Том 42 № 3 (2025)

Том 42 № 3 (2025)
Опубликован: 15-05-2025

Статьи

77-82 25 9

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY, AXLOQIY MUAMMOLARNING AKS ETTISHI

Jo‘rayeva Nargiza

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qodiriyning asarlarida ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muammolarning qanday ifoda topgani tahlil etiladi. Xususan, yozuvchining “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi romanlarida o‘z davrining ijtimoiy ziddiyatlari, ma’naviy inqirozlar, urf-odatlar va eskilik qoldiqlari bilan bog‘liq muammolar yoritilgan. Qodiriyning badiiy tasvir uslubi, obrazlar orqali berilgan tanqidiy qarashlari, ayollar taqdiri, jamiyatdagi adolatsizliklar va insoniy fazilatlar qadri ushbu maqolada o‘rganiladi. Shuningdek, adib asarlarida axloqiy tarbiya, mehr-oqibat, fidoyilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari qanday ifodalanganiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

3-12 39 25

OROL DENGIZINING O’TMISHI VA HOZIRGI HOLATI, OROL DENGIZINING TABIATDAGI O’RNI VA AHAMIYATI.

Abduxoliqov Shahriyor Umar o’g’li, Bekmurodova Xulkar Uroq qizi, Normurodova Gulsanam Alisherovna

Annotatsiya. Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi.      Абстрактный. Аральское море питается в основном реками Амударья и Сырдарья. В последние годы река Сырдарья не может достичь Аральского моря из-за ее использования для наполнения водохранилищ и орошения. На Амударье и ее притоках были построены водохранилища, и большие объемы воды стали поступать по каналам на возделываемые поля.


     Abstract. The Aral Sea receives water mainly from the Amu Darya and Syr Darya. In recent years, the Syr Darya water has not reached the Aral Sea due to its use for filling reservoirs and irrigation. Reservoirs have been built on the Amu Darya and its tributaries, and large amounts of water have begun to flow through canals to cultivated fields.

69-76 15 10

TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDA AVARIYA-QUTQARUV VA BOSHQA KECHIKTIRIB BO’LMAYDIGAN ISHLARNI OLIB BORISH

Nasriddinov Jasurbek Muhammadjon o’g’li, Bannayev Muhammadjon Mamurjon o'g'li

 Anotatsiya. Ushbu maqolada Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tasnifi, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish jarayonlari, yong’in-portlashning shikastlovchi omillari, “yong’in xavfsizligi”ning huquqiy asoslari, kimyoviy zaharlangan hududlar haqida ma’lumotlar yoritilgan


Анотации. В этой статье рассматриваются классификация техногенных чрезвычайных ситуаций, процессы проведения аварийно-спасательных работ, повреждающие факторы при пожарах и взрывах, правовые основы "пожарной безопасности", а также информация о химически загрязненных районах


Anotation. This article covers the classification of technogenic emergencies, the process of conducting emergency and rescue operations, the damaging factors of fires and explosions, the legal foundations of "fire safety," and information about chemically contaminated areas

134-139 70 0

ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.

G'ulomjonov Muhammadzohid, Murodov Javlon

Annotatsiya: Ushbu maqola, islomda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar, chora-tadbirlarning muhokamaviy qismiga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Muqaddimasida O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi qo'yilganligi aytib o'tilgan. Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o‘rinni egallashi umume’tirof etilgan haqiqatdir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizasiyalashgan, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib bo‘lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni rag‘batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi.

13-18 23 6

HARBIY XIZMATCHILARNI AXLOQIY-RUHIY RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI SHARQ MUTAFAKKIRLARI QARASHLARIDA YORITILISHI

Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

Anotatsiya: Sharq mutafakkirlari qarashlarini harbiy ta’limga integratsiya qilish zarur. Ta’lim dasturlarini boyitish va yangi metodikalarni amalga oshirish orqali bu muammolarni hal etish mumkin. Muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv zarur. Axloqiy-ruhiy tarbiya harbiy kadrlar bo‘yicha strategik bo‘g‘in hisoblanadi.


