Mualliflar

  • Nargizaxon Xakimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.91448

Kalit so‘zlar:

Geometrik shakl ko‘rgazma didaktik o‘yinlar perimetr yuza hajm tushunchasi konstruksion poletka ijodiy tasavvur matematik tushuncha

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta'lim samaradorligini oshirish masalalari o‘z ifodasini topgan.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

555

BOSHLANG‘ICH GEOMETRIK TA’LIMOTLARNI O‘RGATISH USLUBI

Xakimova Nargizaxon Baxodirovna

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15360637

ADPI katta o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan

qiziqishini oshirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini
mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta'lim
samaradorligini oshirish masalalari o‘z ifodasini topgan.

A

ннотация

.

В

данной

статье

поставлена

цель

усовершенствовать

программное

обеспечение

тестировщиков

по

математике

,

сохранить

и

развить

способность

логически

мыслить

,

уметь

самостоятельно

выражать

свои

мысли

,

применять

полученные

знания

в

общественной

деятельности

,

контролировать

образование

Kalit so‘zlar:

Geometrik shakl, ko‘rgazma, didaktik o‘yinlar, perimetr, yuza, hajm

tushunchasi, konstruksion, poletka, ijodiy tasavvur, matematik tushuncha;

Ключевые

слова

:

Геометрическая

форма

,

выставка

,

дидактические

игры

,

периметр

,

поверхность

,

понятие

объема

,

конструкция

,

сюжет

,

творческое

воображение

,

математическое

понятие

;

O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash har bir

bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to‘rt amalning bajarilishini
o‘rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o‘lchamini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga
ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
roli nihoyatda kattadir.Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni
uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug‘ullanadi. Geometriya material dasturda mustaqil
bo‘lim sifatida o‘qitish jarayonida ajratib ko‘rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon
bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq
dasturdagi tushuntirish xatida ko‘rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni
kurs materialiga kiritish maqsadlariga bo‘ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak. Bu
maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o‘stirishda, ularda turlicha geometrik figura
haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu figuralarning har biri alohida turganda ham, tanish figura
boshqa figuraning qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan
boshqa figura yasashni o‘rganishlari kerak. Geometrik material bilan tanishishda o‘lchamlarga ancha
katta o‘rin beriladi, bolalar kesmaning uzunligini, berilgan ko‘pburchakning perimetrini, to‘g‘ri
to‘rtburchakning yuzini topishni bilishlari kerak.

Boshlang‘ich maktabda matematika ta'limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini

shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bay on qila olish, egallagan bilimlarni
ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun
matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Matematika bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari
bolalarda natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini
hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishda
o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga
ega bo‘lish hamda og‘zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini
hosil

qilish

nuqtai

nazardan

izohlanadi.

Agar o‘quvchiga fazoviy tasavvurlar yaxshi shakllansa, har qanday qiyinchilikdagi masalalarni
soddagina yechish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fazoviy tasavvurlar rasm chizmachilik, steriometriya
masalalarini yechishda shakllanadi, ba'zan o‘quvchilar ayni bir figuraning turli ko‘rinishlarida
tasvirlangan hollarini bir-birlaridan farqlay olmaydilar. Bunda o‘qituvchi faoliyati muhim o‘rin
tutadi.
Bitta obyektni turli xil ko‘rinishlari ustida fikrlash, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va tafakkurlarni
shakllantiradi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish o‘quvchilarning konstruksion texnologik


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

556

tafakkurlarini shakllantiradi. Ko‘nikma:-o‘rganilgan tanish geometrik shakllarni nafaqat alohida,
balki boshqa shakllar bilan turli uyg‘unlikda namoyon bo‘luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar,
rasmlar,

chizmalardan

qiynalmay

topa

olish;

- chizg‘ich yordamida kesma uzunligini (to‘g‘ri to‘rtburchak uzunliklari yig‘indisini) o‘lchashni va
berilgan

uzunlikdagi

kesmani

chizishni;

-berilgan o‘qqa nisbatan simmetrik bo‘lgan sodda shakillarni chiza olish. Boshlang‘ich sinfda
geometrik masalalar ustida ishlash, asosan qog‘oz varag‘ini turli shakllarda buklash, figuralarni
chizish va hokazolar bilan bog‘liq amaliy ishlar asosida qaraladi. Egallangan bilim o‘quv va
malakalar geomerik materialni o‘rganishda matnli masalalarni yechishda ham qo‘llaniladi.

