https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
94
OMMAVIY SPORTNING INSON HAYOTIDAGI MUHIM AHAMIYATI
Xakimjonov Mavlonbek Xusanboy o'g'li
Аndijon davlat pedagogika instituti, jismoniy tarbiya va xotin-qizlar sporti
kafedrasi o’qituvchisi.
Annotatsiya: Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Maqolada ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyati va aholining
barcha qatlamini ommaviy sportga jalb qilish masalasi yoritilgan.
Kalit so’zlar: ommaviy sport, jismoniy madaniyat, jismoniy mashqlar,
jismoniy tarbiya , sport, sog’lom turmush tarsi, bolalar, sog‘lomlashtirish.
Аннотация: В нашей стране проводится масштабная работа,
направленная на дальнейшее развитие физической культуры и массового
спорта. В статье подчеркивается важная роль массового спорта в жизни
человека и проблема вовлечения всех слоев населения в массовый спорт.
Ключевые слова: массовый спорт, физическая культура, физические
упражнения, физическое воспитание, спорт, здоровый образ жизни, дети,
укрепление здоровья.
Abstract: In our country, large-scale work is being carried out aimed at
further developing physical education and mass sports. The article highlights the
important role of mass sports in human life and the issue of involving all segments
of the population in mass sports.
Keywords: mass sports, physical culture, physical exercises, physical
education, sports, healthy lifestyle, children, health promotion.
KIRISH
O‘zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport
sohalarining
rivojlanishi
ayniqsa,
diqqatga sazovordir. Bu sohaning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
95
nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev katta
e‘tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo‘lib xizmat
qilmoqda. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada
sog‘lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgan keng ko‘lamli amaliy
harakatlar o‘z samarasini bera boshladi. Ma‘lumki, mamlakatimiz sporti 1991
yilgacha sobiq Ittifoq bo‘yicha amal qilgan hukmron tizimning bir qismi bo‘lib,
yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o‘z imkoniyatlarini
namoyon etish huquqiga ega bo‘lmagan. Respublikamizning sanoqli
sportchilarigina Olimpiya o‘yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli
musobaqalarda qatnasha olardi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asosiy e‘tibor mahalliy aholi o‘rtasidan malakali sportchilar tayyorlash,
jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor
sportchilarni taklif qilib, xo‘jako‘rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi.
Shu bois, respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib,
chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. 1991
yilgacha O‘zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan birorta ham
yirik sport inshooti bunyod etilmagani, xatto Toshkent shahrida ushbu talablarga
mos sport majmuasi bo‘lmaganini o‘ziyoq bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Mustaqilikka qadar O‘zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb yopiq
edi. Futbol va tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida sobiq sotsialistik davlatlar
sportchilari
ishtirokida
o‘tkazilgan
turnirlarni
hisobga
olmaganda,
mamlakatimizda xalqaro musobaqalar deyarli o‘tkazilmadi. Mustabid siyosat
jismoniy tarbiya va sport sohasida ham o‘z asoratlarini qoldirib, bular ayniqsa,
quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikalarga
nisbatan past darajada yo‘lga qo‘yildi,
sport harakatiga aholi ommaviy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
96
ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash
borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi, oqibatda aksariyat yoshlarning
jismonan sog‘lomligi talab darajasida bo‘lmay, ular orasidan katta sportga sanoqli
sportchilar chiqa oldilar;
2. Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman
sportning moddiy-texnikaviy bazasini kengaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat
markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi; Mamlakatimizda
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh
avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu aholi salomatligini, qolaversa, yoshlarning kuch va
imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni
saralash ishlarini tizimli tashkil etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar bugun o‘z samarasini
bermoqda. Buni O‘zbekiston yoshlarining Olimpiya o‘yinlari, Jahon
chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda
erishayotgan yuksak natijalari misolida ko‘rish mumkin.Prezidentimizning 2020
yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni va O‘zbekistonda
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-fevraldagi “2019-2023 yillar
davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi, 2021 yil 5 noyabrdagi
“Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlari mamlakatimizda
jismoniy tarbiya va ommaviy sportning rivojida muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi.Respublikamizda jahon andozalariga mos muhtasham ochiq va yopiq sport
inshootlarining barpo etilgani o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy sport
musobaqalarini yanada ommalashtirishga qo‘l keldi. Jumladan yoshlar o‘rtasida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
97
uch tizimli ya’ni "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va “Universiada” sport
o‘yinlarini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Bu ommaviy sport musobaqalari yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda
o‘ziga xos mahorat maktabiga aylandi.Mamlakatimizda ommaviy sportning inson
va oila hayotidagi muhim ahamiyati, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi
ekanini targ‘ib qilish, yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va
iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur sharoit yaratish, ular orasidan
iqtidorli sportchilarni izlab topish hamda maqsadli tayyorlash tizimini
takomillashtirish bugungi kunda muhim va dolzarb vazifa sifatida belgilandi.2019
– 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
rivojlantirish konsepsiyasi va dasturni amalga oshirish doirasida ustuvor
yo‘nalishlar hamda vazifalar etib quyidagilar belgilangan.
1) aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va
mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish.
2) ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish.
3) yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish.
4) innovatsion tafakkurli ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil
etish.
Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa,
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz
vakillarining Olimpiya o'yinlari, jahon
chempionatlari, Osiyo o'yinlari va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
98
chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani,
dunyoda O'zbekistonning obro'-etibori va sport salohiyati yanada oshayotgani,
respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari
barpo etilayotgani, o'quvchi va talaba-yoshlar o'rtasida uch bosqichdan iborat
"Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o'yinlari ommalashib
borayotgani, ayniqsa, etiborlidir. SHu bilan birga, mamlakatimizning barcha
hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning
jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga
katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z
qobiliyat va istedodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli
tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
XULOSA
Hozirgi davrda sportning borgan sari rivojlanib borishi sport fiziologiyasi
oldidagi yana ham ko’proq vazifalar qo’ymoqda. Sport trenirovkasini ilmiy asosda
tashkil etish, davrimiz talabiga mos bo’lgan sport vakllarini tayyorlash kabi
masalalar sport mutaxassislaridan yuqori darajadagi bilimni talab etadi. Har bir
sport mutaxassis sportchiga beriladigan nagruzka ta’sirida yuzaga keladigan
o’zgarishlarni aniq tasavvur etmog’i zarur. Har bir inson uchun kun tartibiga rioya
qilib ishlash organizmning faoliyatini va o’z kuchlarini qayta tiklab olish uchun
shart-sharoit yaratadi. Jihat-salomatlikni saqlaydi, umrni uzoq qiladi kundalik ish
faoliyatini maxsuldorligini va sifatini a’lo darajada bajarishga yordam beradi.
Adabiyotlar ro’yxti.
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30-oktabrdagi ‘’Sog’lom
turmush tarzini keng targ’ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora
tadbirlari to’g’risida ‘’ gi PF-6099 – sonli farmoni . 2.O‘zbekistonda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
99
jismoniy,tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida,
Vazirlar maxkamasining 2001 yil 27 maydagi 271-sonli-qarori.
3.O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni,rivojlantirish davlat
dasturi Konsepsiyasi. Vazirlar maxkamasining 2002 yil 27 maydagi qaroriga ilova.
4.Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi, «Sharq»
nashriyoti konserni,bosh taxririyati, Toshkent, 2004 5.Abdumalikov R., Yunusov
T..
«O‘zbekistonda
jismoniy
tarbiya
ta’limining
rivojlanishi»,
metodik,tavsiyanoma. T.,2006