Vol. 3 No. 1 (2025)
Articles
ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI
mazkur maqolada antroponimlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, badiiy matn tarkibida bajaradigan vazifalari, xalq milliy madaniyatidagi o‘rni, ma’no ifodalay olish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos ahamiyati borasidagi mulohazalar berilgan.
UZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SINTAKTIK-STILISTIK FIGURALARNING NUTKIY AKTLARDA IFODALANISHI
Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillarida sintaktik-stilistik figuralarning nutqiy
aktlarda ifodalanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu figuralarning
funksional xususiyatlari, semantik yuklanmalari va madaniy o‘ziga xosliklari tahlil
qilinadi. Sintaktik va stilistik figuralarning ingliz tilida xalqaro madaniyat va global
hodisalar bilan uyg‘unligi aniqlangan bo‘lsa, o‘zbek tilida milliy an‘analar va tarixiy
qadriyatlarni aks ettirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tildi. Tahlil natijalari sintaktik-stilistik
figuralarning ikki tildagi o‘ziga xos uslubiy va kommunikativ ahamiyatini ochib berdi.
Ushbu tadqiqot kelajakda boshqa tillarda qiyosiy tahlil qilish va ularning turli
kontekstlarda qo‘llanish imkoniyatlarini o‘rganish uchun zamin yaratadi.
AHOLI STATISTIKASI
Ushbu maqolada aholi statistikasi tahlil qilinadi. Aholi soni, tarkibi, o‘sish
dinamikasi va hududiy taqsimot kabi jihatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, statistik
ma‘lumotlarni tahlil qilish usullari, ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
ta‘siri yoritiladi. Metodologik yondashuvlar orqali aholi statistikasini yanada chuqurroq
o‘rganish uchun ilmiy asoslar keltirilgan.
IJTIMOIY TADBIRKORLIK: JAMIYATNI YAXSHILASH ORQALI FOYDA OLISH
Mazkur maqolada ijtimoiy tadbirkorlik konsepsiyasi, uning jamiyatdagi roli va
ahamiyati, iqtisodiy va ijtimoiy foyda o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash usullari
yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlikning muvaffaqiyat omillari, uning
rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillar va O'zbekiston sharoitida amaliyotga joriy etish
imkoniyatlari tahlil qilinadi.
ZOOMORFIK METAFORANING TASNIFI VA SEMANTIK TAVSIFI (SAID AHMAD ASARLARI BO‘YICHA)
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad
asarlaridagi zoomorfik metaforalar haqida so‘z boradi. Said Ahmadga xos bo'lgan uslub
zoomorfik metaforalar orqali talqin qilinadi.
SHEROBODDARYO QISHLOQLARI AHOLISI MAROSIMLARINI ETNOGRAFIK TAXLILI
Usbu maqolada Sheroboddaryo qishloqlari aholisi dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik barcha kasb egalari o‘zlarining kasbiy pirlariga ega
bo‘lishgan va ularga atab turli xildagi marosimlarni bajarganlari etnografik taxlil bayon
etilgan.
C# DASTURLASH TILIDA KOLLEKSIYALARGA MASSIV SIFATIDA MUROJAAT QILISH: INDEKSATORLAR
Ushbu maqola C# dasturlash tilida indeksatorlar bilan ishlashni
o'rganish va qo'llash haqida batafsil ma'lumot beradi. Indeksatorlar orqali
kolleksiyalarga massivlar kabi murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Maqola
indeksatorlarni aniqlash va ulardan foydalanish jarayonini misollar yordamida
tushuntiradi. Shuningdek, string turidagi indekslar yordamida massivga murojaat qilish
imkonini beruvchi KeyedArray sinfi yaratilib, uning ishlash mantiqi va amaliyotda
qo‘llanilishi batafsil yoritilgan. Ushbu usullar C# dasturlashida kolleksiyalarni
boshqarishning qulay va samarali usullarini yaratishga yordam beradi.
KAMERALIZM VA DAVLAT IQTISODIYOTI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va tadbirkorlik
muhitini yaxshilash masalalari tahlil qilinadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion
texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqolada iqtisodiy
siyosatning tadbirkorlikka ta'sirini baholash, xalqaro tajribalar va zamonaviy metodlardan
foydalanish taklif etiladi.
