https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
227
TAʼLIM VA MASHG‘ULOT BIRLIGI (VOLEYBOL SPORT TURI
MISOLIDA)
Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor oʻgʻli
ChDPU, maktabgacha boshlangʻich taʼlim fakulteti 2-bosqich talabasi
.
Annotatsiya: Taʼlim va mashgʼulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi
eng avvalo murabbiyga bogʼliq, chunki u oʼquv-mashgʼulot jarayonida markaziy
figura
hisoblanadi.
Murabbiy
maxsus
bilimini
muntazam
ravishda
takomillashtirib, oʼz gʼoyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va
amaliyotdagi yangi yutuqlardan xabardor boʼlishi, ularni taʼlim, mashgʼulot
jarayoniga joriy eta bilishi kerak. Taʼlimning asosiy mazmuni – oʼyinning texnik
elementlarini,
taktikadagi
oddiy
individual
va
guruh
harakatlarini
shakllantirishdan iborat.
Kalit so’zlar: sport tayyorgarligi, malaka, ko’nikma, texnika, taktika, texnik
elementlar,taʼlim, texnik usullar, voleybolchilar
.
KIRISH
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, katta sportni ham rivоjlantirishga ahamiyat qaratilmoqda. Хar
yili respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalar o`tkazilib
yoshlarni spоrtga qiziqishi оrtib bоrmоqda. Sportchilarimiz Osiyo, Jahon va
Olimpiya musobaqalarida qatnashib yuksak natijalarga erishib, yurtimiz
shuhratini tarannum etib kelmoqdalar. Ushbu muammoni haletish yo’llaridan biri
har xil turdagi maqsadli jismoniy tarbiya dasturlarini har bir talabaning
ehtiyojlarini maksimal qondirishga, ta’lim oluvchilarning jismoniy rivojlanish va
tayyorgarlik darajasini imkon qadar to’liq hisobga olishga qayta yo’naltirish
hisoblanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
228
MUHOKAMA
Voleybolchilarda koʼnikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil
qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik,
oʼz navbatida, butun aʼzo va tizimlar faoliyatiga taʼsir etadi. Sport tayyorgarligi –
bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit)lardan birgalikda izchil foydalanish boʼlib,
Voleybolchilarning
sport
muvaffaqiyatlariga
erishishdagi
tayyorgarligi
taʼminlanadi.
Sport tayyorgarligi butun jarayonini shartli ravishda taʼlim va mashgʼulot
qismlariga boʼlish mumkin.
Taʼlim deganda shugʼullanuvchilarning bilim, malaka va koʼnikmalarning
boshlangʼich bosqichini egallab olishi nazarda tutiladi. Taʼlimning asosiy mazmuni
– oʼyinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual va guruh
harakatlarini shakllantirishdan iborat.
Mashgʼulot – bu olingan bilim, koʼnikma va malakalarni mustahkamlash
hamda takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi.
Mashgʼulotning asosiy mazmuni – texnik usullarni taktikadagi individual, guruh
va jamoa harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy
xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashgʼuloti bu boshqarish uslubi asosida
uzviy tarzda sportchilar tayyorlashdir.
Taʼlim va mashgʼulotga maxsus tashkil qilingan koʼp yillik yagona pedagogik
jarayon deb qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajratib boʼlmaydi,
chunki taʼlim bera turib, mashgʼulot qildiramiz va ayni chogʼda mashgʼulot qildira
turib taʼlim beramiz.
Voleybolchilar tayyorlashning turli bosqichlarida taʼlim va mashgʼulotning
salmogʼi oʼzgarib turadi. Taʼlim va mashgʼulot jarayoni tarbiyaviy xarakter kasb
etishi kerak. Shunga qarab oʼquv- mashgʼulotlarga katta talablar qoʼyilmoqda.
Mashgʼulotlar shunday uyushtirilishi kerakki, ular shugʼullanuvchilarda zarur
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
229
malaka hamda koʼnikmalarni rivojlantirish bilan birga dunyo qarashlarini ham
shakllantirsin.
Taʼlim va mashgʼulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi eng avvalo
murabbiyga bogʼliq, chunki u oʼquv-mashgʼulot jarayonida markaziy figura
hisoblanadi. Murabbiy maxsus bilimini muntazam ravishda takomillashtirib, oʼz
gʼoyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va amaliyotdagi yangi
yutuqlardan xabardor boʼlishi, ularni taʼlim, mashgʼulot jarayoniga joriy eta bilishi
kerak.
