Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
19
OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLALARDA XULQ-ATVOR
SHAKLLANISHIGA IJOBIY VA SALBIY TA’SIRLARI
Toshmuhammadova Marxabo Abduhalim qizi
Rishton tumani 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya. Bola oilada ota-onasidan oʻzini qanday tutishni va hayotiy
axloq meʼyorlarni oʻzlashtirishi, koʻp narsalarni oiladan oʻrganishini va yaqin
kishilar bilan boʻladigan munosabatlar haqıda soʻz yuritilgan.
Kalit soʼzi. Oila, bola, xulq-atvor, ruhiy, mamaviy, jismoniy tarbiya, komil
inson, oilaviy munosabatlar.
KIRISH
Komil inson deganda biz maʼnaviy, ruhiy, jismoniy sogʻlom har tomonlama
boshqalarga ibrat boʻladigan bilimli, maʼrifatli kishilarni tushunamiz. Komil
insonni tarbiyalash eng avvalo oiladan boshlanadi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos
Xojib
“Oʻgʻil-qizlarning feʼl-xulqi yaxshi yoki yomon boʻlsa uning sababchisi ota
va onadir”, deb taʼkidlagan.
Bola oilada ota-onasidan oʻzini qanday tutishni va hayotiy axloq
meʼyorlarini oʻzlashtirar ekan, koʻp narsalarni ulardan oʻrganadi, yaqin kishilar
bilan boʻlgan munosabatda va oiladan tashqari oʻzini shunga muvofiq tarzda
tutishga harakat qiladi. Bola qalbida insoniylik xususiyatlari, maʼnaviy axloqiy
meyorlarning shakllanishiga ota-ona va oila muhitining taʼsiri katta boʻlib, bolaning
shaxslararo munosabatlari va muloqot madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
Oilaviy munosabatlardagi noxushlik yoki oilada bolalar tarbiyasiga
muntazam yondashuvning yoʻqligi tarbiyaviy munosabatlarda bolalarning yosh va
individual psixologik hamda jismoniy xususiyatlarini hisobga olmaslik, tarbiya
usullarini notoʻgʻri qoʻllanilishi bola xulqida salbiy illatlarni asta-sekin
shakllanishiga olib kelishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalarda xarakter hali toʻliq
tarkib topmagan boʻlsada, unda kutilayotgan boʻlajak xarakterning asoslari deb
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
20
atalishi mumkin boʻlgan psixik sifatlar: nerv psixik jarayonlar mavjuddir. Ana shu
asoslardan barqaror fazilatlar asta-sekin hosil boʻla boradi. Bola xarakterida
shakllanayotgan salbiy xislatlardan oʻjarlik, injiqlik, qoʻpollik, yolgʻonchilik,
manmanlik, hudbinlik kabilarda namoyon boʻladi.
Bola shaxsining shakllanishidagi eng muhim davr 2-3 yoshlar boʻlib, bu
paytda bola toʻliq tilga kiradi. Uning ruhidagi “Men” alohida kuch va qudrat boʻlib,
unga oʻrnashadi. Shaxs oʻzini atrofdagilardan mana shu “men” orqali ajrata olishi
mumkin ekanligiga oʻrganib boradi. Bola biror ish yoki yumushga qoʻl urar ekan,
agarda siz yordam bermoqchi boʻlsangiz, “men, men oʻzim” degan soʻzlar bilan
sizning yordamingizni inkor qila boshlaydi. Mana shu joyda siz uning aytgan
soʻzlarini nazarga olmay majburan bir-ikki yordam bersangiz, uning xulqida
yuqorida biz aytgan shaxsning oʻjarlik xususiyati boʻlmish alomatlar paydo boʻla
boshlaydi. Bu oʻrinda bola harakatidagi oʻzlikka intilish bilan oʻjarlik, kattalarga,
umum qabul qilingan qoidalarga boʻysunmaslikni ajrata olish zarur. Shunday holat
yuzaga kelar ekan, bola harakatidagi oʻzlikka intilish yoki oʻjarlik alomatini ajrata
olmadingizmi, harakat natijasini chamalab koʻringda, bolani bu harakat oxirida u
nimaga erishishidan ogohlantirib, urinib koʻrishga imkon bering. Chunki, har
qanday taʼqiqdan shaxsiy tajriba bola ruhiga taʼsir kuchi jihatdan muhimroq boʻlib
u bolaning oʻz xulqiy shakllanishiga har tomonlama qimmatlidir.
Bola xarakterida shakllanadigan salbiy hislatlar bola psixikasiga, ruhiy
olamiga, sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, jismoniy rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Jumladan, bolalardagi oʻjarlik-xarakter va irodaning zaifligi koʻrinishidir. Oʻjar
bola maslahatni ham buyruqni ham qabul qilmaydi, faqat hamma narsani oʻz
bilganicha qiladi va albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Oʻjar bolaning
qiliqlarining sababi bu: “Men bunday hohlamayman”, “Men unday hohlamayman”.
