ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
151
O‘ZBEKISTONDAGI DAVLAT VA XUSUSIY KORXONALARNING
KAPITAL TUZULMASINI TAKOMILLASHTRISH
Madumarov A’zamjon Abdullo o‘g‘li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti magistranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi davlat va xususiy
korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish zarurati, uning asosiy omillari
hamda islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun tavsiyalar keng tahlil qilinadi.
Davlat va xususiy korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, moliyaviy
boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali
iqtisodiyotning turli sohalarida barqaror o‘sishni ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi, uning
tarkibiy qismlari, boshqaruv strategiyalari va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil
qilinadi.
Key
words.
davlat
korxonasi,
xususiy
korxona,
kapital,
baxolash,
takomillashtirish, kapitalni shakllantirish, samara, resurs, aktivlar, ishlab chiqarish
O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, davlat va xususiy
sektorlar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida davlat va
xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish muhim iqtisodiy
masalalardan biriga aylandi. Korxonalar uchun samarali kapital tuzilmasini
shakllantirish raqobatbardoshlikni oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Davlat
korxonalari ko‘pincha davlat byudjetidan moliyalashtirilsada, ular ham qarz kapitalini
jalb qilish va ichki moliyaviy resurslarni boshqarish orqali kapital tuzilmasini
takomillashtirishga ehtiyoj sezadilar. Bunda davlat ulushi va qarz majburiyatlari
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash strategik ahamiyatga ega.
Xususiy korxonalar esa bank kreditlari, aksiyadorlik kapitali va tashqi
investitsiyalar orqali moliyaviy resurslarini shakllantiradi. Ularning kapital tuzilmasini
takomillashtirish investitsion muhitning barqarorligi va moliyaviy infratuzilmaning
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
152
rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, xususiy sektor uchun soliqqa
tortish siyosati, kredit resurslari mavjudligi va regulyatsion talablarning qulayligi
muhim omillar hisoblanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy
strategiyalar va davlat dasturlarining mazmuni kapital tuzilmasini takomillashtirish
jarayoniga qaratilganligi mamlakatning global iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash
uchun muhim poydevor yaratadi. Shu sababli, davlat va xususiy korxonalarning kapital
tuzilmasini boshqarish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda xususiy sektorning rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlovchi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Xususiy korxonalar
mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynab, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy
daromadni oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-
fevraldagi PF-6155-son hamda “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni
jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmonlari ijrosini ta’minlash,
shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik
jamiyatlari va davlat unitar korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish,
iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya
muhitini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorida
1
o‘z tastig‘ini
topadi.
Bunda xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi iqtisodiyotda muhim o‘rin
tutadigan moliyaviy tushunchalardan biri hisoblanib, korxonaning moliyaviy
resurslarini to‘g‘ri boshqarish va ularni samarali taqsimlash uning uzoq muddatli
muvaffaqiyati uchun asosiy omillardandir. Ushbu maqolada xususiy korxonalarning
kapital tuzilmasi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va boshqaruv omillari
keng yoritiladi.
1
https://lex.uz/en/docs/-5348948#-5349565
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
153
Bunda kapital tuzilmasiga izoh beradigan bo‘lsak, kapital tuzilmasi korxonaning
faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan mablag‘ manbalarining nisbati va
tarkibi. U o‘z mablag‘lari (aksiyadorlik kapitali) va jalb qilingan mablag‘lar (qarz
kapitali)dan tashkil topadi. Kapital tuzilmasi samarali tashkil etilgan bo‘lsa, bu
korxonaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
O‘z mablag‘lari (aksiyadorlik kapitali)
kompaniyaning egalari yoki
aksiyadorlari tomonidan taqdim etilgan moliyaviy resurslarni anglatadi. U quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
-
Ustav kapitali:
Korxona tashkil etilganda asosiy sarmoya sifatida aksiyadorlar
yoki tadbirkorlar tomonidan kiritilgan mablag‘.
-
Jamg‘arilgan daromadlar:
Korxonaning o‘tgan davrlardagi sof foydasi
hisobidan qayta investitsiya qilingan mablag‘lar.
-
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarish:
Yangi aksiyalar chiqarib, aksiyadorlardan
qo‘shimcha sarmoya jalb qilish.
Jalb qilingan mablag‘lar (qarz kapitali)
kompaniya tomonidan tashqi
manbalardan qarz olish yo‘li bilan olingan mablag‘larni o‘z ichiga oladi. Bunga
quyidagilar kiradi:
-
Bank kreditlari:
Banklardan olingan qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar.
Kapital tuzilmasining asosiy
tarkibiy qismlari
Jalb qilingan
mablag‘lar (qarz
kapitali)
O‘z mablag‘lari
(aksiyadorlik
kapitali)
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
154
-
Obligatsiyalar chiqarish:
Korxonaning investorlarga obligatsiyalar chiqarib,
moliyaviy resurslarni jalb qilishi.
