TARBIYA KOLONIYALARIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O‘TASH TARTIBI VA SHARTLARI

Abstract

ushbu maqolada muallif tomonidan tarbiya koloniyalarida voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi va 
shartlari, jazoni ijro etishning boshqa jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash 
tartibidan alohida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14679821
CC BY f
100-109
51

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kulturayeva Sarvinoz Sadriddin qizi. (2025). TARBIYA KOLONIYALARIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O‘TASH TARTIBI VA SHARTLARI. Journal of Universal Science Research, 3(1), 100–109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64218
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

ushbu maqolada muallif tomonidan tarbiya koloniyalarida voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi va 
shartlari, jazoni ijro etishning boshqa jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash 
tartibidan alohida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

100

TARBIYA KOLONIYALARIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH

JAZOSINI O‘TASH TARTIBI VA SHARTLARI

Kulturayeva Sarvinoz Sadriddin qizi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi,

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

E-mail:

s.salohova@adliya.uz

Annotatsiya:

ushbu maqolada muallif tomonidan tarbiya koloniyalarida voyaga

yetmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi va
shartlari, jazoni ijro etishning boshqa jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash
tartibidan alohida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmaganlar,

ozodlikdan mahrum qilish jazosi,

tarbiya

koloniylari, jazoni ijro etish, jazoni o‘tash rejimi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligida voyaga yetmaganlar

tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish hamda jazoni o‘tash tartibi
alohida 22-bob bilan tartibga solingan. Voyaga yetmagan mahkumlarning ozodlikdan
mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tashning alohida belgilanganligi
voyaga yetmagan mahkumlarni o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni
alohida toifaga ajratib, jazoni ijro etishning individual va tabaqalashtirgan tamoyillarini
tatbiq etgan holda jazoni ijro etish muddati davomida ularga maxsus dasturlar asosida
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq.

Amaldagi qonunchilikka asosan, voyaga yetmaganlar ozodlikdan mahrum qilish

jazosini alohida jazoni ijro etish muassasasi – tarbiya koloniyalarida o‘taydilar. Tarbiya
koloniyalari ilk bor mamlakatimiz hududida 1921-yil 29-may kuni Turkiston ASSR
Adliya Xalq komissarligi tomonidan “Voyaga yetmagan ozodlikdan mahrum etilganlar
uchun mo‘ljallangan Toshkent mehnat uyi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etilgan

1

.

Tarbiya koloniyalarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish

jazosini o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi JIK va “O‘zbekiston Respublikasi Ichki

1

Yusufjonov O.A., Yusufjonova G.I. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash masalalari.

O‘

zbekiston Respublikasi

jinoyat kodeksiga 15 yil. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari t

o‘

plami.

T.: TDYuI nashriyoti, 2010.

B. 121.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

101

ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki
tartib qoidalari” bilan tartibga solinadi.

Amaldagi JIKning 128-moddasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan o‘n

sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar, tarbiya
koloniyalarida qoldirilishi, mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish esa, muassasa
boshlig‘ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshirilishi
belgilangan. Biroq, ushbu normada mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish masalasi
qaysi toifadagi mahkumlarga nisbatan qo‘llanilishi belgilanmagan.

Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilganda,

Rossiya Federatsiyasi

JIKning

140-moddasida aynan ijobiy tavsifga ega mahkumlar o‘n sakkiz yoshga to‘lganlaridan
so‘ng muassasada qoldirilishi mumkinligi belgilangan

2

.

Ukraina

JIKning 148-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mahkumlarni axloqan tuzatish

natijalarini mustahkamlash, umumiy ta’lim yoki kasbiy-texnik tayyorgarlikni yakunlash
uchun o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumlar jazo muddati tugagunga qadar, biroq,
yigirma ikki yoshga to‘lgunga qadar ta’lim koloniyasida qoldirilishi mumkin

3

.

Shuningdek,

Belorussiya

JIKning 132-moddasi 1-qismida o‘n sakkiz yoshga

to‘lgan ozodlikdan mahrum etilganlar, qoida tariqasida, yigirma bir yoshga to‘lgunga
qadar ta’lim koloniyalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun qoldirilishi mumkinligi
belgilangan

4

.

