SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
426
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA MAGISTRATURA TALABALARI ILMIY
TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA SUN’IY
INTELLEKTNING TA’SIRI
Usmanova Umida Aybekovna
Andijon davlat pedagogika instiuti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15357749
p.f.d (DSc), dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellektning magistratura talabalari ilmiy tadqiqotchilik
kompetensiyalarini rivojlantirishga tasiri to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim
muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o‘z fanidagi ilmiy
yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so‘ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo‘lishi
kerakligi aoslab ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar:
yangilik, ilm-fan, ilmiy-pedagogik faoliyat, tadqiqot, ilmiy tadqiqotchilik,
kashfiyot, o‘z-o‘zini anglash, ilmiy konferensiyalar, intellektual-rivojlantiruvchi
.
ВЛИЯНИЕ
ИСКУССТВЕННОГО
ИНТЕЛЛЕКТА
НА
РАЗВИТИЕ
НАУЧНО
-
ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ
КОМПЕТЕНЦИЙ
МАГИСТРАНТОВ
В
УСЛОВИЯХ
ЦИФРОВОЙ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ
СРЕДЫ
В
данной
статье
рассматривается
влияние
искусственного
интеллекта
на
развитие
научно
-
исследовательских
компетенций
аспирантов
.
Также
в
процессе
обучения
в
вузе
и
последующего
профессионального
развития
четко
указано
,
что
магистранты
должны
быть
осведомлены
о
содержании
научных
подходов
,
концепций
,
теорий
,
новейшей
информации
в
своей
области
.
Ключевые
слова
:
инновация
,
наука
,
научно
-
педагогическая
деятельность
,
исследование
,
научное
исследование
,
открытие
,
самосознание
,
научные
конференции
,
интеллектуальное
развитие
.
THE IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON THE DEVELOPMENT OF
SCIENTIFIC RESEARCH COMPETENCES OF MASTER'S STUDENTS IN A DIGITAL
EDUCATIONAL ENVIRONMENT
Annotatsia
This article discusses the impact of artificial intelligence on the development of scientific
research competencies of graduate students. Also, in the process of higher education institution and
subsequent professional development, it is clearly stated that master's students should be aware of the
content of scientific approaches, concepts, theories, and the latest information in their field.
Key words:
innovation, science, scientific-pedagogical activity, research, scientific research,
discovery, self-awareness, scientific conferences, intellectual development.
Boshlang‘ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini
rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari
ham o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Hujjatga ko‘ra, “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab qo‘yilgan [1].
Sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi ta’siri ancha chuqur va ko‘lamlidir. Bu sun’iy intellektni
pedagogik ta’limga integratsiyalashda yanada yaqqol namayon bo’ladi. Birinchidan, sun’iy intellekt
har bir shaxsning o‘rganish tezligi va uslubiga mos keladigan o‘quv materiallarini taqdim etib,
o‘quvchilarga shaxsiy o‘rganish tajribasini taqdim qiladi. Masalan, moslashuvchan o‘quv dasturi
talabaning ish faoliyatini tahlil qilish bilan birga qiyinchilik darajasini sozlashi va unga
yetishmayotgan fanlar bo‘yicha ko‘proq mashq qilish imkonini yaratadi[2].
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
427
Sun’iy intellekt o‘qituvchilarning ish yukini kamaytirish bilan birga yanada samarali ishlashiga
yordam beradi. Uyga vazifa va imtihonlarni baholash kabi ancha vaqt talab qiluvchi vazifalarni
avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilarga talabalar bilan yakkama-yakka muomala qilish va kurs
materiallarini ishlab chiqishga ko‘proq vaqt sarflash imkonini beradi. Bundan tashqari, sun’iy
intellekt asosida ishlaydigan tahlil vositalari ta’lim oluvchilarning taraqqiyotini kuzatib boradi va
ularning sun’iy intellekt tomonlarini ochiqlab, o‘qituvchilarga ushbu masalalar bo‘yicha qo‘shimcha
ko‘rsatmalar tavsiya qiladi.
