Universal International Scientific Journal
3
Universaljurnal.uz
Xoshimova Umida Talat qizi
Nizomiy nomidagi TDPU ning mustaqil tadqiqotchisi
Uzbekistan
https://orcid.org/0009-0002-2295-6903
АMALIY SANʼAT DARSLARIDA TALABALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI
RIVOJLANTIRISHNING BADIIY TAʼLIM NAZARIYASI VA AMALIYOTDAGI HOLATI
Annotatsiya:
Pedagogika oliy oʼquv yurtlarida falsafa, etika, estetika, mantiq, psixologiya, matematika va
boshqa fanlardan saboq beriladi. Lekin ular har bir soha ixtisoslik fanlariga moslashtirilgan tarzda oʼqitilmaydi.
Shu qatorda, mantiq fani barcha sohalar kabi pedagogika universitetlarida ham oʼrgatiladi, lekin oʼsha
mutaxassislikni oʼziga xos tomonlari hisobga olinib oʼrgatilishi lozim.
Аннотатсия:
В педагогических вузах преподаются философия, этика, эстетика, логика, психология,
математика и другие предметы. Но их преподавание не адаптировано к каждой области специализации.
Кроме того, в педагогических вузах преподают науку логику, как и все направления, но преподавание
этой специальности должно осуществляться с учетом ее особенностей.
Аbstract:
Philosophy, ethics, aesthetics, logic, psychology, mathematics and other subjects are taught in
pedagogical universities. But they are not taught in a way that is adapted to each field of specialization. In
addition, the science of logic is taught in pedagogical universities, like all fields, but this specialty should be
taught taking into account its specific aspects.
Kalit so’zlar:
ta’lim tizimi, islohotlar, mantiq, badiiy tahlil, tafakkur, fikrlash qobilyati, mantiqiy fikrlash,
rivojlanish, ta’lim metodlari.
Ключевые слова:
образовательная система, реформы, логика, художественный анализ, мышление,
умение мыслить, логическое мышление, развитие, методы обучения.
Кеywоrds:
educational system, reforms, logic, artistic analysis, thinking, ability to think, logical thinking,
development, educational methods.
Language: Uzbek
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 5
International indexes
Universal International Scientific Journal
4
Universaljurnal.uz
Citation:
Xoshimova , U. (2024). ART EDUCATION THEORY AND PRACTICE OF STUDENTS’
LOGICAL THINKING DEVELOPMENT IN APPLIED ART LESSONS. Universal International Scientific
Journal, 1(5), 3–6. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/969
Doi:
10.69891/3060-4540.2024.1.1.001
KIRISH
Respublikamiz
taʼlim
tizimida
amalga
oshirilayotgan
islohotlar
taʼlim
mazmunini
umuminsoniy qadriyatlar va xalqimizning tarixiy-
madaniy anʼanalari asosida tashkil etishga keng yoʼl
ochib berdi. Natijada taʼlim standartlari, oʼquv
dasturlari, darsliklarning yangi avlodi yaratildi.
Аyni
paytda
ular
takomillashtirilmoqda,
modernizatsiya qilinmoqda. Komil inson gʼoyasi –
ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega
boʼlgan, odamzotga xos eng yuksak maʼnaviy va
jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni
hamisha ezgulikka undaydigan olijanob gʼoyadir.
Zamonaviy dunyoda bilimli, yuqori malakali
aholi bir mamlakat uchun muvaffaqiyatning kaliti
ekanligini e’tirof etgan rus jurnalist va yozuvchisi
G.S.Petrovning ta’kidlashicha, Finlandiya ta’lim
tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida
shuni ko’rish mumkinki, mamlakatda ta’limning
sifatining yuqori darajaga qo’yilishi, mamlakatni bir
zamonlar botib qolgan “botqog’i”dan qutilib
chiqqaniga guvoh bo’lishimiz mumkin.[5;31]
Pedagogika oliy oʼquv yurtlarida falsafa, etika,
estetika, mantiq, psixologiya, matematika va boshqa
fanlardan saboq beriladi. Lekin ular har bir soha
ixtisoslik
fanlariga
moslashtirilgan
tarzda
oʼqitilmaydi. Professor S.S Bulatov tadqiqoti shuni
ko’rsatadiki, Tasviriy sanʼat va muhandislik
grafikasi yoʼnalishlarida kompozitsiya, amaliy
sanʼat, naqqoshlik, chizmatasvir, rangtasvir, sanʼat
tarixi va boshqalar bilan birga tarix, oliy
matematika, mantiq, falsafa, psixologiya, etika kabi
umumkasbiy fanlar oʼqitiladi. Lekin ularda
umumkasbiy fanlar tasviriy va amaliy sanʼat fanlari
bilan uygʼunlikda bogʼlab oʼrgatilmaydi.[2;5]
Shu qatorda, mantiq fani barcha sohalar kabi
pedagogika universitetlarida ham oʼrgatiladi, lekin
oʼsha mutaxassislikni oʼziga xos tomonlari hisobga
olinib oʼrgatilmaydi. Shuning uchun ham,
tayyorlayotgan
kadrlarimizda
maxsus
fanlar
boʼyicha mantiqiy fikrlash, mushohada yuritish
yetarli darajada shakllanmoqda deya olmaymiz. Bu
holni oddiy savol-javoblardan ham bilib olishimiz
mumkin.
