https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
210
ASRLARGA TENGDOSH AVLODLARGA IBRAT.
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
Nurillayeva Munisa
ANNOTATSIYA: Men bu maqolam orqali o'tmishda o'tib ketgan bobolarimizdan
biri bo'lmish Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti ijodi faoliyati nima ishlar qilgani
bitgan she’rlari g'azal ruboiy masallari yozgan “Boburnoma”si haqida ma'lumot berib
taxlil qilib o'tamiz
KALIT SO'ZLAR; “Boburnoma" ,“ Xatti Boburiy" ,Mubayyin, A'ruz vazni, Umar
Shayx Mirzo, Kobul, Shayboniyxon, ruboiy.
ANNOTATION:
Through this article, we will analyze the "Baburnoma" in which
he wrote poems, ghazals, rubai parables, the works of Zahiriddin Muhammad Babur,
one of our ancestors, who passed away in the past.
KEY WORDS; "Boburnoma", "Hatti Baburi", Mubayyin, Aruz weight, Omar
Sheikh Mirza, Kabul, Shaibani Khan, rubai.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida
oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va
sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan
Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi
sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan
jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va
ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon
etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom
qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib
qoʻshildi.Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona
ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
211
va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida
hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash
nihoyat keskinlashgan edi.Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr
qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi
saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa
choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining
hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi
Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa
raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan
murosaga kelish uchun unga yon berishga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini
ukasiga topshirishga qaror qildi va oʻzi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga
kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirgʻinbarotdan boshqa biror natija
bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qoʻli baland keldi
va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻldi.[1] 1504 yili Shayboniyxon
Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janubga qarab yoʻl oldi va Kobul ulusida
oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. 1505–1515 yillarda u Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha
bor urinib koʻrdi. Ammo bu urinishlardan hech qanday natija chiqmadi. Soʻng oʻz
mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519–1525 yillar davomida Hindistonni
qoʻlga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda
Hindiston Sultoni Ibrohim Loʻdi bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano
Sango bilan boʻlgan janglarda Boburning qoʻli baland keldi. Tarixiy maʼlumotlarning
bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton
siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri
jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va
Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpo tarixchiligida “Buyuk
moʻgʻullar” nomi bilan “gʻalati mashhur” boʻlgan, aslida “Boburiylar sulolasi”
Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq
yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
212
vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar.[2]Biroq qisqa
bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston
yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri
yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni
obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar,
kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida
keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo
uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida
oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat
arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi.
Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida
javaharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta
siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza
havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib
ketdi”.[3]Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda oʻzining
adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi.
Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma”dir.
Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va
Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning
birinchi qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni,
ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni
Afgonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragidagi
Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning
siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-
iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari:
Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa
shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik
shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan koʻp tumanlar, viloyatlar,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
213
Shimoliy Hindiston xaqida maʼlumotlarni uchratish mumkin.“Boburnoma”ni
varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga
xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi
bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy
hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi
maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir,
Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa
tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif
“Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va
boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini
bildiradi.[4]“Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV
asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu
bilan birga juda koʻp dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan
viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jugʻrofiy mavqei, iqlimi,
oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning
yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va musulmonlarning
ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga
qamrab olgan shoh asardir. Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida
dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda.Uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharqning
mashhur sharqshunos olimlari “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga
yetkazish borasida katta faoliyat koʻrsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen,
angliyalik olimlar J. Leyden, V. Zrskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik
Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin
Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik
olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid
Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir.[5] “Boburnoma”ni
oʻrganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar
ham joy olmoqdalar.Maʼlumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
214
va ommalashtirishda Oʻzbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham
diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy,
M. Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. Gʻulomov, R. Nabiyev,
S. Azimjonova, A. Kdyumov kabi olimlarning saʼy-harakatlari bilan “Boburnoma” bir
necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etiddi, ularga soʻzboshi yozildi va keng
kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha
bor nashr etildi.[6]Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham
mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat
murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va
Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday
murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida
qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga
urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari
taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik
oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan
tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.[7]
Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,
Har ishnikim ayladim - hatolig' bo'ldi,
O'z yerin qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.
Shu bilan birga Bobur lirikasida sheʼriyatning asosiy mazmuni boʻlgan insoniy
fazilatlar, yor vasli, uning goʻzalligi, unga cheksiz muhabbat va hijron azobi, ayriligʻ
alamlari va visol quvonchlari nihoyat goʻzal va mohirona ifoda etilgan.Bobur oʻz lirik
sheʼrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy
tuygʻularni qadrlashga chaqirdi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
215
Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur.
Bobur lirik sherʼlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi
va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan.
“Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-
qoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda
izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar,
xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan.
U, tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Kurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning
aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. “Mufassal” nomli asari ham
boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.Bobur oʻzining maʼlum va
mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijgimoiy masalalar yechimiga oʻz
hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati egallaydi.
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat
topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur
tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt,
teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi
majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi
bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi
yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi.
Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va
koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi
berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi.
Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
“Maʼnaviyat yulduzlari”
(Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, Toshkent,
1999)
kitobidan olindi.[1]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
216
2.
Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir
//Arkheologiya, istoriya i kul'tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, s.68[2]
3.
Khafiz-i Tanysh Bukhari. Sharaf -name-yi shakhi (Kniga shakhskoy
slavy). Nauka. 1983[3]
4.
Mansura Haider, Relations of Abdullah Khan Uzbeg with Akbar //
Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 23, No. 3/4 (Jul. — Dec., 1982), p.
313[4]