Masofaviy ta’lim va onlayn ta’lim platformalarida sun’iy intellekt interaktiv va qiziqarli
kontentni taqdim qilish orqali talabalarning motivatsiyasini o‘stiradi. Virtual yordamchilar va
chatbotlar talabalarga 24/7 yordam berishi, ularning savollariga bir zumda javob berishi va o‘quv
jarayonida duch keluvchi muammolarni hal qilishda yordam bera oladi[106]. Bu, ayniqsa, pandemiya
davrida masofaviy ta’limning tarqalishi bilan yanada muhimroq bo‘ldi. Bu jarayon sun’iy
intellektning pedagogik ta’limda magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini
rivojlantirishda ko‘plab qulayliklarni yuzaga chiqardi.
Sun’iy intellekt ta’limda bir qancha yangiliklar va qulayliklarni olib kirish orqali pedagogik
jarayonlarda tadqiqotlarni amalga oshirishda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Birinchidan,
shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini taqdim qilish qobiliyati ajralib turadi. Sun’iy intellektga
asoslangan tizimlar ta’lim oluvchilarning o‘rganish tezligi, qiziqishlari va qiyinchiliklarini tahlil etish
orqali individual ta’lim rejalarini taklif etadi. Bu talabalarga o‘z sur’atlari bo‘yicha rivojlanish
imkonini beradi va muvaffaqiyat darajasini oshiradi. Bu esa tadqiqot davomida boshlang’ich ta’lim
magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini
pedagogik muammolar echimini topish va didaktik vazifalarni bajarishda tadqiqot ishlaridan samarali
foydalanish, shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, sun’iy intellektni pedagogik ta’limga
integratsiyalash hamda izlanuvchanlik komponentlariga xos funks
і
yalar intensivligini frontal
ta’minlash asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.
Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga integratsiyalash orqali magistratura talabalarining ilmiy
tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning yana bir asosiy jihati shundaki, u magistrantlar
zimmasiga tushadigan ishni osonlashtiradi. Sun’iy intellekt topshiriqlar va imtihonlarni avtomatik
baholash kabi ko‘p vaqt talab qiladigan vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Bu magistrlarga ko
ʻ
proq
yakkama-yakka yordam ko
ʻ
rsatish va dars rejalarini ishlab chiqishga e
ʼ
tibor qaratish imkonini
yaratadi.
Bundan tashqari, sun’iy intellektga asoslangan o‘qitish vositalari uzluksiz fikr-mulohazalarni
taqdim etishda juda muhim. Masalan, virtual yordamchilar va chatbotlar ta’lim oluvchilarning o‘qish
jarayonlarini ularga tezkorlik bilan javob berish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu vositalar ta’lim
oluvchilarning savollariga javob beradi, bu esa ularning o‘quv jarayonini faolligini ta‘minlaydi.
Sun’iy intellekt ta’lim ma’lumotlarini tahlil qilish orqali o‘qituvchilar va ta’lim jarayoni
boshqaruvchilariga muhim ma’lumotlarni tavsiya qiladi. Ushbu ma’lumotlar o‘qitish usullari va
o‘quv dasturlarini yanada samaraliroq qilish uchun foydalaniladi.
Magistrlar uchun sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchilar va chatbotlar o‘quv
jarayoni davomida doimiy yordam beradi. Talabalarning o‘quv jarayonida to‘siqlarni engib o‘tishga
ko‘maklashadi. Bu talabalarning motivatsiyasi va faolligini oshiradi.
Sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi ishtirokining yana bir asosiy jihati ma’lumotlar tahlilidir.
Ta’lim muassasalari sun’iy intellekt tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalangan holda
talabalar faoliyatini va o‘qitish usullarini tahlil qila oladilar. Bu tahlillar ta’lim siyosati va o‘quv
dasturlarini takomillashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Natijada, sun’iy intellektning pedagogik
ta’limga integratsiyalashuvi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ta’limda kirish va tenglik, doimiy
talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ma’lumotlar tahlili kabi ko‘plab sohalarda sezilarli imtiyozlar
yaratadi. Ushbu integratsiya tadqiqot olib borish jarayonini yanada samarali yo‘lga qo‘yadi.
Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oliy ta’lim muasasalarida magistrlarni
ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish maqsadli, ta’limga oid texnologik jarayon sifatida amalga
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
428
oshirilishi kerak. Xususan, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda ham axborot texnologiyalari
tadqiqot mavzusi yuzasidan zarur tahliliy adabiyotlar, ilmiy manbalar, tadqiqot yo‘nalishlariga oid
tegishli jadval, chizma, sxema, shakl va boshqa qator ilmiy materiallarni izlash, foydalanish, nusxa
ko‘chirish borasida katta qulayliklar yaratadi.
Ta’lim muassasalari uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan puxta foydalanish orqali
magistrantlar muvaffaqiyatini oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlariga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda yuqoridagi tahlillar
asosida va quyidagi mulohazalarga ko’ra sun’iy intellektning ta’lim sohasiga ta’siri, sun’iy intellektni
pedagogik ta’limga integratsiyalash masalasi ko‘rib chiqildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari so‘nggi
yillarda jadal rivojlanib, o’z navbatida pedagogik ta’limga integratsiyalashib ta’lim jarayonlarida
ko‘plab o‘zgarishlarga olib keldi. Bu o‘zgarishlar ba’zan ijobiy imkoniyatlarni taqdim etsa, ba’zida
yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga
integratsiyalash masalalari quyidagi tahlillar asosida ko’rib chiqildi.
Ta’limda texnologiyaning global joriy etilishi o‘qitish jarayoni va o‘qitish usullarini ham
o‘zgartirmoqda. Ko‘plab o‘quv guruhlarida o‘qituvchilar sun’iy intellektning turli usullarini sinab
ko‘rishmoqda. Mexanik o‘rganish va sun’iy intellekt ko‘plab sohalarda o‘sish va innovatsiyalarning
asosiy omiliga aylandi va ta’lim sohasida ham qo‘llanila boshlandi. Ta’limni boshqarish
vositalarining 47 foizi sun’iy intellekt imkoniyatlariga tayanadi. Sun’iy intellektga asoslangan
echimlar EdTech muhitida bir qancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, sanoat ularga amal qilishda sekin edi.
Akademiklarning 86 foizi texnologiya ta’limning markaziy qismi bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Sun’iy intellekt o‘rganishni ham, o‘qitishni ham yaxshilashga qodir. Ta’lim sektori talabalar hamda
o‘qituvchilar uchun eng yaxshi dasturlarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi [2].
1950-yillarda olimlar sun’iy intellekt yechimlarini tadqiq qilishga harakat qildilar. Tizimni
qachon aqlli deb hisoblash masalasiga birinchi yechim Turing tomonidan ishlab chiqilgan [3]. 1956
yilda Jon Makkarti sun’iy intellektning eng keng qamrovli ta’rifini berdi: "Sun’iy intellekt
o‘rganishning har bir jihati yoki aqlning boshqa har qanday xususiyati aynan mashina yoki dasturning
mulki sifatida tasvirlanishi mumkin" degan taxminga tayanadi.
Sun’iy intellektning ta’rifi va qo‘llanilishi haqida gap ketganda, aksariyat yondashuvlar faqat
bilishni ta’kidlaydi va boshqa siyosiy, falsafiy va psixologik jihatlarni e’tiborsiz qoldiradi. Sun’iy
intellektning asosiy ta’rifi mavjud adabiyotlarda o‘tgan tadqiqotlarni qayta ko‘rib chiqishga
qaratilgan. Sun’iy intellekt o‘rganish, moslashtirish, sintez qilish, o‘zini-o‘zi faollashtirish va
murakkab qayta ishlash vazifalari uchun ma’lumotlardan foydalanish kabi insonga o‘xshash
jarayonlarni o‘z ichiga olgan hisoblash tizimlari sifatida ifodalanadi. Ba’zi sun’iy intellekt echimlari
dasturlashga juda bog‘liq bo‘lsa-da, ushbu echimlarning ba’zilari oldindan aniqlash va o‘rganish
uchun integratsiyalashgan tizimga ega.
