Authors

  • Hamroyeva Muxlisa Farxod qizi
    TerDI, Tillar fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.60179

Keywords:

Ingliz tili o‘qitish metodikasi gamifikatsiya zamonaviy metodlar axborot texnologiyalari onlayn platformalar innovatsion texnologiyalar

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlarlar va 
texnologiyalardan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan. Jumladan:
kommunikativ metod, kollaborativ metod, o‘yinlar va gamifikatsiya, aralash o‘qitish 
usuli, warm-up exercises, taqlid qilib o‘rganish usuli, texnologiya mobil ilovalar va
onlayn platformalar yordamida o‘rganish, texnik vositalardan foydalanish.
Interaktiv metodlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirokchi qilishga, 
ularning fikrlash, muhokama qilish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga yordam beradi. 


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-11

42

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR

VA TEXNOLOGIYALAR

Hamroyeva Muxlisa Farxod qizi

Muhlisaxamroyeva@gmail.com

TerDI, Tillar fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlarlar va

texnologiyalardan

foydalanish

haqida

ma’lumotlar

berilgan.

Jumladan:

kommunikativ metod, kollaborativ metod, o‘yinlar va gamifikatsiya, aralash o‘qitish
usuli, warm-up exercises, taqlid qilib o‘rganish usuli, texnologiya mobil ilovalar va
onlayn platformalar yordamida o‘rganish, texnik vositalardan foydalanish.
Interaktiv metodlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirokchi qilishga,
ularning fikrlash, muhokama qilish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar:

Ingliz tili o‘qitish metodikasi, gamifikatsiya, zamonaviy

metodlar, axborot texnologiyalari,onlayn platformalar, innovatsion texnologiyalar.

MODERN PEDAGOGICAL METHODS AND TECHNOLOGIES IN

TEACHING ENGLISH

ABSTRACT

This article provides information about the use of modern pedagogical

methods and technologies in teaching English. These include communicative
method, collaborative method, games and gamification, blended learning method,
warm-up exercises, learning by imitation method, learning using technology mobile
applications and online platforms, using technical tools. Interactive methods help
make students active participants in the learning process, develop their thinking,
discussion and problem-solving skills.

Keywords:

English language teaching methodology, gamification, modern

methods, online platforms, information technologies, innovative technologies.

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И ТЕХНОЛОГИИ В

ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-11

43

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация об использовании

современных педагогические методы и технологии в обучении английскому
языку. В том числе: коммуникативный метод, метод сотрудничества, игры и
геймификация, смешанный метод обучения, разминочные упражнения, метод
имитационного обучения, обучение с использованием технологий мобильных
приложений и онлайн-платформ, использование технических средств.
Интерактивные методы помогают сделать учащихся активными участниками
учебного процесса, развить их мышление, навыки обсуждения и решения
проблем.

Ключевые слова

: методика преподавания английского языка,

геймификация, современные методы, интерактивность, информационные
технологии, инновационные технологии.


KIRISH

Mamlakatimizda bugungi kunda chet tillarni o‘rganishga talab va qiziqish

keskin oshdi va hozirda davlatimiz tomonidan til o‘rganishga keng imkoniyatlar
yaratilmoqda. Bugungi kunda maktablarda zamonaviy kompyuterlar, elektron
manbalar, Internetga kirish imkoniyatlari mavjud. Axborot texnologiyalaridan
nafaqat maktab o‘quvchilarining mashg‘ulotlarining turli bosqichlarida, balki odatiy
ingliz tili darslarida ham foydalanish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur

maqola

bo‘yicha

tadqiqot

davomida

Отабоева.М.Р,

Bekmuratova.U.B. - “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish”, M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayevaning “chet tilini
o‘qitishda yordamchi vositalardan foydalanish” kabi asarlar o‘rganib chiqildi. Ingliz
tilini samarali o‘qitish bo’yicha turli xil metodlarlar va texnologiyalar ko’rib
chiqildi. Ingliz tili — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til va Ingliz
xalqining tili hisoblanadi. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston,
Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili ingliz
tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi va
Yevropa Ittifoqining asosiy tili hisoblanadi.