Badiiy
iqtisoslikka
yoʼnaltirilgan
kadrlarning
kasbiy
sifatini
yanada
oshirish
maqsadida oʼquv rejadagi falsafaga ajratilgan
soatlarning muayyan qismini mantiq faniga
ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA
METOD
Mantiq- bu fikrlash haqidagi fan. Fikrlash
bundan tashqari psixalogiya, oliy nerv tizimi
fiziologiyasi
va
boshqa
sohalarning
asosiy
tshunchasi hisoblanadi. Xo’sh, nima sababli fikrlash
mantiq faninig asosi hisoblanadi? Sababi, mantiq
fikrlash tizimi va tafakkur rivojlanishi, asosiy
qoidalari va metodlari, hamda asosiy qonunlarini
o’rganadi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy esa
shunday deb yozadi: “Inson nutqqa ega bo’lgan va
o’zining muxoliflari bilan dunyoviy va oxirat ishlari
haqida bahs-munozara yuritganligi sababli o’z
so’zlarida “mezonga” muhtoj bo’ldi. Gap o’z zoti
bilan rostni ham, yolg’onni ham o’z ichiga olish
ehtimoli borligidan mezon yordamida uni izchil
tekshirish va shu yo’sinda uning shubhali yerini
tuzatish
kerak
bo’lgan.
Zeroki,
bu
bilan
mubohasalarda so’zlardan tuzilgan sillogizmlarning
kishini adashtiruvchi yolg’oni ham, haqiqatni
ochuvchi rosti ham ayon qilingan. Inson shu
mezonni topdi. Uni mantiq deyiladi”.[1;64]
Antik davrda mantiqqa “organon”, ya’ni
bilimlarni asoslash quroli deb qaralgan bo’lsa, o’rta
asrlar Yaqin va O’rta Sharq mantiqshunoslari uni
“chin fikrni yolg’ondan ajratib ko’rsatuvchi tarozu”
deb bilganlar.Abu Homid G’azzoliyning mantiqqa
bag’ishlangan asarini “Al-qustas al-mustaqim”,
ya’ni “to’g’ri tarozu” deb nomlanishi fikrimizni
tasdiqlaydi. O’rta asrlar Yevropa mantiqshunoslari
uni “kashfiyotlar qilish usuli” sifatida talqin
qilganlar.
Universal International Scientific Journal
5
Universaljurnal.uz
Nemis mantiqshunos olimi I.Kant esa
mantiqni “kanon”, ya’ni fanlarni o’rganish
qonunlarini beruvchi fan deb ta’riflagan. Mantiq
ilmining
fanlar
tizimidagi
o’rni
va
unda
o’rganadigan masalalar doirasidan kelib chiqib, uni
“propedevtika”, ya’ni boshqa fanlarni o’rganishga
tayyorlovchi fan deb atash mumkin.[3;79]
Demak,
mantiqni
boshqa
fanlarni
o’rganishga tayyorlovchi fan deb qaraydigan
bo’lsak, albatta, tasviriy san’at va amaliy san’at
darslari jarayonida talabalarga tasviriy san’atni
mantiq faniga bog’lagan holda o’tilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi desa bo’ladi. Amaldagi o’quv
rejani ko’radigan bo’lsak, Mantiqga Falsafa fani
tarkibida 6 soat ajratilgan. Bu ajratilgan dars soati
faqat 1 bosqich talabalariga tegishli. Qolgan
bosqichlarda Mantiq faniga soatlar ajratilmagan.
