Авторы

  • Ovlayorov S.Gʻ.

Биография автора

  • Ovlayorov S.Gʻ.

    Qarshi davlat texnika universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88157

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: Lemex barmoqli yumshatgich ekssentrik tugunak resurstejamkor panjarali qism Keywords. Ploughshare ring ripper tuber eccentric resourcesaving latticed part.

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada kartoshka hosilini toʻliq kovlab olishni taʼminlaydigan resurstejamkor va samarali texnika vositasi hamda texnologiyasini ishlab chiqish uchun ilmiy-texnikaviy yechimga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari keltirib oʻtilgan. Kartoshka kovlab olishda ixcham konstruksiyaga ega kartoshka tugunaklarini bir yoʻla qazib elaklaydigan qurilma bilan jihozlangan kartoshka kovlagich ishlab chiqish va texnologik ish jarayonini asoslash, uni resurstejamkorlikni taʼminlaydigan parametrlarini asoslash boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻrsatib oʻtilgan.

Abstract. This article presents research papers with a scientific and technical solution for the development of a resource-saving and effective technical means and technology that ensures complete digging of the potato crop. It is indicated that it is necessary to develop a potato digger equipped with a device that digs potato tubers of compact design in one way, and to justify the technological process of work, to justify its parameters that ensure resource efficiency


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

315

RESURSTEJAMKOR KARTOSHKA KOVLAGICHNING QAZISH

QISMINI TAKOMILASHTIRISH

Ovlayorov S.Gʻ.

Qarshi davlat texnika universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada kartoshka hosilini toʻliq kovlab olishni

taʼminlaydigan resurstejamkor va samarali texnika vositasi hamda texnologiyasini

ishlab chiqish uchun ilmiy-texnikaviy yechimga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari

keltirib oʻtilgan. Kartoshka kovlab olishda ixcham konstruksiyaga ega kartoshka

tugunaklarini bir yoʻla qazib elaklaydigan qurilma bilan jihozlangan kartoshka

kovlagich ishlab chiqish va texnologik ish jarayonini asoslash, uni

resurstejamkorlikni taʼminlaydigan parametrlarini asoslash boʻyicha maqsadli

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻrsatib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar: Lemex, barmoqli yumshatgich, ekssentrik, tugunak,

resurstejamkor, panjarali qism

Abstract. This article presents research papers with a scientific and

technical solution for the development of a resource-saving and effective technical

means and technology that ensures complete digging of the potato crop. It is

indicated that it is necessary to develop a potato digger equipped with a device that

digs potato tubers of compact design in one way, and to justify the technological

process of work, to justify its parameters that ensure resource efficiency

Keywords. Ploughshare, ring ripper, tuber eccentric, resourcesaving,

latticed part.

Aktiv lemexlar passiv lemexlarga qaraganda texnologik jarayonini

yaxshilasada aktiv lemexlar va kombinatsiyalashgan qazish ishchi organlari

konsturuksiyasi oʻta murakkab va ortiqcha energiya talab etadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

316

Shu boisdan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan qazish ishchi

organlari va umuman kartoshka kovlagichlarni tortishga qarshilik kuchini

kamaytirish, buning evaziga energiyani tejash va texnologik jarayonni

yaxshilashga katta ahamiyat berilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda kartoshka kovlash

mashinalarini tortishga qarshilik kuchini kamaytirish evaziga mashinaning ish

unumdorligini oshirish va texnologik jarayon sifatini yaxshilash dolzarb

vazifalardan biri hisoblanadi.

Qarshi davlat texnika universitetida konsturuksiyasi yangi boʻlgan energiya

va resurstejamkor kartoshka kovlagich mashinasining konsturuksiyasi yaratildi (1-

rasm). Kovlagich konsturuksiyasi qazish ishchi lemexi 1 va uning orqa qismi

oldingi qismiga koʻra pogʻonasimon pastga yoʻnaltirilgan panjasimon qismdan 2

iborat. Pogʻonasimon qismning ostki qismiga barmoqli yumshatgichlar 3

oʻrnatilgan. Barmoqli yumshatgichlar shatun 4 va ekssentrik 6 orqali ulangan

boʻlib unga harakat kovlagichning yurish gʻildiragi 5 va ekssentrik 6 orqali

uzatiladi.

1-rasm. Kartoshka kovlagichning qazish qismi konsturuksiyasi

1-qazish lemexi; 2-panjarali qismi; 3-barmoqli yumshatgichlar; 4-shatun;

5-yurish gʻildiragi; 6-ekssentrik; 7-tayanch; 8-elaklash ishchi organi; 9-rama.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

317

Barmoqli yumshatgichlar 3 yurish gʻildiragiga 5 ulangan, shatun 4 va

ekssentrik 6 orqali harakatga keltiriladi. Shatun 4 pastki qismiga tayanch 7

oʻrnatilgan. Demak barmoqli yumshatgichlar 3 tebranma harakatni yurish

gʻildiragidan maxsus uzatma orqali oladi va harakatlanadi.

