Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
49
O'ZBEK TILINING DIALEKTLARI – O'ZBEK TILIDAGI HUDUDIY
DIALEKTLAR, ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
VA JAMIYATDAGI ROLI
Andijon davlat chet tillari instituti
Arab filologiyasi 101-guruh talabasi
Abdumominova Madina Tohirjon qizi
Ilmiy rahbar:
Sotvoldiyeva Hilolaxon Vahobovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tilining turli hududlarda qo‘llaniladigan
dialekt va shevalari, ularning o‘zaro farqlari hamda o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi.
Tadqiqot davomida ushbu shevalarning kelib chiqish tarixi, leksik va fonetik
xususiyatlari, shuningdek, ularning jamiyatdagi ijtimoiy va madaniy roli tahlil qilinadi.
Maqolada dialektlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, qabila yoki mahalliy
guruhlar bilan bog‘liqligi ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar:
o'zbek tili, dialect, sheva, qabila, xususiyatlari,jamiyatdagi ro'li
Abstract:
This article explores the various dialects and regional varieties of the
Uzbek language, highlighting their differences and interconnections across different
geographical areas. It examines the historical development, lexical and phonetic
features of these dialects, as well as their cultural and social role within Uzbek society.
Furthermore, it considers the tribal and local influences that have shaped the emergence
of these dialectical forms.
Key words:
Uzbek language, dialects, tribe features, role in the society
Аннотация:
В данной статье рассматриваются различные диалекты и
говоры узбекского языка, используемые в разных регионах, а также их отличия
и взаимосвязи. Анализируется история происхождения говоров, их лексические
и фонетические особенности, а также социальная и культурная роль в обществе.
Также рассматриваются факторы, повлиявшие на формирование диалектов, и их
связь с племенными или местными сообществами.
Kirish.
Bilamizki o'zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub til hisoblanib u o'zining
boy tarixiy anʼanalari madaniy merosi bilan mashhur.
O'zbek tili, shuningdek, turkiy tillar ichida eng ko'p dialektlari bor tillar qatoriga
kirib turli hududlarda turlicha talaffuz, so'z boyligi va grammatik qurilishga ega.
O'zbek tili dialektlari o'zbek adabiy tilini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etgan. Chunki adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish qat'iy meyorni ishlab
chiqish yo'li bilan hosil qilinadi va hududiy shevalardan oziqlangan holda mutassil
rivojlanib boradi. Shu sababli aytish mumkinki, har bir tilning adabiy shaklining
asosini undagi sheva va lahjalar tashkil qiladi
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
50
O'zbek shevalar ustida ish olib borgan olimlardan biri V.V. Reshetov
Y.D.Polivanovning g'oyalari asosida barcha o'zbek shevalarini o'rganib chiqib uning
taraqqiyot tarixi, urug', qabila davri xususiyatlari saqlanib qolishi nuqtai nazaridan
shevalarni tasnif qiladi, hamda o'zbek tilining hududiy shevalar 3 ta asosiy lahja
asosida paydo bo'lganini aniqlaydi
1.Qarluq-chigil-uyg'ur. Bu lahja uyg'ur tiliga yaqin bo'lib tojik yili bilan bog'liq
bo'lgan. Bu lahjaga O'zbekiston Respublikasidagi yirik shahar va shahar tipidagi
qishloq shevalari kirgan.
2 Qipchoq lahjasi. Bu lahja esa qo,oq va qoraqalpoq tillariga yaqin turadi
O'zbekiston Respublikasida Qurama, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Farg'ona
vodiysidagi "j"lovchi shevalar kiritilgan.
O'g'uz lahjasi. Bu lahjaga til jihatdan turkman Ozarbayjon turk tillariga yaqin
hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasidagi Xorazm Qoraqalpoq va Turkmaniston
o'zbek shevalari tashkil etadi
Qarluq lahjasining Toshkent va Farg'ona shahar shevalari hozirgi o'zbek adabiy
tilining tayanch shevalari sanaladi
Hozirda zamonaviy o'zbek tili shevalarining hududiy tasniflanishi 4ga bo'linadi
Ular Shimoliy, janubiy, sharqiy, g'arbiy qismda joylashgan shaharlar hisoblanadi.
Shimoliy (Qoraqalpoq) dialekti: Bu dialekt O'zbekistonning shimoli va
Qoraqalpog'iston Respublikasida keng tarqalgan. Qoraqalpoq dialekti o'ziga xos
fonetik xususiyatlar bilan ajralib turadi, masalan, vokallarning almashinuvi va ayrim
so'zlarning talaffuzi.
Janubiy (Toshkent, Surxondaryo va boshqa hududlar) dialekti: Toshkent,
Surxondaryo va boshqa janubiy viloyatlarda keng tarqalgan dialekt. Bu dialektda o'ziga
xos fonetik va leksik xususiyatlar mavjud bo'lib, ba'zi so'zlar o'zbek tilining boshqa
dialektlariga nisbatan o'zgacha talaffuz qilinadi.
Sharqiy (Farg'ona) dialekti: Farg'ona vodiysi, Andijon, Namangan kabi
hududlarda keng tarqalgan. Bu dialektda so'zlarda va grammatikada alohida
o'zgarishlar mavjud. Masalan, shuningdek, bu hududda qattiq so'zlash va tovushlar
farqlanadi.
G‘arbiy (Buxoro, Samarqand) dialekti: G‘arbiy O'zbekiston, xususan, Buxoro va
Samarqand viloyatlaridagi dialekt. Bu dialektda asosan arabcha va forscha so'zlar
ko'proq qo'llanadi.
Har bir o'zbek tilining bir lahjasi boshqa lahjadan bir shevasi boshqa shevadan
grammatik leksik fonetik jihatdan ozmi ko'pmi farq qiladi. Ya'ni har bir shevani
o'zining fonetik leksik grammatik xususiyatlariga ega hisoblanadi.Shevalarning
fonetik xususiyatiga to'xtaladigs bo'lsak, o'zbek tilining har bir dialekti o'zining fonetik
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, shimoliy dialektda ba'zi so'zlarning talaffuzi
boshqacha bo'lishi mumkin, shuningdek, vokal tovushlar (a, e, o) o'zgaradi. Janubiy
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
51
dialektda esa ba'zi so'zlar to'liq o'zgacha talaffuz qilinadi, bu esa tilning melodik
tuzilishini ta'sir qiladi.
Har bir dialektda grammatik qurilishlar turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, bir
dialektda zamon, fe'l shakllari yoki predloglarning qo'llanilishi boshqacha bo'lishi
mumkin. Bu o'zgarishlar tilning o'zgaruvchan va moslashuvchan tabiatini ko'rsatad.
Dialektlar o'rtasidagi farqlar shuningdek, so'z boyligida ham namoyon bo'ladi.
Ba'zi dialektlarda qadimiy so'zlar saqlanib qolgan bo'lsa, boshqalarida esa yangi leksik
birliklar paydo bo‘lgan. Misol uchun, janubiy hududlarda forscha va arabcha
so'zlarning ko‘pligi kuzatiladi, shimoliy hududda esa turkcha so‘zlar ko‘proq
qo‘llaniladi.
Dialektlar, o'zbek tilining butun mazmuniy va ijtimoiy xususiyatini tashkil etadi.
Ular faqatgina kommunikatsiya vositasi emas, balki ijtimoiy va madaniy merosning
bir qismidir. Jamiyatda dialektlar madaniyatni saqlashda ijtimoiy identifikatsiya tilning
jamiyatda rivojlanib borishida muhim roʻl oʻynaydi.Misol uchun har bir dialekt
o'zining o'ziga xos madaniy va tarixiy kontekstini saqlaydi. Shu tariqa, dialektlar
xalqning an'anaviy qadriyatlari va urf-odatlarini asrab-avaylashda muhim rol o'ynaydi.
Shuningdek, shevalar ijtimoiy guruhlar va hududiy identifikatsiya vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Har bir dialekt o'zining geografik va madaniy kimligini aks ettiradi.
Masalan, Buxoro yoki Samarqanddan kelgan odam o‘zining dialektal xususiyatlari
bilan ajralib turadi Yuqorida aytib o'tilganidek, dialektlar tilning rivojlanishida
muhim rol o'ynaydi, chunki ular tilga yangi so'zlar va iboralarni olib kiradi. Dialektal
xususiyatlar ko'pincha adabiy tilga ham kirib, uning boyishiga yordam beradi.
O'zbek tili o'zining dialektal xilma-xilligi bilan butun Markaziy Osiyodagi eng
boy va murakkab tillardan biridir. Har bir dialekt o'zining fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlari orqali nafaqat tilni, balki uning xalqining madaniy merosini saqlaydi va
rivojlantiradi. Dialektlar jamiyatdagi turli guruhlar va hududlar o'rtasidagi aloqalarni
mustahkamlaydi, shuningdek, tilning o'zgaruvchan va dinamik tabiatini namoyon
etadi. Ularning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy va madaniy
jihatdan ham katta.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jo‘rayev, A. (2006). O‘zbek shevalari bo‘yicha ocherklar. Toshkent: Fan
nashriyoti.
2. Qodirov, A. (2013). O‘zbek tilining sheva va lahjalari. Toshkent: O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti
3. Mirtojiyev, M. (2001). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘qituvchi.4.
Reshetov, V.V. (1965). O’zbek shevalarining tarixiy shakllanishi. Moskva: Nauka.
5. Polivanov, Ye.D. (1935). Turkiy tillar va ularning lahjalari haqida. Moskva:
AN SSSR nashriyoti.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
52
6. Bozorov, O. (2012). “O‘zbek shevalarining lingvistik xususiyatlari”, Filologiya
masalalari jurnali, №2.
7. Rakhmonov, S. (2015). “Dialekty uzbekskogo yazyka: istoki i klassifikatsiya”,
Central Asian Linguistics Review, №3.
8. Tashkent State University of Uzbek Language and Literature. (2020). O‘zbek
tilshunosligidan ma’ruzalar to‘plami. Toshkent