Anotation: It is necessary to integrate the views of Eastern thinkers into military education. These problems can be solved by enriching educational programs and implementing new methodologies. An integrated approach is needed to troubleshoot. Moral and psychological education is a strategic strand in the military


Аннотация: Необходимо интегрировать взгляды восточных мыслителей в военное образование. Эти проблемы могут быть решены путем обогащения образовательных программ и внедрения новых методологий. Для устранения неполадок необходим комплексный подход. Морально-психологическое воспитание – это стратегическое удушение для военнослужащих

19-23 24 0

HARBIY XIZMATCHILARNING AXLOQIY-RUHIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNI XORIIJIY TADQIQOTLARIDAGI TALQINI

Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

Anotatsiya: Axloqiy-ruhiy ta’minot bu — Qurolli Kuchlar boshqaruv organlari, qo‘mondonlar, shtablar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy tarkibning har qanday vaziyatlarda qo‘yilgan vazifalarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydiganyuqori axloqiy-ruhiy holati va boshqa sifatlarini shakllantirish, saqlab turish va tiklash bo‘yicha maqsadlari, vazifalari, joyi, vaqti, ketma-ketligi, jalb qilinadigan kuch va vositalari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlar.


Anotation: Moral and psychological support is the goals, tasks, place, time, sequence, forces and means involved in the formation, preservation and restoration of the high moral and psychological state and other qualities of the personnel that ensure the unconditional fulfillment of the tasks set by the governing bodies of the Armed Forces, commanders, headquarters, bodies of educational and ideological work, other governing bodies and officials of the Armed Forces coordinated action


Аннотация: Морально-психологическое обеспечение – цели, задачи, место, время, последовательность, силы и средства, задействованные в формировании, сохранении и восстановлении высокого морально-психологического состояния и других качеств личного состава, обеспечивающих безусловное выполнение задач, поставленных органами управления Вооруженных Сил, командирами, штабами, органами воспитательной и идеологической работы, другими органами управления и должностными лицами Вооруженных Сил скоординированные действия

24-28 19 7

HARBIY XIZMATCHILARNI AXLOQIY-RUHIY RIVOJLANTIRISH OMILLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI

Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

Anotatsiya: Urushda g‘alabaga erishish harbiy, iqtisodiy va ma’naviy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Urushni muvaffaqiyatli olib borish uchun uni jangovar texnika va qurollar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin, yuksak malakali ofitserlar va boshqa narsalar bilan ta’minlash zarur


Anotation: Victory in war depends on military, economic, and spiritual-political factors. To wage war successfully, it is necessary to provide it with combat equipment and weapons, a well-trained army, highly qualified officers, and other things.


Аннотация: Победа в войне зависит от военных, экономических и духовно-политических факторов. Для успешного ведения войны необходимо обеспечить ее боевой техникой и оружием, хорошо обученной армией, высококвалифицированными офицерами и т. д.

29-34 30 29

ENCRYPTION AND DATA PROTECTION TECHNOLOGIES AND EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF ALGORITHMS

NASIBA SHODIYEVA RO‘ZIMUROD QIZI

ABSTRACT: This paper explores the critical role of encryption and data protection technologies in securing sensitive information in modern digital environments. It investigates the various encryption methods, their applications, and the latest advancements in data protection techniques. The study also focuses on evaluating the effectiveness of algorithms used for securing data, analyzing factors such as performance, reliability, and robustness against potential cyber threats. By examining both symmetric and asymmetric encryption algorithms, the paper highlights their strengths, weaknesses, and suitability for different use cases. The evaluation framework provided in this work aims to offer insights into optimizing data protection strategies in an increasingly complex digital landscape.

35-50 36 7

ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ ИШЛАБ ЧИҚИШНИНГ ШАКЛ, УСУЛ ВА МЕТОДЛАРИ

А.Д. Жугинисова

Мазкур мақолада технологик жараёнларни ишлаб чиқиш, замонавий саноатда инновацион ва юқори самарали ишлаш тизимларини яратиш, технологик жараёнларни ишлаб чиқишнинг шакллари, усуллари ва методлари, технологик жараёнларни такомиллаштириш ва ишлаб чиқишда тизимли ёндашувлар, замонавий технологиялар ва инновацияларни жорий этиш муаммоларга ечимларни топиш кабилар тўғрисида сўз юритилади.


