Mualliflar

  • Botirov Diyorbek Dilshod o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Botirov Diyorbek Dilshod o‘g‘li

    TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi yuridik akademik litsey 1-bosqich 4-guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99546

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Alisher Navoiy shoir adabiyot «Zubdat ul-tavorix» yoshlar «Tarixi anbiyo va hukamo» «Tarixi muluki Ajam». Ключевые слова: Алишер Навои поэт литература «Зубдат ул-таворих» молодежь «История пророков и правителей» «История нового Аджама». Keywords: Alisher Navoi poet literature “Zubdat ul-tavorikh” youth “History of the Prophets and Rulers” “History of the Land of the Ajam”.

Annotasiya

Annotatsiya: O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor bergan. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirgan.

Аннотация: Великий мыслитель, просветитель и великий поэт узбекского народа Алишер Навои уделял особое внимание воспитанию молодежи. Он прививал детям любовь к науке, ремеслам и труду, учил их необходимости использовать полученные знания и умения на благо народа и Родины.

Abstract: The great thinker, enlightener and great poet of the Uzbek people, Alisher Navoi, paid special attention to the upbringing of young people. He encouraged children to love science and labor, and taught them the need to use the knowledge and skills they had learned for the people and the homeland.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

88

ALISHER NAVOIYNING MA’NAVIY - MA’RIFIY MEROSI

Botirov Diyorbek Dilshod o‘g‘li

TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi yuridik akademik litsey 1-bosqich

4-guruh talabasi.

Annotatsiya: O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk

shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor bergan. U

bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq,

vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirgan.

Kalit so’zlar: Alisher Navoiy, shoir, adabiyot, «Zubdat ul-tavorix», yoshlar,

«Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam».

Аннотация: Великий мыслитель, просветитель и великий поэт

узбекского народа Алишер Навои уделял особое внимание воспитанию

молодежи. Он прививал детям любовь к науке, ремеслам и труду, учил их

необходимости использовать полученные знания и умения на благо народа и

Родины.

Ключевые слова: Алишер Навои, поэт, литература, «Зубдат ул-

таворих», молодежь, «История пророков и правителей», «История нового

Аджама».

Abstract: The great thinker, enlightener and great poet of the Uzbek people,

Alisher Navoi, paid special attention to the upbringing of young people. He

encouraged children to love science and labor, and taught them the need to use the

knowledge and skills they had learned for the people and the homeland.

Keywords: Alisher Navoi, poet, literature, “Zubdat ul-tavorikh”, youth,

“History of the Prophets and Rulers”, “History of the Land of the Ajam”.

Alisher Navoiy – o‘zbek adabiyotini jahoniy mavqega ko‘tara olgan barmoq

bilan sanarli ulug‘ shoirlarimizdan

biri. Bunday ijodkorlarning nomi,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

89

haqli ravishda, ular mansub bo‘lgan xalq nomi bilan chambarchas bog‘lanib qoladi.

Shu bois, Alisher Navoiyning qutlug‘ nomi tilga olinganda o‘zbek xalqi, shu xalq

nomi eslanganda esa ulug‘ shoirning nurli qiyofasi ko‘z oldimizda gavdalanadi.

Buni Prezidentimizning 2020 yil 23 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining

75-sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi misolida ham ko‘rish mumkin. Dunyo

jamoatchiligining e’tiborini tortgan bu ma’ruzaga nisbatan Turkiya Prezidenti

Rejep Tayyip Erdog‘an o‘z munosabatini bildirarkan, O‘zbekiston Prezidentining

Navoiy tilida gapirganini iftixor bilan e’tirof etgan edi.

Alisher Navoiy ijodi nafaqat muallif adabiy niyatining ulug‘vorligi bilan,

balki ana shu buyuklikka nihoyatda munosib yaratilgan ko‘rkam libos yanglig‘

badiiy kashfiyotlarning mo‘jizakorligi bilan ham hayratlanarlidir. Ulug‘ shoir

nazmu

nasrining

bayt,

bandu

jumlalaridagi

nozik

ishoralarni

teran

mushohadakorlik asosida anglash kitobxon ruhi oniyda seskanishiga, tuyg‘ulari

junbishga kelishiga omil bo‘ladi.

Bunday saodatni bugungi kitobxonga taqdim etish uchun Alisher Navoiy

asarlari sarchashmalariga tayanilgan yangicha talqinlarga ehtiyoj oshib bormoqda.

Shu sababli keyingi yillarda shoir ijodini ilmiy tadqiq etishga qaratilgan e’tibor

tizimli ravishda oshirilib borilgani kuzatiladi. Alisher Navoiyning badiiy mahorati,

o‘ziga xos badiiy kashfiyotlari sirini teran o‘rganish navoiyshunoslikni qiziqtirib

kelayotgan eng muhim masalalardan biridir. O‘tmishda badiiy ijod va

tarixnavislikning uyg‘un holatda tarixiy asarlarda namoyon bo‘lgani I.Pardayeva

dissertatsiyasida Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki

Ajam» asarlari misolida o‘rganilgan.

Tadqiqotchi bu ikki asar «Zubdat ul-tavorix»ning tarkibiy qismlari ekanini

asoslashga harakat qiladi. N.Sharipova esa ulug‘ shoirning poetik mahorati

masalasini «Xamsa»ning dastlabki dostoni bo‘lmish «Hayrat ul-abror» misolida

tadqiq etadi. Dissertant dostonning o‘ziga xos kompozitsiyasi, obrazlar olamiga oid

muhim umumlashma-xulosalarni tahlillar asosida dalillashga harakat qilgan.