Sun’iy intellekt deganda dunyoning turli mamlakatlarida keng qo‘llaniladigan asbob va
uskunalar ko‘z oldimizga keladi. U smartfonlar, internet, qidiruv tizimlari, turli ilovalar va maishiy
texnika kabi ba’zi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi[68]. Hozirgi vaqtda sun’iy intellektdan Google
qidiruv tizimlari uchun foydalanishi yo‘lga qo‘yilgan[3].
Sun’iy intellektga sarmoya kiritish akademik muhitga ta’sir qilishi mumkin. Ushbu muammo
o‘qituvchilar uchun turli xil kontekstlarda o‘rganish va o‘qitishning yangi o‘lchovlari, funksiyalari va
pedagogikasini izlashda qiyinchiliklarga olib keladi. Misol uchun, miya va kompyuterning interfeysi
butun dunyo tadqiqotchilarining e’tiboriga tushdi. Kompyuterlar sohasidagi mutaxassislar ba’zi
yondashuvlar bilan yangi hisoblash tizimlarida tahlil usullari va miya signallarini hisobga olgan holda
miya va kompyuter interfeysi orqali dasturiy ta’minotni boshqarish uchun bir qancha echimlarni taklif
etishdi. Miya-kompyuter interfeysi miya faoliyatini qabul qiladi va kodlay oladi. Bundan tashqari, u
muloqotni tushunarli qilishi mumkin. Bizning ko‘nikmalarimiz va qobiliyatlarimiz sun’iy intellekt
funksiyalaridan foydalanish uchun texnologiyaning tez kengayishi tufayli ilgariladi. Shleyxer
ta’kidlaganidek, “Ta’limdagi innovatsiyalar faqat sinfga ko‘proq texnologiya qo‘yish masalasi emas,
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
429
bu magistrantlarning raqobatbardosh global iqtisodiyotlarda rivojlanish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun o‘qitish yondashuvlarini o‘zgartirish haqidadir” [4].
Sun’iy intellekt odamlar tomonidan qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash va taqlid qilishga
xizmat qiladi. Moslashuvchan o‘qitish tizimlarida turli xil sun’iy intellekt usullaridan foydalaniladi.
Bundan tashqari, olimlar hali ta’lim oluvchilarning o‘rganish uslubini, ularning ta’lim xulq-atvoridan
aniqlashni qulaylashtiradigan dasturiy vositani ishlab chiqmagan. Bu an’anaviy yoki elektron ta’lim
kabi turli xil o‘quv muhitlarida osongina sozlanishi hamda foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘rganish
va o‘qitishda muhim vositalardan hisoblanadi [4].
Ta’lim tizimida ta’lim maqsadlariga sun’iy intellekt ko‘magida adekvat holatda erishish
mumkin. Sun’iy intellektdan foydalanib, o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarni tahlil qilishga va
mavzularni tushunishda sekin o‘rganuvchilarni aniqlashga erishadilar. Agar talabaning ba’zi
sohalarida zaif tomonlari bo‘lsa yoki bir nechta mavzularni tushuna olmasa, natijada sun’iy intellekt
tahlili ushbu hisobotni o‘qituvchilar yoki ota-onalarga ko‘rsatadi, shundan so‘ng o‘qituvchi
tomonidan o‘rganishni rivojlantirish uchun tegishli choralar ko‘rilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishda sun’iy
intellekt texnologiyalaridan qo‘llash horijiy tajribalardan foydalanish, talabalarning mavzularni
o‘zlashtirishdagi motivatsion-gnostik ko‘nikmalarining ortib borishiga yo‘l ochadi. Tadqiqot
ishimizda qo‘llanilgan suniy intellekt imkoniyatlari quydagi jadvalda keltirib o‘tildi.