O‘ZBEKISTONDA BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY TAHLILNING IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilning
iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Korxonalarning moliyaviy
hisobotlari asosida resurslardan samarali foydalanish, shaffoflikni ta’minlash va
investitsion jozibadorlikni oshirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy standartlar asosida
buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
o‘rganilgan.
BILISH JARAYONI FAOLLIGI VA NEYROPEDAGOGIK TADQIQOTLAR TALQINI
Ushbu maqolada miya yarim sharlari xususiyatlari va maktabgacha
va boshlang‘ich ta'lim muassasalari o‘quvchilarining kognitiv jarayoni o'rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlil qilinadi.
USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA KO‘CHIMLAR TAHLILI
Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada
badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif
foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan.
QO’QON XONLIGIDA QO’SHIN: TARIX VA TAHLIL
Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri
bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi
islohotlar va uning natijalari qo’shni xonliklar bilan solishtirilgan xolatda yoritilgan.
TRADITIONS OF THE POPULATION OF ISHTAKHAN DISTRICT AT WEDDING CEREMONIES
This article discusses the customs and traditions of wedding ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region. This article is based on materials collected during an ethnographic survey during visits to the villages of the Ishtikhan district in 2024. The history, ethnography and ethnogenesis of the Ishtikhan district have not been fully studied to this day. Ishtikhan district, like other districts of the Republic of Uzbekistan, has its own rich ethnographic data, and this data is very close to the Kattakurgan, Payariq, Akdarya and Qoshrabot districts, which border the district territorially. However, some customs are not found in these districts, or even in other regions of Uzbekistan.
SURXONDARYO VILOYATIDA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARI TARKIBI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING HOLATI TAHLILI
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida mahalliy budjet daromadlari tarkibi va ularni shakllantirishning holati o‘rganiladi. Viloyatning moliyaviy manbalari, mahalliy daromadlarni shakllantirishdagi asosiy manbalar va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy budjetlar tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
FRANSUZ TILSHUNOSLIGIDA SINONIMIYA MUAMMOSINING ILMIY ASOSLARI
Sinonimiya tilshunoslikning ham lug‘at, ham grammatika, ayniqsa sintaksisda kam o‘rganilgan sohalaridan biridir. So'nggi paytlarda paydo bo'lgan va grammatik sinonimiyaning alohida masalalariga bag'ishlangan ko'plab asarlar tufayli, endi aytish mumkinki, bu masalaning rivojlanishi na nazariy, na amaliy jihatdan juda oz natija berdi.
INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARINI ARIMA MODELLARI YORDAMIDA PROGNOZLASH
Ushbu maqolada vaqt qatorlar tahlilining mashhur usuli bo‘lgan ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modelidan foydalanib, investitsiya ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va kelajakdagi qiymatlarini prognozlash yondashuvi bayon qilinadi. Uning asosiy maqsadi ARIMA modellaridan foydalangan holda investitsiya ko‘rsatkichini prognozlashdir
7 YOSHGACHA BOʻLGAN BOLALAR ORASIDA UCHRAYDIGAN ALLERGIK KASALLIKNING HOZIRGI KUNDA OMMALASHAYOTGANLIGI
Ushbu maqolada bolalar o’rtasida keng tarqalgan allergik kasalliklar haqida ma’lumotlar berilgan. Allergik kasalliklar hozirgi kunda juda ommalashib borayotganligi sababli maqolada bolalar o’rtasida keng tarqalgan allergic kasalliklarning eng so’ngi statistikasi o’rganildi.