В данной статье рассматриваются развитие технологических процессов, создание инновационных и высокоэффективных систем труда в современной промышленности, формы, методы и способы развития технологических процессов, системные подходы к совершенствованию и развитию технологических процессов, внедрение современных технологий и инноваций, поиск решений проблем.


This article discusses the development of technological processes, the creation of innovative and highly efficient work systems in modern industry, the forms, methods and methods of the development of technological processes, systematic approaches to the improvement and development of technological processes, the introduction of modern technologies and innovations, and finding solutions to problems.
51-61 26 12

SELF-ADJOINT OPERATORS IN KREIN SPACES

Tosheva Nargiza Ahmedovna,, Qodirov Suhayl Orifjonovich,

Abstract. In this paper, positive, negative, and neutral elements and subspaces are defined using the inner product. The Krein space is defined, and the spectral properties of  self-adjoint operators in this space are studied. The relationships between self-adjoint operators in Hilbert space and  self-adjoint operators in Krein space are explored.

62-68 24 19

MEHNAT BOZORI VA AHOLI BANDLIGI

Nabiyev Akramjon Botirjonovich, Bannayev Muhammadjon Mamurjon o'g'li

Anotatsiya. Mazkur maqolada mehnat bozori va aholi bandligi masalalari tahlil qilinadi. Aholi bandligi bo’yicha statistik ma’lumotlar, mehnat shartnomasi va bandlikka oid qonun hujjatlari ma’lumotlari keltirib o’tilgan. globallashuv, raqamlashtirish va iqtisodiy diversifikatsiya sharoitida mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, yangi ish o‘rinlari yaratish va mehnat resurslarini qayta tayyorlash zaruriyati tahlil qilinadi


Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы трудового рынка и занятости населения. Приведены статистические данные о занятости населения, информация о трудовых договорах и нормативно-правовых актах, касающихся занятости. В условиях глобализации, цифровизации и экономической диверсификации анализируются изменения на трудовом рынке, необходимость создания новых рабочих мест и переподготовки трудовых ресурсов.


Abstract This article analyzes the issues of the labor market and employment. It presents statistical data on employment, information on labor contracts, and legal documents related to employment. In the context of globalization, digitalization, and economic diversification, the article analyzes changes in the labor market, the need for creating new jobs, and the necessity of retraining labor resources.

129-133 218 77

ABDULLA AVLONIYNING KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI

Jabborov Hojiakbar, Abdumutalipov Habibullo

Annotatsiya: Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilish insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Komil inson haqidagi ta’limot insonning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik darajasiga ko‘tarilishini ko‘zda tutadi. Musulmon jamiyatida inson har doim komillikka intilish, chin mo‘min bo‘lish orzusida yashaydi. Tarixda o‘tgan allomalar hayot yo‘lini o‘qib-o‘rganish va olingan ilmlarni o‘z hayot yo‘lida taqbiq qilish kishi e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

140-145 17 13

MAQSUD SHAYXZODA JADID ME’ROSINING ADABIYOT VA SO’Z SAN’TIDAGI DAVOMCHISI

Xusanova Nihola

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari, uning yangi o‘zbek adabiyotiga ta’siri va adabiy jarayondagi tutgan o‘rni tahlil etilgan. Jadid adiblarining ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish va zamonaviy tafakkur g‘oyalari XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, Maqsud Shayxzoda, Oybek, G‘afur G‘ulom kabi adiblar ijodida jadidchilik ruhining izlari aniq ko‘zga tashlanadi. Maqolada asosan bu  izchillik tahliliy jihatdan ochib berilgan.


Annotation: this article analyzes the core ideas of the Jadid movement, its influence on modern Uzbek literature, and its role in the literary development of the 20th century. The educational and national awakening ideals of Jadid writers significantly contributed to the formation of modern Uzbek literary thought. The works of Maqsud Shaykhzoda, Oybek, and Gafur Ghulom reflect the continuation of Jadid ideas. The article explores this continuity from an analytical perspective.


