https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
122
ISLOMDA INSON HUQUQLARI HIMOYASI, IJTIMOIY TENGLIK,
ADOLAT VA TOLERANTLIK
Andijon Davlat Universiteti Axborot tizimlari va texnologoyalari 102-guruh
talabasi
Ixvoldinov Muhammadsodiq
Andijon Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari va tizimlari 102-guruh
talabasi
Abdumannopov Shohijahonmirzo
Shohjahongirmirzoabdumannopov@gmail.com
Annotatsiya: Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-
xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi,
aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim
belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini
tashkil etadi.
Shu ma’noda aytish joizki, yuqorida keltirib o‘tilgan demokratik prinsiplarni
o‘zida mujassam etgan mo‘tabar Qomus — O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos
siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi.
Kalit so‘zlar: Qomus, demokratiya, Konstitutsiya, modda, adolat, erkinlik,
huquq, burch, jamiyat
Mana, qariyb yigirma besh yildan beri, hayotimizning Asosiy qomusi
bo‘lmish, davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat buguni, ezgu maqsadlarimizning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
123
huquqiy poydevorini muhrlab beruvchi Konstitutsiyamiz qoidalari asosida yashab
kelmoqdamiz. Shu davr mobaynida barchamiz vatanimiz ravnaqi, yurtimiz
tinchligi, xalq farovonligining huquqiy kafolatini o‘zida mujassam etgan
Konstitutsiyamizda zikr etilgan maqsad va muddaolarga erishish yo‘lida mehnat
qilmoqdamiz.
Mana shu yigirma besh yil mobaynida jamiyatimizda, har qaysi oila va
vatandoshlarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa,
bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga
oid qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati ham insonga munosib hayot sharoitlaridan
iboratdir.
Konstitutsiyaning asosiy mohiyatlaridan yana biri bo‘lib, jamiyat va uning
a’zolari oldiga maqsad qo‘yishi va ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini
o‘zida mujassam etishida ifodalanadi. Asosiy qomusimiz o‘zida inson – oila –
jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgani sababli, mazkur hujjat
hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali,
muvaffaqiyatli bo‘lishini huquqiy jihatdan kafolatlamoqda. Jahonda bo‘lib
o‘tayotgan voqealar ham shuni yaqqol tasdiqlamoqdaki, agar inson va davlat
manfaatlari o‘zaro uyg‘unligi buzilsa, davlatda olg‘a siljish bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda esa, bu masala davlatimiz rahbarining oqilona va dono siyosati
tufayli, Konstitutsiyamizda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i - inson
degan fikrni ilgari surildi va shu asosda, “fuqaro - jamiyat – davlat” o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topadi. Konstitutsiya har qanday
davlatning o‘ziga xos pasporti desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u yoki bu
mamlakatda davlatni tavsiflash zarur bo‘lganda Konstitutsiya davlat bilan shaxs
o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar va burchlar belgilab olingan o‘ziga xos ahdnoma desak
ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, Konstitutsiyamizning 19-moddasida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
124
va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shu ma’noda
Asosiy qomusimizda davlat o‘ziga bir qator o‘ta muhim majburiyatlarni olganki,
unga ko‘ra davlat, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini
ta’minlaydi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy
adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Fuqarolar esa
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarish, Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va
madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni
to‘lashga, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Har bir mamlakatda u yoki bu joriy qonunlar bo‘lishi va u muayyan vaqtdan
so‘ng nomi o‘zgarishi yohud bekor bo‘lishi mumkin. Biroq, Konstitutsiya inson,
jamiyat, davlat manfaatlarini va irodasini o‘zida ifodalovchi, davlat tuzilishi va
boshqaruvi shakli asoslarini belgilovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil
etilishi tartibi va prinsiplarini mustahkamlovchi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan
hujjat bo‘lib, u o‘zining yagonaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi “Konstitutsiya va
qonunning ustunligi” deb nomlanadi, undagi qoidalarga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham
qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga
zid kelishi mumkin emas, deb belgilangan. “Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
125
Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida
va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid
kelishi mumkin emas. Mazkur Qonunning 22-moddasiga binoan esa barcha
normativ-huquqiy
hujjatlar
loyihalari
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Konstitutsiyani maxsus muhofaza qilish maqsadida Asosiy qonunimizda
Konstitutsiyaviy sud tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Mazkur sud qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik
mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Bundan tashqari, 2014 yil 16 aprelda
Konstitutsiyamizga kiritilgan parlament va jamoatchilik nazorati institutlariga oid
normalar ham Asosiy qonunimizni ustunligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo‘lgani holda uning 30 dan ortiq
moddalari bevosita inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangandir.
Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha
prinsipial qoidalarini o‘zida mujassamlantirib, barcha fuqarolarning qonun oldida
tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishini qayd etadi, unga
kafolatlar beradi. O‘tgan yillar davomida parlamentimiz tomonidan insonning
asosiy huquq va erkinliklarini tartibga soladigan 16 ta kodeks va 400 dan ortiq
qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston birinchi ratifikatsiya qilgan hujjat ham Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo‘ldi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson
huquqlari bo‘yicha 70 dan ortiq asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan bu
sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi.
Konstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini
topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning eng asosiy talablaridan
birini o‘zida mustahkamlagan, unda O‘zbekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
126
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qayd
etilgan. Unga binoan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va e’tiqod
erkinligi, davlat organlariga, muassasalariga murojaat qilish, mulkdor bo‘lish,
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish,
bilim olish kabi huquqlarga ega. Shuni alohida qayd etish joizki, fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz
bo‘lib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech
kim haqli emas.
Bundan tashqari, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari
alohida muhofazaga olingan bo‘lib, ushbu huquq va erkinliklarga tajovuzlardan
qo‘riqlash, bunday holatlarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining maxsus qismida alohida VII bob.
“Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar”ga
bag‘ishlangan. Konstitutsiyamizda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya
va qonunlar bilan himoya qilinishi (13-modda), davlat fuqarolarning Konstitutsiya
va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi (43-
modda), har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi (44-modda)
mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur normalarni tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Jinoyat protsessual
kodekslari, “Sudlar to‘g‘risida”, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”,
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida” gi qonun qabul qilingan.
Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, xususan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada fuqarolarning
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari davlat
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
127
hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish, ovoz berish huquqi, o‘z
xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi
mustahkamlandi.
Ushbu
konstitutsiyaviy
tamoyillarning
qonunchilik
mexanizmlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi
to‘g‘risida”
qonunlarda
o‘z
aksini
topdi.
Erkinlik, Gʼarbda shaxslar va odamlar guruhiga oʼz taʼsirini koʼrsatadigan soʼz
gʼarb jamiyatlarida asrlar davom etgan shafqatsiz kurash natijasidagina qaror
topgan maslak hisoblanadi. Yevropada odamlar ilmiy taraqqiyot va inson
erkinligiga har qanday qilib boʼlsada qarshilik qilgan feodal hukmdorlar va
ruhoniylar hukumati zoʼravonliklaridan oʼn yilliklar davomida yozuvchi va
faylasuflarningulkan saʼy-harakatlari va evaziga erishganlar. Lekin shunga
qaramay, "erkinlik" soʼzining aniqlanmagan.
Xulosa, Islomga keladigan boʼlsak, bu yerda erkinlik inson hayotning asosi
hisoblanadi. Islom nuqtai nazaridan shariat huquqning asosi hisoblanadi, lekin
huquq shariatning asosi emas. Erkinlik huquqi Аlloh taoloning yerdagi noibi
sifatida inson qadr-qimmati va uning missiyasiga mos keladigan olijanob va yuqori
maqsadlarga erishish vositasidur. Buning uchun Islom odamni, Аllohdan oʼzgaga
xizmat qilishdan, uning ruhiy ehtiroslaridan va tugʼma xiy-tuygʼular injiqliklaridan
ozod qildi. Erkinlik, musulmon olimlarining tushunishicha, insonning harakat
qilish qobiliyatidir, agarda uning harakatlari oʼziga yoki boshqa odamlarga ziyon
yoki zarar yetkazmasa. Islom Аlloh taolodan oʼzgaga xizmat qilishdan odamni
ozod qilishga intiladi, odamlarni boshqa narsalarga ishonmaslikni talab qiladi.
“Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir” (Niso surasi, 60).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
128
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.
arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/manaviyat-asoslari.
3.
Islom oqimlari va yo‘nalishlar 2012.
4.
Inson huquqlari boʻyicha Konvensiyaviy organlarining faoliyati.
5. (Niso surasi, 60).