Biroq, 1989-yil 20-noyabrdagi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro

Konvensiyaning

37-moddasi,

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro

Paktning 10-moddasi 2-qismi b-bandi va Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal
standart Qoidalarining 8-bandida voyaga yetmaganlar voyaga yetgan mahkumlardan
alohida saqlanishi lozimligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi JIKda ham mahkumning tarbiya koloniyasida

21 yoshga to‘lgunga qadar qoldirilishi uchun mezon sifatida mahkumning ijobiy tavsifga
ega ekanligi belgilangan. Bizningcha, birinchidan, mazkur normadagi “ijobiy tavsifga
ega” mahkumlar tushunchasi huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha sharhlanishi mumkin,

2

Уголовнo-исполнителный кодекс Российской Федерации от 08.01.1997, №1-Ф3 (ред. от 27.12.2019)

http://www.consultant.ru/

3

Уголовно

-

исполнительный кодекс Украины от 11 июля 2003 года

,

№ 1129

-

IV (с изменениями и дополнениями по

состоянию на 08.05.2024 г.)

https://continent-online.com/Document/?doc_id=30418034

4

Уголовнo

-

исполнителный

кодекс

республики

Беларусь

от

11

января

2000

года

365-3.

https://etalonline.by/document/?regnum=hk0000365


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

102

ikkinchidan, bu holat jazoni ijro etish muassasalari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni
yuz berish xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida
amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligiga mahkumning ijobiy tavsifga ega ekanligi aynan
qanday xususiyatlarni qamrab olishi lozimligiga ham aniqlik kiritilishi maqsadga
muvofiq.

Qayd etish lozimki, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish

jazosini ijro etishning alohida xususiyatlaridan biri sifatida 16 yoshgacha bo‘lgan
mahkumlarni o‘zidan katta yoshda bo‘lgan mahkumlardan, birinchi marotaba ozodlikdan
mahrum qilingan shaxslarni oldin ushbu jazoni o‘tab chiqqan voyaga yetmagan
mahkumlardan alohida saqlanishidadir.

Ahamiyatli jihati shundaki, tarbiya koloniyasida 14-16 yoshli mahkumlar

17-18 yoshgacha bo‘lganlardan alohida saqlanadi. Shuningdek, tarbiya koloniyalarining
yashash va ishlab chiqarish hududlari ajratilgan uchastkalarga bo‘linmaydi. Tutash va
yordamchi hududlar ularda jazoni ijro etish muassasasining normal faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash maqsadida jihozlangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.

Tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning maxsus

huquqlari doirasi boshqa jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarga
qaraganda kengroq bo‘lib, bu voyaga yetmagan mahkumlarni uchrashuvlar va telefon
orqali so‘zlashuvlar olib borishi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda eng zarur narsalar sotib
olishi, posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalarini olish huquqlarini amalga
oshirilishida namoyon bo‘ladi.

Bizningcha,

tarbiya

koloniyalarida

jazoni

ijro

etishni

tashkil

etish

va jazoni o‘tash tartibi boshqa turdagi jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarni
saqlash sharoitlaridan quyidagi yo‘nalishlarda o‘ziga xos qoidalarga ega ekanligi bilan
ajralib turadi. Xususan:

- voyaga yetmagan mahkumlarning iste’moli uchun oziq-ovqat hamda birlamchi

ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni sotib olishi;

- uchrashuvlar hamda telefon orqali so‘zlashuvlar olishi;
- posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalari olishi va yuborishi;
- voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish hamda

intizomiy jazo choralari;

- voyaga yetmagan mahkumlarga axloq tuzatish vositalarini qo‘llash masalalari.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

103

Tarbiya koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan

shaxslar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilgan hollarda, mehnat vazifalarini
vijdonan bajarganda, bayram kunlari rag‘batlantirish maqsadida, mehnatga haq to‘lash
eng kam miqdorining 3,6 foizigacha qo‘shimcha pul sarflashlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi JIK 75-moddasi to‘rtinchi qismiga asosan, bir oy muddat

mobaynida voyaga yetmagan mahkumlar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining

120

foizigacha pul mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ular mehnatga haq
to‘lash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari hamda
zarur narsalarni sotib olish huquqiga ega

5

.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi JIKda voyaga yetmagan

mahkumlarning ta’minoti uchun sarflanadigan pul miqdorining boshqa jazoni ijro etish
muassasalari uchun belgilangan miqdorlarga qaraganda ko‘proq ekanligi ham
mahkumlarning voyaga yetmagan shaxs ekanligi, ularning organizmi va jismoniy holati
qo‘shimcha g‘amxo‘rlik talab etishi bilan bevosita bog‘liq.