Alisher Navoiy va Abdurahmon

Jomiy asarlarini qiyosiy sathda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

90

o‘rganish ularda qo‘yilgan masala mohiyatini imkon qadar chuqur anglash

imkonini beradi. Ayni jihatiga ko‘ra D.Nazarovaning «Subhat ul-abror» va «Hayrat

ul-abror» dostonlarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan dissertatsiyasi ham

e’tiborga loyiqdir. Izlanuvchi «abror» so‘zining Qur’oni karimdagi talqinlariga

e’tibor qaratib, muqaddas kitobda bu so‘z jannat ahlining sifatlaridan biri, valiysifat

zotlarning ta’rifi, basirat ko‘zi ochiq, qalbi imon nuri bilan munavvar zotlarga

nisbatan turli shakllarda yigirma marta qo‘llanganini ma’lum qiladi. Abrorlar

valiylar toifasining biri bo‘lib, o‘z nafsi tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib qolmay,

dunyoning obodonligi va el-yurt farovonligi uchun ham sa’y-harakat ko‘rsatishini

alohida ta’kidlab o‘tadi. Dissertant nazarida abrorlar dinni deb dunyodan, dunyoni

deb dindan voz kechmaydilar, balki dunyo ashyolarini taqvoni mustahkamlash

uchun vosita o‘laroq qo‘llay oladilar.

Alisher Navoiy devonlarining hali o‘zi tartib berishga kirishmasdan oldin

muxlislari tarafidan kitobat qilinishi uning beqiyos iste’dodiga berilgan muhim

bahodir. Tadqiqotchi R.Jabborov dissertatsiyasida «Oqquyunli muxlislar

devoni»ning Alisher Navoiy lirikasi va davr madaniy muhitidagi o‘rni masalasida

so‘z yuritiladi. Bu devon ulug‘ shoir ijodiy evolyutsiyasini baholashda qimmatli

manba bo‘lishi dissertatsiyada o‘z ifodasini topgan. Vatanimizning mustaqilligini

mustahkamlashning eng muhim vazifasi har bir sohada o‘z mutaxassislarimizni,

olimlarimizni yetishtirishdir. Shunday ekan, ilm-fanning qaysi yo‘nalishi

bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zligimizga qaytishimiz, milliy qadriyatlarimizni

tiklashimiz, olim bobokalonlarimiz qoldirib ketgan qo‘lyozmalarni o‘qib, o‘rganib,

ulardan hayotning bugungi talablariga javob bera oladigan bilim va ko‘nikmalar

hosil qilishimiz lozim.

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher

Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni,

mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish

zarurligini uqtirdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

91

Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg‘a surdi. U aql, ilm

insonning eng go‘zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim

burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun

yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: «Yoshligingda yig‘gil bilimni,

qarigach sarf qilg‘il ani», degan shoirning o‘zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi,

o‘qishga beriladi. U yoshligidanoq ko‘p she’rlarni yod bilgan. Jumladan,

Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») asarini bolalik

chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab

va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish

va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik

qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podshoh Husayn Boyqaroga

yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan

o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir.

Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi,

bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib,

bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim

bo‘lgan mablag‘ ajratadi. Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu

quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni hali ilmdan bexabar bo‘lgan

toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi.

Buyuk so‘z san’atkori va mutafakkiri o‘zining bir qancha asarlarida bolalar

tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki «Hayrat ul-

abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarining ayrim boblarini

shu masalaga bag‘ishlaydi. «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi)

falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy

hamda kishilarga ta’lim va o‘git berish masalalariga katta e’tibor beradi. Dostonda

zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini

keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat,

rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, ilmning foydasi va kambag‘al o‘quvchilarning bu yo‘lda

chekkan azoblari haqida batafsil

to‘xtalib o‘tadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

92

«Hayrat ul-abror» asarining bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya

masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va

kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon

qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning

bu maqolotida bola tarbiyasi, uni o‘stirish, o‘qitish va balog‘atga yetkazish hamda

bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni

ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha

mehr-muhabbatli bo‘lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb ta’riflaydi:

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a…

Tun-kunungga aylagali nurposh,

Birisin oy angla, birisin quyosh

Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:

Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Endiki ilm o‘ldi amal aylagil.

Navoiy yomon odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy

fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o‘qish, o‘rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli

bo‘lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiyotining

shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi

kunda ham o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.

«Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra

fazliga o‘xshaydi». Ilm talabidagi kishi bilan ibodatdagi obid oralaridagi farq xuddi

to‘lin oy ila yulduzlar o‘rtasidagi farqqa o‘xshaydi. Bu o‘xshatishni anglash uchun

juda ham chuqur bilim shart emas, chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam

ummatga o‘z o‘gitlarini soddagina qilib tushuntirib beradilar. Bizga ularni

tushunish uchun faqatgina eshitish yoki ozgina mutolaa qilish kifoya.

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar

maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim

tizimidagi

o‘zgarishlar

haqida

to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

93

yo‘q. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini

zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi

bosqichga kirdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli

bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha

tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday

ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki,

butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi». Yana bir narsani ta’kidlash lozim

bugungi yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik

pozitsiyasiga ega vatanparvar bo‘lib kamolga yetsa, yangi O‘zbekistonni qurishga

shu qadar kamarbasta bo‘ladi.

Foydalangan adabiyotlar.

1.SH. M. Mirziyoyev 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha

rivojlantirish».

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Olam va odam, Din va ilm“

2019.

3. Alisher Navoiy Mahbubul qulb.

4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirligining ilmiy metodik jurnali Til va

Adabiyot Talimi.

Internet ma’lumotlari:

http://www.ziyonet.uz

https://lex.uz

http://library.ziyonet.uz

http://library.navoiy-uni.uz