SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
557
KOMPETENSIYA VA UNING ZAMONAVIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI
O‘RNI
Orifjonova Sevinch - Nizomiy nomidagi TDPU
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Sh.Yo‘ldosheva
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15360652
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p.f.n.
Annotatsiya.
Bu maqolada kompetensiya va turli talqindagi, kompetentlik,
kompetensiya turlari va uning ta’limdagi o‘rni, zamonaviy kadrlarni tayyorlashdagi asosiy
muammolar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: kompetensiya, kompetentlik, kadr, unsur, individ, qobiliyat, universal,
kompetensiyaviy yondashuv, kvalifikatsiya, globallashuv, pozitsiya, dastur, interaktiv, loyiha,
innovatsiya.
Аннотация
:
В
данной
статье
говорится
о
компетентности
и
различных
ее
трактовках
,
компетентности
,
видах
компетентности
и
ее
месте
в
образовании
,
основных
проблемах
современной
подготовки
кадров
.
Ключевые
слова
:
компетентность
,
компетентность
,
персонал
,
элемент
,
лич
-
ность
,
способность
,
универсальность
,
компетентностный
подход
,
квалификация
,
глобализация
,
позиция
,
программа
,
интерактив
,
проект
,
инновация
.
Annotation: This article discusses competency and various interpretations of competence,
types of competencies and their role in education, as well as key issues in modern personnel training.
Keywords: competency, competence, personnel, element, individual, ability, universal,
competency-based approach, qualification, globalization, position, program, interactive, project,
innovation.
Kompetensiya so‘zi tarjimada “layoqatli”, “munosib bo‘lmoq” kabi ma’nolarni
anglatuvchi lotincha “competere” so‘zi asosida hosil bo‘lgan. “Kompetensiya” deyilganda, shaxsning
biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi tushuniladi. Kompetentlik insonning
intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi
И
.
А
Зимняя
.
A.V.Xutorskiy kompetnsiya va kompetentlik tushunchalarini quyidagicha ajratib olish mumkin, deb
hisoblaydi. Kompetensiya – insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat
usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida
sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy
munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi
demakdir. “Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz
ravishda yangilab borishi hamdir,” – deydi M.A.Choshanov
Ta’lim-tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish
zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida
dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib
chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali yechilmagan
masalalar talaygina. A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti pedagog
olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati
va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, – deb
ta’riflaydi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim,
ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish
kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Zamonaviy ta’lim tizimida
kompetensiya tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Kompetensiya – bu shaxsning muayyan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallagan holda, turli kasbiy va ijtimoiy vaziyatlarda mustaqil va samarali
faoliyat yuritish qobiliyatidir. Kompetensiya faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki ularni
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
558
amaliyotga tatbiq eta olish mahoratini ham qamrab oladi. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish
mumkinki, kompetensiya va kompetenlik tushunchalari turlicha ta’riflansada, ularning asosida inson
egallagan bilim, ko`nikma, malaka va ularni kerakli vaziyatda namoyon qila olish tushuniladi.
XXI asrda globallashuv, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy talablar o‘zgarib borayotgan
bir paytda, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Shu sababli, ta’lim jarayoni endilikda faqat bilim berishga emas, balki talabalar va mutaxassislarning
kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv keng qo‘llanilmoqda. Bu
yondashuv kadrlarni faqatgina fan bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishidan ko‘ra, ularning amaliy
muammolarni hal qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim
metodologiyasida quyidagi asosiy kompetensiya turlari ajratib ko‘rsatiladi:
1.
Umummadaniy kompetensiyalar – muloqot qilish, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash
va moslashuvchanlik qobiliyatlari.
2.
Kasbiy kompetensiyalar – muayyan soha bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lish.
3.
Texnologik kompetensiyalar – axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish,
raqamli savodxonlik.
4.
Innovatsion kompetensiyalar – yangiliklarni yaratish va tatbiq etish qobiliyati.
Zamonaviy ta’lim dasturlari va o‘quv jarayonlari kompetensiyalarni rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lib, interaktiv usullar, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha ishlari va tajriba almashinuvi kabi
innovatsion metodlardan foydalanishni talab qiladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan
ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik,
mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana
olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umum-madaniy ko‘nikmalarni
shakllantiradi. Albatta bu ko`nikmalarni shakllantirishda avvalo o`qituvchining tayyorgarligi,
qolaversa darsliklarning talab darajada bo‘lishi taqozo qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik harbir
rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo‘lishi kerak - T.:2017-yil.
2.
Зимняя
И
.
А
.
Компетенция
и
компетентность
в
контексте
компетентностного
подхода
в
образовании
//
Иностранные
языки
в
школе
. -2012
№
6.
С
. 2—10.
3.
Хуторской
А
.
Ключевые
компетенции
как
...
Народное
образование
выпуск
№
2
за
2003
4.
https://expeducation.ru › article › view
5.
L.T.Xurvalieva PEDAGOGIK MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2-son
(2025-yil, fevral)
6.
Tokhirovna, I. H. (2021). The content of the development of youth spirituality and the
organization of correctional training. Berlin Studies Transnational Journal of Science and
Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).