Amaldagi qonunchilikka asosan tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil davomida:
- 24 marta qisqa muddatli hamda 8 marta uzoq muddatli uchrashuv;
- 24 marta telefon orqali so‘zlashuv;
- 12 ta posilka yoki yo‘qlov;
- 12 ta banderol olish huquqiga ega.
Tarbiya koloniyalarida jazo o‘tash tartibi va shartlarining yana bir o‘ziga xosligi

shundaki, mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari
mumkin. Telefon orqali so‘zlashuvlar olib borish esa, tarbiya koloniyasi ma’muriyati
tomonidan nazorat qilingan holda o‘tkaziladi hamda ularning haqi voyaga yetmagan
mahkumlarning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi. Ushbu qoida JIKning 77-moddasi
ikkinchi qismida nazarda tutilgan.

Biroq, ushbu toifadagi mahkumlar mehnatga jalb etilmasligi hamda shaxsiy hisob

varag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmasligi sababli, yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali
so‘zlashuvlarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli,
tarbiya koloniyalaridagi voyaga yetmagan mahkumlarni yaqin qarindoshlari bilan telefon

5

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

05.01.2018 y.,

03/18/456/0512-son, 30.01.2018-y., 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

104

orqali so‘zlashuvlari respublika budjeti hisobidan amalga oshirilishi lozimligini
belgilanishi maqsadga muvofiq.

Telefon orqali so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun mahkum jadvalda

ko‘rsatilgan vaqtdan kamida uch kun oldin telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat berishni
so‘rab ariza bilan murojaat qilishi lozim. Telefon orqali so‘zlashuvlar amalga
oshirilayotganda tarbiya koloniyasi ma’muriyati mahkumlarni besh nafardan olib
chiqilishini va so‘zlashuvlarni bir abonent bilan olib borishi, shuningdek muddati o‘n
daqiqadan oshmasligini ta’minlaydi.

Shu bilan bir qatorda, voyaga yetmagan mahkumlarga qo‘llaniladigan

rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari ham o‘ziga xos va voyaga yetgan shaxslarga
qo‘llaniladigan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralaridan farqli bo‘lib,
qonunchilikda voyaga yetmagan mahkumlarga ularning individual xususiyatlari,
sog‘lig‘i, psixologik va fiziologik holatini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha
rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi nazarda tutiladi.

Xususan, ijobiy tavsifga ega bo‘lgan mahkumlarga Jinoyat-ijroiya kodeksi 102-

moddasida nazarda tutilgan umumiy tartibda qo‘llaniladigan rag‘batlantirish choralaridan
tashqari qo‘shimcha tarzida mazkur Kodeksning 126-moddasida belgilangan quyidagi
qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:

- muassasa hududidan tashqarida o‘tkaziladigan madaniy-tomosha va sport

tadbirlarini ko‘rishga yuborish;

- qisqa muddatli uchrashuv o‘rniga ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar

yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga erkinlikka
chiqarish;

- hibsxonada bo‘lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish.
Jazoni o‘tash tartibi hamda shartlariga rioya etilmaganligi sababli mahkumlarga

JIKning 105-moddasida belgilangan ogohlantirish, hayfsan, yengillashtirilgan saqlash
sharoitini bekor qilish kabi intizmoiy jazolardan tashqari tomoshaga borishdan bir marta
mahrum etish hamda hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi qo‘shimcha choralar
qo‘llanilishi mumkin.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

105

Hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n to‘rt yoshdan o‘n

oltigacha bo‘lgan mahkumlarga 7 sutkagacha, o‘n olti va undan katta yoshdagi
mahkumlarga esa 10 sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi

6

.