-
Yetkazib beruvchilardan olingan qarzlar:
To‘lov muddatlari kechiktirilgan
holda tovar va xizmatlar sotib olish orqali olinadigan qarzlar.
-
Lizing shartnomalari:
Asbob-uskunalar va boshqa aktivlarni uzoq muddatli
ijaraga olish.
O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini
takomillashtirish orqali korxonaning qiymatini maksimal darajada oshirish va
moliyaviy xavflarni minimal darajada ushlab turishdan iborat. Buning uchun korxona
qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasida optimal nisbatni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini
shakllantirishda bir qator ichki va tashqi omillar muhim ahamiyatga ega. Quyida ushbu
omillarni ko‘rib chiqish mumkin.
•
Yirik va kapitalga boy sanoat tarmoqlarida korxonalar odatda
katta miqdorda qarz kapitalini jalb qiladi
• Yuqori foyda olish imkoniyatiga ega korxonalar odatda o‘z
mablag‘larini qayta investitsiya qiladi
• Yangi tashkil etilgan kompaniyalar ko‘pincha aksiyadorlik
kapitaliga tayanadi, tajribali kompaniyalar esa qarz jalb qilishi
mumkin
Ichki
omillar
•
Bozordagi foiz stavkalari va moliyaviy vositalar narxi qarz
kapitali qiymatiga ta’sir qiladi
• Soliqqa tortish tizimi qarz va aksiyadorlik kapitali o‘rtasidagi
tanlovga ta’sir ko‘rsatadi
•
Mamlakatdagi moliyaviy regulyatsiyalar korxonalarning kapital
tuzilmasini shakllantirishda cheklovlar qo‘yishi mumkin
• Investorlarning daromad olish bo‘yicha kutilmalari kapital
tuzilmasiga ta’sir etadi
Tashqi
omillar
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
155
1-rasm. O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini
shakllantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
2
O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarida investitsion kapital
korxonalarning kelajakdagi rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun
muxim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda chet el sarmoyalarini jalb qilish va
infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Investitsiya
strategiyalarini ishlab chiqishda aniq maqsadlarga e’tibor berish kerak. O‘zbekistonda
sarmoya jalb qilish va davlat dasturlari orqali investitsion muhitni yaxshilash
yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, industrial zonalar va
infratuzilmani rivojlantirish dasturlari sarmoyadorlar uchun jozibador hisoblanadi.
2023 yilda mamlakatimizdagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 7.2
milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan ikki barobar o‘sish
ko‘rsatkichiga ega
3
. Mamlakatimizning halqaro bozordagi investitsion jozibadorligi
yuqori va bu jarayonda halqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlik orqali muhim
natijalarga erishilmoqda. Mamlakatning chet el sarmoyadorlarini jalb qilishga
qaratilgan qonunchilik o‘zgarishlari va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan
islohotlar sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. Xalqaro investitsiya
agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro investitsiya reytingi 2023
yilda 5 foizga yaxshilanib, mamlakatga jalb qilinayotgan sarmoyalar hajmi ortishiga
olib keldi
4
.
Davlat ishtirokidagi korxonalarda kapital jalb qilish masalalari muhim ekanligini
e’tirof etish bilan bir qatorda jalb qilingan moliyaviy resurslardan samarali
foydalanishga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini qayd etish joiz. Mamlakatimizda
davlat ishtirokidagi korxonalarda kapital jalb qilish amaliyoti aksiyalar va
obligatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalar
sifatida Oʻztelekom AJ hamda Asia Alliance Bank ATBda aksiyadorlik kapitali tarkibi
oʻzgarishini quyida tahlil qilishimiz mumkin.
2
Muallif ishlanmasi
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida. Manba https://www.stat.uz
4
https://www.stat.uz
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
156
2-rasm. Oʻzbektelekom va Asia Alliance Bankda aksiyadorlik kapitali hajmi
oʻzgarishi tahlili (oktyabr, 2023)
5
Oʻztelekom AJda 2023-yil oktyabrda aksiyadorlik kapitali hajmi kamaytirilgan
boʻlib, ustav kapitali hajmi 331,6 mlrd. soʻmdan 326,2 mlrd. soʻmga pasaytirilgan. Asia
Alliance Bank ATBda esa ustav kapital hajmi qoʻshimcha aksiyalar emissiyasi hisobiga
oshirilgan boʻlib, ustav kapital hajmi 536,8 mlrd. soʻmga yetkazilgan (2- rasm).
Mamlakatimizdagi davlat va xususiy korxonalar tahlili sifatida aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat ishtirokini tahlil qiladigan boʻlsak, aksiyadorlik jamiyatlarida
aksiyadorlar egalik qiluvchi aksiyalar hajmini quyida tahlil qilamiz (3-rasm).