Taklif etilayotgan qurilmaning ishlash jarayoni quyidagilardan iborat:

Kovlagichni harakatlanishi jarayonida qazish lemexlari 1 tuproq qatlamini

kartoshka tuganaklari bilan qazib oladi va massani lemexning orqa qismidagi

panjarali qismi 2 ga yoʻnaltiradi. Lemex 1 va uni orqa qismi 2

pogʻonasimon qismidan oʻtib tuproq palaxsasi ushbu yuzalardan oʻtgach sinadi

(chizmada h masofa) va tuproqni deformatsiyalanishi, maydalanishi va tuproqni

kartoshka tuganaklaridan ajralish jarayoni boshlanadi. Lemexni orqa qismidagi

panjarali qismi 2 ostiga harakatlanuvchi barmoqli yumshatgichlar 3 oʻrnatilgan va

u harakatni gʻildirak 5 orqali krivoship-shatun mexanizimi 4 va ekssentrik 6 orqali

harakatlanadi.

Texnologik jarayonni yaxshilash maqsadida shatunning tayanchga 7

nisbatan yelkalari bir xil emasligi, yurish gʻildiragi 5 harakati davomida ekssentrik

6 agregatni yurish tomoniga burilishi va shatun 4 tayanchga 7 nisbatan buriladi.

Bunga shatunning ekssentrik tomonidagi yelkasi pasga harakatlanadi, 4 shatuning

yumshatgichlar 3 tomonidagi yelkasi esa yuqoriga koʻtariladi va

yumshatgichlar 3 lemexning panjarasimon qismidagi oraliqdan oʻtib yuqoriga

koʻtariladi. Shu tariqa barmoqli yumshatgichlar 3 tuproq massasi bilan, taʼsirlanib,

uni maydalab elak 8 tomoniga surib beradi. Natijada qazish lemexi ustida

tuproqning toʻplanishi va ayniqsa uning oldida tuproqning uyumlanishiga barham

berildi. Texnologik jarayon yaxshilanadi va eng muhimi qazish lemexi oldida

tuproqning uyumlanishiga barham berilgach tortish qarshilik kuchi va energiya

sarfi kamayadi.

Tajriba – tadqiqot jarayonida tuproqning oʻrtacha namligi 12% …14%

qattiqligi 120…150 N/sm

2

, qazish chuqurligi 18..22 sm, agregatlovchi traktor


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

318

MTZ-80, uning 1..3 uzatmalarida harakatlanish tezliklari 0,5 … 1,3 m/s, qazish

oldidan oʻsimlik poyalari oʻrilgan.

Tadqiqotlar jarayonda ekperimental kartoshka kovlagichi seriyadagi

KTN-2B kovlagichi bilan taqqoslanadi. Agregatning 1..3 uzatmalarida harakat

tezligi 0,5… 1,3 m/s boʻlganida qazish chuqurligi 20 sm, seriyadagi agregatni

tortish qarshiligi 540-770 kg, eksperimental kovlagichda esa bu koʻrsatgich 450-

600 kg atrofida ekanligini koʻrsatdi, yaʼni tortish qarshilik kuchi eksperimental

kovlagichda 11…16% kamayganligini koʻrsatdi. Turli qazish qismli kartoshka

kovlagichining energetik ko‘rsatkichlari jadvalda keltirilgan.

Turli qazish qismli kartoshka kovlagichining energetik

ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

KTN-2B passiv

lemexli

KTN-2B eksperimental

yurish qismi

Harakat tezligi, m/s

0,5

0,75

1,3

0,5

0,80

1,45

Tortish qarshilik kuchi,

kN

5,4

6,7

7,7

4,5

5,2

6,0

Tortish quvvati, kVt

2,5

5,0

10,1

2,2

4,16

8,7

Taklif etilgan qurilma yordamida elaklardagi tuproq massasini elaklanish

darajasini aniqlash uchun oxirgi elevator soʻngida maxsus material (polotno) val

osib qoʻyildi. Harakat jarayonida material polotna yer yuzasiga toʻshalib ketadi va

elaklanmagan tuproq massasi kartoshka tuganaklari bilan polotna ustiga tashlab

ketiladi. Polotno ustidagi massa elaklanmagan tuproq kesaklari, tuproq va o‘simlik

qoldiqlaridan iborat. Har ikkala taqqoslanayotgan variantda polotna ustidagi (1

m

2

), yuzasidagi tuproq massasi va kartoshka tuganaklari hissasiga koʻra

(fraksiyalarni oʻlchash orqali) elaklanish darajasi aniqlandi. Tajriba


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

319

maʼlumotlariga koʻra, eksperimental kovlagichlarning elaklarida tuproqning

elaklanish darajasi, seriyadagi variantga koʻra 20..25% ga oshganligi aniqlandi.

Taklif etilgan qazish qismi parametrlari quyidagicha: lemexni qamrash eni

0,45 m shundan lemex orqa qismidagi panjarasimon qismi uzunligi 0,15 m

panjarasimon barmoqlar diametri 10 mm, ular orasidagi masofa 2.0…2,5 sm soni

esa 18 dona, lemexni gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 25°.

Taklif etilgan kartoshka kovlagichning qazish qismi energiya va

resurstejamkor, uni qoʻllash esa mashina unumdorligini seriyadagi variantga koʻra

12…15% oshirilishiga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Г.Д.Петров, П.В.Бекетов. Механизация возделывания и уборки

овощей. Москва, 1983

2.

Д.Р.Норчаев,

С.Гʻ.Овлаёров

и

др.

Сепарирующеe-

транспортирующеe устройство корнеклубнеуборочной машины.

Патент Республики Узбекистан №FAP 2432. 2023.

3.

А.А.Голиков Совершенствование технологического процесса и

рабочего

органа

сепарации

картофелеуборочных

машин.

Автореферат дисс. на соис. к.т.н. Рязань 2014, стр.19-23.