background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-11

44

NATIJALAR

Ushbu maqolada Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlar va

texnologiyalar samarali ta'lim berishning muhim vositalari sifatida ko‘rib chiqildi.
Bu metodlar o'quvchilarning til o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishiga yordam
beradi va ularni nafaqat til qoidalarini o‘rganish, balki shu bilan birga tilni haqiqiy
hayotda qanday qo‘llashni ham o‘rgatadi.


MUHOKAMA

Ingliz tilini o‘qitish 2012-yil 10-dekabrda PQ-1875-sonli O‘zbekiston

Respublikasi “Ta`lim to‘g‘risida”gi qarori bilan 2013-2014-yildan boshlab 1-
sinflarga ham ingliz tili darslari o‘tila boshlandi. Oliy ta’lim muassasalarida ayrim
maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet
tillarda olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o‘qituvchilari va
muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag‘batlantiriluvchi to‘lovlar joriy
etildi va qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ishlasa ularning tarif
stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi
har oydagi qo‘shimchalar qo‘shib berishni belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Yoshlarda ingliz tilini o‘rganishga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Ingliz
tilini samarali va qiziqarli o’rganish uchun zamonaviy pedagogik metodlar va
texnologiya mavjud.

Kommunikativ metod - o‘quvchilarga ingliz tilini real hayotda muloqot

qilishda ishlatishga qaratilgan. Ularning tilni o‘rgatishdagi asosiy maqsadi
muloqotda ishtirok etish va amaliy vazifalarni hal qilish.
Kollaborativ metod- o'quvchilar birgalikda muammolarni hal qilishadi, ma'lumotlar
almashadilar va bir-birlaridan o‘rganadilar. Bu metodda guruhlar yaratilib,
o'quvchilar kooperatsiya qilishga undaladi.

O‘yinlar va gamifikatsiya metodi- ingliz tilini o‘rganishni qiziqarli va

motivatsiyalovchi qilish uchun o‘yin elementlarini qo‘llash. Bu metod o‘quvchilarga
o‘yinlar yordamida yangi so‘zlar va grammatikani o‘rganishga yordam beradi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga
intiladilar, o‘qituvchi ular orqali o‘quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O‘quvchi
inglizcha o‘yin o‘ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza
olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Masalan:Onlayn o‘yinlar, virtual o‘yinlar, tilni
o‘rgatadigan dasturlar, viktorinalar, testlar.

Blended Learning (Aralash o‘qitish)- an'anaviy darslar va onlayn o‘qitishni

birlashtirish orqali o‘quvchilarga turli xil resurslar va platformalar orqali o‘rganish


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-11

45

imkoniyatlari taqdim etiladi. Masalan: video darslar, onlayn o‘quv platformalari,
forumlar, interaktiv ilovalar va testlar.

Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar

tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu
esa vaqtni tejaydi. “Warm-up exercises” o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish usuli.

Tillarni taqlid qilish (Imitative Learning)- o‘quvchilarga ingliz tilidagi

materiallarni (audio va video) tinglab, so‘ngra ular asosida nutq va matnlarni qayta
ifodalash orqali tilni o‘rganish. Bu usul orqali bolalarda ravon gapirish, yaxshi
tushunish qobilyatlari o‘sadi. Auditory mashqlar, interaktiv tinglash vazifalari, real
hayotdagi dialoglarni taqlid qilish orqali yaxshilanadi.

Texnologiya mobil ilovalar va onlayn platformalar yordamida ingliz tilini

o‘rganishning o‘ziga xos usullari mavjud. O‘quvchilar ilovalar orqali so‘z boyligini
oshirish, grammatika qoidalarini o‘zlashtirish, va nutqni rivojlantirishlari mumkin.
Duolingo, Memrise, Babbel kabi ilovalar, o‘quvchilarga moslashtirilgan.