Keltirib o‘tilgan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan magistratura talabalarining ilmiy
tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda foydalanildi. Foydalanish mobaynida talabalar bir
qator qulaylik yoki qiyinchiliklarga duch keldilar. Olingan tajribalar asosida sun’iy intellektdan
foydalanish bo‘yicha bir qator mulohazarga erishildi.
Chat GPT dasturidan magistratura talabalari yordamchi asssistent sifatida keng foydalana
oladilar. Bundan tashqari til o‘rganishga oid bilimlarda sun’iy intellekt bilan ovozli suxbat asosida
nutqiy rivojlanishga erishish mumkin bo‘ladi. Talabalar tomonidan tanlangan ilmiy muammoni
atroflicha o‘rganishda mazkur chat istalgan savollarga javob beradi [5]. Tadqiqot ishimizda talabalar
bilan olib borilgan ta’limga oid texnologik jarayonlarda ushbu chat imkoniyatlari magistratura
talabalarining ilmiy muammoni tanlash va mavzuni shakllantirish bosqichida keng qo‘llanildi.
Midjourney Al[5] dasturi tadqiqot ishlarining amaliy jihatlarini ochib berishda rasmli,
illiyustrativ tasvirlarni keltirishda, fazoviy tasvirlarni ishlab chiqishda, tadqiqot ishini yoritishga doir
virtual tasvirlarni ifodalashda ko‘maklashadi. Tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma
va metodik ishlanmalarni ishlab chiqishda ushbu dastur asosida yaratilgan tasvirlardan qo‘llanilgan.
AdobePODCACT[5] dasturi onlayn darslarning sifat darajasini oshirishda va SMART
texnologiyalariga asoslangan audiovizual materiallarni qayta ishlashda keng qo‘llanildi. Talabalarga
yetkazib berilishi mo‘ljallangan onlayn darslarning ovozlarini tiniqlashtirish va shovqinlardan
tozalash imkonini yaratib berdi. Bu o’z navbatida boshlang’ich ta’lim magistratura talabalarining
ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini ta’limga oid texnologik
jarayonning maqbul trayektoriyasini tashkil etishda SMART texnologiyalariga yo‘naltirilgan
audiovizual materiallardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.
Copy AI[6] tadqiqot ishlarining kuzatish jarayonlarini tasvirga olishda, reklamalar yaratishda,
yangi metodlarni vodeolarda aks ettirishda hamda multimedia resrslarini tayyorlashda kreativ
videolarni yaratishda ko‘maklashadi. Boshlang’ich ta’lim magistratura talabalar asosan tadqiqot
ishlarining ob’yekti sifatida 1-4 sinf o‘quvchilarining egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarini metodik
takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar bilan ishlaydilar. Buni inobatga olib boshlang’ich sinf
o‘quvchilari yoshiga mos metodikalarni tanlashda audio va video ishlanmalar muhim o‘rin tutadi.
Shuning uchun ham ushbu dasturdan foydalanish bir qancha qulayliklarni keltirib beradi.
Beautiful AI[6] dasturi ijodiy va tizimli ishlangan taqdimotlar yaratishga va uni
takomillashtirishga yaqindan ko‘maklashadi. Bu oz vaqt saflab ko‘p natijaga yetishishga olib keladi.
Talabalarning uchbu dasturdan foydalanishlari bugungi kunda juda keng tarqaldi. Bizning tadqiqot
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
430
ishimizda ham magistratura talabalarining tadqiqot ishlarini amaliyotda qo‘llash va tajriba-sinovdan
o‘tkazish bosqichida qo‘llaniladi.