5
https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti
ma’lumotlari
Ko'rsatkichlar
Sohasi
O'zgarish turi
O'zgarish
hajmi
O'zgarishdan
avvalgi
ko'rsatkich
O'zgarishdan
keyingi
ko'rsatkich
O'zbektekom
Aloqa
Kamaytirish
5.4 mlrd
so'm
331.6 mlrd
so'm
326.2 mlrd
so'm
Asia Alliance
Bank
Moliya
Qo'shimcha
156.5 mlrd
so'm
380.3 mlrd
so'm
536.8 mlrd
so'm
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
157
3-rasm. Jami aksiyadorlik jamiyatlarida davlat egalik qiluvchi aksiyalar hajmi,
mlrd. soʻm (27.10.2023)
6
2023-yil 27-oktyabr holatiga koʻra jami aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushi
tahlil qilingan boʻlib, davlat 84,6 foiz, xoʻjalik boshqaruv organlari 1,8 foiz va boshqa
aksiyadorlar 12,3 foiz aksiyalarga egalik qilgan. Joylashtirish jarayonidagi aksiyalar
esa 1,3 foizni tashkil etgan (4-rasm).
4-rasm. Jami
aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat
ulushi, foizda
(27.10.2023)
7
6
https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti
ma’lumotlari
7
https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti
ma’lumotlari
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
158
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistondagi davlat va xususiy
korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish mamlakatning iqtisodiy
barqarorligini mustahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish uchun muhim omil
hisoblanadi. Kapital tuzilmasini samarali boshqarish investitsiyalarni jalb qilish,
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va korxonalarni strategik rivojlantirish
imkonini beradi.
Davlat korxonalari uchun ustuvor vazifa byudjetga bog‘liqlikni kamaytirish va
bozor sharoitlariga moslashuvchan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishdan
iborat. Xususiy korxonalar esa bank kreditlari, aksiyadorlik kapitali va investitsiyalar
kabi moliyaviy manbalardan samarali foydalanishi lozim.
Davlat siyosatining izchil amalga oshirilishi, moliyaviy bozorlarni rivojlantirish,
kreditlash tizimini soddalashtirish va soliq imtiyozlari taqdim etish kapital tuzilmasini
takomillashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, korxonalarning
moliyaviy savodxonligini oshirish va boshqaruv tizimini mustahkamlash ham dolzarb
masala hisoblanadi.
Shunday qilib, davlat va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va
barqaror investitsion muhit yaratish orqali O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
tezlashtirish mumkin.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga kapital jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish
asosida quyidagi xulosalar shakllantirilgan: - davlat ishtirokidagi korxonalarga kapital
jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish asosida ta’kidlash lozimki, milliy amaliyotda
davlat ishtirokidagi korxonalarda aksiyalar, obligatsiyalar kabi qimmatli qogʻozlar
orqali kapital jalb qilish amaliyotini kengaytirish zarur; - korporativ qimmatli qogʻozlar
bozorida davlat ishtirokidagi korxonalarning ishtirokini kengaytirish zarur. Mazkur
holat davlat ishtirokidagi qimmatli qogʻozlarning kapital jalb qilish imkoniyatini
oshirish bilan bir qatorda mazkur korxonalarning investitsion faoliyatini
rivojlantirishga ham yordam beradi; - mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining
aksiyadorlik kapitalida davlat ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur holatda davlat
ulushini qisqartirishda aksiyalarni ommaviy joyalshtirish (IPO va SPO)
amaliyotlaridan foydalanish foydali boʻladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
159
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Viet Anh Dang, Ahmet Karpuz, Abdul Mohamed. Venture Kapital Directors
and Corporate Debt Structure: An Empirical Analysis of Newly Listed Companies. //
Journal of 241 134 576 85 Davlat Xo'jalik boshqaruv organlari Boshqa aksiyadorlar
Joylashtirish jarayonidagi aksiyalar Scientific Journal of “International Finance &
Accounting” Issue 6, December 2023. ISSN: 2181-1016 Banking & Finance, Available
online
24
October
2023.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0378426623002224
2. Meiying Liu, Xuxia Niu. The impact of kapital market opening on earnings
management: Empirical evidence based on “Land−Port Connection”. // Finance
Research
Letters,
Volume
55,
Part
A,
July
2023.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612323002362
3. Manel Kammoun, Gabriel J. Power, Djerry C. Tandja M. Kapital market
reactions to project finance loans. // Finance Research Letters, Volume 45, March 2022.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612321001963
4. Zichen Wang, Chang Zhang. Do shareholder litigations have spillover effects
on peer companies from the perspective of financing constraints? // Finance Research
Letters,
Volume
58,
Part
B,
December
2023.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612323007730
5. Жўрабекович Қ. Ж. и др. Халқаро IPO амалиётлари таҳлили: ташкилий
хусусиятлари ва институционал инвесторлар иштироки //Экономика и финансы
(Узбекистан). – 2021. – №. 1 (137). – С. 53-61.
6. Elmirzayev S., Omonov S. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati tahlili
va Dividend Aristokratlari //Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali. – 2020. –
Т. 2.