Taʼlim va mashgʼulotning vazifalari
Voleybol boʼyicha tashkil qilingan mashgʼulotlar mamlakat jismoniy tarbiya
tizimi oldida turgan vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashgʼulotlarning asosiy
mazmuni kishini jismonan kamol toptirish, uning ijodiy mehnat qilishi va Vatan
himoyasi uchun zarur boʼlgan maʼnaviy hamda jismoniy qobiliyatlarini har
tomonlama rivojlantirishdan iborat boʼlishi kerak.
Biroq, voleybol amaliyotida baʼzan yuksak natijalar ketidan quvib, taʼlim va
mashgʼulotning sogʼlomlashtiruvchi yoʼnalishini, yaʼni tarbiyaviy xususiyatini
yoddan chiqarib qoʼyadilar. Mashgʼulotga bunday bir tomonlama yondashish,
odatda, noxush oqibatlarga olib keladi.
Voleybolchilarning sogʼlom, jismonan yaxshi rivojlanganligi, yuksak
axloqiy-irodaviy fazilatlari voleybol mahoratini egallab olishda asosiy omil boʼlib
xizmat qiladi.Voleybolchilarning taʼlim va mashgʼulot jarayonlarida quyidagi
vazifalar hal kilinishi lozim:
a) harakat malakalari va irodaviy sifatlarni takomillashtirish;
b) sportchilar organizmining (nafas olish, yurak-qon tomir va boshqa tizimlar)
funktsional imkoniyatlarini kengaytirish;
v) sportchilarning ishchanlik qobiliyatini saqlash va oshirish;
g) sport sohasiga oid bilimni kengaytirish hamda gigiena va oʼz-oʼzini nazorat
qilish malakalarini hosil qilish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
230
d) mehnatsevarlik, intizomlilik, onglilik, faollik xislatlarini tarbiyalash.
Mashgʼulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport
natijalarini qoʼlga kiritgan inson organizmining gʼoyat katta imkoniyatlaridan
toʼlaroq foydalanishga sharoit yaratadi. Raqobatchi jamoalar mahorati
darajasining uzluksiz oʼsib borishi Voleybolchilar tayyorlashga boʼlgan talablarni
yil sayin har tomonlama oshirib borish zaruratini tugʼdiradi. Voleybolchilar
tayyorlashga qoʼyiladigan bu xildagi talablarning toʼlaqonli bajarilishi
mashgʼulotning pedagogik printsiplarini izchil amalga oshirish va birinchi
navbatda, uning jarayonlarini ilmiy boshqarish qonuniyatlariga ogʼishmay amal
qilish yoʼli bilan taʼminlanadi.
Taʼlim va mashgʼulot vositalari
Jismoniy mashqlar, gigienik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi
voleybolchilarni tayyorlashda taʼlim va mashgʼulot vositalari hisoblanadi.
Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish asosan
jismoniy mashqlarni uzviy ravishda bajarish bilan bogʼliqdir. Jismoniy mashqlar
harakatlar koordinatsiyasini yaxshilash, kuch, tezkorlik, chidamlilik va epchillikni
oshirishga yordam beradi. Bundan yurak-qon tomir, nafas olish va organizmning
boshqa tizimlari faoliyati takomillashadi, binobarin, sportchining ishchanlik
qobiliyati oshadi, yuklamadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi. Har bir mashq
u yoki bu sifat va malakalarga oz yoki koʼproq darajada taʼsir koʼrsatadi. Shuning
uchun ham jismoniy mashqlar koʼproq taʼsir etishiga qarab tanlanadi.
Voleybolchilarning mashgʼulotida qoʼllaniladigan hamma mashqlarni shartli
ravishda uch guruhga boʼlish mumkin:
1) musobaqa mashqlari,
2) maxsus tayyorgarlik mashqlari,
3) umumiy tayyorgarlik mashqlari.
Musobaqa mashqlari
– bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ularning
majmuidan iborat. Bu harakatlar majmui esa Voleybol oʼyini predmeti va Voleybol
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
231
boʼyicha musobaqa qoidalariga toʼla muvofiq holda bajariladigan harakatlar
yigʼindisi demakdir.