O’ZBEKISTON INVESTITSIYA SIYOSATI VA XORIJIY SHERIKLAR BILAN XAMKORLIKNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Mazkur maqolada O’zbekistonning investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorligining ustuvor yo’nalishlari tahlil qilinadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari, mavjud muammolar va ularning yechimlari o’rganiladi. Shuningdek, xorijiy hamkorlik doirasida istiqbolli sohalar va kelajak rejalar muhokama qilinadi
KIMYONING HOZIRGI KUNDAGI DOLZARB MUAMMOLARI
Ushbu ilmiy maqola kimyo fanining hozirgi kundagi dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. Kimyo sohasida yuzaga kelayotgan ekologik, iqtisodiy va ilmiy-texnologik masalalar dunyo miqyosida katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, atmosferani ifloslantiruvchi moddalar, plastik chiqindilar, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, yangi energiya manbalarini rivojlantirish kabi muammolarni hal qilishda kimyo fanining roli muhimdir. Maqolada zamonaviy ilmiy yondashuvlar, texnologik innovatsiyalar va kelajak uchun ekologik xavfsiz materiallar yaratish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilingan. Ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar va istiqbollar ko‘rib chiqilgan
TIJORAT BANKLARDA KREDITLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada tijorat banklarida kreditlash amaliyotining holati va uni
takomillashtirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Kreditlash jarayonining
samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy takliflar ilgari suriladi. Shuningdek,
ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida tijorat banklarida kreditlash
jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
INVESTITSIYA LOYIHALARINING MOLIYAVIY VA IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI
Mazkur maqola investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va jamiyat farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash uchun foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar, moliyaviy va iqtisodiy tahlil metodlari, shuningdek, samaradorlikni oshirishga doir tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqotda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularni hal qilish usullari ham muhokama qilinadi.
KIMYO FANINI INTERFAOL USULLAR YORDAMIDA AKADEMIK LITSEYLARDA O’QITISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada akademik litseylarda kimyo fanini interfaol usullar yordamida o‘qitish samaradorligi o‘rganilgan. Interfaol metodlar kimyo fanini chuqurroq o‘zlashtirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani tahlil qilingan. Maqolada o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar yordamida tashkil etish usullari, metodik tavsiyalar va amaliy natijalar keltirilgan.
HARBIY QISM VA BO‘LINMALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada harbiy qism va boʻlinmalarda ijtimoiy faollikni
takomillashtirishning psixologik mexanizmlari oʻrganiladi. Harbiy jamoalarda shaxsiy va
guruhiy faollikni oshirishga qaratilgan psixologik omillar, motivatsion yondashuvlar va
kommunikativ strategiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari harbiy xizmat
samaradorligini oshirish va jamoaviy birdamlikni kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar
bilan boyitilgan
KIMYOVIY BOG’LANISH HAQIDA TUSHUNCHA
.Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha
qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan
moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchali kerakligini
tushuntirib o’tilgan .
RAQAMLI PEDAGOGIKA TA’LIM XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISH OMILI
Ushbu maqolada raqamli pedagogikaning ta’lim xizmatlari sifatini
oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
joriy etish o‘qitishning innovatsion usullarini yaratib, o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini yanada samarali qiladi. Shuningdek, maqolada raqamli platformalar, interaktiv
vositalar va masofaviy ta’lim resurslarining ta’lim sifati va natijadorlikka ta’siri ko‘rsatib
berilgan.
TIJORAT BANKLARI IPOTEKA KREDITLARIDAN FOYDALANISH BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda tijorat banklari tomonidan ipoteka
kreditlaridan foydalanish tajribasi va uning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Maqolada AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ipoteka tizimlari
ko’rib chiqilgan va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jihatlari
aniqlangan. Maqolaning asosiy maqsadi – tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha
faoliyatini yaxshilash uchun xorijiy tajribani o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqishdir.
PRAGMATIC AND STYLISTIC ASPECTS OF NEOLOGISMS IN CONTEMPORARY MEDIA AND THEIR IMPLICATIONS FOR VOCABULARY TEACHING
This article examines the pragmatic and stylistic aspects of neologisms in
modern English, with a particular focus on their presence in media materials and their role
in vocabulary instruction. By analyzing neologisms found in various media sources,
including online news, social media, and digital entertainment, the study identifies key
word-formation processes and explores their communicative functions. The research
highlights how neologisms serve to reflect cultural trends, engage audiences, and enrich
language expression. In addition, the article discusses the pedagogical implications of
integrating neologisms into language teaching, demonstrating their potential to enhance
student engagement and vocabulary acquisition. The findings suggest that neologisms not
only provide valuable insights into the evolution of the English language but also offer a
practical approach to modern language instruction. The study concludes with
recommendations for future research into the long-term impact of teaching neologisms
and their adaptation across different educational settings
Jarrohlik va laboratoriya asboblarini sterilizatsiya qilishda ishlatiladigan kimyoviy sterilizatsiya apparatlarini samaradorligini oshirish
Ushbu maqolada jarrohlik va laboratoriya asboblarini sterilizatsiya qilishda
ishlatiladigan kimyoviy sterilizatsiya apparatlarini samaradorligini oshirish usullari tahlil
etiladi. Kimyoviy sterilizatsiya — mikroorganizmlarni yo‘q qilish uchun kimyoviy
moddalar va jarayonlardan foydalanish usuli bo‘lib, tibbiyot va ilmiy laboratoriyalarda
keng qo‘llaniladi. Bu maqolada sterilizatsiya apparatlarining ishlash prinsiplari, kimyoviy
moddalarning ta'siri va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yondashuvlar haqida batafsil
ma'lumot beriladi.