Achinarlisi, pedagogika universiteti “Professional
ta’lim” fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi” yo’nalishi talabalarining badiiy estetik
kompanentini rivojlantirishda mantiq faniga 4 yillik
o’quv jarayonida bor yo’g’i 6 soatlik dars soati
ajratilganidadir.
Mantiq va tasviriy san’atning o’zaro
aloqadorligini tahlil etgan falsafa fanlari nomzodi,
dotsent D.N. Demenov tadqiqotlariga ko’ra, badiiy
jarayonda mantiqnining mohiyati “buni shunday
qilish kerak” yoki “boshqa yo’l bilan emas”, balki
jarayonning
o’zgaruvchanligiga
qarab
o’zgaruvchan bo’lishi mumkinligida ifodalanadi. U
o’rganilayotgan san’atning ontologik, gnoseologik
va aksiologik jihatlariga qarab farq qilishi mumkin.
Mantiq badiiy taraqqiyot bosqichida har xil bo’lishi
mumkin: makrodarajada badiiy jarayon- badiiy
obrazlarning
shakllanish
mantig’iga;
makro
darajasiga – keng qamrovli badiiy uslublar va
yo’nalishlarda mujassamlangan ko’plab formal
yechimlar. Mantiq dunyoni ongli va ongsiz ravishda
aks ettirish, shuningdek, san’atda o’z-o’zini
namoyon qilish - ko’p qirrali badiiy jarayonning
xilma-xilligining kichik bir qismidir.
D.N.Demenyov o`z tadqiqotlarida mantiq va
tasviriy san`atning bog`liqligi haqida quyidagi
fikrlarni bildiradi: “Estetik mantiq- rangdan
mantiqning umumiy qismi sifatida foydalanmoqda.
Estetik mantiq- bu rassomda asarining shakl va
mazmuni o’rtasidagi munosabatda ifodalanib, vaqt
omili orqali o’zini namoyon qilish faoliyatidir. Bu
mantiq badiiy jarayonning o’zgaruvchanligiga
qarab o’zgaruvchan bo’lishi mumkin”. [6;74]
MUHOKAMA
Xo`sh, qanday qilib mantiqni Tasviriy san`atga
bog`lab o`qitish mumkin degan savol yuzaga keladi.
Albatta, bu o`rinli savoldir. Sababi, bu borada
qandaydir yo`riqnoma yoki qo`llanma mavjud
emas. Bu borada “Mantiq” yo`nalishida ko`p yillik
tajribaga ega mantiqshunos olimning tavsiyalari,
bilim, malaka va ko`nikmalaridan foydalanib,
qo`llanma va dasturni tuzish mumkin.
Yanada chuqurroq mulohaza qiladigan bo`lsak,
mantiqda
keltirilgan
terminlarni
o`zgartirib,
Tasviriy san`atga bog`lab bo`lmasligi aniq. Lekin,
mantiqni
misollar,
masalalarsiz
o`rganib
bo`lmasligini inobatga oladigan bo`lsak, mantiqiy
misollarni yoki savollarni Tasviriy san`atga
bog`lasak bo`ladi.
Tafakkur ko’p qirrali jarayon bo’lib, uni turli xil
tomonidan,
xususan,
mazmuni
va
shakli
(strukturasi) bo’yicha, tayyor holida yoki kelib
chiqishi va taraqqiyotida olib o’rganish mumkin.
Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini
tashkil
etadi,
uning
turlicha
metodlardan
foydalanishiga, har xil yo’nalishlarga ajralishiga
sabab bo’ladi.[4;9]
Tafakkurning ko`p qirrali hususiyatini inobatga
olib,
mantiqni
qiyinchiliklarsiz
tafqakkurni
ishlatgan holda Tasviriy san`atga bog`lasak bo`ladi.
Misol uchun, T.Ismoilovning “Mantiq” fani
bo`yicha ma`ruzalar matnidan foydlanadigan
bo`lsak;
“Har bir kimyoviy element o’z atom og’irligiga
ega”.
“Mis – kimyoviy element”.
Demak, “Mis o’z atom og’irligiga ega”.
kabi misolni oladigan bo`lsak, biz misolni “kimyo”
faniga moslashtirilganini tahlil qilishimiz mumkin.
Endi, Tasviriy san`atga bog`lab ko`radigan bo`lsak;
Universal International Scientific Journal
6
Universaljurnal.uz
“Tasviriy sanʼat — rangtasvir, haykaltaroshlik,
grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi”.