Bing AI dasturi[7] nazariy va konseptual ma’lumotlarni yig’ishda ommalashgan usullardan biri
hisoblanadi. Biz xohlamasakda talabalar kitoblar va boshqa adabiyotlarni ochib o‘qishdan ko‘ra
internet imkoniyatlaridan foydalanishni afzal biladilar. Bu esa bizning tadqiqot ishimizda zamonaviy
yondashuvlarga asoslanib vazifalar belgilashimizni taqozo qiladi. Ushbu dastur tanlangan
muammolar bo‘yicha yuzdan ortiq ma’lumotlarni jamlab, umumiy xulosalar, mantiqiy mulohazar
berishi mumkin. Yana bir afzallik jihati boshqa dasturlardan farqli olindan manbaaning havolasini
taqdim qila oladi. O‘sha ma’lumot yuzasidan chuquqrroq o‘rganishni xoxlovchilar mazkur havola
orqali bir qancha bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin hisoblanadi. Biz magistratura talabalarining
adabiyotlar bilan ishlash va arxiv materiallarini o‘rganish bosqichida foydalanishlari uchun ushbu
dasturdan foydalanishlari bo‘yicha tavsiyalar va mulohazalar berib o‘tdik. Ularning tadqiqot
faoliyatining ayrim boqqichlarida ushbu dasturdan qo‘llanildi.
Sun’iy intellekt darslardagi qaysi mavzularni yaxshilash kerakligiga e’tiborni jalb qilishnishi
kerak bo‘lgan imkoniyatga ega, chunki o‘qituvchilar har doim ham o‘quv materiallaridagi
bo‘shliqlardan xabardor bo‘lmasligi mumkin, bu esa ta’lim oluvchilarning chalkashliklariga olib
keladi. Darslarni talabalarning profiliga ko‘ra shakllantirish va turli mazmun va darslar bilan
qiziqishlarini uyg‘otish mumkin. Sun’iy intellekt o‘qituvchilarga uy vazifasini bajarishda
ko‘maklashadi. Masalan, ochiq onlayn kurs provayderi sifatida faoliyat yurituvchi Coursera
talabalarning muammoga javoblarini baholaydi. Coursera, talaba topshiriqqa noto‘g‘ri javob
berganida, tizim orqali o‘qituvchi ogohlantiriladi va tizim bo‘lajak talabalarga to‘g‘ri javobga
maslahatlar beradigan xabar jo‘natadi. Ushbu sun’iy intellekt tizimi darslarni tushuntirishga va barcha
talabalar ayni kontseptual asosni yaratishga yordam beradi. Shunday qilib, o‘qitish strategiyalari
uchun texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchilar talabalar ishtirokida yaratilgan avtomatik
ma’lumotlarning afzalliklaridan foydalana oladilar. Chunki bu raqamli axborot tizimlari qisqa vaqt
ichida katta hajmdagi axborotni tez saqlash va qayta ishlab chiqishga moyildir. Ushbu maxsus
algoritmlardan boshqa, ushbu tizimlar ta’lim oluvchilarning faollik darajasini belgilashi hamda ta’lim
oluvchining sinfda sodir bo‘ladigan xatti-harakatlar modellarini tushunishi va bu natijalarni
o‘qituvchiga xabar qilishi mumkin. Ushbu texnologiyani joriy etish o‘qituvchilarga o‘z sinflarini
to‘g‘ri boshqarishga ko‘maklashadi va ular hujjatlarga kamroq vaqt ajratadi va yuqori sifatli tadqiqot
asosida o‘qitish uchun sun’iy intellekt vositalaridan bebaho tushunchalarni olishga ko‘proq vaqt
sarflay oladilar.
Ushbu tadqiqot adabiyotlarni ko‘rib chiqish bo‘lib, sun’iy intellektning ta’limga ta’siri haqidagi
mavjud ma’lumotlarni birlashtirishga yo‘naltirilgan. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish - tadqiqotchilar,
akademiklar yoki amaliyotchilar tomonidan mavzu bo‘yicha olingan ma’lumotlarni tizimli,
tushunarli va takrorlanadigan tarzda sintez qilish va baholash imkonini yaratadigan tadqiqot usuli
hisoblanadi. Ushbu tadqiqot yozma manbalar orqali foydalaniladi.
