Joriy nashr
Maqolalar
KICHIK DEHQON XO‘JALIKLARIDA MOTOBLOK PLUGLARINING AXAMIYATI VA O‘RNI
Jahon amaliyotida dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va issiqxonalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy subyektlar qatorida turadi. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida kichik texnika vositalarining yangi namunalarini yaratish, sanoat nusxalarini tayyorlash, hamda tijoratlashtirish masalalariga doir ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar bajarilmoqda. Shulardan kelib chiqib ushbu maqolada kichik dehqon xo‘jaliklari uchun yangi konstruksiyadagi motoblok pluglarini yaratish borasida olib borilgan izlanishlar keltirilgan
G.ARBOREUM L. VA G.HERBACEUM L. MADANIYLASHTIRILGAN SHAKLLARINING KO’RSATKICHLARI
Amaliy tadqiqotlarda foydalanish uchun qimmatli shakllarni ajratib olish maqsadida PSUYeAITI germplazma to‘plamidagi G.herbaceum L. va G.arboreum L. turlarining diploid kolleksiya namunalarini o‘rgandik. 0546 namunasi asosida analitik tanlash yo‘li bilan diploid xromosoma to‘plamiga va xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan T-1980 tizmasi yaratildi. Tizma vertisillium viltiga, so‘ruvchi zararkunandalarga bardoshli, yuqori hosildor, ertapishar va yuqori tola hosiliga ega. Shuningdek, ushbu tizma tolasining yuqori gigroskopikligi va suv tanqisligiga bardoshliligi aniqlandi.
G. HERBACEUM L. TURIGA MANSUB SELEKSION ASHYOLARNING XO‘JALIK BELGILARI BO‘YICHA TAVSIFI
Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida tezpisharligi 110-112 kun, hosildorligi 32-33 s/ga, bitta ko‘sak og‘irligi 3,8 g, tola chiqimi 37-38%,1000 dona chigit vazni 90-95 g, mikroneyri 4,9, tolasining solishtirma uzilish kuchi 33-34 g.k/teks, tola uzunligi 34-35 mm, viltga bardoshlili va tolasining gigroskopikligi yuqori T-1980 tizmasi yaratildi. Mazkur tizma sho‘rlangan tuproqlar va suv tanqisligi sharoitida o‘stirishga mos bo‘lib, o‘rta tolali navlarga yaqin ko‘rsatkichlarni namoyon qiladi.
TECHNOLOGICAL APPROACHES TO REDUCING ALKALI CONSUMPTION IN THE PRODUCTION OF ECO-FRIENDLY HOUSEHOLD SOAP
Ushbu maqola barqarorlik va ekologik xavfsizlikka e'tibor qaratgan holda maishiy sovun ishlab chiqarishda gidroksidi iste'molini kamaytirishning texnologik yondashuvlarini ko'rib chiqadi. Ishqorni kamaytirishning mahsulot sifati, atrof-muhitga ta'siri va ishlab chiqarish tannarxiga ta'sirini baholash uchun laboratoriya miqyosidagi tajribalar va iqtisodiy tahlillar o'tkazildi. Natijalar shuni tasdiqladiki, gidroksidi iste'molini 15-25% ga kamaytirish, ayniqsa katalizatorlardan foydalanish, biologik parchalanishni yaxshilash va oqava suvdagi kimyoviy qoldiqlarni kamaytirish bilan birga qabul qilinadigan mahsulot standartlarini saqlab qoladi. Bu ekologik toza va tejamkor sovun ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish uchun asos yaratadi.
OʻRTA ASRLARDA SAMARQAND: ILM -FAN VA MADANIYAT MARKAZI SIFATIDA
Oʻrta asrlar Sharq tamaddunining eng yorqin sahifalaridan biri — Samarqand shahrining ilm-fan va madaniyat markaziga aylangan davridir. Bu davr, ayniqsa, Temuriylar hukmronligi ostida yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarilgan boʻlib, Samarqand Sharq Renessansining markaziy nuqtalaridan biriga aylangan. Ushbu maqolada o‘rta asrlarda Samarqandning ilm-fan, madaniyat, arxitektura va ta’lim sohalaridagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan
JADIDCHILIK HARAKATI. OʻZBEK JADIDLARINING MAʼRIFIY FAOLIYATI
Ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi hamda oʻzbek jadidlarning faoliyatini oʻrganishga oid maʼlumotlar keltirilgan
NEFT GAZ KORXONALARI OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA ULARNI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada neft va gaz qazib chiqarish korxonalaridan chiqayotgan maishiy oqova suvlarning zararli kimyoviy elementlar bilan ifloslanish darajalar aniqlangan. Tadqiqotlar davomida, neft-gaz qazib chiqarish korxonasida inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suv tarkibida oʻrtacha fosfatlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi 5,66 mg/l (belgilangan me’yoridan 2,26 barovar koʻproq), xloridlar 651,74 mg/l (belgilangan me’yoridan 1,86 barovar koʻproq), sulfatlar 664,33 mg/l (belgilangan me’yoridan 1,9 barovar koʻproq), nitratlar 531,62 mg/l (belgilangan me’yoridan 11,8 barovar koʻproq), nitritlar 16,36 mg/l (belgilangan me’yoridan 5,0 barovar koʻproq) ekanligi aniqlangan
MAXALLIY VAUSH KONI BENTONITINING TARKIBIDAN MONTMORILLONIT MENIRALINI AJRATISH BO`YICHA FIZIK-KIMIYOVIY TAXLILLAR
Ushbu maqolada Navbahor tumanidagi Vaush koni bentonit mineralining SEM taxlili va tarkibidagi montmorillonit moddasini ko'rinishi tahlillari keltirilgan. Bentonit mineralidan tajriba uchun 50 g olinib uning ustiga 5 l distillangan suv va 50 g etilenglikolda qo’shilib, 2 soat davomida aralashtirilgan holati o`rganilgan. Olingan natijalar shuni ko’rsatdiki bentonit minerali tarkibida uchraydigan Al, Ca, Na, K, Mg, Fe, Fe, Ti, P, Cu, Zn kabi moddalarning miqdori qisman ortgani bu esa montmorillonit ko`proq hosil bo’lganini ko`rsatadi
TELEFON KO‘P O‘YNASHI NATIJADA BOLALARDA KO‘ZLARINI ZARARLANISHI.
Smartfonlarning bolalar orasida keng tarqalishi ularning ko‘z salomatligiga ta’sirini o‘rganishni dolzarb masalaga aylantirdi. Ushbu maqola bolalarda smartfonlardan uzoq muddat foydalanish natijasida yuzaga keladigan ko‘z shikastlanishi, xususan, miyopiya, ko‘z qurumasi va raqamli ko‘z zo‘riqishi (digital eye strain) kabi muammolarni tahlil qiladi. Adabiyotlar sharhi, epidemiologik ma’lumotlar va mavjud tadqiqotlar asosida smartfon ekranlarining ko‘k nuri, foydalanish chastotasi va ko‘z salomatligiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot ushbu muammoning oldini olish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, ota-onalar, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun amaliy yo‘riqnomalar taqdim etadi