Авторы

  • Nurillayeva Munisa

Биография автора

  • Nurillayeva Munisa

    Buxoro davlat universiteti Filologiya Fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99437

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: qit’a qit’a namunalari qit’a sarlavhasi Alisher Navoiy qit’alarida umuminsoniy qadriyatlar ayb qidirmaslik kabi.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy qit’alarida insoniyat va uning olami, o’zligini tanish, insonlarga bo’lgan munosabatlari xatti-harakatlari haqida fikr-mulohazalar berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

217

ALISHER NAVOIY QIT’ALARI TAHLILI

Buxoro davlat universiteti Filologiya Fakulteti

Nurillayeva Munisa

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy qit’alarida insoniyat va uning

olami, o’zligini tanish, insonlarga bo’lgan munosabatlari xatti-harakatlari haqida fikr-

mulohazalar berilgan.

Kalit so’zlar: qit’a, qit’a namunalari, qit’a sarlavhasi, Alisher Navoiy qit’alarida

umuminsoniy qadriyatlar, ayb qidirmaslik kabi.

Navoiy ijodi va uning shxsiyati cheksiz bir ummondir. Bu ummonning qa’riga

yetish, uni anglash uchun g’ovvos bo’lib dur-u gavharlarni terish zarur.

Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili, sharqda "Nizomi millat va din"

unvoni bilan ulugʻlangan, oʻzbek tilining asoschisi hisoblangan Mir Alisher Navoiy

koʻp sohalarga oʻzining asarlari bilan katta hissa qoʻshgan. Oʻzbek sheʼriyatida uning

sheʼriy asarlari yuqori choʻqqida turadi. Ruboiy, tuyuq, lugʻz (chiston)larining barchasi

oʻzining mukammal, beqiyosligi bilan ajralib turadi. Asarlarining ichida qit'aning

alohida oʻrni bor.

Ma’lumki, Alisher Navoiy asarlari zamonlar oshasa-da, o’z mazmunini,

buyukligini,teranligini yo’qotmaydi. Necha zamonlar o’tibdiki, uning asarlarining

mavzusi, g’oyasi, jamiyatda insonlar o’rtasidagi munosabatlarda, ibrat kitobi desak,

mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Xususan, uning qit’alarining mavzusi, g’oyasi hayot

bilan hamnafas. Bundan bir necha asr oldin yaratilgan bu noyob durdonalar

xalqimizning ma’naviy xazinalaridan biridir.

Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotida qit’a namunalari Hofiz Xorazmiy

“Muhabbatnoma” (1 ta), “Bang va chog’ir munozarasi” (2 ta) mavjud bo’lsa-da, bu

janrning yuqori mavqeyga ega bo’lishi Navoiy nomi bilan bog’langan. Navoiy qit’alari

poetikasi uchun xos bo’lagn yangiliklardan biri ularning har biri maxsus sarlavhaga ega


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

218

bo’lganidadir. Qit’anavislikdagi bunday an’ana faqat forsiy shoirlardan Anvariy (1090-

1170/75) va turkiynavis shoirlardan Alisher Navoiy devonlaridagina uchraydi.

Biz bu o‘rinda Alisher Navoiy hazratlarining qit’alarini sharh-u bayon etishni maqsad

qilib, shoirning insoniy-axloqiy munosabatlarining ulug’ligini yana bir bor anglashga

urindik. Ushbu maqola orqali Alisher Navoiy qit’alarida umuminsoniy g’oyalar aks

etganini ta’kidlamoqchimiz.

YUQORI O`LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM

HINDUI DIDBON

ALARDIN YUQORIROQ DURUR

UCHAR QO`NG`UZ ILGARIROQ

Yuqori o‘ltururni kim tilasa,

Kishilikdin ani yiroq bilgil,

O‘lturur safda yuqorilikdin

O‘lturur safda yaxshiroq bilgil.

Alisher Navoiy o’zining asarlarida hukmdorlar, mansab egalari haqida juda ko’p

yozgan. Bu o’y-xayollar orzusida juda ko’p obrazlar yaratgan. Masalan, “Hayrat ul-

abror” dostonidagi Shoh Goziy hikoyatida shohning adolatpeshaligi oldida hatto ona

ham o’z da’vosidan kechishi, yoki “Majolis ul-nafois” asrining yettinchi majlisi Salotin

bobida deb nomlanishining o’zida ham sultonlar va ularning davlat ishlaridagi amallari

aytib o’tilgan.

Navoiy o’zining orzusidagi hukmdor qanday bo’lish kerakligini o’zining asarlari

orqali yaratgan obrazlari yordamida ifoda etgan.

Yuqoridagi qit’ada ham hayotda faqat amal-mansab ilinjida yurib shuning

orqasidan boylik orttirib, o’zini, o’zligini unutadigan shaxslar hozirgi zamonamizda

ham topiladi. Chunki mansab va boylik o’tkinchi bu bilan mast bo’lib qolmaslik zarur.