CD pleyer texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini

o`rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo`lishini ta`minlaydi.

Ko’rib chiqqanimizdek, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga xos afzallik

jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o‘qituvchi va o’quvchi o‘rtasidagi
hamkorlik, darslarning qiziqtirish darajasini oshiradi va o‘quvchilarning ta’lim
jarayonida faol harakat qilishiga yordam beradi. O’quvchilar o‘zlari bilmagan holda
til o‘rganishga qiziqishlari oshadi va turli xil metodlar, texnologiyalar orqali
qiyinchiliklarsiz ingliz tilini o‘rganadi. Shuningdek imitative learning metodi barcha
yoshlarning gapirish qobilyatini yaxshilashga yordam beradi, o‘quvchining ta’lim
jarayonidagi faol harakati ko‘zda tutiladi.

XULOSA

Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalar

o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini qiziqarli, samarali va amaliy qiladi.
Bularning hammasi o‘quvchilarga faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki amaliy
ko‘nikmalarni ham egallashga yordam beradi. Pedagogik metodlar va texnologiyalar
tilni o'rganishda o‘quvchining motivatsiyasini oshiradi va darsni yanada samarali
qiladi.


REFERENCES


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-11

46

1. Sherqo'ziyevich, I.N. (2022). Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy interaktiv

metodlar. Pedagog, 5(7), 1257-1261.

2. Отабоева, М. Р. (2017). Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion

texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi. Молодой ученый, (4-2),
36-37.

3. Солижонов, Ж. (2024). Crafting the lexicon of magic: analyzing JK

Rowling’s

neologisms

in

translation.

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика, 2(4/S), 34-38.

4. Kamoljonovich, S.J. r. (2024). Amaliy tarjima elementlarining zamonaviy

klassifikatsiyasi.

5. Kamoljnovich, S.J. (2022). Jk roulingning fantastik asarlaridagi

antroponimlarning lingvo-perspektiv muammolari. central asian research journal for
interdisciplinary studies (carjis), 2(1), 334-343.

https://doi.org/10.24412/2181-

2454-2022-1-334-343

6. Kamoljonovich, S.J., & O’G, Y. N. U. B. (2022). Badiiy tarjima uchun

tarjima usullari tahlili (ian tuhoviskiy asarlari misolida). ta’lim fidoyilari, 18(5), 32-
37.

8. Kurbonova Gulnoza Abdukhalik qizi. No 17 (255) / 2019 The notions of

“knowledge”, “action” and “learning” p217“Молодойученый” Международный
научный журнал.

7. https://lex.uz/docs/-2126032


References

Sherqo'ziyevich, I.N. (2022). Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy interaktiv

metodlar. Pedagog, 5(7), 1257-1261.

Отабоева, М. Р. (2017). Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion

texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi. Молодой ученый, (4-2),

-37.

Солижонов, Ж. (2024). Crafting the lexicon of magic: analyzing JK

Rowling’s neologisms in translation. Зарубежная лингвистика и

лингводидактика, 2(4/S), 34-38.

Kamoljonovich, S.J. r. (2024). Amaliy tarjima elementlarining zamonaviy

klassifikatsiyasi.

Kamoljnovich, S.J. (2022). Jk roulingning fantastik asarlaridagi

antroponimlarning lingvo-perspektiv muammolari. central asian research journal for

interdisciplinary studies (carjis), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-

-2022-1-334-343

Kamoljonovich, S.J., & O’G, Y. N. U. B. (2022). Badiiy tarjima uchun

tarjima usullari tahlili (ian tuhoviskiy asarlari misolida). ta’lim fidoyilari, 18(5), 32-

Kurbonova Gulnoza Abdukhalik qizi. No 17 (255) / 2019 The notions of

“knowledge”, “action” and “learning” p217“Молодойученый” Международный

научный журнал.