Current Issue
Articles
О ДИФРАКЦИИ ГАРМОНИЧЕСКИХ ВЯЗКОУПРУГИХ ВОЛНАХ В ЦИЛИНДРИЧЕСКИХ ТЕЛАХ
В статье рассматривано взаимодействие гармонических волн с жестким включением в вязкоупругой среде. Показано влияние параметров вязкости на напряжено-деформированное состояние цилиндрического тела.
1917-YILGI INQILOBLAR VA O‘ZBEKISTONNING SOVET DAVRIGA KIRISHI
Ushbu maqolada 1917-yilda Rossiyada sodir bo‘lgan Fevral va Oktyabr inqiloblari jarayonlari hamda ularning Turkiston o‘lkasiga, xususan, hozirgi O‘zbekiston hududiga ta’siri yoritiladi. Maqolada inqiloblardan keyin yuzaga kelgan siyosiy bo‘shliq, hokimiyat uchun kurash, Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, mahalliy milliy kuchlarning qarshilik harakatlari va Sovet davlatchiligining shakllanish bosqichlari haqida tahliliy ma’lumot berilgan. Shuningdek, yangi hokimiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi islohotlari hamda ularning oqibatlari ko‘rib chiqilgan.
ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA TURKISTON O‘LKASI
Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr boshlariga qadar Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan Turkiston o‘lkasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti tahlil qilinadi. Maqolada Rossiya istilosining asosiy bosqichlari, Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi, mustamlakachilik siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hamda o‘lka madaniyatida yuz bergan o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, mustamlakachilik davrida paydo bo‘lgan milliy uyg‘onish jarayonlariga ham e’tibor qaratilgan.
TILNING KELAJAGI: AVTOMATIK TARJIMA TIZIMLARI VA DUNYO BO'YLAB TILSHUNOSLIKNI O'ZGARTIRISHI
Mazkur maqolada avtomatik tarjima tizimlarining zamonaviy tilshunoslikka ta’siri, ularning texnologik asoslari va amaliy qo‘llanilishi keng tahlil qilinadi. Global miqyosda mashina tarjimasi vositalarining jadal rivojlanishi natijasida tillararo kommunikatsiya soddalashmoqda, biroq bu jarayon tilning mazmuniy chuqurligi, madaniy jihatlari va kontekstual ma’nolarni to‘liq aks ettirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ayniqsa, o‘zbek tilining o‘ziga xos morfologik va sintaktik tuzilmalari ushbu tizimlar oldiga muayyan talablarni qo‘yadi.
SAK-MASSAGETLARNING MIGRATSIYA YO‘LLARI VA JOYLASHUVI
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida miloddan avvalgi I ming yillikda yashagan sak va massaget qabilalarining migratsiya jarayonlari, ko‘chish yo‘llari va joylashuv xususiyatlari o‘rganiladi. Arxeologik topilmalar, yozma manbalar va etnografik ma’lumotlar asosida ularning geografik tarqalishi, iqlim va tabiiy sharoit bilan bog‘liq ko‘chish sabablari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sak-massagetlarning harbiy-demokratik boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatidagi migratsiyaning o‘rni ham yoritilgan.