TARBIYA KOLONIYALARIDA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O‘TASH TARTIBI VA SHARTLARI
ushbu maqolada muallif tomonidan tarbiya koloniyalarida voyaga
yetmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi va
shartlari, jazoni ijro etishning boshqa jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash
tartibidan alohida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISHNING AMALIY AFZALLIKLARI
Mazkur maqola moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o’tishning
amaliy afzalliklarini o’rganishga bag’ishlangan. Unda MHXSning iqtisodiy samaradorlik,
xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, va moliyaviy shaffoflikni oshirishdagi roli tahlil
qilinadi. Tadqiqot natijalari MHXSga o’tishning biznes subyektlari va iqtisodiyot uchun
ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
GAZ-KIMYO MAJMUASIDA AYLANMA SUVNI TOZALASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada gaz-kimyo majmuasida aylanma suvni tozalash jarayonlarini
takomillashtirishning ilmiy va texnologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash orqali suvni tozalash samaradorligini oshirish va atrof-muhitga
salbiy ta‘sirni kamaytirish usullari ko‘rib chiqiladi. Natijalar ko‘rsatishicha, innovatsion
filtrlash va biologik tozalash usullari samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.
YUQORI BOSIMLI REAKTORDA TELOMERLANISH JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISH
Mazkur maqola yuqori bosimli reaktorlarda telomerlanish jarayonini
optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning maqsadi
telomerlanish jarayonida reaksion sharoitlarni takomillashtirish orqali mahsulot
hosildorligini oshirish va energiya samaradorligini yaxshilashdan iborat.
RESPUBLIKAMIZDA ISTE'MOLCHILARGA TABIIY GAZNI YETKAZIB BERISHDA TEJAMKOR VA SAMARALI USULLARNI TADBIQ QILISHNING INNOVATSION YECHIMI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda iste‘molchilarga tabiiy gazni yetkazib berishda
tejamkor va samarali usullarni joriy etishning innovatsion yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Tabiiy gaz ta‘minotida energiya samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va
raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish borasidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi.
«SHÁRIYAR» DÁSTANÍNDA TROPLARDÍŃ JUMSALÍWÍ
Házirgi waqıtta folklorlıq shıǵarmalardıń teksti menen shuǵıllanıw
folkloristika hám lingvistika ilimleri arasında turǵan úlken másele. Bul másele házirgi
kúnde óz sheshimin tawıp, kópshilik dóretpelerdiń tillik ózgeshelikleri úyrenilmekte.
Usınday úyreniliwi tiyis bolǵan máselelerdiń jáne biri qaraqalpaq folklorında «Sháriyar»
dástanı tilinde troplardıń qollanılıw ózgeshelikleri. Sol tiykarda dástan tilindegi
troplardıń jumsalıw ózgesheliklerine itibar qarata otırıp, ondaǵı metafora, teńew,
metonimiya, sinekdoxa, giperbola, litota hám ironiya sıyaqlı troplardıń qollanıw
ózgeshelikleri analiz etildi.
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ШАРОИТИДА ҚОРАМОЛЛАР ОРИЕНТОБИЛЬХАРЦИОЗ КАСАЛЛИГИНИНГ ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРА ТАДБИРЛАРИ.
В статье подробно описаны сведения о ориентобильгарциозе крупного
рогатого скота, возникновении болезней по сезонам года, а также о
профилактических мероприятиях по недопущению возникновения и
распространения болезней. Проведен анализ заболеваемости, а также
эффективности мер борьбы профилактики по недопущению инвазии крупного
рогатого скота.