https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
405
TALABALAR ORASIDA MILLIY G’URUR VA
VATANPARVARLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDA
TARBIYAVIY TADBIRLARNING ROLI
Jabborova Ferangiz Jamshet qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti 70110102- Pedagogika va psixologiya
mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
jabborovaferangiz2001@gmail.com
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada mamlakatimizda talaba yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini
shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar,vatanparvarlik tuyg’ularini
shakllantirishda tarbiyaviy tadbirlarning roli haqida soʻz boradi. Bugungi kunda
yoshlarimizga qaratilayotgan eʼtibor xususida fikr yuritiladi.
Kalit So‘zlar: vatanparvarlik, sanʼat sohasi, estetik ehtiyojlar, madaniy-
maʼrifiy faoliyat, konstitutsiya, mustaqillik, tarbiya.
ABSTRACT : This article talks about concepts and views on raising the
young generation in our country in the spirit of love for the Motherland, forming a
sense of patriotism in young people. We are thinking about the attention paid to
our youth today.
Keywords: patriotism, art, aesthetic needs, cultural and educational activity,
constitution, independence, education
KIRISH
Davlatimiz tomonidan yoshlarga nisbatan yuritilayotgan bunday siyosat
bevosita yoshlarning o‘z huquqlari va burchlariga rioya qilish mas’uliyatini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
406
oshiradi. Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda “Yoshlarimizga munosib
ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz
kerak. Shu maqsadda ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, oliy va o‘rta o‘quv
yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan
yaxshilashimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbatini
ma’rifatga e’tibor bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi
oydinlashadi.Shu sababli bugungi kunda umumta’lim o‘quv muassasalarida, o‘rta
maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarni, shu jumladan,
oliy ta’lim dargohlarida ta’lim olayotgan talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik
ruhida tayyorlash endilikda ta’lim-tarbiya ishlarining barcha tizimlari orqali
amalga oshirilmoqda.Darhaqiqat, Vatanga nisbatan chinakam sadoqat uni himoya
qilishga ham qodir bo‘lishni talab etadi.
Ta’kidlash zarurki, o‘zbek xalqining axloqiy qadriyatlarida harbiy
vatanparvarlik yurt tarixi, taqdiriga chuqur hurmat bilan qarash, Vatan
himoyasi yo‘lida fidoyilik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga
xos fazilat sifatida qadrlanadi. Bu tuyg‘u “muhabbat”, “ishonch”, “sadoqat”
kabi axloqiy tushunchalar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur
o‘rin olganligi uchun ham davrlar mobaynida o‘z mavqeini yo‘qotmay
kelayotgan falsafiy kategoriyadir.
Vatanparvarlik o‘zida birlashtirish, yo‘naltirish, jipslashtirish, safarbar
qilish kabi axloqiy, sifatlarni mujassam etganligi uchun o‘zbek xalqi
ma’naviy merosiga taalluqli barcha manbalarda ulug‘lanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasining ikkinchi bobida “oliy ta’limda ma’naviy-
axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat,
insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
407
mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish” masalasi muhim
vazifalardan biri sifatida belgilab berildi. Tanlangan muammo yechimini
topishga yo‘naltirilgan ilmiypedagogik faoliyat jarayonini yoritishda asosiy
tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglash tadqiqot yo‘nalishini aniq belgilab
olish imkonini beradi. Ana shu sababli tadqiqotda “talaba”, “vatanparvarlik”,
“vatanparvarlik tarbiyasi”, “pedagogik texnologiya”, “artpedagogika” kabi
tushunchalar mazmuni yoritib berildi.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
“Talaba” tushunchasi “so‘rovchilar, talab qiluvchilar, o‘quvchilar” sifatida
izohlangan. Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol,
harakatchan, jonkuyar kishi hisoblanadi. Bevosita ilmfanni
o‘zlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual
ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda
maʼnaviy-axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlish masalasi har doim muhim
sanaladi.“Vatanparvarlik” atamasi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da
“kishilarning ona yurtiga, o‘z vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan
tushuncha” deb ta’riflansa, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ushbu atama
“vatanparvarlarga xos ish, xatti-xarakat, xislat” tarzida izohlanadi.
“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar lug‘atida “Vatanparvarlik” –vatanning
ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxilsizligi, mustaqilligining himoyasi
yo‘lida fidoiylik ko‘rsatib yashash, ona xalqining ornomusi, shon-sharafi,
baxtu saodati uchun kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh
etishdek dunyodagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan
tushuncha” deb ta’riflangan.
Vatanparvarlik bu –insonning o‘z mamlakatidan faxrlanish tuyg‘usini,
uning taqdiriga daxldorlik hissiyotini, mustaqil Vatanini himoya qilish
hamda xavfsizligi uchun fuqarolik burchi va mas’uliyatini anglab
yetishdir.Vatanparvarlik ona yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga
chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
408
namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat. Vatanga,
xalqqa bo‘lgan hurmat, muxabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy
manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur joy
oladi, faoliyatiga ta’sir etadi. Vatanparvarlik –bu Vatan ozodligi, ota-ona, el-
yurt, jigargo‘shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va
ma’naviy tayyor bo‘lish, harbiy vatanparvarlik sir-asrorlari bilan puxta
qurollanish, bu iroda muayyan bilimga ega bo‘lishdir.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo,
vatanparvarlik, bilim, ma’naviyat. Jamiyatimizda ana shunday
vatanparvarlik ruhini, shukronalik ruhinikuchaytirishimiz kerak”. Mazkur
fikirlar pedagogika sohasi vakillari zimmasiga vatanparvarlik fenomeni bilan
bog‘liq yuksak vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Jumladan, talaba-
yoshlarimizning kundalik hayoti, yurish-turishi, ta’lim-tarbiyasi va umuman
hayotining oliy maqsadini to‘g‘ri belgilash ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab
etadi.
