalanish bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalar);
- jarayonni baholash qobiliyatini va o‘z faoliyatining natija-larini ishlab
chiqish.
" Robototexnika " moduli zamonaviy ta’lim jarayonida eng ko’p talab q
ilinadigan narsalardan biridir. "Robototexnika"ishlab chiqarishni jadallashtirish
maqsadida
avtomatlashtirilgan
texnik
tizimlri
ishlab
chiqish
bilan
shug‘ullanadigan amaliy fan. Robototexnika elektronika, mexanika, kibernetika,
telemexanika, mexatronika , informatika, radiotexnika va elektronika sohalarini
o‘zida birlashtiradi.
Xulosa
STEAM texnologiyalari maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda
intellektual qobiliyatlami rivojlantirish va ulami ilmiy-texnik ijodga jalb qilish
uchun ta’lim vazifalarini amalga oshirishga kompleks integratsion yondashuvni
ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM yondashuvi bolalami tajribalar
o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o‘z
g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi.
Robototexnika va STEAM texnologiyasi asosida o‘qitish ta’lim sifatini oshirib,
o‘quvchilarda yuqori darajadagi kompetensiyalarni shakllantiradi. Bu yondashuv
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning mukammal modeli sifatida qaralmoqda.
STEAM texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarning texnologik savodxonligini
oshirish va ularni zamonaviy kasb sohalariga tayyorlash uchun muhim ahamiyat
kasb etadi
Foydalanilgan Adabiyotlar ro‘yxati
1. Yakman, G. (2008). STEAM Education: An Overview of Creating a
Model of Integrative Education.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
418
2. Beers, S. Z. (2011). 21st Century Skills: Preparing Students for THEIR
Future.
3. Capraro, R. M., & Slough, S. W. (2013). Project-Based Learning: An
Integrated Science, Technology, Engineering, and Mathematics (STEM)
Approach.
4. Bybee, R. W. (2013). The Case for STEM Education: Challenges and
Opportunities.
5. Bers, M. U. (2008). Blocks to Robots: Learning with Technology in the
Early Childhood Classroom.
6. Resnick, M. (2006). Computer as Paintbrush: Technology, Play, and the
Creative Society.
7. Papert, S. (1980). Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas.
8. Honey, M., & Hilton, M. (2011). Learning Science Through Computer
Games and Simulations.
9. Clapp, E. P., Ross, J., Ryan, J. O., & Tishman, S. (2016). Maker-Centered
Learning: Empowering Young People to Shape Their Worlds.
10. Dede, C. (2010). Comparing Frameworks for 21st Century Skills.