Amaldagi JIK 127-moddasi 2-qismida tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib

qo‘yilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilangan. 1990-
yil 14-dekabrdagi “Ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmaganlarni himoya qilish
to‘g‘risida”gi BMT qoidalari normalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, intizomiy jazoga
tortilgan voyaga yetmagan mahkumlarning toza havodan nafas olish, xususan sayr qilish
imkoniyati muassasa tomonidan qattiq cheklanishi maqsadga muvofiq emas.

Shunga ko‘ra, 127-modda 2-qismida belgilangan hibsxonaga kiritib qo‘yilgan

voyaga yetmagan mahkumning sayr qilish muddatini sutkasiga to‘rt soat qilib belgilanishi
maqsadga muvofiq. Bu voyaga yetmagan mahkumlarning mamlakatimiz qonunchiligida
belgilangan huquqlarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Qayd etish lozimki, 1984-yil 10-dekabrdagi BMT Bosh Assambleyasining

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan
muomala va jazolash turlariga qarshi Konvensiyasining 14-moddasida

7

penitensiar

muassasalarda mahkumlarga qo‘llaniladigan jazolar shaxsning turli usullar orqali
qiynoqqa solinishi va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsitadigan
muomala usullarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim ekanligi belgilangan.

Bundan tashqari, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining

1957-yil 25-iyundagi 40-Sessiyasida qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 498–I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan
“Majburiy

mehnatni

taqiqlash

to‘g‘risida”gi

105-Konvensiyasining

1-moddasi 1-bandiga asosan jazoni o‘tayotgan mahkumlar muassasa tartib-qoiadalarini
buzganligi sababli jazo chorasi sifatida majburiy og‘ir mehnatga jalb etilmasligi lozimligi

8

qayd etilgan.

6

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki

tartib qoidalari” (ro‘

yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

10/22/2495-6/0978-son;

12.12.2023-y., 10/23/2495-7/0930-son; 19.09.2024-y., 10/24/2495-8/0729-son.

7

Subramanian R., Shames A. The main aspect of Sentencing and Prison Practices in the USA. Vera Institute of Justice,

October. 2013.

P. 16.

8

Convention concerning the Abolition of Forced Labour (No.105). Geneva, 25 June 1957, in force 17 January 1959.

https://www.ilo.org/


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

106

2003–2004-yillarda 50 dan ortiq penitensiar muassasalardan ozod etilgan 400 nafar

voyaga yetmagan shaxslar to‘g‘risida tadqiqot olib borgan Aleksandr Yakovlevich
Gerdning ta’kidlashicha, 57 foiz sobiq voyaga yetmagan mahkumlar penitensiar
muassasalar tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan jazolarning qattiqligini aytib
o‘tishgan

9

.

Biroq, jazo o‘tayotgan mahkumlarning avvalo inson ekanligini, jazo o‘tash

davomida ularga insonparvarlarcha muomala qilish lozimligini e’tiborga olib shuni
aytishimiz mumkinki, muayyan bir mahkumga nisbatan intizomiy jazoni qo‘llash vaqtida
intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruhiy holat
buzilishining mavjudligi, olib tashlanmagan hamda bekor bo‘lmagan intizomiy jazolari
bor-yo‘qligi e’tiborga olinishi lozim.

Tarbiya koloniyalaridagi voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir

ko‘rsatish ularni qayta tarbiyalashning bosh mezonlaridan biri hisoblanib, tarbiyaviy
tadbirlar har bir mahkum uchun yakka ya’ni individual shaklda yoki guruh bilan ommaviy
shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bunda e’tiborlisi shundaki, tarbiyaviy ta’sir
individuallashtirish prinsipiga asosan mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan
holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha, voyaga yetmagan mahkumlar bilan

tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniya, kinofilmlardan, kutubxona, sport
tadbirlari va boshqa vositalardan foydalanish mahkumning axloqi tuzalishida ijobiy
vositalardan biri hisoblanadi. Germaniyalik tadqiqotchilar P.Ktadoczny hamda
M.Wolnylar penitensiar muassasalarda jazo o‘tayotgan mahkumlarning xulq-atvorini
tuzatishga qaratilgan tarbiyaviy jarayonni uch bosqichga bo‘lib tahlil etishgan:

1. boshlang‘ich bosqich – taxminan mahkumning jazoni ijro etish muassasasiga

yetib kelgan kundan 6 oygacha davom etadi hamda mazkur jarayon mahkumning jazoni
ijro etish muassasasi qabul bo‘limida saqlanishi, psixologik tekshiruvdan o‘tishi, boshqa
mahkumlar bilan dastlabki aloqada bo‘lish jarayonlarini qamrab oladi.