Qatʼiylik, sabrtoqatlilik, chidamlilik va boshqa irodaviy fazilatlar bolalarning oʻyin
faoliyatida mustahkamlanib, qiyinchiliklarni yengishda aqliy va jismoniy kuchni
talab qilib uni chiniqtiradi.
Bolalardagi oʻjarlik-qatʼiylik va biror maqsadga qaratilganlikni
rivojlanishiga toʻsqinlik qilib, insonni faoliyatdan chalgʻitib, bolani koʻproq
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
21
erkalash, unga nisbatan qoʻyiladigan talablarni pasaytirish boshqalarga esa ortiqcha
talabchanlik
kattalar
tomonidan
oʻjarlikni
shakllanishiga
zamin
hozirlaydi.Oʻjarlikning shakllariga xos muhim salbiy hislatlaridan biri
shaxsiyatparastlikdir. “Oʻjarlik xarakterning oʻziga xos shakli boʻlib, lekin uning
mazmunini toʻla aks ettirmaydi”. Oʻjarlik-har doim irodaviy sustlikning salbiy
taʼsiri hisoblanib, oʻjarlik shakli qisman odamning temperamentiga bogʻliq boʻladi.
Temperament shaxsning psixik xususiyatlaridan biri boʻlib, nerv sistemasi
xususiyatlarini aks ettiradi. Har bir temperamentning oʻziga xos ijobiy va salbiy
tomonlari mavjud, yaʼni garchi temperament shaxsning tugʻma sifati boʻlsa ham,
uni salbiy tomonlarini tuzatish imkoniyati mavjud.
Pedagogik-psixologik kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, oʻjarlik har bir
temperament tipiga turlicha koʻrinishi mumkin. Masalan: xolerik bolalarda-oʻjarlik
odatda agressiv hujumkorlik xarakteriga ega boʻlib, nizo-janjalga bahona izlaydi.
Melanxolik
bolalarning
oʻjarligi
koʻpincha
himoya
qiladigan,
qoʻriqlaydigan, mudofaa xarakteriga ega boʻladi. Temperamentning xolerik va
melanxolik tipi oʻjarlikni yengil vujudga keltiradi. Xolerik tipi tutriqsizlik,
betayinligi, melanxolikasab tizimining boʻshligi, zaifligi bilan belgilanadi. Asosan
oʻjarlik turi bolalar oʻjarligini keltirib chiquvchi ijtimoiy-pedagogik asoslar bilan
belgilanadi.
Bolani oʻjarligi asosan sogʻlom ijtimoiy-muhit boʻlmagan tarbiyaning
muhim prinsiplari buzilgan oialalarda shakllanadi. Rus pedagogi Makarenko
taʼkidlaganidek, insonga mumkin qadar koʻproq hurmat va talabchanlik kerak.
Oʻjarlik shakllangan bola katta boʻlganda ham oʻzining notoʻgʻri fikrini
maʼqullatishga urinadi. U xuddi qaysar otga oʻxshab, bemaʼni oʻjarligi bilan
odamlarning meʼdasiga tegadi. “Imkoni boricha bolaga yaxshi taʼlim-tarbiya
berishga intilish lozim,-deydi Koshifiy,-toki u ijobiy xususiyatlarini oʻzlashtirsin va
yaramas xatti-harakatlardan oʻzini muhofoaza qilsin”. Oʻjarlik koʻpincha oiladagi
yomon munosabatlar taʼsirida vujudga keladi yaʼni bolani xafa qilishsa, erkalatsa,
yoki qarovsiz tashlab ketishsa, oila haqiqiy jamoa boʻlmasa. Oila jamoasining
hamjihatligi, doʻstlik va oʻzaro yordam sharoiti-oilada bolani toʻgʻri tarbiyalashda,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
22
jumladan, uni intizomliligini tarbiyalashda va oʻjarlikni oldini olishda zururdir.
XULOSA
Bolalar xarakteridagi nuqsonlarni yaʼni oʻjarlikni yoʻqotishda kattalar ularni
irodasini mustahkamlashga yordam berishlari kerak. Xulosa qilib shuni aytishimiz
mumkinmi, maktabgacha yoshdagi bolalarda bunday xarakterning salbiy xislatlarini
oldini olishimiz shart.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.
M. Yoʻldoshev Jajji daholar tarbiyasi Toshkent, “TAFAKKUR”, 2014.110 b.
2.
Husayn Voiz Koshifiy.Futuvvatnomai Sultoniy/H.Komilov tarjimasi.-
Toshkent:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1994.-B 6970
3.
Shoumarov Gʻ., Akramova F., Umarov B. Oilada maʼnaviy-axloqiy tarbiya.
T: 2015.B.20.
4.
M. Imamova. Oilada bolalarning maʼnaviy axloqiy tarbiyasi - T.
“Oʻqituvchi”. 1999- y.