Аннотация: В данной статье анализируются основные идеи джадидизма, его влияние на новую узбекскую литературу и роль в литературном процессе XX века. Просветительские и национальные идеи джадидских писателей сыграли важную роль в формировании узбекской литературной мысли. В творчестве таких авторов, как Максуд Шайхзода, Айбек и Гафур Гулям, отчетливо прослеживаются черты джадидизма. В статье дана аналитическая оценка этой преемственности.

83-91 50 16

CHALLENGES OF IMPLEMENTING THE GRAMMAR TRANSLATION METHOD IN DIVERSE EFL CONTEXTS

Shuxratova Shahina

Abstract: The Grammar Translation Method (GTM) has been a longstanding approach in teaching English as a Foreign Language (EFL). However, its implementation in diverse EFL contexts presents unique challenges. This article explores the methodological aspects that hinder the effective application of GTM in multicultural classrooms. Through a review of existing literature and qualitative analysis, this study identifies key challenges including linguistic diversity, varying proficiency levels, cultural differences, and limited engagement. The findings suggest that while GTM can be beneficial for grammar acquisition, its effectiveness is often compromised in heterogeneous environments. Recommendations for adapting GTM to meet diverse learner needs are discussed.

92-95 20 12

FIZIKAVIY JARAYONLARNI DIFFERENSIAL TENGLAMALARGA KELTIRISHNING MUHIM JIHATLARI.

Tolibova Oygul Idiboyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada fizikaviy jarayonlarni matematik modellashtirish, ayniqsa ularni differensial tenglamalar ko‘rinishida ifodalashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Jarayonlarni aniqlash, ularni matematik formulalar bilan ifodalash, differensial tenglamalarni tuzish va yechish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, fizik muammolarning differensial tenglamalar orqali modellashtirilishida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning  yechimlari muhokama qilinadi.

96-102 23 6

KICHIK HAJMLI SABZAVOTLARNI KOVLAB OLISH QURILMASINI KOVLOVCHI ISH ORGANINI PARAMETRLARINI ASOSLASH TAHLILI

G‘ofirjonov Muslimbek Turg‘unboy o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqola kichik hajmli sabzavotlarni (kartoshka, piyoz, sarimsoq va boshqalar) kovlash uchun moʻljallangan qurilmaning ish organi parametrlarini asoslashga bagʻishlangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, ish organi parametrlariga ekinning turi, tuproq sharoiti va boshqa agrotexnik omillar taʼsir qiladi. Olingan natijalar asosida kichik hajmli sabzavotlarni kovlash qurilmasining samarali ish organi parametrlarini aniqlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

103-114 29 17

AYOLLAR VA O'SMIRLAR MEHNATINI HIMOYALASH VA ULARGA BELGILANGAN IMTIYOZLAR

Nasriddinov Jasurbek Muhammadjon og’li, Turg’unboyev Doniyorbek Ismoiljon o’g’li

Annotatsiya: Mazkur maqolada ayollar va o‘smirlar mehnatini huquqiy himoya qilish, shuningdek, ularga qonuniy ravishda belgilangan imtiyoz va kafolatlar tizimli ravishda o‘rganilgan. Mehnat munosabatlarining muhim subyektlaridan biri bo‘lgan ayollar va o‘smirlarning ishga qabul qilinishi, ish sharoitlari, mehnat soatlari, og‘ir va zararli mehnat turlaridan himoya qilinishi bilan bog‘liq masalalar chuqur tahlil qilingan. Xususan, Mehnat kodeksida belgilangan normalar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ayollar va erkaklar teng huquqliligi to‘g‘risida”gi qonun hamda xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) konvensiyalari asosida huquqiy asoslar o‘rganilgan.