2. asosiy bosqich – jazo muddatining 6 oyidan so‘ng boshlanib, jazoni o‘tashining

butun muddatida mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning maxsus va individual
metodlaridan foydalaniladi.

9

Gerd A.Y. Psychological condition of juvenile returning from penitentiary institutions. Article. Journal of Crime Prevention

and Community Safety, October. 2006.

P. 18.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

107

3. yakuniy bosqich – mahkumni jazoni ijro etish muassasasidan ozod etishga

tayyorgarlik bosqichi hisoblanib, mazkur jarayon jazo muddati tugashiga 6 oy qolganda
mahkumlarni ishda va turmushda moslashib ketishiga yordam beradigan tarbiyaviy ta’sir
choralarini qo‘llash jarayonini qamrab oladi

10

.

Shuningdek, JIKning 99-moddasida korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat

birlashmalari hamda fuqarolar mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir etishda ishtirok etishlari
belgilangan. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashda ishtirok etishi
mumkinligi mazkur normada belgilangan bo‘lsa-da, bugungi kunda tarbiya koloniyalarida
jazoni o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning xulq-atvori ustidan tarbiyaviy ta’sir
olib borishda jamoatchilik nazorati sust darajada ekanligi ko‘zga tashlanmoqda va bu
borada maxsus ekspert komissiyalarini tashkil etish ehtiyoji mavjudligi sezilmoqda,
shuningdek voyaga yetmaganlarning jamoatchi tarbiyachilari ishlari amalda kutilgan
natijani bermayapti.

Bu borada huquqshunos olim N.S.Salayevning fikrini keltirish o‘rinli.

Penitensiar

tizim faoliyatida jamoat tashkilotlarining ishtirok etishi masalasiga aniqlik kiritilishi,
mazkur faoliyatning asosiy yo‘nalishlari mustahkamlanishi lozim. Ozodlikdan mahrum
qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,
respondentlarning 87 foizi bu tizimda jamoatchilik nazorati yetarli darajada emasligini
qayd etgan

11

. Shu sababdan har bir jazoni ijro etish muassasasida vasiylik va jamoatchilik

kengashi hamda kasaba uyushmalari, tarbiya koloniyalarida esa mahkumlarning ota-
onalari qo‘mitasini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.

Voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadigan penitensiar muassasalarda jamoatchilik

vakillaridan iborat shaxslardan tashkil topgan kengashning ijobiy jihatlarini Rossiya
Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi tajribasida ko‘rish mumkin. Xususan,

Germaniya Federativ Respublikasi

da voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir

ko‘rsatishda mahkumning ota-onasi, qonuniy vakillari, xattoki qarindoshlari hamda
maktab jamoasi ham muntazam ravishda ishtirok etishlari ta’minlanadi

12

.

10

Ktadoczny P., Wolny M. Prison conditions in Europe. Dissertation. European Prison Observatory. Rome, September. 2013.

P. 34.

11

Salayev N.S. Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish: yuridik fanlar doktori (Doctor of science)

dissertasiyasi avtoreferati

Toshkent, 2017.

B. 16.

12

Frieder

Dunkel.

Youth justice in Germany. Online Publication Date: Jan. 2016.

DOI: 10.1093.

https://www.oxfordhb/


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

108

Bundan tashqari,

Rossiya Federatsiyasi

JIKning 142-moddasida

13

tarbiya

koloniyalarida voyaga yetmagan mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda jamoat
tashkilotlari bilan bir qatorda mahkumlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari ham
ishtirok etishi mumkinligi belgilangan. E’tiborli jihat shundaki, mazkur shaxslarni
tarbiyaviy ishlarda ishtirok etishini ta’minlash maqsadida tarbiya koloniyalarida
mahkumlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlaridan tashkil topgan qo‘mitalar tuzilishi
mumkinligidadir.