Demak, boshlang‘ich sinflarda algebraik va geometrik material ustida ishlash tizimli ravishda

amalga oshirilishikerak.Boshlang‘ich sinflarda xususan 3- sinfda geometrik materialning mavzular
bo‘yicha

taqsimlanishida

misol

va

masalalarning

berilishi

quyidagicha

amalga

oshirilgan.Boshlang‘ich talim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturida rejalashtirilgan
mavzularning mazmuni va taqsimlanishi quyidagicha ifodalangan. Boshlang‘ich matematika
kursining asosini natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to‘rt arifmetik amal hamda ularning
asosiy xossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og‘zaki va yozma hisoblash
usullarini ongli va puxta o‘zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash
malakalarini

yuqori

darajada

etkazishni

tashkil

etadi.

Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular
imkoniyat darajasiga ko‘ra o‘quvchilarning son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar
haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o‘zlashtirishlariga yordam berib, bilimlar tizimiga
qo‘shiladi.
Dastur matematik tushunchalarni hayotiy materiallar asosida o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu esa
darsda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini,
hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga kelganligini o‘quvchilarga yetkazib berish imkonini yaratadi
hamda fan amaliyot orasidagi aloqalarni to‘g‘ri tushunishga asos bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinf matematika darsligida geometrik materiallarni o‘rgatish uchun alohida

mavzu ajratilmagan. Shunga qaramasdan boshlang‘ich sinf matematika dasturida geometrik material
katta o‘rinni oladi. Ko‘pchilik hollarda bu material arifmetik materiallar bilan uzviy bog‘lanadi.

Geometrik materialni o‘rganish vazifalarini hisobga olgan holda o‘qitishning har xil

vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin
qog‘ozdan tayyorlangan butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralari va diafilmlardan iborat.
Doskadagi chizmalarni bajarish uchun sinfda chizma o‘lchov asboblarining jamlamasi: chizg‘ich,
chizmachilik burchagi, sirkul bo‘lishi zarur.O‘quvchilarni yangi matematik tushunchalarni
o‘zlashtirishga tayyorlashning yana bir muhim jihati shundan iboratki, o‘quvchilarda aqliy
operasiyalar; analiz, sintez, taqqoslash nomuhim narsalarni oddiygina chetlab o‘tib, muhim
umumiylikni his eta olishidir. Bunday aqliy operasiyalarni shakllantirish o‘qitishning birinchi
kunlaridan boshlashni nazarda tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Xayrullayeva M. Farobiy ruhiy prosesslar va ta'lim-tarbiya to‘g‘risida - T.: O‘qituvchi,

2002-yil.79-bet

2. Habibullayev R.A. O‘quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish.-Toshkent:

O‘qituvchi, 2010. 247-bet.

3. Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O‘qituvchi, -2006. 569-bet.
4. Mardonova F.I. Boshlang‘ich sinflarda ta'lim-tarbiyani shakllantirish.- T.: "Sharq"

nashriyoti matba konserni bosh tahririyati, 2018. 92-bet.

Bibliografik manbalar

Xayrullayeva M. Farobiy ruhiy prosesslar va ta'lim-tarbiya to‘g‘risida - T.: O‘qituvchi, 2002-yil.79-bet

Habibullayev R.A. O‘quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish.-Toshkent: O‘qituvchi, 2010. 247-bet.

Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O‘qituvchi, -2006. 569-bet.

Mardonova F.I. Boshlang‘ich sinflarda ta'lim-tarbiyani shakllantirish.- T.: "Sharq" nashriyoti matba konserni bosh tahririyati, 2018. 92-bet.