Shuningdek, maqolada amaliyotda uchrayotgan muammolar, ayniqsa, o‘smirlarning ruxsatsiz ishlatilishi, yashirin mehnat, ayollar mehnatiga past baho berilishi va ish joyidagi gender tengsizlik holatlari yoritilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan. Ilmiy tadqiqot davomida solishtirma-huquqiy, tahliliy va statistik usullar qo‘llanilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari bilan o‘zbek huquqiy amaliyoti o‘rtasida qiyosiy o‘rganish amalga oshirilgan. Maqola yakunida ayollar va o‘smirlar mehnatini yanada samarali himoya qilish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ularning huquqiy ongini oshirish, shuningdek, ish beruvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu tadqiqot mehnat huquqi, ijtimoiy siyosat, gender masalalari va bolalar huquqlari bilan shug‘ullanuvchi olimlar, amaliyotchilar, talaba-yoshlar va qonun chiqaruvchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Annotation: In this article, the legal protection of the labor of women and adolescents, as well as the privileges and guarantees legally established for them, are systematically studied.  Issues related to employment, working conditions, working hours, and protection from heavy and harmful types of work of women and teenagers, who are one of the important subjects of labor relations, were analyzed in depth.  In particular, the legal basis was studied based on the norms established in the Labor Code, the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the Law "On Equality of Women and Men" and international legal documents, including the conventions of the International Labor Organization (ILO).


Also, the article highlights the problems encountered in practice, especially the unauthorized use of teenagers, hidden work, underestimation of women's work, and gender inequality in the workplace, and offers and recommendations aimed at eliminating them.  During the scientific research, comparative-legal, analytical and statistical methods were used, and a comparative study was carried out between the best practices of foreign countries and Uzbek legal practice. At the end of the article, the need to improve the regulatory legal framework, increase their legal awareness, and also strengthen the social responsibility of employers to protect the labor of women and teenagers more effectively is emphasized.  This study can serve as an important resource for scholars, practitioners, students and legislators dealing with labor law, social policy, gender issues and children's rights.


Аннотация: В данной статье систематически исследуются правовая охрана труда женщин и подростков, а также льготы и гарантии, установленные для них законом. Подробно проанализированы вопросы, связанные с трудоустройством, условиями труда, режимом рабочего времени, защитой от тяжелых и вредных видов труда женщин и подростков, которые являются одними из важных субъектов трудовых отношений. В частности, изучалась правовая база на основе норм, установленных в Трудовом кодексе, Конституции Республики Узбекистан, Законе «О равенстве женщин и мужчин» и международно-правовых документах, в том числе конвенциях Международной организации труда (МОТ).


Также в статье освещаются проблемы, встречающиеся на практике, особенно несанкционированное использование подростков, скрытая работа, недооценка женского труда, гендерное неравенство на рабочем месте, а также предложения и рекомендации, направленные на их устранение. В ходе научного исследования были использованы сравнительно-правовые, аналитические и статистические методы, а также проведено сравнительное исследование передового опыта зарубежных стран и юридической практики Узбекистана. В конце статьи подчеркивается необходимость совершенствования нормативно-правовой базы, повышения их правосознания, а также усиления социальной ответственности работодателей за более эффективную охрану труда женщин и подростков. Это исследование может послужить важным ресурсом для ученых, практиков, студентов и законодателей, занимающихся трудовым законодательством, социальной политикой, гендерными вопросами и правами детей.

115-121 30 9

BUDDAVIYLIK DINI

Abubakirova Namuna, Abduholiqova Nigora

         Annotatsiya: Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi. Hamda, maqolada 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida buddizmning tarqalishi, rivojlanishi va uning madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. O‘sha davrda Buyuk Ipak yo‘li orqali kelgan buddaviylikning hududdagi siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’siri, buddaviy meros yodgorliklari va arxeologik topilmalar o‘rganiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent va boshqa hududlarida buddizm izlarini saqlab qolgan joylar haqida ma’lumot beriladi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

122-128 102 146

ISLOMDA INSON HUQUQLARI HIMOYASI, IJTIMOIY TENGLIK, ADOLAT VA TOLERANTLIK.

Ixvoldinov Muhammadsodiq, Abdumannopov Shohijahonmirzo

Annotatsiya: Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi.