Authors

  • Xasan Eshankulov
    Termiz davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.36220

Keywords:

Akril kislota metil metakrilat ishqor distillangan suv nikel (II) xlorid kristallogidrati benzoil peroksid viskozimetr polimerizatsiya IQ-spektroskopiya derivatogramma.

Abstract

Ushbu maqolada akril kislota asosida tarkibida metall saqlagan sopolimerning tarkibi, tuzilishi, taxminiy struktura formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, qovushqoqligi IQ- va termik analiz tahlillari asosida isbotlandi. Sintez natijasida olingan sopolimerning amaliyotda bo’yoq moddalar va plyonkalar ishlab chiqarishda qo’shimcha sifatida qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

51

METALLORGANIK SOPOLIMER SINTEZI

Eshankulov Xasan Nurmamatovich

Termiz davlat universiteti

E-mail: eshankulovxasan1988@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada akril kislota asosida tarkibida metall saqlagan

sopolimerning tarkibi, tuzilishi, taxminiy struktura formulalari, fizik-kimyoviy
xossalari, qovushqoqligi IQ- va termik analiz tahlillari asosida isbotlandi. Sintez
natijasida olingan sopolimerning amaliyotda bo’yoq moddalar va plyonkalar ishlab
chiqarishda qo’shimcha sifatida qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.

Kalit so'zlar:

Akril kislota, metil metakrilat, ishqor, distillangan suv, nikel

(II) xlorid kristallogidrati, benzoil peroksid, viskozimetr, polimerizatsiya, IQ-
spektroskopiya, derivatogramma.

СИНТЕЗ ОРГАНИЧЕСКОГО МЕТАЛЛИЧЕСКОГО

СОПОЛИМЕРА

Аннотация:

В данной работе состав, структура, примерные

структурные

формулы,

физико-химические

свойства,

вязкость

металлсодержащего сополимера на основе акриловой кислоты доказаны на
основе ИК- и термического анализа. Было обнаружено, что полученный в
результате синтеза сополимер может быть использован на практике при
производстве красителей и пленок.

Ключевые слова:

акриловая кислота, метилметакрилат, щелочь,

дистиллированная вода, кристаллогидрат хлорида никеля (II), пероксид
бензоила, вискозиметр, полимеризация, ИК-спектроскопия, дериватограмма.

SYNTHESIS OF ORGANIC METALLIC SOPOLYMER

Abstract:

In this work, the composition, structure, approximate structural

formulas, physicochemical properties, and viscosity of a metal-containing
copolymer based on acrylic acid are proved on the basis of IR and thermal analysis.
It was found that the copolymer obtained as a result of the synthesis can be used in
practice in the production of dyes and films.

Key words:

acrylic acid, methyl methacrylate, alkali, distilled water,

crystalline hydrate of nickel (II) chloride, benzoyl peroxide, viscometer,
polymerization, IR spectroscopy, derivatogram.

KIRISH

Sopolimerlarning tabiatda, hayotimizda, texnikada, sanoatda

ahamiyati katta. Reaksiyalar borishi bilan hosil bo`layotgan sopolimerlarning tarkibi
doimiy o`zgarib boradi, chunki faol monomer reaksiyaga ko`proq kirishib sopolimer
u bilan boyiydi. Monomer aralashmasida esa aksincha, faol komponent molyar
qismi kamaya boradi. Shu reaksiya chuqurlashgan sari har-xil tarkibli sopolimer


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

52

hosil bo`ladi[1]. Akril kislotasi (AA) va metilmetakrilat (MMA) sopolimerlari
tarkibida metall saqlagan metall organik polimerlarning xossalari va ularni amalda
qo'llash usullari to'g'risida ma'lumot mavjud[2]. Akril sopolimerlari turli xil
inshootlar uchun bo'yoqlarda (galvanizli metall, qora metall, shifer) plyonka hosil
qiluvchi asos sifatida ishlatiladi. Unga asoslangan bo'yoqlar yaxshi yopishqoqlik va
yuqori ishlash xususiyatlari bilan ajralib turadi[3-4]. Akril polimerlar turli sohalarda,
xususan, bo'yoq va laklar ishlab chiqarishda, plyonka va qalinlashtiruvchi moddalar
sifatida qo'llaniladi[4-5]. Bo'yoq va lak bozorida paydo bo'lganidan beri, akril
polimerlarning sintezi tarkibi va texnologiyalari zamonaviy talablarga muvofiq
doimiy ravishda takomillashtirilib, hozirgi vaqtda bo'yoq va lak materiallarini ishlab
chiqarish uchun an'anaviy ravishda ishlatiladigan boshqa plyonka hosil qiluvchi
vositalarni almashtirmoqda. Ekologik toza materiallarni olish uchun turli xil
kompozitsiyalarning akril kopolimerlaridan foydalaniladi[6]. Metil metakrilatning
metil va metall akrilat, butil metakrilat va boshqalar bilan kopolimerlari
termoplastik,

poliakrilatlar

asosida

qoplamalar

hosil

bo'lishi

kimyoviy

transformatsiyalar bilan birga bo'lmaydi va xona haroratida tez davom etadi ammo
hosil bo'lgan lak qoplamalari yuqori haroratlarda yumshaydi[7-8].

Tajribaviy qism:

Avtomatik aralashtirgich, qaytarma sovutgich va

termometr bilan jihozlangan uch og’izli yumaloq tubli kolbaga 75 ml. litr distlangan
suv quyildi va uning ustiga sekinlik bilan tomchilatib 7,2 gr (0,1mol) akril kislota
eritmasi qo’shildi. So’ngra aralashmaga 2 gr (0,5 mol) miqdorida ishqor qo’shildi.
Moddalar yaxshi aralashishi uchun elektr plita yordamida 30-35

0

C haroratda 1 soat

davomida qizdirildi. Ishqor to’liq erib bo’lgandan so’ng eritma ustiga 7,14 gr
(0,1mol) miqdorda NiCl

2

6H

2

O qo’shildi. Qizdirishni davom ettirgan holda kolbaga

10gr miqdorda metil metakrilat eritmasidan quyildi. So’ngra elektr plita yordamida
70-80

0

C oralig’ida 10 soat davomida qizdirildi. Reaksiya natijasida och sariq rangli

qattiq holdagi sopolimer olindi. Olingan mahsulotning suvda yaxshi erishi, organik
erituvchilarda erimasligi aniqlandi. Sintez natijasida olingan mahsulotning
qovushqoqligi o’rganildi. Olingan maxsulotning massasi 25,9gr. Reaksiya unumi
86%. Reaksiya tenglamasi quyidagicha.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

53

CH

2

CH

COOH

+

NaOH

CH

2

CH

COONa

+

H

2

O

CH

2

CH

C

O

ONa

+

NiCl

2

*6H

2

O

CH

2

CH

C

O

O

CH

2

CH

C

O

O

Ni

+

2NaCl

H

2

O

CH

2

CH

C

O

O

CH

2

CH

C

O

O

Ni

+

O

H

3

C

O

C

C

CH

2

CH

3

O

CH

2

CH

C

O

Ni

CH

2

CH

C

O

O

C

CH

3

CH

2

C

OCH

3

O

n

m

n

m

Natijalar tahlili.
2.1. Nikel akrilat sopolimeri sintezining IQ-spektri tahlili

natijalariga

ko’ra 3389,59 sm

-1

soxasidagi keng yutilish maksimumlari O-H guruhiga tegishli

bo’lib bunda (H bog’ hosil qilgan) guruhlarining valent tebranishlari bilan
izohlanadi. Shuningdek 2930,83 sm

-1

soxada CH

3

va CH

2

radikallarining

assimmetrik valent tebranishlari va yuqori intensivligi kuzatildi. 1698,92 sm

-1

soxada C=O valent tebranishi va juda yuqori intensivlik kuzatildi. 469,19 sm

-1

soxada esa Ni-O bog'ining harakteristik chastotalari namoyon bo'ladi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

54

1-rasm. Nikel akrilat sopolimerining IQ spektri tahlili

2.2. Nikel akrilat sopolimeri sintezining termogravimetrik analizi tahlili

uchun sopolimerdan 4,56 mg. olinib, jarayon 20-600

o

C harorat oralig’ida o’rganildi.

Sopolimerning termik analizi natijalari 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Nikel akrilat sopolimeri sintezining termik tahlili

Sintez qilingan nikel akrilat sopolimerining sintezining DTA tahlilida uch

sohada massa yo’qotish yuz bergan va bitta ekzotermik hamda bitta endotermik
jarayon yuz bergan. Moddalarni parchalanishining birinchi bosqichda 26,26

0

C da

boshlanib, 189,03

0

C da 0,312 mg yoki 9,059% massa yo’qotishi kuzatildi. Bu

parchalanish kristallogidrat shakldagi bog’langan suvning chiqib ketishi bilan
tushuntiriladi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

55

Ikkinchi bosqichda 189,03

0

C da boshlanib 339,65

0

C da 0,714 mg, 20,732%

massa yo’qotilishi bilan tugallandi. Bu haroratlar oralig’ida karboksil guruhlarning
parchalanishi natijasida uglerod II oksidi ajraladi.

Uchinchi bosqich aosiy parchalanish bosqichi bo’lib, 339,39

0

C da boshlanib

601,79

0

C da 1,242 mg yoki 36,063% massa yo’qotilishi kuzatildi. Bunda organik

birikmalar parchalanishidan uglerod va metall karbonatlarining parchalanishidan esa
oksidlar qoladi.

Sintez qilingan mahsulotning DTA tahlilida issiqlikning yutilishi yani

endotermik jarayonda 246,89

0

C da moddalarning parchalanishi kuzatildi. Bu

jarayon davomida uglerod oksidlari ajralishidan parcalanish ro’y beradi. Issiqlikning
(ekzotermik) chiqishi bilan 372,65

0

C da kuzatilib bunda, metall karbonatlari va

karbidlari hosil bo’ladi.

1-jadval

Nikel akrilat sopolimerining TGA va DTA egri chizig’ining natijalar

tahlili

Temperatura,

о

С

Yo’qolgan

massa,mg (4.56)

Yo’qolgan

massa, %

1

100

0.245

5,37

2

200

0.312

6,84

3

300

0,714

15,66

4

400

1,242

27,23

5

500

2,56

56,14

6

600

3,241

71,08


Nikel akril sopolimerining termik tahlil natijalaridan ko’rish mumkunki

boshlang’ich moddalar to’liq reaksiyaga kirishganligini va hosil bo’lgan modda
termik barqaror ekanligini ko’rish mumkin.

Xulosa:

Akril kislota, ishqor, metilmetakrilat va metall tuzlari ishtirokida

yangi sintez qilingan sopolimerning tahlili natijalariga ko’ra bo’yoqlar va
plyonkalarga qo’shimcha sifatida qo’llash imkonini berishi aniqlandi. IQ-spektrida
mahsulot tarkibidagi funksional guruhlarning mavjudligi sopolimerning sifat
jihatdan yaxshiligini izohlaydi. Bu moddani sintezi jarayonida boshqa
sopolimerlarga nisbatan g’ovakligi ancha yuqori bo’lganligi sababli polimer
mahsulotlariga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

Sh.M.Mirkomilov, N.I.Bozorov, I.I.Ismoilov. polimerlar kimyosi

nazariy asoslar laboratoriya ishlari. Toshkent-2010.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-7

56

2.

N. I. Bozorov, V. O. Kudyshkin, S. Sh. Rashidova. Synthesis of

Methylacrylate and Acrylic Acid Copolymers and Their Application as Materials
for Restoration. Institute of Polymer Chemistry and Physics Academy of science of
Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan.

3.

Тимошенко Н.В. Нитрилсодержащие имидобразующие акриловые

сополимеры: дис.канд. хим. наук. М.: РХТУим. Д.И. Менделеева, 2013. 155 с.

4.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. The

studying synthesis and research of nickel and tin acrylate on the basis of the
copolymers. Journal of Pharmaceutical Negative Results - Volume 13 - Special Issue
7 – 2022. 1165-1180.

5.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T.

Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy
jurnal. – Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

6.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Titan (II)

oksidining akril kislota bilan hosil qilgan polimer ioniti sintezi. “металлорганик
юқори молекулали бирикмалар соҳасидаги

долзарб муаммоларниниг

инновацион ечимлари”. 2021y. 64b.

7.

Тимошенко Н.В., Дятлов В.А. Строение макромолекул

сополимеров акрилонитрила и метакриловой кислоты// Менделеев 2012.
Органическая химия: Тез. докл. VI Всероссийской конференции молодых
ученых, аспирантов и студентов с международным участием. Санкт-
Петербург. 2012.

8.

Braumgartner E., Besecke S., Gaenzler W. Flame-retarded

polyacrylamide or polymetacrylimide synthetic resinfoam: patent US 4576971,
1986.

References

Sh.M.Mirkomilov, N.I.Bozorov, I.I.Ismoilov. polimerlar kimyosi nazariy asoslar laboratoriya ishlari. Toshkent-2010.

N. I. Bozorov, V. O. Kudyshkin, S. Sh. Rashidova. Synthesis of Methylacrylate and Acrylic Acid Copolymers and Their Application as Materials for Restoration. Institute of Polymer Chemistry and Physics Academy of science of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan.

Тимошенко Н.В. Нитрилсодержащие имидобразующие акриловые сополимеры: дис.канд. хим. наук. М.: РХТУим. Д.И. Менделеева, 2013. 155 с.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. The studying synthesis and research of nickel and tin acrylate on the basis of the copolymers. Journal of Pharmaceutical Negative Results - Volume 13 - Special Issue 7 – 2022. 1165-1180.

Eshankulov Kh.N., Тurayev Х.Х., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Metallorganik sopolimer sintezi. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy-texnikaviy jurnal. – Buxoro – 2021. № 4.151-156 b.

Eshankulov X.N., Turayev X.X., Umbarov I.A., Jalilov A.T. Titan (II) oksidining akril kislota bilan hosil qilgan polimer ioniti sintezi. “металлорганик юқори молекулали бирикмалар соҳасидаги долзарб муаммоларниниг инновацион ечимлари”. 2021y. 64b.

Тимошенко Н.В., Дятлов В.А. Строение макромолекул сополимеров акрилонитрила и метакриловой кислоты// Менделеев 2012. Органическая химия: Тез. докл. VI Всероссийской конференции молодых ученых, аспирантов и студентов с международным участием. Санкт-Петербург. 2012.

Braumgartner E., Besecke S., Gaenzler W. Flame-retarded polyacrylamide or polymetacrylimide synthetic resinfoam: patent US 4576971, 1986.