Shuningdek, tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka

tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga tezroq moslashtirish, yaqin qarindoshlari bilan
munosabatlarini yaxshilash va avvalgi fuqarolik qiyofasini tiklashga yordam berish
maqsadida jazo o‘tayotgan ijobiy xulq-atvorga ega mahkumlar jazoni o‘tash muddati
tugashiga uzog‘i bilan olti oy qolganda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilishi,
mazkur muddat davomida muassasa tomonidan mahkumga fuqarolik kiyimida yurishiga,
cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashuvlar va cheklanmagan miqdorda yaqin
qarindoshlari bilan uchrashuvlarga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi normani jinoyat-ijroiya
qonunchiligiga kiritilishi maqsadga muvofiq.

Bu borada

xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, mahkumlarning ijtimoiy

adaptatsiyasini ta’minlashga yordam beradigan usullardan biri bu “penitentsiar ta’til”
hamda “yengillashtirilgan saqlash sharoiti” hisoblanib, mazkur davr mobaynida jazoni
ijro etish muassasasidan biriktirilgan xodim bilan birgalikda mahkumlar o‘zlari uchun ish
izlash, o‘qish joyi bilan qayta aloqa o‘rnatish, yashash joyi topish, jamiyat a’zolari bilan
foydali aloqani o‘rnatish, yaqin qarindoshlari bilan cheklanmagan miqdorda uchrashish,
oilaviy masalalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish kabi mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanadilar.

“Kanada

qamoqxonalari to‘g‘risida”gi Qonunda

Kanada

penitensiar

muassasalarida mahkumlar, shu jumladan voyaga yetmagan mahkumlar jazo muddati
tugashidan 3 oy oldin yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilib, ushbu davr
mobaynida 1 xaftalik ta’tilga chiqishlari mumkin ekanligi belgilangan

14

. Mazkur davrda

13

Уголовнo

-

исполнителный кодекс Российской Федерации от 08.01.1997,

№1

-

Ф3 (ред. от 27.12.2019)

.

http://www.consultant.ru/

14

И.М.Режапова, Ю.М.Заборовская. Зарубежный опыт работы с заключенными с целью их дальнейшей

ресоциализации

(на

примере

законодательства

Соединенных

Штатов

Америки

и

Канады)

.

https://vestnik.astu.org/temp/23a7c8e [murojaat etilgan sana: 12.04.2021]


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

109

mahkumlar yuqorida ta’kidlangan huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Ayni shu mazmundagi tartib

Norvegiya hamda Ispaniya

jinoyat-ijroiya qonunchiligiga

ham xosdir.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, tarbiya koloniyalarida ozodlikdan mahrum

qilish jazosini samarali ijro etish va mahkumlarni huquqlarini yanada kengaytirish
yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:

birinchidan,

tarbiya

koloniyalarida

jazoni

ijro

etishni

tashkil

etish

va jazoni o‘tash tartibi boshqa turdagi jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarni
saqlash sharoitlaridan mahkumlarning iste’moli uchun oziq-ovqat hamda birlamchi
ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni sotib olish, uchrashuvlar hamda telefon orqali
so‘zlashuvlar olish, posilka, banderol, yo‘qlov hamda pul jo‘natmalari olish va yuborish,
mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralari,
mahkumlarga axloq tuzatish vositalarini qo‘llash masalalari bilan ajralib turadi.

ikkinchidan,

amaldagi

jinoyat-ijroiya qonunchiligiga

tarbiya koloniyalaridagi

voyaga yetmagan mahkumlarni yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlari
haqi respublika budjeti hisobidan amalga oshirilishi lozimligini belgilanishi maqsadga
muvofiq.

uchinchidan,

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining

127-moddasi 2-qismida belgilangan hibsxonaga kiritib qo‘yilgan voyaga yetmagan
mahkumning sayr qilish muddatini sutkasiga to‘rt soat qilib belgilanishi maqsadga
muvofiq. Bu voyaga yetmagan mahkumlarning mamlakatimiz qonunchiligida belgilangan
huquqlarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.

to‘rtinchidan,

tarbiya koloniyalarida mahkumlarni ozodlikka tayyorlash va ularni

jazodan ozod etilganlaridan so‘ng resotsializatsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan
maxsus dasturlarni ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.