Orttirgan qudrat va martabasining bahosi yo‘q va umri esa vafosizdir. Demak, nafsi pok

va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush qilmasligi va o‘zini bunday ishlardan

yiroqda tutishi adolat so’rab kelgan har bir xalqning dardiga darmon bo’lishi kerakligini

uqtirgan. Shu sababdan ham ”yuqori o‘ltirurni" tilagandan ko‘ra oddiy odamlar qatorida

turish afzalroqdir, deydi hazrat Navoiy.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

219

Alisher Navoiyning mazkur qit’asida ham inson va uning tabiati, fe’l-atvori haqida

fikrlarni ko’rishimiz mumkin.

HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA EL

AYBIN YOPMOQ HUNAR

Erur ahli hunar qoshinda hunar

Ayb yopmoq, dog`i hunar topmoq.

Hunarin elning oshkor etmak,

Yo`q esa bari aybini yopmoq.

Har bir davrda ham har xil toifadagi insonlar yashab o’tgan. Navoiy davrida ham

har xil fe’l–atvorli kimsalar bo’lib, o’zining yurish-turishi, odob-axloqi, ma’naviyati

bilan boshqalardan ajralib turgan. Hazrat Navoiy olam va odam muammolari haqida o’z

fikr va qarashlarini o’zining “Mahbub ul-qulub” asarida keltirib o’tgan. Bu muammolar

insoniyat va olam o’rtasidagi azaliy muammolardan biri hisoblanadi. Didaktik

yo’nalishdagi har qanday asarlarda inson va uning ma’naviy qiyofasi ko’rsatiladi.

Qit’ada olam ahli qoshida kimningdir aybini yopmoq bu eng buyuk hunardir,deydi

hazrat Navoiy. Kimningdir aybini oshkor qilmoqdan ko’ra uni ayblarini yashirmoq har

bir mo’min-musulmon uchun eng ezgu fazilatlardan biridir. Ana shunday g’oyalar

Navoiyning boshqa asarlarida ham o’z isbotini topgan. Xususan, “Mahbub ul-qulub”

asarida: “Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; ayblarini yashirmoq - kiydirmoqdir”

degan satrlarida ham shu fikrlarni anglashimiz mumkin. Bilamizki, Sharq adabiyoti

didaktik yo’nalishidagi asarlari bilan G’arb adabiyotidan farq qiladi. Shayx Sa’diy

Sheroziyning “Bo’ston” asari ana shunday asarlardan biri hisoblanadi. Mazkur qit’adagi

g’oya bilan keltirgan misolimiz o’xshash. Qiyoslang:

Ayb qidirmaslik haqida

Ta’bi aybjo’ylik bo’lsa agar bas,

Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas.

Tozalik axtargil,ey o’zi xira

Ne ko’rsatar ko’zgu gar yuzi xira!


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-5_ Январь-2025

220

Barcha aybin yuzga solma,ey g’addor,

Sening ham aybingni ko’rsatuvchi bor.

Insonlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular ayb topib, boshqalarning

kamchiliklari ustidan kulib, sal biror narsada qoqilsa, unga yomon munosabatda

bo’ladilar. Afsuski, bu azaliy muammolar bizning zamonamizda ham uchrab turadi.

Bunday insonlarning g’ofiligi oldida har qanday inson ko’ngli bir shisha kabi sinishi

mumkin.

Navoiyning bundan besh asr avval ilgari surgan g’oyalari bugun ham o’z

dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmay kelayotgani insonni hayratga soladi.Shunday ekan

bu qit’alarni yosh avlodga o’rgatib har bir dars jarayonida hikmatlarni tatbiq etishimiz

lozim. Xoh adabiyot darsi bo’lsin, xoh tarix darsida ushbu asarlarga murojaat etishimiz

zarur. Uning hikmat darajasiga ko’tarilgan har bir baytini mag’zini chaqib, ota-onaga,

Vatanga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalashimiz uchun hazrat Alisher Navoiy ijodiga

doim tayanishimiz kerak. Bunday o’lmas va boqiy asarlarimiz xalqimizning ma’naviy

merosiga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Alisher Navoiy mukammal asarlar to’plami 20 jildlik T.,2003

2.Alisher Navoiy mukammal asarlar to’plami G’aroyib us-sig’ar

3-tom T.,2003

3. Alisher Navoiy mukammal asarlar to’plami. Favoyid ul-kibar 6-tom T.,2003

4.Navoiy asarlar tilining izohli lug’ati.4 jildlik T.,1983-1985

5.Yo.Is’hoqov So’z san’ati so’zligi T.,2014

6.A.Hayitmetov Navoiy lirikasi T., 2015

7.Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub T., 2015

8.Sa’diy Sheroziy. Bo’ston.-T.,1960

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)