“Leonardo da-Vinchining “Mona Liza” portreti
Rang tasvirning noyob durdonasidir”.
Demak, “Leonardo da-Vinchining “Mona Liza”
portreti Tasviriy sanʼat asari hisoblanadi” kabi
ko`rinishda bo`ladi.
Yuqoridagi keltirilgan misollar tafakkur shakli.
sh hollari mazmuni bo’yicha turlicha bo’lishiga
qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har
ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar
xulosa chiqarish uchun asos bo’lib xizmat
qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha
(birinchi misolda – « kimyoviy element », ikkinchi
misolda – «Rang tasvir» tushunchasi) orqali
bog’langan.
NATIJALAR
Har bir ixtisoslikka mantiqni shu fan
yoʼnalishi bilan bogʼlab, uzviy aloqadorlikda
oʼqitish kerak. Buning uchun dars beruvchi
mutaxassis rassom-faylasuf, amaliy sanʼat ustasi-
faylasuf,
tilshunos-logik,
musiqashunos–logik,
ximik–logik iqtisoslik tafsilotlarini yaxshi bilgan
mutaxassis boʼlishi lozim. Shunda, oʼqituvchi ustoz
oʼz talabasiga Аmaliy sanʼatning qonun va
kategoriyalarini amaliy bezak sanʼati misolida teran
tahlil qilib bera oladigan bo’la oladi.
Yana shu narsa ayon bo`lmoqdaki, tafakkurni
ishga soladigan bo`lsak, yuqorida keltirilgan
misollardan ko`plab foydlanishimiz va “Mantiq”
fanini “Tasviriy san`at” faniga moslashtirgan holda
dasturni, qo`llanmani tuzishimiz mumkin. Tuzilgan
dastur va qo`llanmadan ushbu ta`lim yo`nalishida
tahsil olayotgan oliygoh talabalariga “Mantiq”
fanini “Tasviriy san`at” faniga moslashtirilgan
holda o`qitishimiz mumkin bo`ladi. Bu esa, ushbu
oliygohda tahsil olayotgan talabalarda mantiqiy
fikrlash
qobilyatining
yanada
rivojlanishini
kuzatishimiz,
tafakkur
qobilyatining
yuksalayotganiga va asarlarni mazmun – mohiyatini
tahlil qilishda kuchli iqtidor bilan yondashishlariga
guvoh bo`lishimiz mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim tizimi
rivojlangan mamlakatlarda tasviriy va amaliy san’at
yo’nalishlarida mantiq fani tasviriy san’at va amaliy
san’atga bog’lab dars jarayonlari tashkil etilgan va
bu borada maqolalar yozilib, ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirilmoqda.
XULOSA
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”
yo’nalishi talabalariga mantiq fani nafaqat tasviriy
san’at va amaliy san’at darslari jarayonida, balki
muhandislik
grafikasi
yo’nalishida
ham
nuqtalarning fazoviy koordinatalarini belgilashda,
binolarning inter’er va ekster’erini chizishda ham
muhim bo’lak hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu
yo’nalish bitiruvchilari badiiy va amaliy ijod bilan
shug’ullanishlari uchun mantiqiy tafakkurlari
rivojlangan bo’lsa yaratgan san’at asarlari kolorit va
serma’no
yechimlarga
ega
kompazitsiyaga
aylanishi mumkin. Hamda, mantiqiy fikrlashi
rivojlangan talabalar tasviriy va amaliy san’at
asarlarini mazmun mohiyati, ortida yashirilgan sir-
asrorlarini falsafiy g’oya sifatida tahlil qilishadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Абу Райхон Беруний. Геодезия. Т., 1982. –Б.64
2.
Булатов С.С, Соипова М.С. “Бадиий таҳлил тамойиллари”, “Фан ва технология” нашриёти, Т. 2016. Б. 5
3.
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan). O’quv uslubiy qo’llanma. – T.: ToshDTU, 2021. B 79
4.
T. Ismoilov. “Mantiq” fani bo`yicha ma`ruzalar matni. Namangan Davlat universiteti – 2023. B. 9
5.
G.Petrov. Oq nilufarlar yurtida. Inglizchadan N.Sultonmurodov tarjimasi. “Faktor press”. Toshkent 2021. B. 31
6.
Д.Н.Деменёв. Кандидат философски хнаук доцент, О логике художественного процесса. Статья из рубрики
"Философия и искусство"/2017. С. 74