Maxsus tayyorgarlik mashqlari
musobaqa harakatlari elementlarini, ularning
variantlarini, shuningdek, ish va harakatni shakl va xarakter jihatidan bunga juda
oʼxshash xususiyatlar (oʼyin harakatlari va kombinatsiyalari)ni oʼz ichiga oladi.
Maxsus tayyorgarlik mashqlari voleybolda qaʼtiy ravishda oʼyin xususiyatiga
qarab aniqlanadi. Аyni paytda bu mashqlar oʼyinda bir xil boʼlmaydi. Ular
voleybolchi uchun zarur boʼlgan xislat va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan
va differentsial tarzda taʼsir etishni taʼminlay oladigan qilib tanlanadi.
Oʼz navbatida, maxsus tayyorgarlik mashqlari yordamchi va rivojlantiruvchi
mashqlarga boʼlinadi. Yordamchi mashqlar asosan harakat shakli va texnikasini
egallab olishga koʼmaklashadi. Rivojlantiruvchi mashqlar esa asosan jismoniy
xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Аmaliy tayyorgarlik mashqlari voleybolchining koʼproq umumiy tayyorgarlik
koʼrishiga yoʼnaltirilgan boʼladi. Bunday mashqlar jumlasiga taʼsir etish jihatidan
maxsus tayyorgarlik mashqlariga ancha oʼxshash va ayni paytda ulardan anchagina
farq qiladigan turli-tuman mashqlarni kiritish mumkin.
Umumiy tayyorgarlik mashqlari
yordamida har tomonlama jismoniy
tarbiyalash vazifalarini samarali xal qilish hamda voleybolchilarning asosiy
jismoniy xususiyatlari, harakat, malaka va koʼnikmalarini rivojlantirishga ham
taʼsir etish mumkin. Voleybolchining mashgʼulotida qoʼllanadigan hamma
mashqlarni asosiy va yordamchi mashq turlariga boʼlish mumkin.
Аsosiy mashqlarga quyidagilar kiradi:
a) harakat sifatlarini rivojlantiruvchi umumiy va maxsus mashqlar;
b) toʼpni olib yurish texnikasini oʼrganish va takomillashtirish mashqlari;
v) taktik usul, kombinatsiya va oʼyin tizimlarini oʼrganish hamda
takomillashtirish mashqlari.
Yordamchi mashqlarga quyidagilar kiradi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
232
a) shartli reflekslarning yangi tizimi paydo boʼlishiga, asosiy harakat
malakalarini amalga oshirishda organizmning funksional imkoniyatlarini
kengaytirishga yordam beradigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar;
b) harakat strukturasiga (vaqtincha bogʼlanish) koʼra harakat malakalarining
turli qismlariga mos yoki shunga yaqin boʼlgan maxsus mashqlar;
v) harakat malakalarini shakllantirish va organizmning funksional
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beruvchi sportning boshqa turlaridan
olinadigan mashqlar.
XULOSA
Qoʼllanadigan mashqlarning umumiy hajmini oshirib borish natijasida
mashqlarning birga qoʼshilgandagi taʼsirini hisobga olib, bir mashqdan bir qancha
vazifani hal qilish uchun foydalanish borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tabiatning tabiiy kuchlari hamda gigienik omillar shugʼullanuvchilar
organizmiga mashqlar va boshqa vosita-larning yaxshi taʼsir etishi uchun
koʼmaklashadi. Yuklama va dam olishni, oʼz vaqtida ovqatlanishni, tungi uyqu
rejimini, mehnat va turmush gigienasini navbati bilan vaqtida toʼgʼri almashtirib
turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Voleybol O’YIN TEXNIKA VA ТAKТIKASINI O’RGATISH
USLUBIYOTI SOTIVOLDIYEV Q.R. Namangan 2019 y.
2. Nurimov R.I. Yosh Voleybolchilarni texnik va taktik tayyorlash. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent, 2005.
3. L.R. AYRAPETYANS, A.А.PULATOV VOLEYBOL nazariyasi va
uslubiyati Toshkent - 2011
4. G’ulomjon, Y. (2023). MEDICAL BIOLOGICAL TECHNOLOGIES IN
THE PREPARATION OF THE MOST HIGHLY QUALIFIED SPORES. Finland
International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5),
1169-1175.