Tadqiqotda sifatli tadqiqot usullaridan biri bo‘lgan so‘rov modeli qo‘llanildi. So‘rov modellari
- bu o‘tmishdagi yoki hozirgi vaziyatni qanday bo‘lsa, shunday ifodalashga qaratilgan tadqiqot
yondashuvlari. Tadqiqotning asosini tashkil etuvchi hamda tadqiqot fani bo‘lgan hodisa, shaxs yoki
ob’ektni o‘zgartirish yoki ta’sir qilish uchun hech qanday harakat sarflamasdan mavjud shartlar
doirasida aniqlashga harakat qilinadi. Ushbu tadqiqotda ma’lumotlarni to‘plash uchun hujjatlarni
skanerlash usulidan foydalanilgan. Mavjud yozuvlar va hujjatlarni tekshirish orqali ma’lumotlarni
to‘plash hujjatlarni skanerlash deb ta’riflanadi. Hujjatlarni skanerlash - ma’lum bir maqsad uchun
manbalarni skanerlash, ko‘rib chiqish, eslatmalar olish va baholashdir [8].
Sun’iy intellekt ta’lim jarayonlarining turli jabhalarida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, sun’iy
intellektning pedagogik ta’limda tadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlantirishga ta’siri bir qancha
afzalliklarga bog‘liq. Ushbu tadqiqotda sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi ta’siri muhokama
qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, ta’lim jarayonlarida turli xil
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar ba’zan ijobiy imkoniyatlarni taqdim etsa, ba’zida
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
431
yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Ta’limda sun’iy intellektning o‘zgarishi talabalar,
o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari nuqtai nazaridan muhokama etiladi.
Biroq, sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq ba’zi munozarali fikrlarni ham hisobga
olinishi lozim.
Birinchisi, sun’iy intellekt texnologiyalarining axloqiy o‘lchovidir [9] Ma’lumotlarning
maxfiyligi, talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, sun’iy intellekt tizimlari noxolis
bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar va axloqiy me’yorlarga rioya etish kabi masalalarni hisobga
olish lozim. Ta’lim muassasalari ushbu axloqiy masalalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatga
kirishishlari va sun’iy intellektdan foydalanishda ta’lim oluvchilarning huquqlarini himoya qilishlari
lozim.
Ikkinchisi, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘rni, ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabati,
o‘qitish strategiyasi va ta’lim oluvchi-o‘qituvchi munosabatlari kabi inson omillari muhim o‘rin
egallaydi. Bu omillarga qanday ta’sir qilishini va o‘qituvchilarning roli sun’iy intellekt
texnologiyalari bilan o‘zgarishini hisobga olish lozim. Sun’iy intellekt o‘qituvchilarni qo‘llab-
quvvatlash va shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini ta’minlash uchun ishlatilishi kerak, lekin inson
omilining ahamiyatini e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, bizning
fikrimizcha, magistratura talabalarining yuqori darajada ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasini
rivojlantirishning eng oson usuli bu – pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilim,
mediatahlil va kreativligini oshirib borishga qaratilgan harakatlardir. Bunda talabalar ilmiy
tadqiqotchilikni o‘zlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish orqali kompetensiyaviy layoqatga
erishadilar.
Ta’lim samaradorligini ta’minlash keng qamrovli texnologik jarayon hisoblanadi. Ta’limni
mazmunan yangilashda, oliy ta’lim muasasalarida ta’lim berishning yangi (loyiha ishi, amaliy-
mashg‘ulot, o‘quv-tadqiqot kabi) turlarini joriy qilish hamda amaliyotga tatbiq qilishga o‘zining
mantiqiy asosiga ega bo‘lgan psixologik-pedagogik ham falsafiy jihatlarning uslubiy yechimini
topishi kerak bo‘lgan muammolardan biri sifatida ta’kidlanadi. Hozirgi ta’lim tizimida magistratura
talabalarida yangi bilimlarni mustaqil izlab topish, ularni egallash, zarur axborotlarni to‘plash,
farazlarni ilgari surish, muayyan fikrga kelish, yakuniy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini
shakllantiradigan usullardan foydalanish aktual hisoblanadi.