Vatanparvarlik jasorati haqida fikr yuritganda, o‘z aql-idroki bilan
jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Abu Nasr alForobiy, Abu Mansur as-Samarqandiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abul Fazl anNasafiy, Mahmud az-Zamaxshariy,
Abdul Qohir Jurjoniy, Faxriddin ar-Roziy, Murzo Ulug‘bek singari o‘nlab
qomusiy mutafakkirlarni yodga olishimiz zarur.Yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularni Vatan mudofaasiga jismonan va ma’naviy
jihatdan tayyorlash zarurligi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Har sohada yurtimiz erishayotgan muvaffaqiyatlaridan quvonish,
taqdiri uchun qayg‘urish, millati bilan g‘ururlanish, ona tuprog‘i, qadimiy va
navquron obidalari, ilm-fan, madaniyat va san’at, sportdagi yutuqlarini,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
409
moddiy va ma’naviy boyliklarini va o‘lmas qadiryatlarini ko‘z qorachig‘idek
asrash va kelgusi avlodga avaylab yetkazish –bularning barchasi
vatanparvarlikdir. Talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish
farzandlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim,
kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb ahamiyatga ega vazifalardan biri sifatida
tahlil etildi.
Bugun oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarda o‘z millatiga sodiqlik,
o‘z taqdiri uchun qayg‘urish va daxldorlik hissini singdirishga, qalblarida
yot g‘oya va salbiy qarashlarning ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni
rivojlantirishga doir choratadbirlar yetarli darajada tizimli tashkil
etilmagan va tashkil etilgan tadbirlarning samaradorligini monitoringi
olib borilmagan. Vatanparvarlikka yo‘naltirilgan ma’naviyma’rifiy,
tarbiyaviy tadbirlarning ma’lum bir mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi
ko‘zga tashlandi.Shu bilan birga, milliy qadriyatlar, xalqlarning madaniyati
va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yot g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan
urinishlar kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlari jadal
rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlamga aylanib qolmasligini
ta’minlash pedagoglar oldiga keng miqyosdagi tizimli-tarbiyaviyprofilaktik
vazifalarni qo‘ymoqda.
Bizningcha, talabalarda vatanparvarlik hissini tarbiyalash jarayonini
tezlashtirish va samarali bo‘lishini oz bo‘lsada ta’minlash maqsadida
faqatgina dars jarayoni bilan chegaralanib qolmasdan balki darsdan tashqari
vaqtlarda gurux murabbiylari (tuyuterlar) boshchiligida oliy ta’lim
muassasalarida tashkillanadigan ma’naviy tadbirlar jarayonida quyidagi
mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ko‘rik tanlovlar, mahorat darslari
va boshqa tadbirlarni o‘tkazishlari maqsadga muvofiqdir: «Vatanparvarlik-
o‘z o‘lkasini o‘rganishdan, sevishdan boshlanadi», «Mustaqil Vatanim seni
kuylayman», «Yosh avlodni o‘z madhiyasi, bayrog‘i, gerbi, Konstitutsiyasi,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
410
Prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalash», «Mening Vatanim-faxrim», «Ona
Vatanga sodiq bo‘lish», «Mustaqillik bergan buyuk ne’mat», «Vatan
yagonadir, Vatan bittadir», «Alpomish avlodlarimiz», «Yurt o‘g‘lonlari»
shular jumlasidandir.Bu tashkillanidaigan tajriba sinov ishlari davomida
talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishga karatilgan tadbirlar mexanizmi
o‘z natijasini beradi.
XULOSA
Mamlakatimizning Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Yuksak
ma’naviyat–yengilmas kuch» kitobida komil inson tarbiyasiga keng to‘xtalib,
quyidagilarni ta’kidlaydi: “Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir
bola timsolida, avvalo, shaxsniko‘rishi zarur. Ana shu talabdan kelib
chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish –ta’lim-
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul
qilishimiz kerak”. Bundan ko‘rinib turibdiki biz pedagoglar xamda yoshlar
tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan barcha soha vakillari, davlatimiz tomonidan
chiqarilgan qaror va qonunlarda ko‘rsatilgan maqsad va asosiy vazifalaridan
kelib chiqib, yoshlarni Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish,
ularda o‘z yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak mas’uliyat hamda
javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishimiz zarurdir.Birinchi
navbatda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, sharqning
badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirish. Bu borada
asosiy manba sifatida ARTpedagogika vositalari orqali milliy an’analarga boy
adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, teatr va kino san’atning boshqa turlari bilan
tanishtirish ya’ni yurtimizni diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar
uyushtirish, o‘zbek xalqining o‘tmishdagi va zamonaviy turmush tarzi aks
etgan milliy spektakllarga va muzeylarga olib borish. Bu bilan talabalarni o‘z
xalqiga va yurtiga muxabbatini ortirish lozim. Bularning jamlanmasi va bu
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
411
vositalar orqali vatarparvarlikni rivojlantirishga qaratilgan maksadga
erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “Yoshlarga
oid davlat siyosati” to„g„risidagi Farmoni. O„zbekiston Respublikasining 2016 yil
14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati” to„g„risida”gi Qonun (O„RQ-
406-son).
2.O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.O„zbekiston 2008
3.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi 2017 yil 7
fevral, PF- 4947-son farmoni.
4.Sayfullayev B., Rustamov V. (2016). Madaniy tadbirlarni tashkil etish
mahorati.Toshkent, 2016