Demak, sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim sohasida katta imkoniyatlarga ega. U talabalarga
shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini taqdim etishi, o‘qituvchilar uchun ish yukini kamaytirishi va
ma’lumotlarni tahlil qilish va ko‘rsatmalar bilan ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash
imkoniyatini yaratadi. Bu tadqiqot ishida boshlang’ich ta’lim magistratura talabalarining ilmiy
tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda pedagogik
muammolar echimini topish va didaktik vazifalarni bajarishda tadqiqot ishlaridan samarali
foydalanish, shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, sun’iy intellektni pedagogik ta’limga
integratsiyalash hamda izlanuvchanlik komponentlariga xos funks
і
yalar intensivligini frontal
ta’minlashning ahamiyatini ko’rsatib o’tishga xizmat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son
““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni.
2.
P
е
tt
е
r, Olivi
а
. „‘Th
е
r
е
’s Not Much I
Са
n Do‘:
Е
lon Musk
А
dmits Grim
е
s Do
е
s M
а
jority Of
Child
са
r
е
For Two-month Old Son“. Th
е
Ind
е
p
е
nd
е
nt (26-iyul 2020-yil): 2021
3.
P
а
nd
а
rin
а
th, C., Nuyujuki
а
n, P., Bl
а
be, C. H., Sorice, B. L., S
аа
b, J., Willett, F. R.,
Henderson, J. M. (2017). High perform
а
nce communic
а
tion by people with p
а
r
а
lysis using
а
n
intr
а
cortic
а
l br
а
in-computer interf
а
ce. ELife. https://doi.org/10.7554/eLife.18554
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
432
4.
Milgr
а
m
а
nd P., Kishino
А
. F., T
ах
onomy of Mi
хе
d R
еа
lity Visu
а
l Displ
а
ys I
Е
I
СЕ
Tr
а
ns
ас
tions on Inform
а
tion
а
nd Syst
е
ms,
Е
77-D (12), pp. 1321-1329, 1994.
5.
K
а
r
а
s
а
r, N. (2005). Bilimsel
а
r
аş
t
ı
rm
а
yöntemi(17. B
а
sk
ı
). Nobel Y
а
y
ı
n D
аğı
t
ı
m.
6.
Özgül Gültekin. The Influence of AI Writing Tools on the Content and Organization of
Students’ Writing: A Focus on EFL Instructors' Perceptions. December 2023JOURNAL OF
CURRENT DEBATES IN SOCIAL SCIENCES 2(2):83-93. 2(2):83-93. DOI:10.29228/cudes.71701
7.
Inge B
а
kkenes, J
а
n D. Vermunt, Theo Wubbels, Te
а
cher le
а
rning in the conte
х
t of
educ
а
tion
а
l innov
а
tion: Le
а
rning
а
ctivities
а
nd le
а
rning outcomes of e
х
perienced te
а
chers, Le
а
rning
а
nd Instruction,Volume 20, Issue 6, 2010, 533-548.
8.
Irisb
а
y
е
v
а
M. T
а
’lim t
а
rbiy
а
j
а
r
а
yonl
а
rid
а
t
а
ri
х
iy-milliy v
а
z
а
mon
а
viy p
е
d
а
gogik
t
ех
nologiy
а
l
а
rni int
е
gr
а
tsiy
а
l
а
sh. P
е
d.f
а
n.bo‘y.f
а
l.dok.diss. S
а
m
а
rq
а
nd 2020
9.
Göksoy, S. (2013). Türkiye ve
А
vrup
а
Birli
ğ
i Ülkelerinde Zorunlu E
ğ
itim
Uygul
а
m
а
l
а
r
ı
.
А
sy
а
Ö
ğ
retim Dergisi,1 (1), 30-41.
